Ajratilgan vaqt : 2 soat Mavzu bo’yicha asosiy masala(savol)lar


-masala:Grammatik shaxs kategoriyasi



Download 0,82 Mb.
bet38/104
Sana18.06.2023
Hajmi0,82 Mb.
#952229
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   104
Bog'liq
portal.guldu.uz-ONA TILI

3-masala:Grammatik shaxs kategoriyasi.
Darsning maqsadi: Talabalarda grammatik shaxs to’g’risida aniq tushuncha hosil qilishga erishish .
IDENTIV OQUV MAQSADLARI :
3.1.Predikativlikning tarkibiy qismlarini aytib beradi .
3.2.Grammatik shaxs va shaxs-son kategoriyasining o’ziga xos xususiyatlarini tushuntirib beradi.
3.3.Grammatik shaxs qanday vositalar bilan ifodalanishini ko’rsatib beradi.
3.4.Grammatik shaxs, shaxs, sub’ekt, harakatning bajaruvchisi tushunchalarini qiyosiy tahlil qiladi .
3.5.Grammatik shaxs va shaxs tushunchasiga ta’rif beradi.
3- masala bayoni
Gapni gap bo’lmagan boshqa lisoniy birikmalardan farqlovchi grammatik ma’no bo’lgan predikativlik har qanday gapga xos umumiy grammatik ma’no sifatida bir necha qismlardan tashkil topadi va bu qismlarning har biri o’ziga xos kichik kategoriyalarni hosil qiladi. Shu ma’noda predikativlik quyidagi tarkibiy-grammatik kategoriyalardan iborat:
1) gapning grammatik shaxs kategoriyasi;
2) gapning grammatik zamon kategoriyasi;
3) Gapning grammatik tasdiq-inkor kategoriyasi;
4) Gapning modallik kategoriyasi.
Predikativlik-gap mundarijasining voqelikka munosabatining ifodalanishida zamon, tasdiq-inkor, modallik kategoriyalari bilan birga grammatik shaxs ham qatnashadi. Grammatik shaxs gapda harakatning bajaruvchisi, sub’ekti yoki belgi egasi ma’nosining ifodalanishi bilan bog’liqdir. Shuning uchun grammatik shaxs gapning ajralmas bir xususiyati, zarur kategoriyadir.
Grammatik shaxs kategoriyasi fe’llarning morfologik shaxs kategoriyasi asosida vujudga kelsa ham, lekin u bilan teng emas, undan bir muncha kengdir. Chunki grammatik shaxs kategoriyasi fe’l ishtirok etmagan gaplarda ham ifodalanadi. Bunda grammatik shaxs shaxs otlari, kishilik, belgilash-jamlash olmoshlari orqali, bular ham bo’lmaganda sintaktik konstruktsiyaning o’zi bilan ifodalangan bo’ladi. So’nggi holda grammatik shaxs boshqa shaxsli gaplarga qiyosan belgilanadi. Masalan: Toshkent –O’zbekistonning poytaxti gapining grammatik shaxsi Akram – o’qituvchi, U-ishonchli hamkor gaplariga qiyosan III shaxsga aloqador bo’ladi. Grammatik shaxs kategoriyasi mazmun jihatidan olmoshlardagi shaxs kategoriyasiga o’xshashdir. Grammatik shaxs kategoriyasida ham 1-2-3– shaxs noaniq shaxs, umumlashgan shaxs, hamda shaxssizlik ajratiladi. Bunda:
a) fe’lning shaxs-son kategoriyasi;
b) fe’lning nisbat kategoriyasi;
v) shaxs olmoshlari;
g) shaxs otlari qatnashadi.
Grammatik shaxsiga ko’ra gaplar shaxsi aniq, shaxsi umumlashgan, shaxsi noaniq, shaxsi umumlashgan, shaxssiz gaplarga bo’linadi.
Kesimi aniqlik maylidagi fe’llar va shaxs-son qo’shimchalarini olgan otlar bilan ifodalangan gaplar shaxsi aniq gap hisoblanadi. Masalan: Hech qayoqqa bormaymiz. Bizkim, turklarning bosh bo’g’ini amiri Turkistonmiz. 20 yildan buyon shu dargohda o’qituvchiman.
Kesimi 3- shaxs aniqlik mayli shaklidagi yoki birgalik nisbatidagi fe’llar bilan ifodalangan harakatning bajaruvchisini aniq ko’rsatib turmaydigan gaplar shaxsi noaniq gaplarni tashkil qiladi. Demak, bunday gaplarda shaxs grammatik jihatdan ifodalansa-da, u konkret shaxsni ko’rsatmaydi. Chunki bunday hollarda ish-harakatni bajaruvchi shaxs emas, balki ish-harakatning o’zi birinchi o’rinda turadi. Masalan : Uni Karim nonvoy der edilar. Mana buni zarba deyishadi. Yaqinda yangi stadion qurishdi. Ko’chatni ko’pincha bahorda ekishadi. Kesimi grammatik jihatdan aniq bir shaxsni ko’rsatib tursa ham mazmunan hammaga, umumga qarashli harakatni bildirgan gaplar shaxsi umumlashgan gap deyiladi. Odatda bunday gaplarning kesimlari hozirgi-kelasi zamon fe’lining ikkinchi shaxs shaklida bo’lib, birinchi va uchinchi shaxsdagi fe’llar bilan juda kam ifodalanadi. Lekin ish harakat mazmunan doim har uch shaxsga tegishli bo’ladi. Masalan: Ishyoqmasga ish buyursang, otangdan ortiq nasihat qiladi. Izzat tilasang, ko’p dema, sihat tilasang ko’p ema. Boshingga qilich kelsa ham to’g’ri gapir. Och o’tirsang ham tinch o’tir.
Kesimdan harakatning bajaruvchisini umuman topib bo’lmaydigan, uni topib qo’yish ham mumkin bo’lmagan gaplar shaxssiz gaplar hisoblanadi. Shaxssiz gaplarning kesimi: a) uchinchi shaxs majxul nisbatdagi fe’llar bilan ifodalanadi: Yig’lanmasin, nega yig’lanadi. b) o’timsiz fe’lning majxul nisbat shakliga kirishi bilan ifodalanadi: Kecha majlisga etib borildi. Soat 3 gacha 1 tonna terildi. v) bo’l yordamchi fe’lining shart mayli va ravishdosh shaklidagi fe’l bilan ifodalanadi: Bu suvni ichsa bo’ladi – Bu suvni ichib bo’ladi. g) jo’nalish kelishigi shaklidagi harakat nomi - to’g’ri kel birikmasining tuslanishi bilan ifodalanadi: Ertaga tong saharda borishga to’g’ri keladi.
d) harakat nomi - kerak, zarur so’zlari orqali ifodalanadi: Topshiriqni o’z vaqtida bajarish kerak.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish