Ajratilgan vaqt: 2-soat Asosiy savollar



Download 357 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana11.01.2022
Hajmi357 Kb.
#353195
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-Muso al-Xorazmiy

Identiv o’quv maqsadlari:

 Al-Marvaziyning 20 ga yaqin asarlar yaratishi va uning 

fan tarixidagi o’rnini tahlil qiladi. 

 

 

2-asosiy savolning bayoni: 

Ma’lumki, O’rta asrda Bag’dodda vujudga kelgan ilmiy maktab — «Hikmatlar uyi» 

(«Bayt ul-hikma») Sharq xalqlari fani tarixida alohida ahamiyat kasb etdi. Bu markazda 

faoliyat  ko’rsatgan  allomalar  o’sha  davr  ilmlari,  xususan,  anyq  fanlarning  rivojiga 

salmoqli  hissa  qo’vdib,  qadimgi  yunon,  hind  va  boshqa  xalqlar  ilmiy  merosini  o’qib 

o’rgandilar, ularni tahlil qilib, yangi g’oyalar bilan boyitdilar. Natijada, ularning qalamiga 




mansub  bo’lgan  qator  asarlar  paydo  bo’ldiki,  bu  asarlar  O’rta  asr  ilmining  noyob 

durdonalariga aylandi. 

IX—XI asrlarda butun musulmon Sharqi fani va madaniyati taraqqiyotida Markaziy 

Osiyo donishmandlari yetakchi mavqeni egallagan bo’lsada, musulmon madaniyatining 

«oltin  davri»  deb  e’tirof  etilgan  ushbu  davrda  yashagan  bu  allomalarning  hayoti  va 

faoliyati hozirga qadar to’liq aniqlanmagan. Markaziy osiyolik olimlarning ma’lum qismi 

xalifa al-Ma’mun tarafidan tanlab olinib, poytaxt Bag’dodga olib ketilgan. Ular orasida 

xorazmlik  buyuk  alloma  Muhammad  al-Xorazmiy,  farg’onalik  mashhur  astronom 

Ahmad  al-Farg’oniy,  o’sha  davrdaga  Forob  (hozirgi  GavhartepA)  mintaqasidan 

chiqqan  yirik  astronom  va  matematik  al-Abbos  al-Javhariy,  Bag’dod  va  Damashq 

shaharlaridagi astronomik tadqiqot va kuzatishlarning tashkilotchisi marvlik Yahyo ibn 

Abu Mansur va boshqalar bo’lgan. 

Bag’dod  ilmiy  maktabida  faoliyat  ko’rsatgan  yirik  astronom  va  matematiklardan 

yana  biri  Ahmad  ibn  Abdulloh  al-Marvaziy  bo’lib,  u  «Habash  al-Hosib»  («Habash 

hisobchi») laqabi bilan tanilgan. Uning ismidagi al-Marvaziy rutbasi esa muallifni hozirgi 

Turkmanistonning  Bayram  Ali  shahri  yaqinidagi  Marvdan  ekanligini  ko’rsatadi. 

Olimning ismi va ba’zi asarlari o’rta asr mualliflaridan Ibn an-Nadim (X asr), Ibn al-

Qiftiy (II73—I248) va Hoji Xalifalar (I609—I657) tomonidan zikr etiladi. Jumladan, 

Ibn  an-Nadim  uni  yuz  yildan  ortiq  yashagan,  deb  ma’lumot  berib,  Marvaziyning 

yettita  kitobining  nomini  sanab  o’tadi.  Ibn  al-Qiftiy  esa  uning  asli  marvlik  bo’lib, 

xalifa al-Ma’mun va al-Mu’tasim zamonida Bag’dodda faoliyat ko’rsatganligini aytadi. 

Olimning yashagan umrini Ibn al-Qiftiy yuz yillar atrofida, deb xabar beradi. Keltirilgan 

ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, Ahmad al-Marvaziy uzoq umr ko’rgan. Fan tarixiga 

oid  bibliografik  kitoblardan  bu  olimni  770—870  yillar  mobaynida  yashab  o’tgan  deb 

taxmin  qilinadi.  Ahmad  al-Marvaziy  «Zij»  («Astronomik  jadvallari»)  deb  ataladigan 

«Damashq  ziji»  («az-Zij  al-ma’ruf  bi-d-Dimashqiy»),  «Zij»  (bu  zij  Bag’dod  shahri 

uchun  tuzilgan)  va  «al-Ma’munning  tekshirilgan  ziji»  («az-Zij  al-Ma’muniy  al-

mumtahan») asarlarining muallifidir. Ibn al-Qiftiy al-Marvaziy «Shoh uchun zij» («az-

Zij al-Shahiy») nomli yana bir kichik hajmdagi risolaning ham muallifi, deb ko’rsatadi. 

Lekin bu risola yuqoridagi zikr etilgan «zij»larning birortasi bo’lishi mumkin. «Damashq 

ziji»  hozirda  Istambulda  saqlanmoqda.  Al-Marvaziy  o’zining  bu  asarini  o’sha  davrda 

«Sindhind»  nomi  bilan  mashhur  bo’lgan  hind  astronomik  jadvallarini  qayta  ishlash 

asosida yozgan. Undagi ba’zi masalalar Ibrohim al-Fazariy, Muhammad al-Xorazmiyning 

«zij»laridan  farqlanadi.  Olimning  Bag’dod  shahri  uchun  yozilgan  ikkinchi  «Zij»i 

Berlinda  saqlanmoqda.  Beruniyning  «Qadimgi  xalqlardan  qolgan  yodgorliklar»  va 

«Geodeziya» asarlaridagi ma’lumotlarga qaraganda, bu kitob keyingi davr astronomlari 

tarafidan hurmat bilan tilga olingan. Uchinchi «al-Ma’munning tekshirilgan «ziji» ham 

o’z  vaqgida  katta  shuhrat  qozongan  bo’lib,  xalifa  al-Ma’mun  bir  guruh  olimlarga 

qadimgi yunon astronomlarining kitoblarida keltirilgan ma’lumotlarni tajribalar asosida 

qaytadan  tekshirib  chiqish  vazifasi-ni  yuklagan  va  tajriba  natijalari  o’laroq,  ushbu  asar 

dunyoga kelgan. Bu asarda o’sha davr astronomiyasining barcha yutuqlari mujassam 

etilgan va O’rta asr  manbalarida, ba’zan Yahyo ibn Mansur va Ahmad al-Marvaziy, 

ba’zan  esa  o’sha  davrning  boshqa  astronomlari  tarafidan  bitilgan,  deb  keltiriladi. 

Bunday  asarning  yaratilishida  ko’pchilik  ishtirok  etgan  bo’lishi  kerak,  degan  xulosa 

kelib  chiqadi.  Shunga  qaramasdan,  mutaxassislar  al-Ma’mun  «ziji»ni  Yahyo  ibn 



Mansur boshlab, Ahmad al-Marvaziy yakunlagan bo’lishi kerak, degan taxminni qiladilar. 

Umuman esa, al-Marvaziy al-Ma’mun davrida olib borilgan tajriba va ilmiy tadqiqotlarda 

eng  faol  ishtirok  etgan  olimlardan  bo’lib,  832—833  yillarda  Sinjar  sahrosida  yer 

meridianining bir darajasini o’lchash ishlarida ham qatnashgan. 

Al-Marvaziyning  yigirmaga  yaqin  nomdagi  asarlari  ro’yxatida  biz  astronomik 

jihozlar — astrolyabiyalar, quyosh soati va zat al-halaqlarga bag’ishlangan risolalarni 

uchratishimiz mumkin. Afsuski, ularning katta qismi bizgacha yetib kelmagan. 

Olimning  astronomiyadagi  yutuqlariga  qaramasdan,  uning  asosiy  xizmatlari 

trigonometriyada deb topilgan. Bu fiqrimizning mag’zini al-Marvaziyning fanga birinchi 

bo’lib olib kirgan tangens va kotangens tushunchalari va ularning funksiyaviy jadvallari 

tashkil  etadi.  Olimning  asarlarida  bayon  qilingan  tangens,  kotangens  va  kosekans 

tushunchalari trigonometriya rivojiga qo’shilgan ulkan hissa bo’ldi. 

Ibn  an-Nadim  o’zining  «al-Fixrist»  kitobida  al-Marvaziyga  oid  yana  ikki  muhim 

ma’lumotni keltiradi. Ulardan biri al-Marvaziyning Abu Ja’far ibn Ahmad ibn Abdulloh 

ibn  Habash  ismli  o’g’li  bo’lib,  u  ham  astronomiya  bilan  shug’ullangan  va  «Yassi 

astrolyabiya»  («Kitab  al-asturlab  al-musattah»)  nomli  kitobning  muallifi  ekanligidir. 

Ikkinchisi  esa,  IX  asrdagi  mashhur  astrolog  va  astronomlardan  biri  Muhammad  ibn 

Bazyar biz hikoya qilayotgan al-Marvaziyning o’quvchilaridan deb e’tirof etilishidir. Bu 

esa  Ahmad  al-Marvaziyni  nafaqat  mashhur  olim,  balki  yetuk  shogirdlar  tayyorlagan 

mohir ustoz bo’lganydan ham dalolat beradi. 




Download 357 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish