Mirzo Ulug’bek o’z pedagogik qarashlarida bolalarning jismonan sog’lom, harbiy xunarni puxta egallagan, jasur, mard bo’lib yetishuviga aloxida axamiyat beradi. Ulug’bekning fikricha odam sog’lom va baquvvat bo’lishi uchun yoshlik chog’idayoq jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishi, ta’lim – tarbiyada poraxo’rlik, qalloblik bo’lmasligi uchun mudarrislar odil va halol bo’lishi kerak.
Buyuk shoir va olim, fors – tojik mumtoz adabiyotning ulug’ namoyondasi Nuriddin Abduraxmon Jomiy o’zidan keyin turli fan, adabiyot, jumladan pedagogikaga doir o’lmas me’ros qoldiradi. U o’z asarlarida, ayniqsa, nasriy yo’lda yozilgan «Baxoriston» asarida ta’lim – tarbiya masalalari xususida fikr bildirdi. Jomiy o’z asarlarida yoshlarni ilmlarini egallashga da’vat etadi. U o’z pedagogik qrashlarida kishilarni adolat, xushmuomalalik va dono so’z bilan zulmkorlarga ma’sir etishga da’vat etadi.
Xulosa
Ma’lumki, o’qituvchilik kasbi sharafli, lekin juda mashaqatli va murakkab kasbdir. Yaxshi o’qituvchi bo’lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o’zigina yetarli emas. Chunki pedagogik nazariyada bolalarni o’qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun- qoidalar, tamoyillar, umumlashtirilgan metodik g’oyalar bayon etiladi, o’quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini e’tiborga olish ta’kidlanadi. Maktab hayoti, amaliy pedagogik jarayon esa juda xilma- xil, murakkabdir. Pedagogik nazariyaga mos
kelmaydigan vaziyatlar ko’p uchrab turadi. Bu esa o’qituvchidan keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlik va yuksak pedagogik mahorat hamda ijodkorlikni talab etadi.
Shuningdek, o’qituvchida bolalarni yoqtirish, ular bilan ishlashga mayli borlik, xushmuomalalik, kuzatuvchanlik, keng fikrlay olish, tashkilotchilik, o’ziga va boshqalarga nisbatan talabchanlik kabi shaxsiy sifatlar mavjud bo’lishi zarurdir.
Pedagogik faoliyat – yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq, davlat oldida javob beradigan, bolalarga ta’lim- tarbiya berishishi bilan shug’ullanadigan va bu ishga maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat faoliyatidir. «Tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga ega», - deyiladi «Ta’lim to’g’risida»gi qonunda.
O’qituvchining barkamol insonni tarbiyalash, unda milliy va umuminsoniy fazilatlarni tarkib toptirish vazifasi eng olijanob, yuksak va shu bilan birga eng murakkab vazifadir. har bir bola o’z xulq- atvoriga, xarakteriga ega. Bolalarni tarbiyalashda ularning anna shu o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, o’rganish nihoyatda murakkab. Bunda odamlar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning murakkabligiga mos keladigan maxsus usullardan foydalaniladi. Pedagogik faoliyatga tayyorgarlik ko’rayotgan yoshlar uning anna shunday xususiyatlarini bilishlari lozim. o’qituvchilik ixtisosining bu xususiyatlari uning kasbnomasida ifodalanadi.
Shuni ham unitmaslik kerakki, bolaga tarbiyaviy ta'sir etuvchi omillar hozirgi davrda g`oyat darajada ko`paydi: oila, keng jamoatchilik, radio, televideniya, kino, teatr, kitob, jurnal, musiqa va boshqalar.
Sinf rahbari bolalarni yaxshi tarbiyalay olishi uchun ularni, albatta, ajdodlarimiz fikrlari bilan sug’orib borish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |