Bilamizki, “Devonu lug’otit turk” orqali bizgacha yetib kelgan qadimgi she’riy asarlarning bandlanishi to’rt misralikdir. Turkiy adabiyotdagi to’rt misralik she’r va bandi to’rt misralik bo’lgan she’rlar o’rtasida o’ziga xos tafovut bor, albatta. Tugal mazmunni ifodalagan to’rt misrali she’rlar Sharq adabiyotida ruboiy deb ataladi. Devonda pand-nasihat ruhidagi quyidagi to’rtlik keltirilgan: Qarduni yenyu saqinmang, Tuzg’uni manyu sezinmang. Bulmadiq nenga sevinmang, Bilgalar ani yirar. I.396 *** Мuzni javohir deb bilmang, Hadya oshni yeb qo’ymang. Behudaga sevinmang, Donolar shuni aytur. (A.A.)
Do'stlaringiz bilan baham: |