Akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida informatika fanini o



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/38
Sana16.03.2022
Hajmi0,92 Mb.
#494510
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38
Bog'liq
akademik litsey kasb-hunar kollejlarida informatika fanini oqitish sifatiga tasir etuvchi omillar

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


2.2-§. Informatika va axborot tefnologiyalari fanlarida innovatsion 
texnologiyalardan foydalanish. 
O‘sib kelayotgan avlodga ta‘lim va tarbiya berish sohasidagi moddiy-texnika 
bazani yanada mustahkamlash, undan oqilona va samarali foydalanishni ta‘minlash, 
davlat ta‘lim standartlari, o‘quv dasturlari va o‘quv uslubiy adabiyotlarni 
takomillashtirish, yosh avlodni faqat puxta bilim olibgina qolmay, balki mustaqil 
ravishda o‘qib olish va ijodiy izlanishiga yo‘naltirish, ulardagi qobiliyatni rivojlantira 
borish ko‘nikmalarini orttira olish uchun o‘qituvchilar yangi pedagogik texnologiya 
asosida pedagogikaning turli shakl va usullaridan foydalana olishlari zarur. 
Ishning maqsadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta‘lim litsey, kollej 
muassasalarida innavatsion texnologiyalar yordamida ta‘lim berish jarayonini 
takomillashtirish usullarini aniqlashdan iborat bo‘lib, bularsiz bugungi ta‘lim tizimini 
yangi bosqichga ko‘tarib bo‘lmaydi. 
Ishning vazifalari. Uzluksiz ta‘lim tizimida innavatsion texnologiyalarning 
mazmuni va mohiyati, maqsadi va vazifalarini aniqlash, ta‘lim jarayonida (darslarda) 
innavatsion texnologiyalardan foydalanishning ta‘limiy imkoniyatlari, qo‘llanilishi, 
usullari haqida ma‘lumot berish, ta‘limning interfaol usullari, masofaviy ta‘lim, 
mulg‘timedia vositalaridan foydalanish, interfaol usullardan foydalanishning ilmiy - 
pedagogik asoslarini tavsiflashdan iborat.
Pedagogik texnologiyaning qo‘llanishida esa o‘quv jarayonini loyihalash orqali 
o‘qituvchi katta pedagogik tajribaga ega bo‘lmasa ham, yuqori samaraga erisha olishi 
mumkinligi ko‘rinadi. SHuning uchun ta‘lim jarayonini tashkil etishda o‘quv 
maqsadlarini aniqlab olish muhim hisoblanadi. Aniq maqsadlarni belgilash nazorat va 
baholash ishini yengillashtiradi va bu jarayonga oydinlik kiritadi. Darsda talabalarning 
erkin, ijodiy ishlashlari uchun sharoit yaratish kerak. Buning uchun darslarning har bir 
qismi aniq loyihalashtirilishi, o‘quv materialini bilim egallovchilarning o‘zlashtirish 
darajalariga moslashtirish foydali bo‘ladi. An‘anaviy ta‘lim metodlari bilan birga 
interfaol metodlardan foydalanish dars samaradorligini oshirishning muhim 
shartlaridan biridir. Interfaol metodlardan foydalanganda asosiy urg‘u o‘quvchilarni 


hamkorlikda ishlashlariga imkon berilishi hisoblanadi. Interfaol metodlar o‘quvchida 
erkin fikrlash, ijodiy qobiliyatni shakllantirishga xizmat qiladi. 
Bugungi kunda o‘qitishning faol usullarini qo‘llash pedagogik texnologiyaning 
asosini tashkil qiladi. Pedagogik texnologiya o‘z oldiga ta‘lim shakllarini 
muqobillashtirish vazifasini qo‘yuvchi, texnik hamda shaxs resurslari va ularning 
o‘zaro faoliyatini hisobga olib, ta‘lim berish va tahsil olish jarayonini yaratish, qo‘llash 
va belgilashning tizimli metodidir. 
Ta‘lim tizimiga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish bir-birini 
to‘ldiruvchi ikki tomonlama jarayon bo‘lib, bir tomondan o‘qituvchi kasb faoliyatining 
texnologiyalashuvi bo‘lsa, ikkinchi tomondan o‘quvchi bilim olishini faollashtirish 
asosida texnologiyalashtirishdan iborat. Innovatsiyalar (ingilizcha) innovation-yangilik 
kiritish, yangiliklardan-bu tizm ichidagi o‘zgarishlardir. Pedagogik o‘xshatishlar va 
eng umumiy ma‘noda innovatsiyalar o‘quv-tarbiya jarayonining oqimi va natijalarini 
yaxshilovchi pedagogik tizimdagi zichlik kiritishlarni ko‘zda tutadi. Ammo yangilik 
kiritishlar tizimni yomonlashtirishlari ham mumkin. YAngiliklarni belgilash qandaydir 
yangi narsa bilan almashtirish uchun ingliz so‘zi ,,novation‘‘ mavjud. Innovatsiya 
tizimida esa uning shaxsiy resurslari (zaxiralari) hisobiga amalga oshiriladigan 
yangilik kiritishlarni bildiradi. Darslarda har xil usullarni qo‘llash o‘quvchilarda fanga 
qiziqish uyg‘otadi va ularning faolligini oshiradi. Natijada o‘zlashtirish darajasi ortadi. 
Tez va to‘g‘ri fikrlashga yo‘naltirish, mashg‘ulot mazmunini guruhlarda tahlil qilish, 
o‘yin vositasida bilim egallash, natijalarni tadqiq qilish, kuzatuv, kichik guruhlarda 
ishlash, bahs, anketa so‘rovlarini tashkil etish, og‘zaki va yozma mashqlar bajarish, 
videofilmlar namoyishi, kassetalarni tinglash, kompakt disklar va ko‘rgazmali 
materiallardan foydalanish, turli xil komp‘yuter dasturlarini qo‘llab, darslarni tashkil 
etish juda yaxshi samara beradi. Hozirgi kunda ta‘lim jarayonida mikroguruhlarda 
shug‘ullanish ijobiy natija bermoqda. Mikroguruhlar ikki xil yo‘l bilan tuziladi.
Birinchi, to‘rt, besh kishidan iborat bo‘lgan doimiy guruhlar. 
Unda talabalar darsda, darsdan tashqarida, oraliq va yakuniy nazoratlarga birga 
tayyorgarlik ko‘radilar.


Ikkinchi holatda mikroguruh ayrim darsning, mavzuning mazmuni, o‘tkazilish 
tartibiga mos holda muvaqqat tarzda tuziladi. Bunda aynan bir vazifa bajarilishi, o‘yin 
va treninglar o‘tkazilishi mo‘ljallanadi.
Bu usul talabalarning har qanday sharoitda va har xil jamoalarda erkin 
muloqatga kirishishi, faolligining yanada ortishini ta‘minlashda afzal hisoblanadi. 
Mikroguruh ichida va mikroguruhlar orasida ijobiy ma‘nodagi raqobatni to‘g‘ri 
tashkil etish ahamiyatlidir. Ta‘lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan 
foydalanganda ta‘lim metodlarini tanlash va samarali qo‘llash alohida ahamiyatga ega 
ekanligi aniqlandi. 
Ta‘lim muassasalarida o‘quvchilarga bilim berish, ko‘nikma va malakalar hosil 
qilish uchun ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish ijtimoiy zaruratga 
aylandi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan ta‘lim sohasidagi islohatlarning 
samaradorligini oshirish, bozor munosabatlari sharoitida raqobatbardosh, o‘z kasbining 
bilimdoni va mohir egasi bo‘lgan kadrlarni tayyorlashda pedagogik va axborot 
kommunikatsion texnologiyalarning o‘rni beqiyos ekanligi aniq isbotini topmoqda. 
Respublikada mavjud ta‘lim muassasalari o‘qituvchilar tarkibini kasbiy-
pedagogik tayyorlashning samaradorligini oshirish ta‘lim muassasalari xodimlariga 
kasbiy ta‘lim berishni takomillashtirishning asosiy negizidir. Ta‘lim muassasalaridagi 
ushbu vazifani amalga oshirishning muhim sharti – pedagog kadrlar malakasini 
oshirishning samarali tizimi amal qilishi, yosh o‘qituvchilar pedagogik mahorati 
maktabining faoliyat ko‘rsatishidir. Ushbu tizim o‘qituvchilarning kasbiy xislatlarini 
takomillashtirish, tinglovchilarning nazariy bilimlarni o‘zlashtirishlarida kafolatli 
natijalarni ta‘minlash, ularda zarur amaliy o‘quv va ko‘nikmalarni hosil qilish 
maqsadida ta‘lim jarayoniga innovattsion pedagogik texnologiyalar va ta‘lim usullarini 
joriy etishga qaratilgan.
Ta‘lim tarbiya ishida 3 ta unsurni alohida ko‘rsatib o‘tish mumkin. 
Bular: Ta‘lim oluvchi(o‘quvchi); Ta‘lim beruvchi(o‘qituvchi); Ta‘lim muhiti ( 
jihozlar, asbobo uskunalar, elektron darsliklar va qo‘llanmalar, axborot manbalari va 
vositalari) bo‘lib ulardan har birining ahamiyati boshqasidan qolishmaydi. 


Ta‘lim oluvchi va ta‘lim beruvchi bu avvalo inson, u o‘z ongi xarakteri, 
ko‘nikmalari aqliy va jismoniy imkoniyatlari , ma‘lumotlarni qabul qila olish va uzata 
olish qobiliyalari kabi xususiyatlari bilan ajralib turadi. 
Ta‘lim samaradorligiga erishishda ta‘lim beruvchilarning xususiyatlari alohida o‘rin 
tutadi. Bunda quyidagi omillarni alohida ko‘rsatish mumkin. 
O‘qituchining amaldagi bilim darajasi; 
O‘qituvchining o‘quvchilarga o‘z bilimini bera olish qobiliyati. 
Aytish lozimki, hozirgi kunda innovattsion pedagogik faoliyat ta‘lim
muassasalari faoliyatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bunda ta‘limdagi 
innovattsiya deganda, pedagogik texnologiyalarni takomillashtirish jarayoni, ta‘lim 
metodlari, usul va vositalarining yig‘indisi tushuniladi. Aynan innovattsion faoliyat 
pedagogning kasbiy o‘sishi, ijodiy izlanishi uchun asos yaratadi, tinglovchi va 
talabalarning shaxs sifatida shakllanishiga chinakamiga ta‘sir ko‘rsatadi.
Innovattsiya – yangi kiritilgan tartib-qoida, yangilik. Bu faoliyat ta‘limning 
mavjud shakl va usullarini yangilashga, ularni amalga oshirish uchun yangi maqsad va 
vositalar yaratishga qqaratilgan. Muhimi – shaxsning (o‘qituvchining ham, 
tinglovchining ham) butun salohiyati rivojlanishi, har qanday, hatto kutilmagan 
holatlarga ham tayyor turishi, yangi vaziyatlarga tez moslasha olishi uchun sharoit 
yaratish.
Innovattsion madaniyat – Innovattsion tizimda to‘plangan tajriba va 
yangiliklarning dinamik birligini saqlagan hholda, insoniyat hayotining turli sohalariga 
oid yangiliklarni maqsadli tayyorlash, kompleks tarzda joriy etish va har tomonlama 
o‘zlashtirishga oid bilim, ko‘nikma va tajribalardir, boshqacha aytganda, vorisiylik 
prinsipiga rioya qilib, erkin tarzda yangilik yaratish.
Ushbu faoliyatni metodik jihatdan ta‘minlash va ta‘lim jarayoniga 
innovattsiyalar (yangiliklar)ning joriy etilishini kuzatib borishda innovattsion 
pedagogik texnologiyalar markazi asosiy o‘rin tutadi. Asosiy maqsadi – innovattsion 
pedagogik texnologiyalar ishlab chiqish, o‘qituvchilarning kasbiy shakllanishi va 
rivojlanishi, pedagogik mahoratlarining doimiy ravishda oshirib borishi uchun qulay 


sharoit yaratish orqali kelgusida ta‘lim muassasalarida pedagogik faoliyat 
samaradorligini ko‘paytirish.
Innovattsion pedagogik texnologiyalar markazining muhim vazifalariga 
quyidagilar kiradi: 
barcha turdagi o‘quv mashg‘ulotlari va individual ishlanmalar, ularni o‘tkazishning 
eng ilg‘or shakl va usullari bo‘yicha o‘qituvchilarni metodik jihatdan tayyorlash uchun 
sharoitlar yaratish;
o‘qitishning zamonaviy texnik vositalari bilan ishlash ko‘nikmalarini 
egallashda, ta‘lim muassasalarida ta‘lim jarayonini tashkil qilishning yangi shakl va 
usullarini ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va joriy etishda o‘qtuvchilarga metodik 
yordam ko‘rsatish;
o‘quv jarayonini tashkil qilish va ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi muammolari 
bo‘yicha vaqti-vaqti bilan ta‘lim muassasalari xodimlarining seminarlarini o‘tkazish, 
xalqaro hamkorlik dasturlarini amalga oshirish doirasida chet el o‘quv muassasalari 
bilan ilmiy va ilmiy-pedagogik loyihalarni birgalikda ishlab chiqish va amalga 
oshirish, yetuk kadrlar tayyorlash borasida to‘plangan xorijiy tajribani umumlashtirish 
dasturini amalga oshirish.
Innovatsion pedagogik texnologiyalar negizida barcha fanlar ta‘limning yangi 
shakl va usullarini joriy etish muammolarini o‘rganish borasidagi yutuqlari to‘g‘risida 
ma‘lumotlar , ilmiy axborot beriladi.
Ta‘kidlash joizki, innovattsion pedagogik texnologiyalar ta‘lim muassasalarida 
yosh o‘qituvchilar pedagogik mahorati maktabining o‘z faoliyatini rivojlantirishi va 
takomillashtirishiga turtki bo‘ldi. SHuningdek, mamlakatimiz va xorijiy davlatlar 
hamda oliy maktab pedagogikasi va psixologiyasining yangi yutuqlari bilan 
tanishadilar, o‘quv fanlaridan dars berish metodikasini o‘rganadilar. Innovatsion 
texnologiyalar oldimizda turgan vazifalarni samarali hal etishga imkon beradigan eng 
zamonaviy texnik vositalar bilan ta‘minlangan. Bular yagona lokal tarmoqda 
ishlaydigan yangi komp‘yuterlar, prezentatsiya va o‘quv televideniyasi va ko‘plab 
boshqa vositalardir. Innovatsion texnologiyalarning maqsadi ta‘lim muassasalarining 


o‘quv-tarbiya jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlarini 
tadbiq etishdan iborat.
Asosiy e‘tibor ma‘ruzalar o‘qish , amaliyot va laboratoriya mashg‘ulotlarida 
interfaol usullarni qo‘llash metodikasi, o‘quv guruhlarida ishni ta‘limning innovattsion 
usullaridan foydalanib tashkil qilishga qaratildi. Kasbiy ta‘limning kelajagini 
innovattsion pedagogik texnologiyalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Zero, zamonaviy 
texnologiyalarni egallaganlik hozirgi kunda pedagogik faoliyatining asosiy 
xususiyatiga aylanmoqda va ta‘lim jarayonini tashkil etishning yanada yuqori 
pog‘nasiga o‘tilayotganini bildiradi. 



Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish