O‘quvchilarning javoblari:
1. Burchak uchidan chiqib, burchakni teng ikkiga bo‘luvchi nurni burchak bissektrisasi deyiladi.
2. Ikki tomoni o‘zaro teng bo‘lgan uchburchakka teng yonli uchburchak deb ataladi.
3. Teng tomonlari yon, uchinchi tomoni esa asos deyiladi.
4. a) Teng yonli uchburchakning asosida yopishgan burchaklari o‘zaro teng.
b) Agar uchburchakning ikki burchagi o‘zaro teng bo‘lsa, u teng yonlidir.
v) Teng yonli uchburchakning asosiga o‘tkazilgan medianasi unda ham bissektrisa, ham balandlik bo‘ladi.
Ekspert guruhi javoblarni baholab, har bir guruh a’zolari uchun o‘zlashtirish portfoliosini to‘ldirib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |