2. Muso al-Xorazmiyning dunyo faniga qo’shgan hissasi to’g’risida sharhlab bering.
merosi to’g’risida talabalarga tushuncha berish va ularda mustahkam tasavvur hosil
va buyuk allomalar davri edi. O’sha davrning keng bilimli, peshqadam olimlaridan
shaharlarida o’tgan. Bu shaharlarda u tug’ilgan, voyaga yetgan, yashagan, ta’lim
olgan. Olim Xurosonda ham yashagan. Uning mashhurligi vazir Abul Hasan al-
Utbiy huzurida kotib bo’lib xizmat qilgan davrida cho’qqisiga chiqqan. Shu vazifasi
tufayli u «al-kitob al-Xorazmiy» nomi bilan ham tanilgan. O’z xizmat vazifalari
yuzasidan Buxoroga tez-tez borib turgan va ko’pgina allomalar bilan hamsuhbat
Olimning dunyoqarashi o’sha davrda keng tarqalgan qadimgi yunon falsafasi
va madaniyati, Sharq namoyandalari Yoqub ibn Ishoq al-Kindiy, Abu Nasr al-
Forobiy hamda Abu Bakr ar-Roziy ta’siri ostida shakllandi.
Abu Abdulloh al-Xorazmiyning bizgacha etib kelgan, ko’pchilik asarlari
singari o’sha davrning ilm tili — arab tilida bitilgan, yagona ma’lum asari —
«Mafotih al-ulum» («Ilmlar kalitlari»)-dir. «Mafotih al-ulum»ning qo’lyozma
nusxalari juda ko’p emas. Yakin-yaqingacha uning to’rt nusxasi bor deb hisoblanib
kelinar edi. Ana shu to’rt nusxadan uchtasi Buyuk Britaniya muzeyida 7528, 23429
va 2524 raqamlari hamda Berlin kutubxonasida I05I raqami ostida saqlanadi.
Amriqolik olim K. Bosvort asrimizning 60-yillarida ushbu asarning yana olti
nusxasini Turkiya kutubxonalarida borligini aniqladi. Barcha olti nusxa Istambul
shahridagi kutubxonalardadir.
Abu Abdulloh al-Xorazmiyning bu asari o’rta asrlardagi fanlar rivojlanishi
tarixiga oid kamyob manba sifatida ko’pgana olimlarning diqqat-e’tiborini o’ziga
jalb etdi. Birinchi bo’lib bu manbani o’rgangan va I895 yilda nashr qilgan olim —
gollandiyalik sharqshunos Van Flotendir. Shuningdek, I. Yu. Krachkovskiy, V. V.
Bartold, K. Brokelman, E. Videman, G. Sarton, M. M. Xay-rullaev, U. I. Karimov,
G. P. Matvievskaya, H. Hasanov, A. Sharipovlar ham asarning turli tomonlarini
tadqiq qilganlar.
«Mafotih al-ulum» o’ziga xos qomusiy asar bo’lib, o’sha davrdagi deyarli
hamma asosiy fan sohalarini o’z ichiga qamrab olgan. Muallif o’rta asrlardagi har
bir ilm mazmunini sharhlash yo’li orqali tushuntirib beradi. Olim ilmlarni ikkiga
bo’lib, ularga «arab — shar’iy» va «arab bo’lmagan»larga ajratadi. Bu hol olim o’z
davrining namoyandalari singari ilmlar tasnifida ularni ikki kismga bo’lish
an’anasiga sodiq qolganligini ko’rsatadi. Uning birinchi an’naviy «arab» ilmlari
qismi o’n bir bobdan iborat fiqh, yetti bobdan iborat kalom, o’n ikki bobdan iborat
grammatika (sarf va nahC), sakkiz bobdan iborat ish yurgizish, besh bobdan iborat
she’r va aruz hamda to’qkiz bobdan iborat tarihdan tashkil topgandir. Ikkinchi
qismiga esa «arab bo’lmagan» quyidagi ilmlar kiritilgan: ular — uch bobdan iborat
falsafa, to’qkiz bobdan iborat mantiq, sakkiz bobdan iborat tib, besh bobdan iborat
arifmetika, to’rt bobdan iborat handasa, shuningdek, to’rt bobdan iborat ilm an-
nujum, uch bobdan iborat musiqa, ikki bobdan iborat mexanika va uch bobdan iborat
kimyodir. Shunday qilib, asar ikki qismdan iborat bo’lib, unda o’n besh ilm to’qson
uch bobda bayon etilgan.
Abu Abdulloh al-Xorazmiy ilmlar tasnifining shakli quyidagicha:
Do'stlaringiz bilan baham: