Sultоn Jo’rа - O’zbek bolalar adabiyotining taniqli vakillaridan biri, pedagog, jangchi-shoir Sulton Jo’ra 1910 yilning 15 yanvarida Buxoro viloyati Shofirkon tumanining Qag’altom qishlog’ida kambag’al dehqon oilasida dunyoga keladi. Yetti yoshidan ota-onadan yetim qolgan Sulton har kimning eshigida xizmat qildi. U dastlab boshlang’ich maktabda o’qib, so’ng 1924 yilda Buxoroga keldi va bu yerda erlar pedagogika bilim yurtida o’qib, uni 1930 yilda tugatdi. Sulton Jo’ra 1931-38 yillarda Buxoro rabfagida, 1938-41 yillarda Andijondagi o’qituvchilar ilmgohi va pedagogika bilim yurtida til va adabiyotdan dars berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |