Ajratilgan vaqt : 2 soat Mavzu bo’yicha asosiy masala(savol)lar



Download 0,82 Mb.
bet45/104
Sana18.06.2023
Hajmi0,82 Mb.
#952229
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   104
Bog'liq
portal.guldu.uz-ONA TILI

Misollar

Darak-xabar

Bolalar ko’zlaridan nafrat uchqunlari otilib turgan Po’latning vajohatilan qo’rqdilar.
Istak

Men senga doimo sog’liq - salomatlik tilayman.
Maslahat, tashviq

Maydonga ro’yi rost chiqib, haqimizni da’vo qilamiz. (O.)
Taajjub

Cho’loq boshi bilan Meresev ham kelibdi-ya. (B.P)
Gumon

Balki u odam butun bola- chaqasi bilan ekinga ko’z tikayotgandir.(O)
Tasvir

Temir – metall. Tol - daraxt.



So’roq gap.
So’zlovchiga noma’lum bo’lgan biror voqea - hodisa, harakat-holat, belgi haqidagi so’roqni bildirgan gaplar so’roq gap deyiladi. O’qishlar qalay? Qachon keldingiz?
So’roq gap odatda so’zlovchiga noma’lum bo’lgan biror narsa haqida xabar bilish, shu to’g’rida ma’lumot olish maqsadida ishlatiladi va shu xabar ma’lumotni anglatuvchi javobni talab qiladi. Lekin so’roq gapning javob talab qilmaydigan ko’rinishlari ham bor. Bunday gaplarda so’roqqa javob gapning o’zidan anglashilib turadi. So’zlovchining o’zi javob beradi: Vatanni kim sevmaydi?!
So’roq gaplar ba’zan so’roq yo’li bilan ifodalangan hayratlanish, taajjubni, buyruqni, shubha-gumonni, taxminni, turli holat, tuyg’ularni ham ifodalaydi. Masalan: Lotereyangizga Neksiya chiqdimi? Tezroq yurmaysizmi? Dushanbagacha ulguramizmikan? Bunaqada uni kim yoniga oladi?! Mana shu xususiyatlariga ko’ra so’roq gaplar quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Sof so’roq gaplar (asl so’roq gaplar). Bular odatdagi javobni talab qiluvchi so’roq gaplardir. Qachon boramiz sayohatga? Bunday so’roq gaplar shubha, gumon, taajjjub, istak kabi ma’no nozikliklarini ham ifodalaydi. Bunday nozik ma’nolarni og’zaki nutqda ohang tovlanishlari ko’rsatadi. Masalan: Qachon katta bo’laman, dada? Uchrashuvga chiqarmikin?
2. Ritorik so’roq gaplar. Bunday so’roq gaplar javob talab qilmaydi. Bunda so’roq yo’li bilan tasdiq mazmuni beriladi (yashirin tasdiq). So’roq gapning bu turi fikrni emotsional tusda, kuchli, ifodali, ta’sirli qilib beradi. Masalan: Xalq orzusini amalga oshirishdan kattaroq baxt bormi?! Baxtli bo’lishni kim istamaydi?!
3. So’roq-buyruq gaplar. Bunday gaplar so’roq yo’li bilan buyurish ma’nosini ham bildiradi. Tez-tez yurmaysanmi?
So’roq gaplar asosan quyidagi vositalar bilan tuziladi:
1) So’roq yuklamalari bilan: Bugun «Klara» bo’ladimi? Kelasan-a?
2) Nahot, nahotki yuklamalari bilan: Nahot sizga yoqmasa?
3) So’roq olmoshlari bilan: Nima chaynayapsan? Qachon to’xtatasan?
4) So’roq intonatsiyasi bilan: Iroda Parijga ketipti?
So’roq intonatsiyasi so’roq gapning hamma turida bor, lekin uning roli har xil: a)so’roqni ifodalovchi leksik-grammatik vositalar bo’lmaganda, intonatsiya bosh rolda bo’ladi b)leksik grammatik vositalar ishtirok etganda, uning roli avvalgiga nisbatan kuchsizlanadi.
So’roq gapda intonatsiya ko’tariluvchi, pasayuvchi, ko’tariluvchi-pasayuvchi xarakterida bo’ladi. Ko’tariluvchi intonatsiyada logik urg’u olgan bo’lak gap oxirida bo’lib, ohang ko’tarilib boradi: Bugun qor yog’adi? Logik urg’u olgan bo’lak so’roq gapning boshida kelsa, ohang pasayib boradi. Biz bugun navbatchilik qilamiz?
Logik urg’u olgan bo’lak so’roq gapning ichida kelsa, ohang shu bo’lakkacha ko’tarilib, so’ng pasayadi: Biz bugun ekskursiyaga boramiz? Biroq shunda ham ohang darak gapdagidek u bilan tenglasharli darajada past bo’lmaydi.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish