Yusuf Xos Hojib
Yusuf Xos Hojib (1016-1018) o’zining “Qutadg’u bilig” asarida o’zi
yashagan davrning ijtimoiy va axloqiy voqealigini aks ettiradi. Bu asarda
inson kamoloti masalasi markaziy masala bo’lib hisoblanadi. Mazkur asarda
insonning jamiyat va hayotda tutgan o’rni, burch va vazifalari haqidagi
muammolar o’ziga xos tarzda bayon etiladi.
Buyuk mutafakkir Yusuf Xos Hojib ushbu asarda insonning haqiqiy
baxti bilimda ekanini bayon etadi. U ilm, zakovatning ahamiyati haqida fikr
yuritish bilan birga unga alohida boblar ham bag’ishlangan. Lekin, olim
30
faqat ilm – ma’rifatning ahamiyatinigina ko’rsatib qolmaydi, u bilim va
zakovatning amaliyotdagi ahamiyatini ham yoritadi.
U bilimni buyuk, o’quvni ulug’ deb ta’riflaydi. Chunki zakovatli inson
ulug’ bo’ladi, bilimli kishi buyuk bo’ladi, deb ilmli kishilarni asl toifadagi
kishilar toifasiga qo’shadi.
Dunyoda inson bilim va zakovati tufayli orzu – tilaklarga, ulug’likka
erishishi mumkunligini aytadi. Lekin shunday bilim va zakovatning qadriga
faqat xuddi o’zlariga o’xshagan donolar va zakovatlilar yetadi, johil va
telbalar bunday xislatlarga ega emas, deydi. Chunki jamiyatdagi barcha
xatolar bilmsizlik, nodonlik, jaholat tufayli sodir bo’lishidan, u qayg’uga
tushadi, hayotda nodon va johillar ko’payib ketayotganidan afsuslanadi.
“Qutadg’u bilig” da yana jumboqlarni yechish usullari ham
foydalanilgan. Bu usul o’quvchini asarga qiziqtiradi, uni o’qimishli qiladi.
Hozirgi davrda bu muammoli ta’lim deb ataladi. Ammo tarbiya va ta’lim
merosimizda jumboq – muammoli ta’lim o’ziga xos xususiyatga ega.
Yusuf Xos Hojibning pedagogik qarashlarida xalq bilan birga bo’lish,
adolatparvarlik g’oyalari asosiy o’rin tutadi. U har bir kishining yuksak
kamolot cho’qqisiga – yetishini orzu qiladi.
Yusuf Xos Hojibning fikricha, insonning ulug’ligi, aql – idroki, so’zlash
qobliyati, bilimi, o’quvi hunarga egaligidir. Uquv tug’ma ravishda inson
ruhiyatida mavjuddir, bilim esa, o’qish – o’rganish, mehnat tufayli egallanadi.
Agar ularning har ikkisi o’zaro birlashsa, insonning qadri ortadi.
Shoirning fikricha, bilim bir boshbog’ yoki jilov kabidir. U kishini har
xil noloyiq ishlardan asraydi. Shu xususiyati tufayli bilim aziz va
mo’tabardir.
Adib ta’lim tizimi, ta’lim nazariyasi va amaliyotiga, ta’lim mazmuniga
oid bir qator jiddiy fikrlarni aytadi. U ayrim fanlarni o’qitishdagi izchillikni
ham aytib o’tgan.
31
Yusuf Xos Hojib insonda o’quv – idrok va bilim til, so’z orqali ayon
bo’lishini aytadi, ravon tilni bilishga davat etadi. Adibning uqtirishicha, har
bir kishi jamiyatga munosib bo’lib kamol topmog’i kerak. Buning uchun u,
tug’ulgan kunidan boshlab zarur tarbiyani olmog’i kerak. Chunki, shoir o’g’il
va qizlarni tarbiyasi haqida fikir yuritar ekan, ularning o’zlariga xos
xususiyatiga e’tibor berishni ta’kidlaydi. Farzandlar tarbiyasi nihoyatda erta
boshlanmog’i shart. Shundagina ularni noo’rin xatti – harakatlarga
berilishining oldi olinadi. Buning uchun maxsus tayyorgarlikka ega bo’lgan,
ezgu niyatli va pokiza murabbiy taklif etilishi kerak.
Yusuf Xos Hojib ta’lim va tarbiyaning uzviy bog’liq holda bo’lishini
tavsiya etadi, o’g’il bolalarning bir nacha san’at turini va hunarlarni tugal
o’rganmog’i lozimligini ta’kidlaydi, bu – ularning kelajak hayotlari jamiyat
rivoji uchun kerak.
Yusuf Xos Hojib aqliy tarbiyaning baland mavqe tutishini eslatadi. Adib
tarbiyaning barcha turlari bir – biri bilan uyg’un bo’kishini talab etadi.
Shundagina insonning aqlan barkamol, jismonan yetuk, axloqiy – ma’naviy
boy bo’lishiga ishonadi. Farzandlarga turli bilim va hunarlar o’rgatish, ularni
go’zal axloqli qilib voyaga yetkazish ota – onaning burchidir.
Yusuf Xos Hojib tarbiyada kattalar namunasi, ajdodlar tarbiyasi alohida
ahamiyatga ega ekanini ta’kidlaydi.
Yusuf Xos Hojibning Sharq ijtimoiy – siyosiy, axloqiy – ta’limiy hamda
badiiy tafakkuri taraqqiyotiga qo’shgan hissasi beqiyosdir. Allomaning
pedagogik qarashlari ham bu sohadagi ulkan me’rosdir. Ular tarix nuqtai
nazari bilangina emas, bugungi kunimizga xizmat qilishi bilan ham zo’r
ahamiyat kasb etadi.
32
1.2.
Hoja Bahouddin Naqshbandning «Naqshbandiya» talimoti
hamd tariqatining inson kamolotiga oid tarbiyaviy ahamiyati va
ijtimoiy pedagogik moxiyati
Bahovuddin Naqshbad nomi bilan mashhur Muhammad ibn Muhammad
Naqshband Buxoriy (1318 – 1389 ) Buxoro yaqinidagi qasri Hinduvon
qishlog’ida tug’ulgan. Ushbu ulug’ zot tomonidan asoslangan Naqshbandiya
ta’limotida inson kamoloti masalasi o’ziga hos uslub va yo’llar bilan hal
etilgan. Tasavvufda inson komolotga yetishish uchun o’z – o’zini anglashi va
o’z nafsini tiygan holda Haqqa yeta olishi masalasi naqshbandiya tariqati
uchun ham xosdir.
Lekin inson o’z – o’zini anglashi, o’z mohiyatini bilishi va hayot
mazmunini fahmlashi uchun o’zidagi quvvatlarni to’liq safarbar etishi va bir
nuqtaga jamlashi lozim.
Naqshbandiya ta’limotida inson kamoloti uchun zarur hol va maqomlarga
emas, balki o’z nafsini kuzatish va nazorat qilishga e’tibor beriladi va
inson butun jismoniy, aqliy, nafsoniy, ruhiy quvvatlarini bir nuqtaga to’plash
uchun shu usulni ma’qul hisoblaydi. Tasavvuf ilmi islom madaniyatining
qolaversa jaxon tafakkur olamining ta’limotidir.
Tasavvuf mutloq haqiqatga olib borishni ko’zda tutgan diniy – falsafiy
xususiyatga ega ta’limot bo’lib, insonning ma’naviy kamolotiga, komil inson
bo’lishiga oid diniy hamda falsafiy bilimlarni o’z ichiga oladi va insonning
o’zini anglash vositasi bilan oliy hadgacha barkamol etadi.
Tasavvufga ta’limot deb ta’rif berilishiga sabab shuki, u vujudga
kelishdan hozirgi kungacha insonlarga kamolot yo’li haqida ta’lim beradi.
Tasavvuf mohiyatan Qur’onga va hadisga asoslangan bo’lsa-da, lekin
umuminsoniy qadriyatlarni o’zida mujassamlashtirgan ta’limotdir.
Tasavvufda axloqiy turmush tarzi – ma’naviyat ya’ni o’zaro hamjihatlik,
mehr – muhabbat va o’zaro hol sifatida baholanadi. Tasavvufda bilim manbai
33
sifatida sog’lom fikr va u bilan bir qatorda ilhom, kashf va sezgiga ham
o’rin berilgan.
Tasavvuf maqomlari insonni donolikka, donishmandlikka chorlaydi.
Tasavvuf yaxlit diniy, axloqiy, falsafiy, ilmiy ta’limot hisoblanadi.
“Tasavvuf” ta’limotida dastlab quyidagi qoidalarga amal qiladi: “Ilmiy yaqin”
ya’ni moxiyatini ilm bilan bilish, “Aynul yaqin” ya’ni moxiyatini aniqlash
va “Xaqqul yaqin” ya’ni Alloxni bilish va uning qudratini tan olish. Bu
qoidalar tasavvuf ilmiga kirishning dastlabki qoidalaridir. Tasavvuf ta’limoti
birdaniga emas qadamba - qadam rivojlanib nuqul diniy axloqiy talqindan
ilmiy – falsafiy, ruxiy – psixologik, badiiy sheriy shijoatdan boyidi.
IX asr boshlariga kelib tasavvufning nazariy asoslari ishlab chiqildi,
so’filarning amaliy, ruxiy psiologik mashqlari o’z – o’zini tarbiyalash va
chiniqtirish tadbir usullari shakllandi.
Tariqat, ma’rifiy xaqiqat degan tushunchalar yuzaga kelib tasavvufning
ushbu uch qismiga oid qarashlar majmui tuzuldi tasavvuf alohida ilm sifatida
qaror topdi. “Tariqat” so’zining ma’nosi yo’l demak. Ya’ni iloxiy ma’rifatni
egallashga bel bog’lagan kishining ruxiy – axloqiy kamolot yo’li. Tariqatni
tasavvufning amaliy qismi deb ta’riflaydilar.
XIII asr o’rtalaridan boshlab tasavvufda tafakkuriy, aqliy yo’nalish
yetakchilik qila boshladi. Bu falsafiy oqim tasavvuf tarixida “Vaqdjagud
vajud” nomi bilan shuxrat topdi. So’flar endi tuzulishi odamlarning
xususiyatlari, olam va odam munosabatlari nomi inson anglamalari bilan
bosh qotiradigan bo’ldilar. Natijada Ibn Arabiy va Jaloliddin Rumiy kabi
zotlarning asarlarida butun bir falsafiy tizim o’z ifodasini topdi, ular iloxiy
nashr, karomat, ruxiy psixologik xolatlar, latifalar bilan birga real insoniy
xayot aqida am shunday ko’p ijobiy fikrlarni bayon etdilar. Shunday qilib
tasavvuf Sharq fikriy taraqqiyotidagi ko’p asrlik tajribalarni o’z ichiga
qamrab olib, uni rivojlantirdi din va falsafa iloxiy ilmlar bilan dunyoviy
34
ilmlarni o’zaro bog’lashga harakat qildi. Natijada tasavvuf Sharq kishisining
tafakkur va axloq normasini belgilaydigan xodisasiga aylanib qoldi.
Xazrat Bahouddin Naqshband tariqat axloqiy poklik, yuksak insoniy
fazilatlar asosida qurilgan bo’lib unda inson xalol mexnat qilib, xalol rizq
topib o’zini o’zi kamol toptirishi, o’z yashash tarsi bilan atrofidagi ishlarga
saxovat izzat hurmatda bo’lishi, yashash joyini go’zal maskanga aylantirishi
lozim.
Mustaqil vatanimiz yosh avlodining ta’lim tarbiyasi to’g’risida fikr
yuritib eng avvalo o’qituvchi murabbiy ixlos e’tiqodi belgilovchi ekanligini
ta’kidlash zarur. Naqshbandiya tariqatining butun moxiyat mazmuni
insonning insonga ijtimoiy ta’siri, pok axloqiy ibrat – namuna, halol yashash,
mexnat qilish, umr guzonlik mazkur ta’limot texnologiyasining asosini tashkil
etadi.
Tariqatni egallamoqchi bo’lgan murid organizmining, xissiy va irodaviy
jixatlarini boshqara olishi, ilm o’rganish yo’lida riyozat chekishi, ammo
riyozatni tabiiy xol deb tushunib og’riqsiz, xuzurbaxsh qabul qila olishi
lozim. Riyozat qiyinchilikni mukammallik vositasi, tariqatni o’rganish xaq
yo’lida uning ilmini o’rganish, uning vasliga yetish uchun sitqi dildan
qilinadigan say’i – xarakat deb qarash lozim.
Umuman olganda, tasavvuf ta’limotida butun dunyo bo’yicha:
junaydiya, qodiriya, suhnovordiya, xanafiya, yassavaya, kubroviya, naqshbandiya
tariqatlari ma’lum va mashhurdir. Naqshbandning insonparvarlik va
umuminsoniy g’oyalar bilan sug’orilgan tasavvufiy qarashlari O’zbekistonda
yashovchi barcha xalq, millat, elat, ijtimoiy qatlam va din vakillarining tinch
– totuv yashashiga ko’maklashadi, milliy g’oyaning asosi bo’lib xizmat
qiladi.
Naqshbandiya ta’limoti
Bahovuddin Naqshband tasavvufda yangi yo’nalishga asos soldi. U
xojagoniya tariqatini rivojlantirib, uni naqshbandiya tariqatiga aylantirdi.
35
Bu ta’limot ikki qatlamdan iborat. Birinchi qatlam ya’ni “tashqi qatlam”
ta’limotning tariqatdagi boshqa ta’limotlar birlashtirgan xususiyatlaridir.
Ikkinchi ya’ni “ichki qatlam” har bir tariqatning o’ziga xos xususiyatlaridan
iborat.
Naqshbandiya ta’limotining asosida “ko’ngil xudoda bo’lsinu,, qo’l ish
bilan band bo’lsin ” ( “ Din ba yoru, dast ba kor”) shiori yotadi.
Naqshbandiyada piru muridlik qoidalari hiyla osonlashtirilgan, sirtdan turib
e’tiqod qilish, imon mustahkamligi, Haq taologa sidqidildan itoat etish, ihlos
va ma’naviy kamolot asosiy o’rin egallaydi. Bu tariqatga faqatgina oddiy
halq emas, balki Buxoro va Samarqand ulamolari, Temuriyzoda mirzolar kira
boshladilar.
Naqshbandiya tariqati XV asrdayoq Eron, Afg’oniston, Misr, Hijoz,
Shimoliy Kavkaz va Turkiyaga tarqala boshladi. U XVI asrda Hindistonda
keng yoyildi.
Bahouddin Naqshband tasavvufda ilgarilari amalda bo’lgan qalliq
talablarni bir qadar yumshatdi va mo’tadillashtirdi, kundalik turmushga
mosladi. Uningcha, Allohga intilish ko’ngil bilan amalga oshishi kerak. Qo’l
esa ish – mehnat bilan band bo’laversin. Buyuk zotning tarkidunyochilik
qilmay, demakki, bu dunyo ishlaridan ochiq – oshkor qo’l siltamay turib ham
Allohga yetishish mumkunligi haqidagi g’oyasi musulmon olamida
tasavvufning juda keng aholi qatlamlariga kirib borishini ta’minladi.
Bahovuddin Naqshband o’z ta’limotida Allohga yaqin bo’lishning eng
to’g’ri va samarali yo’li – jamiat saodati uchun yashash, bunyodkorlik savob
ishlar va mukammal ahloq ekanini tasdiq etuvchi mafkurani eng izchil va
yorqin ifoda etadi.
Tasavvuf ilohlari talabining tariqatlarining asosiy maqsadi inson
komoloti. Bu bosh maqsadki amalga oshirishda ular turli usul va vositalarni
qo’llaydilar. Shaklan har xil moxiyat bir haqiqat ilmini o’rganib ruxni
qalbni jismoniy va ma’naviy kamolotga yetkazish. Bu bilan qadamba –
36
qadam, bosqichma – bosqich tariqat darvozalariga yetishib unda ma’lum
maqomga yetishish. Bu esa axloq – odob orqali bo’lishi mumkin.
Maqomatga erishish birdaniga emas balki pog’onama – pog’ona bo’lishi
mumkun. Insonni aynan shu yo’l orqali pog’onama – pog’ona kamoloti uning
murakkab moxiyatidan kelib chiqadi. Chunki inson moxiyatan rux iloxiy va
moddiy jismonan biologik kabi dualistik xarakterga ega. Ruxni kamoloti
jismoniy kamolotga, jismoniy kamolot esa iloxiy rivoyatga bular birgalikda
insonni o’z moxiyatini bilish orqali xaq taologa yaqinlashish zoxiran va
botinan ruh va jism kamolotiga erishishni yengillashtiradi. Tariqatda
maqomat pillapoyalari bo’yicha ko’tarilish inson kamolotiga zid emas.
Aksincha, mos bo’lib, insonning bosqichma – bosqich toblanishini ifodalaydi.
Naqshbandiya tariqatida asoslangan bu usul keyinchalik pedagogika va
psixologiyada XX asrda, VI asrdan so’ng inson aqliy va ruhiy olamini
bosqichma – bosqich nazariyasida rus olimlari Galperin va N. F. Tamazinlar
tomonidan asoslandi.
Olamni bilish, odamni bilish va ahloqiy mukammallikka, dunyo
gunohlaridan halollikka intilish yosh Muhammadning oliy maqsadi bo’lib
qoladi, ammo o’ziga ma’qul tushgan rahnamoni topganda, uning qoshida
uzoq muddat qolib ketadi. Bahoviddin Naqshbandning ta’limoticha halol
luqma hamma uchun majburiydir harom luqmadan keladigan balolarni daf
etish imkoniyati ma’lum emas. Taraqqiyotning o’ziga xos axloqiy talablar
sirasi bor. Tariqat odobining birinchi sharti – “ul adabdurki, yaxshi va
yomonga, ulug’ va kichikka bajo keltirurlar. Andoqki, barcha haloyiqqa
o’zlarini kichik va kamroq tutarlar va barchaga xizmat huzurida bo’lurlar.
Hattoki o’z farzandlariga, xodim va mumluqlariga (qullariga) har necha
alardin beqoidlik (odobsizlik) ko’rsalar, xushunat bilan (qo’pollik bilan) alarga
so’z demasalar, balki nasihatni yumshog’ va chuchuk til bilan qilurlar,
hattoki o’g’rigacha”. Tariqat qo’ygan odob talablarining ikkinchi sharti, ortiq
darajada saxiylikdir. Tariqatning uchinchi sharti – shariatga roiya qilishdir,
37
uning talablarini bajarishdir. Naqshbandiya tariqati uzoq fikriy rivojlanishning
natijasi o’laroq maydonga keladi, o’rta asrda ijtimoiy va ruhiy taraqqiyotning
cho’qqisi sifatida shakllandi.
Tariqatning ijtimoiy pedagogik moxiyati
Naqshbandiya tariqatida “Zikri iloxiya” (ovoz chiqarib emas) balki,
“Zikri hufiya” (ovoz chiqarmasdan), tariqat talablarini ado etish yoki
o’rganish asosiy hisoblanadi. Pedagogik yoki psixologik jihatdan odamlarga
ta’sir ko’rsatish texnologiyasi jihatidan zikri xufiya bilan zikri iloxiya
o’rtasida ancha o’ziga xoslikni ko’ramiz. Zikri iloxiyada birgalikda harakatlar
bilan ma’lum tariqat yoki diniy talablarni ijro etish, o’rganishda kishilarga
tashqi ta’sir (xarakat va ovoz) bilan ancha kuchli bo’lishi, kishilarni turli
xolatlarga kirishi, tashqi ko’rinishi, yuz, ko’z, gavda harakatlari orqali ta’sir
qilishi (sehrlash) mumkun. Ammo bu ijobiy texnologik tomoni uning qator
salbiy jihatlarini bosa olmaydi. Chunonchi, eng avvalo baland ovoz, keskin
xarakatlar kishini charchatadi, undan ko’p ichki energiya, emotsiya sarflashni
talab qilsa, atrofidagi kishilargaham ma’lum noqulayliklar (ular diqqatini
o’ziga tortish, qilayotgan ish – xarakatiga noqulaylik) tug’diradi. Zikri
iloxiyada muridlar ma’lum bir joyga jam bo’lib, ko’pchilik tariqatni
o’rganishlari lozim. Bu xam ma’lum ma’noda shaxsiy
qiyinchiliklar tug’diradi.
Eng muximi zikri iloxiya o’rganilishi lozim bo’lgan narsaning ko’proq
zohiriy tomoniga diqqatni jalb qiladi.
Zikri hufiyada muridlarning bir joyga to’planishi shart emas, bu jixatdan
ularga tashkiliy va vaqt jixatdan qulaylik, erkinlik beriladi. O’z navbatida
har bir murid shaxsiy – insoniy imkoniyatlaridan kelib chiqib, ovoz
chiqarmasdan o’z ichidan takrorlab tariqatni egallaydi. Bu esa o’ziga
atrofidagilarga qulaylik bo’lib, butun borlig’I bilan tariqatni egallashiga
imkon beradi.
38
Naqshbandiya tariqatida hozirgi zamon kishisida go’zal axloqni tarbiya
qilish, xaq yo’liga chinakam xalollikka, pokiza rostgo’ylik, mehr – shavqat
odamiylik va vatanparvarlik ruxi bilan sug’orilgan so’fiylik talimotini
singdirishning pedagogik va psixologik imkoniyatlaridan foydalanilgan.
Pedagogik muxitdan insonning nozik ruxiy imkoniyatidan foydalanish orqali,
uning o’z – o’zini tarbiyalash, o’z – o’zini nazorat qilish, ruxiy va jismoniy
boshqarish mehanizmlarini ishga solish tufayli unda ezgu sifatlarni singdirish
tizimi ishlab chiqilgan.
Naqshband xazratlari pedagogika fani ancha keyin ochgan o’z – o’zini
tarbiyalash usuli hisoblangan o’zini kuzatish, tashkil etish, baxo berish ya’ni
o’zini kuzatish orqali o’zini anglash mexanizmlari o’ziga uzluksiz xarakat
toat – ibodatlar orqali amalga oshirishni o’ta chuqur bilgan va qo’llaganlar.
Bunda mutafakkirning insonni ijobiy ruxda tarbiyalashning o’ziga hos ilmiy –
amaliy qulay usullarini kashf qilganligini bashoratini qurish mumkun. Insonni
ijobiy xulq jihatidan tarbiyalash, tashqarisidan emas, balki o’zining ichki
intilishi sifatida amalga oshirilishi mumkunligini isbot qilganlar.
Naqshbandiya tariqatida ta’lim – tarbiyani o’ziga xos amalga oshirish usullari
rashkalar, zikr, suxbat, avlodlardir.
Xazrati naqshband ustozlaridan qabul qilib olgan “Safar dar vatan”
(vatan ichra safar), “Xush dar dam” (Nafasda hushyorlik), “Nazar dar
qadam” (nazarni qadamdan uzmaslik), “Hilvat dar anshuman” qoidalarini
xayotga tadbiq etib, ularni to’ldirib, yaxlit o’ziga xos tasavvufiy ta’lim
tizimini asosladi. Inson odamlar orasida xam o’zini botiniy xilvatini
ta’minlab, muntazam o’z xatti – xarakatini nazorat qilib turishi shart. “Nazar
dar qadam” kishining doimo o’z faoliyatini tahlil qilishi, qilayotgan ishini
yahshilash va yomon ishlardan doimo ogoh bo’lish va qadamni yomon
joylarga qo’ymaslikka harakat qilishi lozim. Shuningdek, tariqatning
“Yodgard” (yodlash), “Bozgasht” (takrorlash), “Yoddasht” (eslash) talablari
xam hufiya zikrga moslashtirilgan. Naqshbandiya tariqatining ijtimoiy
39
mohiyati insonning moddiy dunyoda yashashini osonlashtirib, ma’naviy –
axloqiy poklikka erishib, Allox bilan yaqinlashish.
Naqshbandiya tariqatining mafkura sifatida uzil-kesil shakillanishida uch
buyuk shaxs - Yassaviy, Abduxoliq G’ijdivoniy va Bahovuddin Naqshband
alohida hizmat ko’rsatadilar. Buyuk mutafakkir Bahovuddin Naqshbandning
inson axloqini poklashga xizmat qilgan g’oyalari, ta’limotlari hozirgi davrda
milliy pedagogika tarixi taraqqiyotida ham muhum qadriyat sifatida o’ziga
hos o’rinni egallaydi.
Hozirgi kunda mustaqil O’zbekistonimizda o’tmish ma’naviy me’rosimiz,
jahon umuminsoniy qadriyatlar chuqur o’rganilayotgan va tiklanayotgan bir
sharoitda tasavvuf falsafasini ham o’rganish, u erishgan yutuqlardan,
g’oyalardan komil insonni tarbiyalashda foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Tasavvuf ta’limoti o’tmishda butun musulmon xalqlari ijtimoiy va
ma’naviy hayotiga chuqur kirib borib, bu aloqalarning ilm – fan, madaniyat
va adabiyoti rivojiga juda katta ijobiy ta’sir ko’rsatgan. Sharqning deyarli
barcha nufuzli shoir va yozuvchilari, mutafakkir va ulamoyu – hukamolari
tasavvuf falsafasidan ma’naviy oziqlanib uning insonparvarlik, haqsevarlik,
adolatlilik g’oyalaridan ruhlanganlar. Biz bugungi kunda tasavvufni
o’rganmay turib o’zimizning o’zligimizni ya’ni o’rta asrlar davri tariximiz
haqida, xalqimizning ma’naviy va hayoti haqida o’sha davr falsafiy va
badiiy tafakkuri, ruhiy dunyosi haqida to’g’ri tasavvurga ega bo’lisimiz
mumkin emas. tasavvufiy ta'limotlarni o’rganish va uni egallash hozirgi
kunda bizning mustaqil O’zbekiston sharoitida ta’lim – tarbiya maskanlarida
komil inson muammosini to’g’ri hal qilishda ham muhim ahamiyatga ega.
40
Do'stlaringiz bilan baham: |