Shayboniylar daxmasi
S amarqanddagi o‘rta asr me’moriy yodgorligi hisoblangan Shayboniylar daxmasi XV asrda shayboniylar sulolasiga mansub hukmdorlar tomonidan bunyod etilgan qabr-maqbaralar majmuidan iborat.
Shayboniyxon 1510-yil Eron shohi Ismoil I Safaviy bilan bo‘lgan jangda halok bo‘lgach, Samarqandga olib kelinib, o‘zi qurgan madrasada marmar supa ostiga dafn etilgan. Supa ostiga Shayboniyxondan tashqari boshqa shayboniy sultonlar va malikalar: Mahmud Sulton (1503-1504-yillar oralig‘ida o‘ldirilgan), Maxdiy Sulton, Hamza Sulton (1511-yilo‘ldirilgan), Muhammad Temur Sulton (1511-yil vafot etgan), Qutlug‘ Muhammad Sulton (1545-yil v.e.), Abulxayr Sulton (1511-yil o‘ldirilgan), Yodgor Sultonim (1526-yil v.e.), Shahribonu xonim (1535-yil v.e.), Shoh Sulton xonim (1530-yil v.e.), Suyunch Muhammad Sulton (1586-yil v.e.)lar dafn etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |