298
kengaytirildi. Mazkur o‘zgarishlar qabul qilinganidan so‘ng sudlarning
ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoni tayinlanishi 2010-yilda
2000-yilga nisbatan qariyb 26 foizga kamaydi. Shuningdek,
yarashuv
instituti joriy etilgani ham bu borada muhim qadam bo‘ldi.
Mazkur
institutning samaradorligi hamda o‘zbek xalqining rahmdillik va
kechirimlilik kabi ko‘p asrlik an’analariga mosligi uning izchillik bilan
kengayib borishiga asos bo‘lmoqda. Hozirgi kunda 53 ta jinoyat tarkibi
bo‘yicha yarashuv institutini qo‘llash imkoniyati nazarda tutilgan.
Yarashuv institutining joriy etilishi natijasida o‘tgan davr mobaynida 100
ming nafarga yaqin fuqaro jinoiy javobgarlikdan ozod etildi
1
.
Mamlakat Prezidenti 2005-yilning 1 va 8-avgustida O‘zbekistonda
o‘lim jazosini bekor qilish va qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini
sudlarga o‘tkazish to‘g‘risida ikkita farmon qabul qildi. Xususan,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti shunday deb ta’kidladi: «O‘zbekis-
ton Respublikasining 2008-yil 1-yanvaridan mamlakatda o‘lim jazosini
bekor qilish,
shuningdek, fuqarolarni qamoqqa olishga sanksiya berish
huquqini prokuraturadan sudlarga o‘tkazish to‘g‘risida qabul qilingan
qonunlari xalqaro hamjamiyat tomonidan ijobiy kutib olindi va butun
dunyoda katta aks sado berdi»
2
. Jinoyat sodir
etishda gumon qilinayotgan
yoki ayblanayotgan shaxslarni qamoqqa olishga sanksiya berish
huquqining 2008-yil 1-yanvardan e’tiboran sudlar vakolatiga o‘tkazilishi
va uni amalga oshirishning aniq protsessual-huquqiy mexanizmini
yaratish jinoyat protsessining sudgacha bo‘lgan bosqichida jinoiy ta’qib
qilinadigan fuqarolarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini samarali
himoya qilishning muhim kafolatiga aylanadi.
Mamlakatimizda bu borada «Xabeas korpus» institutining joriy
etilishi, ya’ni 2008-yildan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga
sanksiya berish huquqi prokurordan sudga o‘tkazilishi
prinsipial qadam
bo‘ldi. Mazkur institutning amaliyotga tatbiq etilishi insonning
konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari, uning daxlsizligini himoya qilishda
muhim omil sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ushbu institut joriy etilgan
2008–2010-yillarda sudlar tomonidan dastlabki tergov organlariga 700
1
Qarang:
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. Ɇɚɦɥɚɤɚɬɢɦɢɡɞɚ
ɞɟɦɨɤɪɚɬɢɤ
ɢɫɥɨԟɨɬɥɚɪɧɢ
ɹɧɚɞɚ ɱɭԕɭɪɥɚɲɬɢɪɢɲ ɜɚ ɮɭԕɚɪɨɥɢɤ ɠɚɦɢɹɬɢɧɢ ɪɢɜɨɠɥɚɧɬɢɪɢɲ ɤɨɧɰɟɩɰɢɹɫɢ:
ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ
Ɋɟɫɩɭɛɥɢɤɚɫɢ
Ɉɥɢɣ
Ɇɚɠɥɢɫɢ
Ԕɨɧɭɧɱɢɥɢɤ
ɩɚɥɚɬɚɫɢ
ɜɚ
ɋɟɧɚɬɢɧɢɧɝ ԕʆɲɦɚ ɦɚɠɥɢɫɢɞɚɝɢ ɦɚɴɪɭɡɚ . – Ɍ., 2010. – Ȼ.22–23.
2
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧɧɢɧɝ 16 ɣɢɥɥɢɤ ɦɭɫɬɚԕɢɥ ɬɚɪɚԕԕɢɺɬ ɣʆɥɢ. –
Ɍ., 2007. – Ȼ. 34–35.
299
dan ortiq holatda mazkur ehtiyot chorasini qo‘llash rad qilingani ham
buni yaqqol tasdiqlab turibdi»
1
.
Protsessual huquq tarmoqlaridan biri bo‘lgan
Fuqarolik-protsessual
Do'stlaringiz bilan baham: