Akbar zamonov tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz


Ollohqulixon karvonsaroyi



Download 4,73 Mb.
bet43/108
Sana31.12.2021
Hajmi4,73 Mb.
#212056
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   108
Bog'liq
1-to'plam

Ollohqulixon karvonsaroyi
X iva shahrida Ollohqulixon karvonsaroyi Xiva xoni, qo‘ng‘irotlar sulolasining yirik vakillaridan biri Ollohqulixon tomonidan bunyod etilgan.

Ollohqulixon (taxm. 1794-1842) – Xiva xoni (1825-1842) – Muhammad Rahimxonning o‘g‘li. Uning davrida Xivada karvonsaroy, tim, 111 xona va bo‘lmali Toshhovli saroyi, Ichan qal’a sharqiy darvozasiga tutashtirib qurilgan Ollohqulixon madrasasi, Oq masjid, Saitboy masjidi, Toshhovuz qal’asi (1835-1836) va boshqa inshootlar qurilgan. Yangi kanallar qazdirib sug‘oriladigan yerlarni kengaytirgan. Xiva shahrining obodonchiligi uchun ko‘p mehnat sarf qilgan. Ollohqulixon davrida koshinpazlik (koshinkorlik) san’ati yuksak cho‘qqiga chiqqan. Pahlavon Mahmud maqbarasi va Ko‘hna Ark koshinlar bilan bezatilgan. Sayid Alovuddin maqbarasi va boshqa ko‘pgina tarixiy obidalar ta’mirlandi. Arabxon va Muhammad Amin Inoq madrasalari qaytadan qurildi. Xiva shahrining atrofi mudofaa devori bilan o‘rab olingan (1842). Ichan qal’a tashqarisida yashayotgan aholini himoya qilish maqsadida Dishan qal’a (Tashqari qal’a) qurilgan. Ollohqulixon 1842-yil Chorjo‘yga yurish qilib, qal’ani qamal qilgan paytda og‘ir kasalga duchor bo‘lib, orqaga qaytishga majbur bo‘lgan va 23 noyabrda vafot etgan. Uni o‘zi hayot vaqtida tayyorlab qo‘ygan Pahlavon Mahmud maqbarasida dafn etishgan.

Karvonsaray so‘nggi o‘rta asrlarning oxirlarida, 1832-1833-yillar oralig‘ida bunyod etilgan.

Me’moriy obida bunyod etilgan davrda zulm, talonchilik, o‘zaro urushlar kuchaygan. Ollohqulixon Buxoro bilan sulh tuzilganligiga qaramay 7 marta Buxoro xonligi hududiga yurishlar qilib, qishloqlarni talab qaytgan. Xurosonga 5 marta yurish qilgan. Qoraqalpoq va Turkmanlarning qo‘zg‘olonlarini beshafqat bostirgan (1828-yil). Rossiya bilan elchilik va savdo munosabatlarini mustahkamlagan (1840-1841-yillar). Bundan tashqari,Ollohqulixon hukmronligi davrida ko‘pgina obidalar qad rostladi. Borlari ta’mirlandi. Bir so‘z bilan aytganda, me’morchilik, san’at va ko‘pgina sohalar rivojlandi.

Me’moriy obidani bunyod etilishida har xil o‘lchamdagi xom va pishgang‘isht, tosh, tunuka, sement, qum, loy, yog‘och, maxsus “qir” qotishmasidan va shunga o‘xshash ashyolardan foydalanilgan.

Karvonsaroy to‘g‘ri to‘rtburchak tarhli (69,0x58,0 m), burchaklariga guldasta – minoralar ishlangan. Karvonsaroyga shimol va janubdagi peshtoq orqali kiriladi. Uning keng hovlisi (46,3x42,4 m) va hovli atrofidagi 2 qavatli hujralar (4,6x2,9 m) bir xil hajmda 105 tani tashkil qiladi. Hujralar hovli sahniga qaratilgan. Burchaklaridagi 8 ta hujralar (5x5 m) gumbazi baland qilib ishlangan, ular eshik tepasidagi tobadon panjaralari orqali yoritiladi. Tomi balxi gumbazli. Hovliga kiriladigan yo‘lak 2 tomondan peshtoq bilan chegaralangan. Peshtoq qanotlari ichida 2-qavatga olib chiqiladigan aylanma zinalar bor.

KarvonsaroySharq me’morchilik an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan, “Chor” uslubida bunyod etilgan.

Karvonsaroyning tashqi va ichki tuzilishida o‘ziga xos tomonlar bor. Masalan, shu tipdagi binolarda ichkariga maxsus xonalar orqali aylanib o‘tilsa, bu yerda ichkariga yuklar bilan 2 gumbaz ostidan to‘g‘ri o‘tish mumkin. Hovli o‘rtasi ot aravaga mol yuklashga qulaylashtirilganligi bilan karvonsaroy talablariga javob bergan va o‘z davrida chet davlatlardan keladigan savdo karvonlariga maishiy xizmat ko‘rsatilgan hamda karvonsaroy pastidagi xonalarda yuk saqlangan, yuqoridagilaridan mehmonxona sifatida foydalanilgan joy vazifasini bajargan.

Ollohqulixon karvonsaroyi mustaqillikka qadar va mustaqillikdan so‘ng bir necha bor ta’mirlangan. 1967-yil 30-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi hukumatining 616-sonli qarori bilan Xiva shahridagi 26 gektar maydondagi Ichanqal’a devorlari chegarasida joylashgan 51 dona me’moriy yodgorliklar, majmualar negizida “Ichan qal’a Davlat me’moriy qo‘riqxonasi”, 1969-yilda esa Dishanqal’a hududidagi yodgorliklarni qo‘shib “Ichan qal’a Davlat tarixiy me’moriy-muzey qo‘riqxona” deb e’lon qilinib, shaharning Bosh rejasida uning muhofaza qilish chegaralari va shaharning rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari belgilangan. Bundan tashqari, Xiva shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Xiva shahridagi boshqa me’moriy obidalar qatorida Ollohqulixon karvonsaroyi ham ta’mirlandi. Me’moriy obida atroflari ko‘kalamzorlashtirilgan holatga keltirildi. Madrasa afsonaviy ko‘rinishini Ichan qal’a shahri tarixiy markazida saqlab qolgan bo‘lib, 1990-yilda Xivadagi “Ichan qal’a” Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.2000-yil 30-avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy meros obyektlarini muhofazalash va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonuni madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida jahon talablariga mos qonuniy asosni yaratdi.


Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish