Akbar zamonov tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz


Amir Temur maqbarasi (Go‘ri Amir)



Download 4,73 Mb.
bet32/108
Sana31.12.2021
Hajmi4,73 Mb.
#212056
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   108
Bog'liq
1-to'plam

Amir Temur maqbarasi (Go‘ri Amir)
Go‘ri Amir me’moriy yodgorligi temuriylar daxmasi sifatida Amir Temur tomonidan bunyod etilgan.

Amir Temur 1336-yil 9-aprelda Kesh shahri yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘i (hozirgi Yakkabog‘ tumani)da tug‘iladi. Uning otasi Amir Tarag‘ay barlos urug‘ining oqsoqollaridan, onasi Takina Xotun esa Kesh yurtining obro‘li beklaridan hisoblangan. Uning yoshligi Keshda kechadi. Keyingi hayot davri ikkiga bo‘linadi. Birinchi davri (1360-1370) Movarounnahrni mo‘g‘ullardan ozod qilib, o‘zaro urushlarga barham berish va markazlashgan davlat tuzish bilan o‘tadi. Ikkinchi davri esa (1370-1405) 3 yillik, 5 yillik, 7 yillik deb ataluvchi yurishlari bilan xarakterlanadi. U 1370-yilda Movarounnahr amiri bo‘ldi. Mamlakat boshqaruviga oid “Temur tuzuklari” nomli asar yaratadi. Amir Temur 1405-yil 18-fevralda Xitoyga yurishi chog‘ida,O‘trorda vafot etadi.

Me’moriy inshoot bunyod etilgan davrdagi shart-sharoit haqida gapiradigan bo‘lsak, bu paytda Anqara yaqinida Amir Temur bilan Sulton Boyazid qo‘shinlari o‘rtasidahal qiluvchi jang bo‘lib o‘tdi. Uch kun davom etgan jangda har ikki tomondan hammasi bo‘lib 360 ming, Amir Temurning taxminan 200 ming, usmonlilar sultonining 160 ming askari qatnashgan. Uzoq davom etgan jangda Amir Temur qo‘shinlari g‘alaba qozondi. Natijada Sulton Boyazid va uning o‘g‘li Muso Chalabiy ham qo‘lga olinadi. Misr esa Amir Temurga o‘z itoatkorligini e’lon qiladi.

Me’moriy obidaning bunyod etilgan davri va tarixi: 1403-yil Amir Temurning Anqara jangidan qaytishi paytida suyukli va to‘ng‘ich nabirasi Muhammad Sulton to‘satdan vafot etadi. Samarqandda uning qabri ustida maqbara qurilishi boshlanadi va keyinchalik Go‘ri Amir deb nom olgan yodgorlik majmuasi qad ko‘taradi.

M e’moriy obida qurilishida xom va pishgan g‘isht, loy, yog‘och, maxsus “qir” qotishmasi, oltin, kumush, marmar, nefrit toshi va shu kabi ashyolardan foydalanilgan.

Maqbaraning pastki qismi to‘rtburchak, ya’ni ”Chor” uslubda, tepa qismi esa Sharq an’analarini o‘zida mujassam etgan gumbaz uslubida qurilgan.

Me’moriy obida sayqallanishida reylefli bezak qo‘llanilgan bo‘lib, bu uslubda ishlangan jahondagi ikkita asar ham Samarqandda (Bibixonim masjidi va Amir Temur maqbarasi), temuriylar davrida amalga oshirilgan. Bizgachainshootning, asosan, peshtoqli darvozasi bor hovli va maqbarasi saqlangan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida maqbara hovlisining ikki yonidan Muhammad Sulton qurdirgan madrasa va xonaqoh qoldiqlari topilgan. Madrasa va xonaqoh chorsu hovlisining sharqiy va g‘arbiy tomonlarini egallagan. Hovlining janubida gumbazli maqbara joylashgan. Maqbara janubdan Ulug‘bek qurdirgan darcha (1424) orqali kiriladi. Maqbaraning chortoq tarhli ziyoratxonasi baland toqi – ravoqli, tepasi yozuv hoshiyalari va ichki gumbaz bilan qoplangan. Tashqi gumbazi 64 qobirg‘ali, baland poygumbaz (diametri 15m., balandligi 12,5 m)ga o‘rnatilgan. Ziyoratxonaning sharqiy qismidagi ravoqdan zina orqali ostki qavatdagi go‘rxonaga tushiladi. Go‘rxona 8 qirrali. Ziyoratxona serhasham bezaklarga boy. Bo‘rtma bezak qandillar zaminiga lojuvard rang gullar ishlangan. Izorasi esa yashil toshdan girrix shaklida terilgan. To‘rtta chuqur ravoqlaridagi darchalarga rangli oyna o‘rnatilgan. Oltin va kumush qandillardagi shamlar yonganda ziyoratgoh ichkarisi ulug‘vor va afsonaviy tus olgan. Tashqarisi sirkor g‘ishtchalar bilan bezatilgan, gumbaz va uning poyidagi bezaklar, turli adabiy yozuvlar alohida ko‘zga tashlanadi. Maqbara darchalarida yog‘ochdan ishlangan nafis panjaralar, eshiklarida esa murakkab qo‘sh zaminli o‘ymakor bezaklar bo‘lgan. Maqbaraning g‘arbiy tomoniga baland peshtoq yondashgan. Taxminlarga ko‘ra, bu peshtoq qoldiqlari XVII asrga mansub. Maqbaraning mutanosiblik nisbati, naqshlari, turli bezaklari katta mahorat bilan bajarilgan. Uxalq orasida Go‘ri Amir yoki Go‘ri Mir (Mir Sayyid Baraka) deb nomlanib kelinadi. Maqbaraga Temuriylarga mansub kishilar (Amir Temur va uning piri Mir Sayyid Baraka, o‘g‘illari Umarshayx, Mironshoh va Shohruh, nabiralari Muhammad Sulton, Ulug‘bek va boshqalar) dafn etilgan. Qabrlarning to‘rida Amir Temurning piri, harbiy yurishlarida unga hamroh bo‘lgan va uning yuksak, hurmatini qozongan Mir Sayyid Baraka sag‘anasi joylashgan. Sayyid Baraka qabrining oyoq tomoniga Amir Temurning o‘zi dafn qilingan. Uning uch tomonida Muhammad Sulton, Mironshoh Mirzo, Umarshayx qabrlari bor. Keyinchalik bu yerga Temurning nabiralari va evaralarining qabr toshlari qat’iy tartibda joylashtirilgan. Temur sag‘anasiga qo‘yilgan ko‘k nefrit qabrtoshini Mirzo Ulug‘bek 1425-yil Mo‘g‘ulistonga qilgan yurishi vaqtida olib kelgan. Toshdagi lavhada Temurni ulug‘laydigan so‘zlar, uning shajarasi hamda marsiyalar o‘ymakori naqshlarda bitilgan. Hamma sag‘analar Ulug‘bek tomonidan yaxlit o‘yma marmar panjara bilan o‘ralgan.

Me’moriy obidaning bugungi kundagi holati haqida gapiradigan bo‘lsak, mustaqillikdan so‘ng olib borilgan ta’mirlash, obodonlashtirish ishlaridan keyin inshootning ichki va tashqi qismlarini ko‘rkamlashganini ko‘rishimiz mumkin.

Me’moriy obidaga mamlakatimiz hukumati hamda Xalqaro tashkilotlar tomonidan berilayotgan e’tiborga to‘xtaladigan bo‘lsak, mustaqillikka erishganimizdan so‘ng yurtimizdagi boshqa tarixiy inshootlar singari Go‘ri Amir inshootining ham ta’mirtalab qismlari qayta tiklandi. Gumbazi qayta tiklanib, xonaqoh va madrasa qoldiqlari kavlab topildi, ichki va tashqi bezaklar ta’mir etildi. 1941-yilda musulmon odatiga zid ravishda Amir Temur va Mirzo Ulug‘bek qabrlari ochib tekshirildi. Me’moriy majmuada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan 1991-1996-yillarda ta’mirlash ishlari olib borildi. Yana shuni ham aytib o‘tish kerakki, madrasa YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. Tarixiy yodgorliklarni saqlash va asrab-avaylashga oid davlatimiz tomonidan qabul qilinayotgan huquqiy-me’yoriy hujjatlar me’moriy inshoot muhofazasining huquqiy kafolatidir.

Me’moriy obidaning nima vazifalarni bajarganligi haqida gapiradigan bo‘lsak, maqbaradan buyuk shaxslarning sag‘analari joy olgan. Me’moriy inshoot muqaddas qadamjolardan biri sifatida xalq tomonidan e’zozlangan.



Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish