Akbar zamonov tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz



Download 4,73 Mb.
bet48/108
Sana31.12.2021
Hajmi4,73 Mb.
#212056
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   108
Bog'liq
1-to'plam

Ko‘kaldosh madrasasi
T oshkentning qadimiy mavzelaridan biri bo‘lmish Chorsu maydoni yonida joylashgan Ko‘kaldosh madrasasi Qulbobo Ko‘kaldosh tomonidan 1551-1575-yillarda bunyod etilgan. Madrasani qurgan ustalar nomi ma’lum emas. Ushbu me’moriy obidaning qurilishi O‘zbekiston tarixida so‘nggi o‘rta asrlarning dastlabki davriga to‘g‘ri keladi.

Madrasani bunyod etilishida rahnamolik qilgan Qulbobo Ko‘kaldosh Abdullaxon II ning ko‘kaldoshi bo‘lib, u Buxoro xonligida xonning dushmanlari va do‘stlari haqida ma’lumot yig‘gan hamda ularga oid tavsiyalarni xonga taqdim qilgan. Bundan tashqari, davlatning xavfsizligiga asosiy javobgar shaxs hisoblangan.

Madrasa shayboniylar sulolasi hukmronligi davrida bunyod etilgan bo‘lib, uning qurilishida loy, pishgan va xom g‘isht, yog‘och, har xil hajmdagi toshlar, sopol parchalari, sement, tunuka, temir, shisha, maxsus “qir” qotishmasidan va shu kabi qurilish ashyolaridan keng foydalanilgan.

Ko‘kaldosh madrasasining umumiy o‘lchami 62,7x44,9metrni tashkil etadi. Bosh tarzi janubga qaragan. Darvozadan kiraverishda chapda masjid va darsxonalarning tomi o‘zaro kesishgan ravoqlar ustiga o‘rnatilgan gumbazlardan iborat. Miyonsaroy 7 gumbazli. Chorsu hovlisi (38x26,9m) keng, hujralar va ochiq ayvonlar bilan o‘ralgan. Hovlining atrofidagi hujralar 38 ta bo‘lib, darsxona va masjid bilan o‘zaro bog‘langan. Madrasa dastlab 3 qavatli bo‘lgan. Me’morlar madrasani bezashda asosan, binoning old tomoniga e’tibor berishgan. Peshtoqi bilan balandligi 19,73metr bo‘lib, sirkor parchin va girrih naqshlar bilan bezaklangan. Bosh tarzining ikki burchagidagi guldastalartepasi qafasa bilan yakullangan.

Me’moriy obidaning uslubini yoritadigan bo‘lsak, Sharq an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan, “Chor” uslubida bunyod etilgan.

Me’moriy obidaning o‘ziga xos tomonlari haqida gapiradigan bo‘lsak, bu inshoot sun’iy ravishda qilingan maxsus tepalik ustida qurilgan va baland bo‘lganligi uchun shahar tashqarisidan ham ko‘rinib turgan. Madrasa g‘ayritabiiy baland va katta bo‘lganligidan Toshkentning boshqa inshootlaridan farq qilib turgan.

Mustaqillik yillarida madrasada bir necha bor ta’mirlash ishlari olib borildi. Madrasaning old tomoniga an’anaviy usulda zinapoya ishlangan. 1998-yildan binoning muhandislik ustuvorligini ta’minlash, tashqi va ichki tarzlarini asl holiga keltirish va atrofini obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, inshoot hozirgi kunda faoliyat olib borayotgan madrasalardan biridir.

2009-yil Toshkent shahrining 2200 yilligi tantanalarining nishonlanishi munosabati bilan madrasada qisman ta’mirlash ishlari olib borildi. Bundan tashqari, AYSESKO tashkiloti tomonidan Toshkent shahrining “Islom madaniyati poytaxti” deb nom berilishida ham inshootning o‘rni alohida ahamiyatga egadir.2000-yil 30-avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy meros obyektlarini muhofazalash va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonuni madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida jahon talablariga mos qonuniy asosni yaratdi.



Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish