Akademik litsey, kasb-hunar kollejlari uchun darslik


Atomlarning  biogen  m igratsiyasi



Download 7,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet266/282
Sana04.08.2021
Hajmi7,11 Mb.
#137705
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   282
Bog'liq
Биология Abdukarimov A

Atomlarning  biogen  m igratsiyasi. 
Biogen  migratsiya  m od­
dalarning  davriy  aylanishi  b o ‘lib,  tirik  organizm larning  oziqla- 
nishi,  nafas  olishi,  ko'payishi,  organik  m oddalarni  sintezlashi, 
to 'plashi  va  ko'payishi  hisobiga  am alga  oshadi.  Biogen  migra- 
tsiyada  eng  faol  ishtirok  etuvchi  elem entlar  biogenlar  deb  ataladi, 
ularga  uglerod,  vodorod,  kislorod,  azot,  fosfor,  oltingugurt,  temir, 
m arganes,  m olibden,  m agniy,  mis,  rux,  kalsiy,  natriy,  kaliy  va 
boshqalar  kiradi.
Kimyoviy  elem entlarning  izotoplari ju d a  k o 'p   bo'lishiga  qara­
m asdan,  tirik  organizm lar  tarkibiga  ularning  faqat  ayrim   izotop- 
larigina  o 'tad i.
M asalan,  vodorodning  H ', 
H ’  izotoplaridan  eng  faoli  H' 
gina  tirik  organizm lar  tarkibiga  kiradi.  O rganik  m oddalar  tarkibi­
ga  C'^  izotopi,  anorganik  m oddalar  tarkibiga  esa  C'^  izotopi  kira­
di.  K islorodning  0 '^   0 '^   O'*  izotoplarining  ichida  O'*^  izotopigi- 
na  yuksak  faollikka  ega  b o 'lib,  suv  va  karbonat  angidrid  tarkibiga 
kiradi.
Kimyoviy  elem entlarning  bir  m arta  to'Iiq  davriy  aylanib 
chiqish  vaqti  biogeokimyoviy  sikl  deb  ataladi.  M asalan,  atmosfera 
kislorodining  ham m asi  2000  yil,  karbonat  angidrid  gazi  200—300 
yil,  biosferaga  suv  esa  2  m illion  yil  davom ida  tirik  m oddalar 
orqali  o'tadi.
Tirik  organizm lar  o ‘zida  faqat  m uhitda  eng  ko'p  tarqalgan 
elem entlarnigina  em as,  balki  ju da  kam  m iqdorda  uchraydigan 
elem entlarni  ham   to'play   olish  xususiyatiga  ega.  Kimyoviy  ele­
m entlarning  tirik  organizm laridagi  konsentratsiyasi  muhitdagiga 
nisbatan  an ch a  yuqori  bo'lishi  m um kin.  0 ‘sim liklarda  uglerod- 
ning  konsentratsiyasi  Yer  po'stidagiga  nisbatan  200  m arta,  azot- 
niki  esa  30  m arta  yuqoridir.
H ar  xil  organizm lar  har  xil  elem entlarni  o 'zid a  ko'proq 
to 'p lay   olish  xususiyatiga  ega.  M asalan,  tem ir  bakteriyalari  — 
tem irni,  ildizoyoqli  sodda  hayvonlar—  kalsiyni,  bulutsim onlar, 
b a’zi  suvo'tlari  —  yodni  ju d a  k o'p  m iqdorda  o 'zlarid a  to'playdi.
2 2 0


Biogen  migratsiya  natijasida  tirii<  organizm lar  ta ’sirida  ayrim 
kimyoviy  elem entlar  valentligi  o'zgaradi,  yangi  kimyoviy  birik- 
malar  hosil  b o ‘ladi.  Bizga  m a ’Ium  kimyoviy  elem entlardan  40 
taga  yaqini  biogen  migratsiyasida  ishtirok  etadi.
Biogen  m igratsiyaning  uch  turi  mavjud.  Birinchi  turini 
m ikroorganizm lar,  ikkinchi  turini  k o 'p   hujayrali  organizm lar 
amalga  oshiradi.  Birinchi  tu r  migratsiyasi  ikkinchi  turga  qaragan- 
da jadalroq  kechadi.
Hozirgi  zam onda  biogen  m igratsiyada  insonlarning  aham iyati 
(uchinchi  tur)  tobora  ortib  borm oqda.
E lem entlar  migratsiyasi  biogen  usuldan  tashqari  fizik  va 
kimyoviy  usulda  ham   kechadi.  Lekin  biogen  migratsiya  boshqa 
usuldagilarga  qaraganda  ustun  turadi.
Q uyida  b a ’zi  biogen  elem en tlarin ing   m igratsiyasi  bilan 
to ‘liqroq  tanisham iz.

Download 7,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish