Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedogogika instituti


Pyotr Ilich Chaykovskiy asarlari mazmuni



Download 90,8 Kb.
bet3/17
Sana23.03.2023
Hajmi90,8 Kb.
#920911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
САПАРБАЕВА САЁРА КУРС ИШИ 2022-2023

1.2. Pyotr Ilich Chaykovskiy asarlari mazmuni.
XIX asrning yirik kompozitorlari orasida Petr Ilich Chaykovskiy o'zining isteododi bilan alohida ajralib turadi. U kompozitor, dirijyor, musiqiy tanqidchi, jamoat arbobi bo'lib, M.I.Glinka va A.S.Dargomo'jskiy an'analarining davomchisi sifatida rus klassik kompozitorlari qatoridan munosib joy olgan.
P.I.Chaykovskiy estetik tamoyillari XIX asrning 1860-1870-yillarida rus jamoatchiligi madaniyati va badiiyatining yuksalishi, adabiyot, rassomchilik va musiqa san'atining gullab yashnagan davrida shakllandi. Dunyoni o'tkir fojiaviy tuyg'u bilan his qilish ehtiyojini ertangi hayotga bo'lgan qattiy ishonch bilan uyg'un holatda idrok etish P.I.Chaykovskiyning muhim sifatlaridan biri edi.
P.I.Chaykovskiy insonparvar va taraqqiyparvar ijodkor sifatida kishilarning erkinligi va baxtga intilishini musiqada yorqin ifoda etdi va tarixda muhabbat va tabiat go'zalligining otashin kuylovchisi sifatida o'lmas iz qoldirdi. P.I.Chaykovskiyning ijodida aks etgan asosiy tamoyillar insonga mehr-muhabbat, rahm-shafqat, bag'rikenglik va samimiylikdan iborat edi.
Jahon musiqa adabiyotida P.I.Chaykovskiy asarlari klassika darajasiga yuksalgan. Operalari ko'plab dunyo sahnalarida ijro etilmoqda. Har to'rt yilda bir marotaba Moskvada butun dunyo musiqachilari P.I.Chaykovskiy nomidagi xalqaro tanlovda ishtirok etadilar. P.I.Chaykovskiy hali hayotligidayoq ijodiy merosi jahon san'atining ajralmas bir qismiga aylanib ulgurdi.
P.I.Chaykovskiyni taniganlar nafaqat uning ijodiga, balki unga xos bo'lgan insoniy sifatlarga ham alohida bir mehr bilan munosabatda bo'lganlar. Fikrimizning isboti sifatida S.V.Raxmaninovning so'zlarini keltirib o'tamiz: «Men uchrashishga muyassar bo'lgan barcha insonlar orasida, P.I.Chaykovskiy - eng dilbari edi. U betakror nozik qalb egasi, buyuk insonlar kabi juda kamtar, oddiy va sodda edi».
P.I.Chaykovskiy musiqa san'atining deyarli barcha sohalariga ijodiy yangiliklar kiritgan. Simfonizm tamoyillarining ta'siri musiqiy asarlarning g'oyaviy - obrazli mazmundorligida ham, kompozitorlarning ijodiy uslubida ham, musiqiy dramaturgiyaning va ifoda vositalarining o'ziga xos bo'lgan xususiyatlarida ham aks etdi.
P.I.Chaykovskiy ijodi XX asr madaniyatining, musiqiy teatr, dirijyorlik va ijrochilik mahoratining rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. P.I.Chaykovskiy qoldirgan musiqiy meros insoniyat madaniyati tarixida doimiy ahamiyatga ega betakror san'at mo'jizalari qatoriga kiradi.P.I.Chaykovskiy ijodiy merosining ko'lami nihoyatda kengdir.
Kompozitor rus va G'arbiy Yevropa musiqa madaniyatining eng yaxshi yutuqlarini o'ziga singdirib olgani holda, rus xalq ijodiga va XIX asr xalq romansi ohanglariga tayanib, rus milliy musiqa san'atining mumtoz namunalarini yaratadi.
P.I.Chaykovskiy lirik opera va rus mumtoz baletining yaratuvchisidir, uning fortepiano va skripka uchun konsertlari jahon kamer-cholg'u musiqasiga katta hissa bo'lib qo'shilgan. Fortepiano uchun yozgan miniatyuralari va lirik romanslari ham o'zgacha jaranglaydi, o'ziga xos ohanglar kashf etadi.
P.I.Chaykovskiy musiqasi lirik ko'rinishga ega. Kengaytirilgan kuy asosiy ifoda vositasi bo'lib, rus xalq qo'shiqchiligiga xos bo'lgan keng kuylash hamda inson nutqining jonli ifodali kuylovchanligi kabi xususiyatlarni o'z ichiga qamrab oladi.
P.I.Chaykovskiy musiqasi yuqori saviyaga egaligi, shu bilan birga oddiyligi va ommabopligi jihatidan farqlanadi. Uning musiqiy asarlariga xos bo'lgan garmoniya va shakl musiqaning mazmunidan kelib chiqadi. Rangdor badiiy tafsilotlarga boy bo'lmasa ham, garmoniyaning turli-tumanligi, asarning barcha ifoda vositalari keskinlik va jo'shqinlikka hamda uning uzluksiz rivojiga bo'ysundirilgan, asarlarida sekvensiya usullaridan keng foydalanilgan.
Faqat baletlarida emas, balki simfoniya, opera, kamer-cholg'u va vokal musiqasida ham tez-tez raqs ritmlari, ayniqsa vals ritmi yangraydi. Glinka kabi u ham boshqa xalqlar - ukrain, italyan, farang xalqlarining qo'shiq va raqs kuylarini nozik his qiladi.
Opera kompozitori sifatida P.I.Chaykovskiyning ijodiy yo'li murakkab va mashaqqatli kechdi. U tashqi harakatning maroqli bo'lishini talab qiladigan, reallikdan uzoq, ideallashtirilgan romantik qahramonlarni emas, balki o'zining zamondoshlariga yaqin bo'lgan odamlarni tasvirlaydigan, hayotni boricha qabul qilishga asoslangan realistik lirik operani yaratishga intiladi. U bunday badiiy natijaga faqat beshinchi, ya'ni «Yevgeniy Onegin» operasidagina erishadi.
P.I.Chaykovskiy operalaridan farqli o'laroq, ilk simfonik asarlarida o'ziga xos bo'lgan til va uslubni belgilab oladi. Simfonik turkumning yangi talqini, cholg'uchilikdagi yangi uslub hamda garmonik rejalaridagi qatiylik birinchi simfoniyasidayoq tug'iladi va shu tariqa u o'zigagina xos bo'lgan musiqa uslubini yaratadi.
P.I.Chaykovskiy ijodining tadqiqotchisi bo'lgan I.V.Tumanina shunday deb yozadi: «Hayot va mamotning azaliy kurashi mavzusi turli davrlarda yaratilgan bir qator badiiy asarlarda o'z aksini topgan. Onasidan erta ayrilgan P.I.Chaykovskiy nazarida o'iim doimo insonlarning hayotini va ular uchun qadrli bo'lgan narsalarni shafqatsiz yakson qiladigan mashoum taqdir edi.
U butun vujudi bilan o'limdan nafratlanardi. Barcha tirik mavjudot qachondir o'limga mahkum ekanligi, tabiat qonuniga binoan uning bag'rida yashayotgan jonzotlarning o'limi boshqalariga hayot baxsh etishi haqidagi fikrga xotirjam va faylasufona munosabatda bo'la olmasdi. U hayotni o'zining butun borlig'i, butun qalb qo'ri bilan sevardi, hayot jomini qizg'anchiqlik bilan sipqoradi. Tiriklik va o'limning abadiy, murosasiz kurashidan yuzaga kelgan fojia, hayot va mamot mavzusi ijodining ilk davridan boshlab fojiaviy xarakterdagi asarlarida aks etgan».
Bugungi kunda P.I.Chaykovskiy ijodiga qiziqish yo'q bo'lib ketmagan, bastakorning ijodiga befarq bo'lmagan odamlar sonining o'sishi, kompozitor orzusini ro'yobga chiqaradi. P.I.Chaykovskiy kompozitor sifatida keng toifalar haqida fikr yuritadi, ayniqsa uning simfonik musiqasi bilan bog'liq bo'lib, uning hayoti davomida murojaat qilgan "momaqaldiroq"dan boshlab, 6-simfoniyasi bilan yakunlangan, o'limidan 10 kun oldin ijro etilgan.
P.I.Chaykovskiy XIX asrning 1870-yillarida ijod bilan astoydil shug'ullanadi. Bu davr uning uchun juda samarali va sermahsul yillar edi. Qisqa vaqt ichida 3 ta simfoniya, fortepiano va orkestr uchun birinchi konsert, violonchel uchun «Rokoko mavzusidagi variatsiyalar», «Sarkarda», «Oprichnik», «Undina», «Temirchi Vakula» nomli 4 ta opera, uchta kvartet, «Oqqush ko'li» baleti, fortepiano uchun «Yil fasllari» turkumini yaratadi.
Musiqiy asarlarining targ'iboti bilan shug'ullangan dirijyor va pianinochi N.G.Rubinshteyn, nashriyotchi P.I.Yurgenson, sinfdoshi musiqiy tanqidchi G.A.Larosh doimo kompozitorni qo'llab turishadi. Bu davrda kompozitorning ijodi zavq-shavq, shodlik va kelajakka bo'lgan umid bilan to'la edi.
Mashaqqatli mehnat, charchoqlar va nihoyat, 1877-yil oilasining buzilishi P.I.Chaykovskiyda asab kasalligini keltirib chiqaradi. Do'stlari maslahati bilan kompozitor chet elga jo'nab ketadi. Safarga chiqishida unga do'stlari, ayniqsa, kompozitor isteododining ashaddiy muxlisi N.F. fon Mekk ulkan moddiy yordam ko'rsatadi. N.F.fon Mekk bilan bo'lgan ko'p yillik yozishmalari o'ziga xos kundalikdir.
Ijodga berilish P.I.Chaykovskiyni tushkun kayfiyatdan xalos qiladi. «Evgeniy Onegin» operasi va to'rtinchi simfoniyasi kompozitorning o'sha davrda yaratgan buyuk asarlarlaridandir. Bu asarlardan keyin P.I.Chaykovskiy ijodida fojiaviy chizgilar yaqqolroq namoyon bo'la boshlaydi. Endi uning asarlarida samimiy lirika o'rnini fojiaviy mohiyat egallay boshlaydi.
XIX asrning 1870-yillari oxiri, 1880-yillari boshlarida P.I.Chaykovskiy «Orlean qizi», «Mazepa» operalari, «Moskva» kantatasi, «Uyqudagi go'zal» baleti, «Torli orkestr uchun serenada», «Italyan kaprichchiosi», «Tantanali 1812-yil uvertyurasi», skripka va orkestr uchun, fortepiano va orkestr uchun konsertlar, «Mashhur ijodkor xotirasiga» triosini yozdi.

Download 90,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish