Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/72
Sana31.12.2021
Hajmi0,75 Mb.
#237701
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
Bog'liq
islom huquqi

«Kim biror yaxshi amal qilsa, o‘zi uchundir. Kim yomonlik qilsa, o‘z 
ziyoniga qilur...» (Qur’oni karim, «Fussilat» surasi, 46-oyat). 


170
Islom iqtisodiy tizimi mehnatkashning o‘zi yaratgan boylikka egalik 
qilish huquqiga egaligini nazarda tutadi, bundan mulk huquqi kelib 
chiqadi. Huquqshunoslar fikricha, yer yuzasida yotgan, ishlov berish 
uchun katta kuch-g‘ayrat talab qilinmaydigan tabiiy resurslarni hech kim 
o‘zining mulki, deb hisoblashi va o‘zlashtirib olishi mumkin emas. Faqat 
mehnat qilish, bu resurslarga ishlov berish mulk huquqini, ya’ni boylikka 
egalik qilish huquqini beradi.  
Yer ostidagi foydali qazilmalarga kelsak, Alloh hukmiga ko‘ra, 
kishilar ularga nisbatan muayyan huquqlarga ega, chunki ularni topish, 
qazib olish va foydalanishga tayyorlash uchun muayyan kuch-g‘ayrat 
sarflash talab etiladi. Bu odamlarni tabiiy resurslarga ishlov berishga, 
ishlab chiqarish unumdorligini oshirish va rivojlantirishga, ya’ni Alloh 
taolo mukofot evaziga inson zimmasiga yuklagan muhim vazifalarni 
bajarishga rag‘batlantiradi.  
Qur’onda shunday deyilgan: «...U sizlarni yerdan paydo qilib, unga 
joylashtirdi» («Hud» surasi, 64-oyat). 
Alloh taolo insonga yerni obod qilish, uning boyliklarini tadqiq etish 
va ulardan foydalanishni topshirgan.  
Islom qonuni xo‘jasiz (egasiz) yerga ishlov bergan yoki uni obod 
etgan har qanday odamni uning haqiqiy egasi, deb hisoblaydi. Jamoa 
rahbari davlatning barcha vositalaridan foydalangan holda, mumkin qadar 
yerlarni ko‘proq o‘zlashtirish, ularni obod etish choralarini ko‘rishi lozim. 
Bu pirovard natijada mamlakat iqtisodiyotining yuksalishi va ishlab 
chiqarishning o‘sishiga xizmat qiladi. Zero, davlatning ravnaq topgani 
ko‘p jihatdan uning fuqarolari farovonligi bilan belgilanadi. Yalpi milliy 
mahsulot esa, ma’lumki, ayrim ishlab chiqaruvchilar, ya’ni barcha 
fuqarolar ishlab chiqargan mahsulot yig‘indisidan tarkib topadi.  
Islom foydalanishga berilgan yerga mulk huquqini egasi unga amalda 
ishlov bergan, ya’ni undan odamlar uchun foydali bo‘lgan biror-bir ish 
uchun foydalangan, chunonchi hosil yetishtirgan, uy qurgan va hokazo 
holdagina tan oladi. Faqat shu shartning bajarilishi yerga xususiy mulk 
huquqi uchun qonuniy asos bo‘ladi.  
Islom mehnat qobiliyatiga ega odamlardan Alloh ularga yuborgan 
tirikchilik manbaini izlab, dunyoning to‘rt tomoniga tarqalishni talab 
qiladi. Qur’onda shunday deyilgan: «U (Alloh) sizlar uchun Yerni xokisor 
– bo‘ysunuvchi qilib qo‘ygan zotdir. Bas, u (Yer)ning har tomonida (sayr-
sayohat qilib, yo tijorat bilan yoki dehqonchilikni kasb qilib) 
yuraveringlar va (Allohning bergan) rizq-ro‘zidan yenglar. Yolg‘iz Uning 
huzuriga tirilib chiqish-qaytish bordir» («Mulk» surasi, 15-oyat). 


171
Islom insonlarga o‘z mehnatining mahsuliga egalik qilish huquqini 
beradi. Bu tamoyilni bajarish musulmon jamoasida boyliklarni 
taqsimlashning bosh negizi hisoblanadi. Biroq jamiyatning barcha 
a’zolari ham rizqni o‘z mehnati bilan topib yemaydi. O‘zini ta’minlay 
olmaydigan, yordamga muhtoj ojiz odamlar ham bor. Bular, masalan, 
yetimlar, bevalar, qariyalar, bedavo kasallikka chalinganlar, nogironlar, 
ruhiy kasallar va hokazo.  
Ayni vaqtda, mehnat qilishni xohlaydigan, lekin ish topa olmayotgan 
yoki tirikchilik manbai bo‘lmagan odamlar ham bor. Ayrimlar shu qadar 
kam ishlab topadiki, mablag‘lari ularning tirikchiligiga yetmaydi. 
Jamiyatning bunday a’zolari umumiy boylikdan o‘z ulushini olmaydi. 
Shu bois ehtiyojlari va o‘zini ta’minlashga qodir emasligini hisobga olib, 
islom ular Alloh taolo Qur’onda belgilab qo‘ygan zakotdan mablag‘ 
olishlarini nazarda tutadi.  
Kimlar zakot to‘lashlari, u nimalarga sarflanishi, qaysi mol-mulkdan 
to‘lanishi, mulkning har xil turlaridan qancha miqdorda undirilishi, 
qachon va qanday to‘lanishi hamda taqsimlanishi payg‘ambar sunnasida 
aniq tushuntirib berilgan.  
Zakot  – xayr-ehson to‘lash insonlarni Alloh taqdirlaydigan fazilatli 
musulmonlar bilan bir qatorga qo‘yadi. Musulmonlarning Qur’onida 
shunday deyilgan: «U namozni to‘kis ado etadigan, zakotni (haqdorlarga) 
ato etadigan va oxiratga aniq ishonadigan, chiroyli amal qilguvchi zotlar 
uchun rahbar – yo‘lboshchi va rahmat bo‘lgan (Kitob)dir» («Luqmon» 
surasi, 3–4-oyatlar). 
Insonning turar joy yoki boshpanaga ega bo‘lish huquqi islomda 
quyidagicha tavsiflanadi: 
1) islom musulmon davlatida yashovchi har bir insonning uni 
qanoatlantiruvchi turar joyga ega bo‘lish huquqini tasdiqlaydi va agar 
inson o‘zini turar joy bilan ta’minlashga qodir bo‘lmasa, bu vazifani 
davlatga yuklaydi. Islom musulmon davlatining har bir fuqarosiga uni 
yog‘ingarchiliklardan himoya qiladigan, shaxsiy hayotiga begonalarning 
aralashuviga yo‘l qo‘ymaydigan tegishli turar joy berilishini nazarda 
tutadi. Islom davlat har bir fuqarosini turar  joy bilan ta’minlashi shart, 
deb hisoblaydi. Bunda mablag‘lar budjetdan, ya’ni zakot jamg‘armasidan 
va budjetdagi boshqa manbalardan ham olinishi mumkin. Agar bu 
xarajatlar budjetga og‘irlik qilsa, hukmdor boy fuqarolarga qo‘shimcha 
soliqlar soladi, shuningdek ortiqcha turar joyga ega bo‘lganlarga 
boshpanadan mahrum musulmonlarga mo‘tadil haq evaziga boshpana 
berish majburiyatini yuklaydi;  


172
2) islom turar joy daxlsizligi huquqini tasdiqlaydi, u muayyan 
shaxsning uyiga uning ruxsatisiz bostirib kirishni, bunday harakatlarni 
bajarayotgan shaxsning jamiyatdagi mavqeidan qat’i nazar, taqiqlaydi.  
Musulmonlarning Qur’onida shunday deyilgan: «Ey mo‘minlar, o‘z 
uylaringizdan boshqa uylarga to izn so‘ramaguningizcha va egalariga 
salom bermaguningizcha kirmangiz. Mana shu sizlar uchun yaxshiroqdir. 
Shoyad eslatma-ibrat olsangizlar». «Endi agar u (uylarda) hech kimni 
topmasangizlar, u holda, to sizlarga izn berilmaguncha ularga kirmangiz! 
Agar sizlarga «qaytinglar», deyilsa (ya’ni kirishga izn berilmasa), qaytib 
ketinglar! Shu sizlar uchun eng toza (yo‘ldir). Alloh qilayotgan 
amallaringizni bilguvchidir» («Nur» surasi 27–28 oyatlar); 
3) musulmon huquqi hukmiga ko‘ra, biror odam birovning uyiga 
uning ruxsatisiz kirishi mumkin emas. Faqihlarning fikricha, jamiyatda 
inson hayoti, uning obro‘si va mulkini hurmat qilish muqaddas va daxlsiz 
hisoblanmas ekan, bunday jamiyatni ma’rifatli deb sanash mumkin emas. 
Islomda inson va boshqa jonzotlarning huquqlariga nisbatan odilona va 
universal yondashuv mavjudligini Qur’onning quyidagi oyati ham 
tasdiqlaydi:  «Qasamki, biz o‘z payg‘ambarlarimizni aniq hujjat – 
mo‘jizalar bilan yubordik va ular bilan birga Kitob hamda odamlar 
adolatni barpo qilishlari uchun mezon-tarozi tushirdik. Yana biz temirni 
tushirdik-yaratdik. Unda kuch-quvvat va odamlar uchun manfaatlar 
bordir. Alloh g‘aybda (bandalari ko‘ziga ko‘rinmasdan) turgan holida 
O‘ziga va payg‘ambarlariga yordam beradigan kishilarni bilish uchun 
(temirni yaratdi). Albatta Alloh kuchli, qudratlidir» («Hadid» surasi, 25-
oyat). 

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish