navbatda kadrlar potentsialiga, ularning kasb
jixatidan tayyorgarligiga bog’liq, bo’ladi», deb
ta’kidlagan edi.
I.A.Karimov
Sayyoramizda
Axborot olami
degan yangi dunyo paydo bo‘ldi. Odamlar
zamonaviy
texnologiyalarga
asoslangan
olamshumul
elektron
axborot
tarmoqlaridan borgan sari muvaffaqiyat bilan foydalanilmoqda va uning qudrati
ortib bormoqda. Komp‘yuter va Internet zamonamizning barcha sohalariga kirib
bormoqdaki uning imkoniyatlaridan faydalana bilgan odamlar, Axborot olami
bilan kengroq tanishish, baxramand bo‘lishga, dunyoning istalgan nuqtasi bilan bir
zumda bog‘lanish, muloqot qilishga muyassar bo‘lmoqda. Darhaqiqat har
tomonlama rivojlanayotgan jamiyat taraqqiyotini axborot texnologiyalarisiz,
ayniqsa komp‘yuterlarsiz tasavvur etish mushkul. Axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari sohasi inson faoliyatining yuqori sur‘atlarda, shiddat bilan
rivojlanib borayotgan alohida sohalaridan hisoblanadi. Axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari ta‘lim sohasiga ham jadal sur‘atlarda kirib bormoqda va bu esa
ta‘lim tizimida, xususan o‘quv jarayonlarini tashkil etish va amalga oshirish,
o‘quv-uslubiy ta‘minotni rivojlantirish, ayniqsa o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tish va
o‘zlashtirish samaradorligini oshirish borasida yangicha mazmun va mohiyat
shakllanishiga asos yaratmoqda. Ta‘lim sohasidagi atamalar ro‘yxatida «elektron
qo‘llanma», «masofaviy o‘qitish kursi», «virtual tajriba stendi», «virtual
ustaxona», «videokonferentsiya», «elektron forum», «virtual sinf» kabi yangi
so‘zlar paydo bo‘ldi.
Respublikamiz Prezidentining «Komp‘yuterlashtirishni yanada rivojlantirish
va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»
1
farmoni
e‘lon qilingan bo‘lib, mazkur farmonning bajarilishini ta‘minlash maqsadida
1
2002 yil 30 mayda Respublikamiz Prezidentining PF-3080-sonli farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Komp‘yuterlashtirishni
yanada rivojlantirish va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish
chora-tadbirlari to‘g‘risida»
2
qaror qabul qilingan edi. Mazkur hujjatlardan kelib
chiqib O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta‘lim vazirligida ham
ta‘lim tizimini axborotlashtirish masalalariga juda katta e‘tibor qaratilmoqda.
Kadrlar Tayyorlash Milliy Dasturining hozirgi kunda amalga oshirilayotgan 2-
bosqichi bo‘yicha belgilangan asosiy vazifalardan biri – ta‘lim sifatini oshirishdir.
Aynan mana shu vazifani ta‘lim tizimiga zamonaviy Axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari tadbiq etmasdan bajarishni ko‘z oldiga keltirib bo‘lmaydi. Qabul
qilingan xujjatlarda komp‘yuterlashtirish va axborot texnologiyalari sohasida
kadrlar tayyorlash va maqsadli yo‘nalashlari belgilangan. Bundan tashqari, o‘quv
yurtlarning moddiy – texnik va ilmiy – tadqiqot bazasini kengaytirish yuzasidan
kompleks chora–tadbirlar nazarda tutulgan.
Mamlakatimiz rivojlangan davlatlar qatoridan mustahkam o‘rin egallashi
uchun zamonaviy komp‘yuter texnologiyalarini ta‘lim tizimiga keng joriy etish
zarur. O‘zbekiston Respublikasida «Axborot va axborot texnologiyalari» fanlarini
rivojlantirish tamoyillari quyidagilardan iborat:
Birinchidan, zamonaviy axborot texnologiyasini rivojlantirish, davlat
muassasalari va xo‘jalik sub‘ektlari, ta‘lim muassasa va tashkilotlar, xususiy
shaxslar uchun axborot xizmatini yo‘lga qo‘yish;
Ikkinchidan, iqtisodiyot, fan, ta‘lim, ijtimoiy sohada axborot tizimlarini
shakllantirishga ko‘maklashish;
Uchinchidan, respublikaning jahon axborot tizimlari va xalqaro tarmoqlarga
ulanishini ta‘minlash.
Ana shu uch asosiy tamoyildan kelib chiqqan holda
quyidagi asosiy vazifalar hal etilishi talab qilinmoqda:
a) axborotga tovar sifatida qarashni ta‘minlovchi va rag‘batlantiruvchi xuquqiy
va iqtisodiy me‘yorlarni joriy etish;
b) axborotni taqdim etish, saqlash va uzatishga oid xalqaro standartlarga rioya
qilish;
2
O‘zbyokiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiinng 2002 yil 6 iyundagi 200-sonli qarori
c) informatika industriyasini shakllantirish va rivojlantirish, yangi axborot
texnologiyalari, komp‘yuter va telekommunikatsiya texnikasi, dasturiy vositalar
ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, ma‘lumotlar bazasi va eksport ta‘minoti xizmatini
yaratish, axborot xizmati bozorini shakllantirish;
g) ma‘lumotlarni uzatish milliy axborot hisoblash tarmog‘i, davlat xizmati va
tuzilmalari idoraviy tarmog‘i, vazirlik va idoralar, korxona va tashkilotlar, xususiy
va tijorat lokal axborot tarmoqlarini, ilmiy texnikaviy fanlar, avtomatlashgan ish
o‘rinlarini yaratish va rivojlantirish;
d) axborot tizimlari eng yangi modellarini yaratish sohasidagi fundamental va
amaliy tadqiqotlarni rag‘batlantirish va qo‘llab quvvatlash;
e) informatika vositalaridan foydalanuvchilarni tayyorlashning uzluksiz
tizimini takomillashtirish. Informatika industriyasining ko‘pgina vositalari chet
mamlakatlardan keltirilayotgan bo‘lsa, ayrimlari esa o‘zimizning respublikada
ishlab chiqarishmoqda.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlanishi qandaydir ma‘noda yangi
pedagogik texnologiyalarni amalga oshirish va uni amaliyotga tadbiq etishga
bog‘liq. Men ushbu bitiruv malakaviy ishimni bajarishdan maqsadim yangi
pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tadbiq etish va zamonoviy kopyuterlar
yordamida avtomatlashtirish, mamlakatimiz iqtisodiyotga qandaydir ma‘noda xissa
qo‘shishdir.
Ushbu malakaviy ish uzliksiz ta‘lim tizimida informatika fanini o‘qitish
sifatiga va samarodirligini oshirish masalalariga doir manbalardan foydalangan xolda,
natijalarni taxlil qilish va qullashga doir ko‘rsatmalar asosida tayyorlandi. Butun ta‘lim
tizimi sohalari kabi hozirgi ta‘lim tizimini erkin modernizatsiyalash jarayoni yangi
ilg‘or pedagogik texnologiyalarni boyitish sharoitida amalga oshirilmoqda, deb
aytish joiz. Barkamol shaxs va malakali mutaxassis siymosi o‘zida ilm-fan, texnika,
ishlab chiqarish texnologiyalarining asosiylaridan xabardor, ijtimoiy voqea va
hodisalar mohiyatini teran anglab, ob‘ektiv baholay oladigan mustaqil fikr va keng
dunyoqarash egasi bo‘lish kabi sifatlarni namoyon etadi.
Analitik qismda ―2008-2012 yillarda uzluksiz ta‘lim tizimini mazmunan
modernizatsiyalash va ta‘lim-tarbiya samaradorligini yangi sifat darajasiga ko‘tarish
DASTURI ‖ maqsad va vazifalar mazmuni, akademik litsey kasb-xunar kollejlarida
talabalarni kasbiy tayyorlashda modulli o‘qitish texnologyalarining ilmiy-pedagogik
asoslarini yaratish, haqida so‘z yuritilgan.
Asosiy qismda asosan, Akademik litsey, kasb-xunar kollejlarida informatika
fanini o‘qitish sifatli bo‘lishiga yangi axborot-pedagogik texnologiyalarning
dolzarbligi, ta‘lim tizimida yangi pedagogik texnologiyalarni o‘qitish sifatiga ta‘siri,
yangi axborot texnologiyalari va ulardan ta‘limda foydalanish, informatika va axborot
texnologiyalari fanlarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish, o‘quv elektron
maxsulot-bilimlarning muayyan ilmiy-amaliy soxasi bo‘yicha sistemali materiallardan
foydalanish, informatika va axborot texnologiyalari o‘quv xonasi jixozlanishining
taxmini me‘yori haqida so‘z yuritilgan.
Pedagogik qismda Akademik litsey, kasb-xunar kollejlarida o‘qitish
texnalogyasi moxiyati, yangi pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish sfati va
samaradorligini oshirish yoritib berilgan .
Bundan tashqari bitiruv malakaviy ishi mehnatni muhofaza qilish bo‘limi,
xulosa, ilova va foydalanilgan adabiyotlar qismlarini o‘z ichiga oladi.
Ishning xulosasida
.
Akademik litsey, kasb-xunar kollejlarida informatika
fanini o‘qitish sifatining bugungi ta‘lim tizimini samaradorlashtirish imkoniyatlari
ancha keng bo‘lib, ta‘lim bosqichlarinig har bir pedagog ularni qo‘llash haqidagi
nazariy va amaliy bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallashi ularni o‘z tajribasi va
faoliyatida ishlatishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |