Kursh ishining dolzarbligi: Bugungi kunda fan va texnika jadal suratlarda rivolanib bormoqda, bu esa yangi texnologiyalardan foydalanib dars o‘tishni taqazo etadi. O‘quvchi yoshlarni yuksak madaniyatli, o‘tkir bilimli qilib tarbiyalashda har bir pedagog xodim dars samaradorligini oshirib borishi, yangi texnologiyalardan unumli foydalanishi dolzarb masala hisoblanadi.
Kurs ishining maqsadi. Ushbu kurs ishining asosiy maqsadi umumiy o’rta ta’lim maktablari fizika kursida maslalar yechishning zamonaviy
3
pedagogik texnalogiyalar va interfaol usullar yordamida o’qitishning samarali yo’larini ko’rsatish va fizika darslarini o'qitish xususiyatlari bilan tanishish.
Kurs ishining vazifalari:
- Mavzuga oid ilmiy-metodik, pedagogik-psixologik adabiyotlar, me’yoriy hujjatlarni o‘rganish, darslik, dasturlarni tahlil qilish va xulosalarni umumlashtirish;
- Fizika ta’limi jarayonida interfaol texnologiyalarni tanlash va foydalanish tamoyillari, vositalarini, tashkiliy va metodik shart-sharoitlarini aniqlash va ilmiy jihatdan asoslash;
- Fizika ta’limi jarayonida interfaol texnologiyalardan foydalanishning samaradorlik darajasini aniqlash;
- Fizika fanlarini o’qitish xususiyatlarini o’rganish, tahlil qilish va ularni muhim jihatlarini o'zlashtirish.
Yuqoridagilardan shuni xulosa qilish mumkinki fizika o'qituvchisining o'quvchi o'quv-bilim faoliyatini faollashtirish borasidagi turli xil texnologiyalari ham hozirgi kunda dolzarb ahamiyatga ega ekan.
I BOB. AKADEMIK LITSEYLARDA FIZIKA KURSIDA MEHANIKA BO’LIMINI MAZMUNINI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI.
1.1. Akademik litseylarda fizika kursida mehanika bo’limini fanini o’qitishda ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish
O’qituvchi fizika darsini tashkil qilishda o’qitish usulining turli shakllaridan (ma’ruza, og’zaki bayon qilish, masalalar yechish, amaliy ish, ko’rgazmalilik va boshqa shakllardan) foydalanishi mumkin. Shuningdek, darslarni o’tishda dars berishning turli noan’anaviy usullaridan bahs-munozara, bayon, boshqotirmalar, elektron qo’llanmalar va multimediyalardan foydalanish tavsiya etiladi. Pedagogik texnologiya nima?
Pedagogik texnologiya deb ta’lim jarayonini samaradorligini oshirishga, ta’lim oluvchilarning rejalashtirilgan natijalarga erishishni ta’minlashga qaratilgan texnologiyaga aytiladi. Aslida “pedagogik texnologiya” iborasi ingliz tilidagi “an educational technology”-“ta’lim texnologiyasi”dir.Pedagogika fani va amaliyotida, «pedagogik texnologiya», “ta’lim texnologiyasi”, “o’qitish texnologiyasi” kabi atamalardan keng foydalanilmoqda. Shu bilan birga, ularni tushunish paytida alohida farqlar mavjud. Avvalambor, “texnik texnologiya” va “pedagogik texnologiya” tushunchalarining mohiyatini aniqlaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |