Ko‟zlar toliqmasligi uchun:
Ekrandagi tasvir ravshanligi ko‘nglingizdagiday
bo‘lishiga erishishga harakat qiling, bunda imkon boricha ekran aniqligi va
kontrastlikni o‘zingizga moslab oling. Ekran displeyiga chiroq nuri, turli akslar
tushmasligi uchun uni shiftdagi chiroq tagiga emas, balki derazalarga to‘g‘ri
burchak ostida joylashtirish kerak. Krasnodar o‘lkasining bosh oftalmologi,
tibbiyot fanlari doktori E.I.Volik maqolasidan parchalar keltiramiz. Ko‘zlaringizni
komp‘yuterdan himoya qiling! Ko‘zlarning ravshanlik darajasi va komp‘yuter
bilan ishlash o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. Misol uchun, birinchi bor 2001- yilda
amalga Komp‘yuter ko‘rish Sindromi (Computer Vision Syndrome, CVS)
atamasini kiritgan Amerika oftalmologlar assotsiatsiyasining maoruzasini olaylik.
Bu maoruzada sindromning paydo bo‘lish sabablari va uning oqibatlari haqida
batafsil ma‘lumotlar berilgan. Oftalmolog – olimlarning fikriga ko‘ra, ko‘p vaqtni
komp‘yuter ekrani oldida o‘tkazadigan odamlarda ko‘rish qobiliyatining o‘ziga xos
buzilishi hollari vujudga keladi.
Ya‘ni:
- ko‘rish qobiliyati pasayadi;
- yaqindan uzoqqa va aksincha uzoqdan yaqinga nigohini qaratish qobiliyati
pasayadi ( akkomodasiya izdan chiqadi);
- bitta narsa ko‘zga ikkita bo‘lib ko‘rinadi;
- kitob o‘qiyotganda ko‘zlar tez charchaydi;
- ko‘zlar achishadi;
- ko‘z va peshonada og‘riq paydo bo‘ladi;
- ko‘zlar harakat qilganida og‘riydi;
- ko‘zlar atrofi qizaradi va shishadi.
Ba‘zi odamlarda ekran oldida to‘xtovsiz 2 soat davomida ishlaganlaridan
so‘ng, ko‘pchilikda 4 soat, deyarli barchada 6 soatdan so‘ng CVS sindromi paydo
bo‘ladi. Olimlar komp‘yuter ekrani oldida uzoq vaqt ishlash natijasida CVA
sindromi vujudga kelishidan tashqari ko‘rish qobiliyati pasayishini ( yoki ilgari
ham ko‘rish qobiliyati past bo‘lganlariniki yanada pasayib ketishi) ham
taokidlaydilar. Ayniqsa, komp‘yuter grafikasi bilan shug‘ullanish davrida ko‘rish
qobiliyati vaqtincha pasayadi. Tadqiqodchi olimlarning xulosasiga ko‘ra,
insonning ko‘rish qobiliyati komp‘yuterdagi tasvir bilan ishlash uchun
moslashmagan. Monitoringiz ekranidagi tasvirlarning alohida belgilarini aytib
o‘taylik:
- u o‘zidan nur taratadi, tasvir aks etmaydi;
- kontrastlik past, yoritilgan xona uni yanada pasaytiradi;
- tasvir to‘xtovsiz emas, diskret nuqta-piksellardan iborat;
- tasvir lipillaydi, ya‘ni nuqtalar maolum bir chastotada yonadi va o‘chadi;
- aniq chegarasi yo‘q, chunki piksel asta-sekinlik bilan fonga o‘tib ketadi.
Komp‘yuterlarning inson ko‘ziga zararli taosiri ular paydo bo‘lganidayoq
maolum bo‘lgan. Monitor oldida bir necha soat o‘tirib ishlagandayoq ko‘zlar
charchar, qizarib ketar va yoshlanar edi. So‘ngra boshda og‘riq paydo bo‘lar edi.
Ko‘zlari uzoqni ko‘ra olmaydigan, astigmatizmi bor, yaqinni ko‘ra olmaydigan
xodimlarning ko‘rish qobiliyati keskin pasayib ketdi, ular tez-tez ko‘zoynaklarini
almashtirar, so‘ngra asta-sekin nogironlarga aylanib borar edilar. Ilgari ko‘rish
qobiliyatining pastligidan nolimaydiganlar esa endi ko‘zoynak taqa boshlar va
yuqoridagilar qatoridan joy olar edilar. Diqqat: Ko‘z xirurglari bugungi kunda ham
zamonaviy komp‘yuterlar yillar davomida muvofiqlashtirilgan ekanligiga qaramay,
ko‘zlari operatsiya qilingan odamlarga 2-3 oy davomida kopmputer bilan ishlashni
taoqiqlaydilar. Ko‘zlarning haddan ziyod zo‘riqishi operatsiya qilingan ko‘zga
salbiy ta‘sir qilishi mumkin. Ilova: Manba:www.medlinks.ru.
Do'stlaringiz bilan baham: |