Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedogogika instituti



Download 90,8 Kb.
bet4/17
Sana23.03.2023
Hajmi90,8 Kb.
#920911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
САПАРБАЕВА САЁРА КУРС ИШИ 2022-2023

Simfonik ijodi.
P.I.Chaykovskiyning simfonik musiqasi hayoti davomida muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Ostrovskiy dramasiga asoslangan «Momaqaldiroq» uvertyurasi birinchi simfonik asari bo'lsa, oltinchi simfoniyasi va fortepiano uchun yozilgan uchinchi konserti ijodidagi oxirgi asarlari bo'lib qoladi.
Simfonik janrga mansub turli xil asarlarining orasida kompozitorning oltita simfoniyasi alohida o'ringa ega bo'lib, bular qatoriga «Manfred» simfoniyasi va bir qismli dasturli uvertyura fantaziya hamda poema va fantaziyalari - «Romeo va Juletta», «Fatum», «Bo'ron», «Francheska da Rimini», «Gamlet», «Sarkarda» nomli asarlari kiradi.
P.I.Chaykovskiy yaratgan to'rtinchi va beshinchi simfoniyalar uning ijodiy xazinasidan o'rin olgan mashhur asarlaridan hisoblanadi. Kompozitor falsafiy izlanishlari orasida asosiy masala-inson hayoti va uning mohiyati simfoniya janrida aks etadi. Simfonik janr badiiy g'oyalarning rivojlanish jarayonini erkin va hech qanday chegarasiz ifoda qilishda katta imkoniyat yaratishiga kompozitorning ishonchi komil edi.
Haqiqiy dramaturg sifatida u asosiy ziddiyatlarni yahlit holda, musiqiy obrazlarning to'qnashuvi va rivojlanishi orqali tasvirlab berishga intilar edi. Musiqada bularning barchasi turli xil musiqiy mavzularning qayta ishlanishida, bir-biri bilan taqqoslanishida, hamda ularning o'zaro harakatda, uzviylikda yoritib berilishida aks etadi. Mavzular orasidagi kontrastlar kuyda, garmoniyada hamda orkestr tembrlarida ham namoyon bo'ladi.
P.I.Chaykovskiy ko'pgina simfonik asarlari dasturiy xususiyatga ega. Asarlari yoki asar qismlarining nomlanishida dastur yaqqol ko'rinadi. Misol tariqasida «Qish orzu-xayollari» simfoniyasi hamda «Romeo va Juletta» uvertyurasini keltirishimiz mumkin. «Manfred» simfoniyasida bayon qilingan dastur so'z orqali ifodalangan.
Oltinchi fojiaviy simfoniyaning dasturi rasman eolon qilinmagan bo'lsa ham, ammo ijod jarayonida kompozitor uchun u juda katta ahamiyatga ega bo'lgan. Kompozitor bu simfoniyaga «Hayajonli» («Pateticheskaya») degan nom beradi. Ushbu simfoniyada hayot va mamotning azaliy kurashi umumlashma holda berilgan desak xato qilmaymiz. Kompozitorning tabiatan dramatik xarakterga egaligi dasturli asarlari uchun badiiy syujetlarni tanlanishida ham o'z aksini topadi. Adabiy asarning bosh g'oyasini, to'qnashuvini gavdalantirish asosiy masala bo'lib qoladi.
P.I.Chaykovskiy lirik-dramatik, lirik-fojiaviy simfonik asarlarning yaratuvchisi sifatida jahon simfonizmi tarixida o'z nomini qoldirdi. U katta simfonik o'lchamdagi g'oyalarni va obrazlarni umumlashtirish kabi Bethovencha tamoyillarni o'zining cholg'u asarlarida qayta tikladi.
XIX asrda rus musiqasi tarixida simfoniyani, Asafevning so'zi bilan aytganda, «tovushlarda aks etgan hissiy falsafa» darajasiga ko'tarish faqat P.I.Chaykovskiyga nasib etdi. Uning simfonizmiga xos bo'lgan lirik holat, psixologizm, asar obrazlarining janriga ko'ra ajralib turishi, umumiy dasturga intilish - bularning barchasi simfonik uslubning harakatchan hamda shiddatli tasvirlanadigan vositalari orqali aniq namoyon bo'ladi.
Taneyevga yozgan xatida P.I.Chaykovskiy simfoniyani - «musiqiy shakllar orasida eng lirik» shakl deb atagan, fon Mekkga yozgan xatida esa simfoniyaning ustun tomonlarini ochib berib, unda ijodiy xayol uchun imkoniyatlar kengligini taokidlagan edi. O'zaro kurash, keskin ixtilof va ziddiyatlarni gavdalantirish P.I.Chaykovskiy dasturiy hamda nodasturiy cholg'u musiqalarini o'zaro yaqinlashtirib turadi. P.I.Chaykovskiyning simfonik musiqasining eng muhim belgisi - simfoniya va opera janrlariga xos usullarning bir-biriga o'tishidir.
Simfonik tizimi syujet rivojlanishiga ega bo'lib, obrazlar ziddiyati unda aniq ifodalanadi. Ayniqsa, dramatik va fojiaviy xususiyatlarga ega bo'lgan avj qismida opera dramaturgiyasiga xos usullarning ta'siri yaqqol sezilib turadi. Ayni shu uslub vositasida to'rtinchi va oltinchi simfoniyalarning birinchi qismlaridagi kulminatsion o'rinlari, beshinchi simfoniyaning esa sust harakatlanadigan o'rnida mashoum taqdir mavzusi ifodalangan.
Operaning simfoniyaga bo'lgan ta'siri mavzularning tanlanishida va ularning rivojlanish xususiyatlarida ham yaqqol namoyon bo'ladi. Bu ta'sir keng kuy rivojiga ega bo'lgan lirik turdagi mavzularda ham, bir vaqtning o'zida opera so'zlashuvining nutqiy ifodasiga yaqin bo'lgan deklamatsiya ohanglarida ham yaqqol aks etadi.

Download 90,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish