Gapning voqelikka munosabatiga ko’ra turlari 14-jadval
№
| Turlari | | Misollar |
1.
|
Tasdiq (bo’lishli) gaplar
|
Mavjudlikni ifodalaydi.
|
Tongda hamma yoqdan bulbullar-ning xush ovozi eshitildi. (H.N)
Bog’imizda har xil mevalar bor.
|
2.
|
Inkor (bo’lishsiz) gaplar
|
Mavjudlikni inkor qiladi. -ma, emas, yo’q ko’rsatkichlari yordamida hosil bo’ladi.
|
Ilmni mehnatsiz egallab bo’lmaydi.
Dangasalik hech qachon yaxshi-likka olib kelgan emas.
Do’stimdan xat kelgani yo’q.
|
3–masala: Gapning emotsionallika munosabatiga ko’ra turlari.
Darsning maqsadi: talabalarda his-hayajon gaplar to’g’risida aniq tushunchalar hosil qilish.
Identiv o’Quv maQsadlari:
3.1. Gaplarning emotsionallikka munosabatiga ko’ra turlarini aytib beradi.
3.2. Emotsional gaplarning o’ziga xos xususiyatlarini ko’rsatib beradi.
3.4. Darak, so’roq, buyruq gaplarni emotsional gaplarga aylantirib beradi.
3.5. Undov gaplarning intonatsion xususiyatlarini aniqlab beradi.
3.6. Intonatsiya va emotsionallikka baho beradi.
2-masala bayoni:
Gaplar emotsionallikka munosabat jihatidan ikkiga bo’linadi: emotsional gaplar va emotsional bo’lmagan gaplar. Birinchi tur undov gaplardir.
Undov gap fikrni kuchli his-hayajon bilan ifodalaydigan, o’ziga xos his-hayajon, ayrim undov intonatsiyasi, kuchli ohang bilan aytiladigan gapdir. Masalan: U o’rtog’iga qarab: «Ot o’ldi!»- dedi. «Men yaxudiyman! Qo’zg’aldi butun xalq: ukrain, o’zbek, yahudiy». Bolalar qichqirdilar: Ko’klam keldi!
Undov gap odatda fikr bilan birga shunga bo’lgan emotsional munosabatni - shodlik, qo’rqinch, tantana kabilarni - turli emotsiyalarni ifodalaydi. Demak, darak, so’roq va buyruq gaplarga maxsus undov intonatsiyasining qo’shilganligi gapning kuchli emotsionallik, ko’tarilgan ohang bilan aytilishi ulardan undov gap hosil qilinganligini ko’rsatadi. Misollar: Kontsert boshlandi. - Kontsert boshlandi! Opam kelidimi? - Opam keldimi! Yo’qol ko’zimdan. Yo’qol ko’zimdan! va boshqalar.
Undov gaplar quyidagi (emotsional) intonatsion, grammatik xususiyatlarga ega:
1) Bu gap maxsus undov intonatsiyasiga (to’lqinli intonatsiyaga) ega bo’ladi. Emotsiya, hislarning har xil bo’lishiga (shodlik, erkalash, g’azab, afsus, qo’rqinch kabi) va ularning qay darajada bo’lishiga qarab, intonatsiya ham turli tus oladi.
2) Undov gaplarning sostavida undovlar (his-hayajon undovlari), shunga mos kuchaytiruvchi so’zlar, ayrim yuklamalar ishtirok etgan bo’lishi mumkin. Misollar: Eh, bugun lagerga ketamiz!.. Paxtazorlar qanday chiroyli! (qanday so’zi - kuchaytiruvchi). Naqadar balanddir bu erda cho’qqi!
3) Undov gapning ayrimligi ba’zan gapdagi bo’laklarning tartibida ham ko’rinadi: Emotsionallikni kuchli ifodalash uchun inversiya ham xizmat qilishi mumkin. Ko’rsatib qo’yaman men o’sha insofsiz qoziga!»- dedi yigit.
4) Undov gaplarda emotsionallikni kuchaytirish uchun emfatik urg’u olgan so’zni takrorlash, ikki marta (ba’zan ortiq) ishlatish hollari ham uchraydi. Mardikor bahona yurtni shildi. Yurtginani shildi bular! (Bu o’rindi -gina ham kuchaytiruvchidir).
5) Undov gaplar ko’pincha bir sostavli bo’ladi.Biznikilar! Yashasin erkinlik! Oh qanday go’zalsan!
Do'stlaringiz bilan baham: |