Zafar Diyor - Hozirgi zamon o’zbek bolalar adabiyotini Zafar Diyorsiz tasavvur qilish qiyin. Uning she‘r, qo’shiq, doston, hikoya va pesalari yosh kitobxonga katta estetik zavq-shavq bag’ishlab kelmoqda. Kata iste‘dod egasi Zafar Diyor 1912 yilda Namangan viloyatining hozirgi Chust tumani, Samsoqtepa qishlog’ida kambag’al dehqon oilasida tug’ildi.1916 yilda Zafarlar oilasi Toshkent shahriga kuchib keladi. Zafarning otasi dalada, onasi esa bosmaxonada mehnat qiladilar.
- 1927 yilda Zafar to’liqsiz o’rta maktabni bitiradi va Samarqanddagi Narimonov nomli pedagogika texnikumiga o’qishga kiradi. Tuxnikumda ko’proq ilm-fan sirlaridan bahramand bo’lishga harakat qiladi. Uning dastlabki she‘riy mashqlari bilim yurti devoriy ro’znomasi sahifasida ko’rina boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |