9-amaliy mashg’ulot Zafar Diyor va Shukur Sa’dulla ijodi



Download 13,94 Kb.
Sana07.06.2021
Hajmi13,94 Kb.
#65730
Bog'liq
9-amaliy adabiyot Z.D


9-amaliy mashg’ulot

Zafar Diyor va Shukur Sa’dulla ijodi

Bolalarning jo’shqin kuychilaridan biri Zafar Diyor 1912-yilda Namangan viloyatining hozirgi Chust tumani,Samsoqtepa qishlog’ida kambag’al dehqon oilasida tug’ildi.1916-yilda Zafarlar oilasi Toshkent shahriga ko’chib keladi. Uning otasi dalada,onasi esa bosmaxonada mehnat qiladilar.1927-yilda Zafar to’liqsiz o’rta maktabni bitiradi va Samarqanddagi texnikumga o’qishga kiradi.Uning dastlabki she’riy mashqlari shu bilim yurti devoriy ro’znomasi sahifalarida ko’rina boshlaydi.

Yigirmanchi yillar oxiri o’ttizinchi yillar boshlarida uning yoshlar gazeta va jurnallarida ilk she’rlari chop etila boshlaydi.Uning birinchi she’ri yosh shoirlarning “Qurilish kuylari” degan to’plamida bosilib chiqdi.Ko’p o’tmay ,uning birinchi she’rlar to’plami ham “Qo’shiqlar” nomi bilan 1933-yilda nashr etiladi. U 1933- yilda bilim yurtini muvaffaqiyatli bitirgach,o’qituvchi bo’lib ishlay boshlaydi. Uning maktab va bolalar,yosh avlod hayoti haqida yozgan she’r,hikoya va ocherklari 1928-yildan boshlab matbuot sahifalarida tez-tez bosilib turdi.1934-yilda u Samarqanddan Toshkentga qaytadi va hozirgi “Tong yulduzi” gazetasida adabiy xodim bo’lib ishlaydi.

U kichkintoylar uchun she’rlar yozar ekan,izlanish,o’qish,o’rganish zarurligini dildan his qiladi.”Bolalar uchun asar yozish men uchun juda qiyin va ma’suliyatli vazifa deb bilaman va men buning uchun tinmay izlanishdaman”.

Zafar Diyor 1935-yilda dastlabki mashhur asarlaridan biri bo’lgan “Mashinist” dostonini yaratadi.O’tgan asrning boshlarida yoshlarni o’qitish,ilmli,kasb-hunarli qilish muhim ishlardan biri bo’lgan bir paytda “Mashinist”ning maydonga kelishi bolalar adabiyotida muhim voqea bo’ladi.Dostondagi bosh obraz Ashur baxtiyor yoshlarning fazilatlarini umumlashtirishga bag’ishlangan.

Dostonning bosh qahramoni Ashur g’irt yetim.Ko’cha-ko’yda sarson-sargardon bo’lib yurgan,o’g’irlik qilib tirikchilik ko’rib yurgan bola dostonda yaxshi insonlarning ko’magi yordami bilan katta bir kasb egasi machinist(poyezd haydovchi) bo’lib kamol topishi kitobxon bolalarda katta taassurot qoldiradi. Davr, zamonning tuhfasi bois Ashur kasb-hunar egasi bo’lishdan tashqari,uning ongi va tushunchasi ham o’sadi.U Vatanga sadoqatli doimo olg’a intiluvchi ilg’or yoshlardan biri bo’lib yetishadi.Shuning uchun ham doston qahramoni o’z umrini Vatan yo’liga tikishga tayyor turadi:

Sevinaman ,hali yoshman,ko’p yashayman

Bu o’lkaning saodati-baxti uchun.

Yana o’qib,yana kulib ko’p yashayman

Shu ko’plarning biri bo’lib o’lkam uchun.

Ha! Mamlakat shunday va’da beray senga:



Butub umring sening porloq hayotinga!

Asar yoshlarning ilm-fanga, kasb-hunarga, ona-Vatanga muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalanishlarida muhim o’rin tutadi.
Download 13,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish