1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
«Pedagogika» fakulteti
«Pedagogika va psixologiya» kafedrasi
«Pedagogika va psixologiya» ta’lim yo’nalishi 4-z-kurs talabasi
Sa’dullayeva Dono Abdukomil qizining
«Markaziy Osiyoda psixologik ta’limotlarning rivojlanishi»
nomli mavzusida bajargan
BAKALAVR BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Pedagogika va psixologiya Ilmiy rahbar: p.f.n dots
kafedrasi mudiri, dots _________A.Urumbayeva
__________Sh.Saparov
NUKUS-2015
2
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti, «Pedagogika va
psixologiya» ta’lim yo’nalishi 4 “z”- kurs talabasi SA’DULLAYEVA DONOning
«Markaziy Osiyoda psixologik ta’limotlarningrivojlanishi»
mavzusidagi bitiruv malakaviy ishining
A N N O T A T S I Y A S I
ISHNING MAQSADI va VAZIFALARI: maqsadi: Markaziy Osiyoda psixologik ta’limotlarning
rivojlanish tarixini o’rganish va ta’limotlarda keltirilgan ta’lim – tarbiya jarayoniga bog’liq samarali
usullarini ko’rsatish.
Vazifalari: mavzu bo’yicha ilmiy manbalar va adabiyotlarni o’qish, mutafakkirlarimizning falsafiy
ta’limotlarini bilish hamda pedagogik va psixologik jihatlarini o’rganish to’plangan ma’lumotlarni
bitiruv ish mavzusiga kiritish va shu bois, Markaziy Osiyoda psixologik ta’limotlarning
rivojlanishini to’liq ochib berish maqsadida: ta’lim - tarbiyaga oid fikrlarni tahlil qilish, o’quv-tarbiya
ishlarini olib borishda ta’ limotlarda keltirilgan psixologik fikrlar, pedagogik g’oyalar, ta’lim-tarbiya
usullarining nazariy masalalarini o’rganish maqsadida psixologik bilmlarga, ta’limotlarda psixologik
fikrlar va pedagogik jarayonning tarkibiy tuzulishi, odob – axloq qoidalari, insonni kamolotga
eltuvchi xislatlar, komil inson to’g’risidagi fikrlarni taqdim qilish, bitruv ishiga xulosalar chiqarish,
taqdimot uchun slaydlar tayyorlash.
TADQIQOT PREDMETI va OBYEKTI:
Tadqiqot predmeti – Markaziy Osiyoda psixologik ta’limotning rivojlanishi.
Tadqiqot obyekti – Psixologiya tarixi
TADQIQOT USLUBIYATI va USLUBLARI: Ilmiy adabiyotlar va manbalarnio’rganish, ularni tahlil
qilish va umumlashtirish metodi: kuzatish, ilmiy adabiyotlarni o’rganish.
ISH TUZUULISHI TARKIBI: Ishning tuzulishi 3 bo’lim dan iborat: kirish, asosiy va yakuniy. Ishning
asosiy mazmuni 2-bobga bo’lingan bo’lib, unda 6-ta paragraf mavjud. Ishning ohiridafoydalanilgan
adabiyotlar ro’yhati berilgan. Umumiy ko’lami- 64 bet.
BAJARILGAN ISHNING ASOSIY NATIJALARI: Mavzu bo’yicha maxsus ilmiy adabiyotlar
o’rganildi, tadbiqiy va tadqiqiy materiallar umumlashtirildi, psixologik ta’limotlarning nazariy masalalari
chuqur tadqiq va tahlil qilindi, ta’lim-tarbiya berishda psixologik ta’limotlarda keltirilgan pedagogik
g’oya va psixologik usullarining qo’llanilishi taqdim va tavsiya etildi.
XULOSA va TAKLIFLARNING QISQACHA UMUMLASHTIRILGAN IFODASI:
O’zbekiston respublikasi “Ta’lim to’g’risidagi qonun” va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“
talablaridan ko’zlangan asosiy maqsad-ertangi kun davomchilari bo’lgan yosh, navqiron, bilimga
chanqoq yoshlarni tarbiyalash. Shuningdek, zamon talablariga javob bera oladigan kadrlarni milliy
va zamonaviy ruxda tayyorlashdan iborat. Bu borada Prezidentimiz I. A Karimov “Aql zakovatli
yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakgina, oldimo’ygan maqsadlarga erisha olamiz,
yurtimizda farovonlik
va taraqqiyot qaror topadi”, - deb takidlaydi.
Ta’lim – tarbiya berishda oldimizda ushbu muhim vazifalar turadi: mavzu bo’yicha ilmiy manbalar va
adabiyotlarni o’qish, mutafakkirlarimizning falsafiy ta’limotlarini bilish hamda pedagogik va
psixologik jihatlarini o’rganish,tushunchalar hosil qilish va shu bois, Markaziy Osiyoda psixologik
ta’limotlarning rivojlanishini to’liq ochib berish. o’quv-tarbiya ishlarini olib borishda ta’ limotlarda
keltirilgan psixologik fikrlar, pedagogik g’oyalar, ta’lim-tarbiya usullarining nazariy masalalarini
o’rganish psixologik bilmlarga, ta’limotlarda psixologik fikrlar va pedagogik jarayonning tarkibiy
tuzulishi, odob – axloq qoidalari, komil inson to’g’risidagi fikrlarni taqdim qilish.
3
MAVZU: MARKAZIY OSIYODA PSIXOLOGIK TA’LIMOTLARNING
RIVOJLANISHI
REJA:
KIRISH:
I BOB. MARKAZIY OSIYODA PSIXOLOGIK TA’LIMOTLARNING
RIVOJLANISHI
1.1
O’rta asrlarda yashab ijod etgan allomalarimiz al Farobiy,
Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino hamda
Yusuf Xos Hojiblarningning Pedagogik va psixologik g’oyalari,
1.2
Hoja Bahouddin Naqshbandning «Naqshbandiya» talimoti
hamda tariqatining tarbiyaviy ahamiyati va ijtimoiy pedagogik moxiyat.
1.3
XIV-XV asrlarda Temur va Temuriylar davrida ijtimoiy hayot,
madaniyat va ta’im tarbiya, Bobur lirikasida komil inson bosh
g’oyasifatida.
1.4
Mirzo Ulug’bek va Alisher Navoiyning ta’lim – tarbiya va
ilm ravnaqi haqidagi g’oyalari
II BOB. PSIXOLOGIK TA’LIMOTLARNING RIVOJLANISHI-
MILLIY ISTIQLOL G’OYASINING ASOSI SIFATIDA
2.1 Milliy istiqlol g’oyasining manbalari,
2.2 Milliy istiqlol g’oyasida milliy qadriyatlarning tarbiyaviytaraflari.
XULOSA:
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
ILOVALAR:
4
KIRISH:
O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi” talablaridan ko’zlangan asosiy maqsad – ertangi kun
davomchilari bo’lgan yosh, navqiron, bilimga chanqoq yoshlarni narbiyalash.
Shuningdek, zamon talablariga javob bera oladigan raqobatbardosh qadrlarni
tayyorlashdan iboratdir. Bu borada Prezidentimiz I. A Karimov “Yuksak
ma’naviyatli, aql – zakovatli kishilarni tarbiyalay olsakgina, oldimizga
qo’ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror
topadi”,- deb takidlaydi.
Respublikamiz miqyosida ta’lim – tarbiya ishlarini takomillashtirish, uni
jahon andozalari darajasiga chiqarish, fan sohasidagi yangiliklarni amaliy
hayotga tadbiq etish, muhim masalalardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
Ayniqsa, yosh avlodga fan asoslariga nisbatan ko’nikma, malaka bilimlarini
shakllantirish davlat siyosatining ustivor vazifalaridan hisoblanadi. Shuningdek
o’qitish jarayonida tarixiy qadriyatlarga asoslangan manbalardan kelib chiqib
yangi bilimlar berish o’quv-tarbiya ishlarining samaradorlini ko’rsatadi.
Shunga muvofiq mamlakatimizda milliy g’oyaning nazariy – tarixiy
asoslaridan o’rganib chiqilgan va ular Zardushtiylik ta’limoti, uyg’onish davri
ta’limoti, jadidchilik harakati nomoyondalari ta’limotlari ketma – ketligi bitta
tizimga keltirilgan.
Markaziy Osiyo mutafakkirlari Farobiy, Beruniy, ibn Sino, Ulug’bek,
Alisher Navoiylar insonning dunyoni va o’zini bilish masalasida haqida
to’xtalib, inson tabiat va jamiyatni hamda o’zini bilishga qodir, inson bilishi
sezgi va idrokdan boshlanib, tafakkurga tomon rivojlanib boradi. Inson aqli –
faol, u inson bilishining asosiy qurolidir, deyishadi. Ular insonning bilishi
noma’lum narsalardan malum narsalarga tomon rivojlanib borishini
takidlashadi.
Tasavvuf falsafasi vakillari esa o’z qarashlarida insonning hissiy bilishi
tashqi bilishni tashkil qilishni aytishib, ularning o’zaro bog’liqligini ham
5
uqtirganlar, shu bilan birga ular inson dunyosi va o’zini bilishi uchun
kamolotga erishmog’i lozim, lekin bu kamolotga erishish quruq intilish bilan
emas, balki o’qib o’rganish, bilimlarni va hunarlarni egallash, jamiyatda
boshqa kishilar bilan o’zaro muloqotda va munosabatda bo’lish orqali yuzaga
keladi, deyishadi.
Biz tanlagan mavzuni tarixini taxlil qiladigan bo’lsak, turli chet el va
o’zbek olimlari allomalarimizning ilmiy meroslarini bugungi kunda qadriyat
sifatida ulug’lanuvchi ta’limotlarni nazariy asoslarini o’rgangan hamda arab
va fors tillaridan tarjima qilib yosh avlodning o’qish va o’rganishida tarixiy
durdona sifatida taqdim qilganlar. Bular M. U Najotiy, A. N Nodir, J. Sh
Qanavotiy, Said Nafisiy, Yahyo Mahdaviy, F Rahmon kabi fors va arab, S.
Ayniy, S. Mirzayev, A. Muradov, A. Rasulov, U. I. Karimov, A. Irisov va
boshqalar. Lekin, bu muammo bugungi kunda ham o’z dolzarbligini
yo’qotmagan. Shunday qilib, yuqorida aytilganlarning hammasi biz tanlagan
mutaxassislik bitiruv ishining dolzarbligini va ahamiyatliligini ko’rsatadi.
Tadqiqot predmeti – Markaziy Osiyoda psixologik ta’limotlarning rivojlanishi.
Tadqiqot obyekti – Psixologiya tarixi
Bitiruv malakaviy ishimizning maqsadi:Markaziy Osiyoda psixologik
ta`limotlarning rivojlanishi tarixini o`rganish va ko`rsatish.
Maqsadga muvofiq quyidagi konkret vazifalar belgilanadi:
Ilimiy adabiyotlarni o`rganish, ularni tahlil qilish va umumlashtirish.
O’rta asrlarda yashab ijod etgan allomalarimiz al Farobiy,Abu Rayxon
Beruniy, Abu Ali Ibn Sino hamda Yusuf Xos Hojiblarningning Pedagogik va
psixologik g’oyalarini o’rganish va tahlil qilish,
Hoja Bahouddin Naqshbandning «Naqshbandiya» talimoti
hamda tariqatining tarbiyaviy ahamiyati va ijtimoiy pedagogik moxiyatini
o’rganish,
6
Temur va Temuriylar davrida ijtimoiy hayot, madaniyat va ta’lim tarbiya,
Bobur lirikasida komil inson bosh g’oya sifatida.
Mirzo Ulug’bek va Alisher Navoiyning ta’lim – tarbiya va
ilm ravnaqi haqidagi g’oyalarini tahlil qilish.
Bu vazifalarni yechish uchun ilimiy-tadqiqot metodlaridan: tahlil qilish,
umumlashtirish, kuzatish, va taqqoslash metodlaridan foydalandik.
Ish tuzuulishi tarkibi: Ishning tuzulishi 3 bo’lim dan iborat: kirish, asosiy va
yakuniy. Ishning asosiy mazmuni 2-bobga bo’lingan bo’lib, unda 6-ta paragraf
mavjud. Ishning oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalar berilgan.
Umumiy ko’lami- 64 bet.
7
I
BOB.
MARKAZIY
OSIYODA
PSIXOLOGIK
TA’LIMOTNING
RIVOJLANISHI
1.1.
O’rta asrlarda ( IX-XII asr) Farobiy va Beruniyning ta’lim-
tarbiyaga oid fikrlari.
ABU NASR FAROBIY – O’rta Osiyo Uyg’onish davri (IX-XII asrlar)
jahonga shunday buyuk daholarni yetkazib berdiki, ularning tafakkur
mahsullari shu kunga qadar sobitlik bilan ilm – fan taraqqiyotiga hissa
qo’shib kelmoqda.
Jumladan, qadimgi yunon falsafasining Sharqdagi eng yirik davomchisi va
targ’ibotchisi Abu Nasr Farobiy bo’lib, u Sirdaryo bo’yidagi O’tror (Farob)
shahrida 873-yilda tug’ulib Shosh (Toshkent), Buxoro shaharlarida o’qidi,
so’ng Arab halifaligining markazi Bog’dod shahriga borib, u yerda ko’p
yillar istiqomat qildi. U turli sohalarga oid ilmiy asarlar qoldirdi. U ta’lim-
tarbiyaga bag’ishlagan asarlarida inson takomilida ta’lim-tarbiyaning
muhimligi, unda nimalarga e’tibor berish zarurligi, ta’lim-tarbiya usul va
uslublari haqida fikr yuritdi. “Fozil odamlar shahri”, “Baxt-saodatga erishuv
to’g’risida”, “Aql ma’nolari to’g’risida”, “Ilmlarning kelib chiqishi”, “Falsafa
manbaalari” kabi maorifiy asarlarida olimning ijtimoiy- tarbiyaviy qarashlari
o’z ifodasini topgan.
Farobiy borliq muammosini hal etishda musulmon falsafiy ilmlari
yo’nalishini asoslagan “vujudi vojib” va “vujudi mumkun”ning o’zaro
nisbatiga murojaat qiladi. U o’zining qator asarlarida bu masalaga to’xtalib,
“vujudi vojib” barcha mavjud yoki paydo bo’lishi mumkin bo’lgan
narsalarning birinchi sababi ekanligini uqtiradi va bu bilan musulmon sharq
xalqlarining olamni tushunish bilan bog’liq ma’naviyatini yangi pog’onaga
olib chiqadi. Birinchi sabab sifatida u o’ziga sabab va turtkiga muhtoj
bo’lmagan zotni (xudoni) e’tirof etadi. Uningcha olamni yaratgan zotda
nuqson va nuqsonlar, ziddiyat, nomutanosiblik, bilmaslikdan bilishga qarab
8
jarayon yo’q. U yaratadi, lekin boshqa narsalar tarafidan yaratilmaydi.
Mazkur ilmiy qarashlarning ilmiy – islomiy tafakkur bilan uyg’unlashtirilishi
islom e’tiqodidagi xalqlarning Alloh va borliq to’g’risidagi tasavvurlarini ilm
– fan asoslari bilan mustahkamlanishi va bu g’oya bilan sug’orilgan
ma’naviyatning avvalo ilm ahli, so’ng esa odamlar orasida keng yoyilishiga
hamda an’anaviy ma’naviyat sifatida shakllanishiga sabab bo’lgan edi.
Farobiy fikriga ko’ra “vujudi mumkin” saltanati aksincha, doimo o’zgarishda,
ziddiyatli munosabatlarda, unda barcha narsalar oddiylikdan murakkablikka,
tartibsizlikdan tartiblilikka, norasolikdan komolotga qarab yuz tutadi.
“Vujudi vojib” yaratgan narsalardan dastlabkisi birinchi aqldir. Birinchi
aql faol aql sifatida har bir sayyoraga xos aqllarni vujudga keltiradi, eng
so’ngi samoviy aql natijasida yerdagi aql – ruh va barcha moddiy jismlarning
asosi bo’lmish to’rt unsur – tuproq, suv, havo, olov paydo bo’ladi. Yuqorida
zikr etilgan to’rt unsur negizida o’simliklar, hayvonot olami, inson zoti va
notirik tabiat yuzaga keladi. Organik olamga o’simlik ruhi, hayvonot ruhi va
insoniy ruh xosdir. Jism va harakat uzviy aloqada bo’ladi. Harakat va
sukunatning iptidosi, sirtqi biron – bir narsaga yoki irodaga borib taqalmasa,
uni tabiat deb atashadi. Harakat, o’z navbatida, vaqt bilan uzviy bog’langan.
U psixologiyaning o’qitish vositalari, odamlarning psixologik
tushunchalarini falsafiy tarafdan yoritgan bo’lib, o’z asarlarida odamlar
orasidagi obyektiv, subyektiv, fiziologik, psixologik jarayonlarning
rivojlanishiga katta etibor bergan.
Farobiyning pedagogik ta’limotlari ayniqsa o’z davri uchun katta ahamiyatga
ega bo’lib, unda insonparvarlik g’oyalari ilgari surulgan. Farobiyning
ta’kidlashicha, insonni tarbiyalash ikki xil usulda amalga oshirilishi mumkun.
Tarbiyalanuvchi ixtiyoriy ravishda zaruriy, aqliy va ahloqiy hislatlarni-
bilimli bo’lishga to’g’rilikni, haqiqatni sevishga, jasur do’stlarga sadoqatli
bo’lish kabi fazilatlarni egallashga intilmog’i lizim.
9
Olim ta’lim faqat so’z va o’rganish bilan, tarbiya esa, amaliy ish, tajriba
bilan amalga oshirilishini aytadi va tarbiyani har bir xalq, millatning amaliy
malakalaridan iborat bo’lgan ish- harakat, kasb- hunarga o’rganishdan iborat
deb hisoblaydi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida nazariy bilim bilan amaliy harakat-odat, malaka,
faoliyat birlashib boradi, yetuklik shu birlashuvning darajasiga qarab yuzaga
keladi.
Farobiy ta’lim-tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi yoki ta’lim oluvchi
shaxsga yakka holda yondoshuvni, uning tabiiy, ruhiy va jismoniy hislatlarini
nazarga olish zarurligini ta’kidlaydi. U bu haqda shunday yozadi: “Bu barcha
tabiiy hislatlarni, ularni oliy kamolotga yetkazish shu yoki kamolotga yaqin
bo’lgan darajaga ko’tarishga xizmat qiluvchi vosita yordamida tarbiyalashga
muhtojdir… Insonlar turli ilm, hunar faoliyatga moyilligi va qobliyatliligi
bilan tabiatan farq qiladilar. Teng tabiiy hislatlarga ega bo’lgan insonlar esa,
o’z tarbiyasi malakalari bilan tafovut qiladilar.
Farobiy insonga xos bo’lgan va uning ma’naviy yuksalishida muhim
ahamiyat kasb etuvchi tafakkur va nutqning rivojlanishini ta’lim-tarbiyani
asosini tashkil etuvchi muhim jarayoni hisoblanadi.
Farobiy ta’lim-tarbiyada tabiat hodisalaridan foydalanish va bu yo’lda
boshqa kishilar bilan to’g’ri munosabatda bo’lib, jamiatning ichki tartib-
qoidalarini to’g’ri o’rganib, uning talablariga javob bera oladigan insonni
yetishtirish zarurligini ta’kidlaydi.
Farobiy insonning ma’naviy hayotida, asosan, uning ikki tomoniga: aqli-
ongiga va ahloqiga (xulq-atvoriga) e’tibor beradi. Shuning uchun ta’lim-
tarbiya, uning fikricha, insonni aqliy tomondan ham, axloqiy tomondan ham
yetuk, mukammal kishi qilib yetishtirishga qaratilmog’i lozim. Demak ta’lim-
tarbiyaning birdan-bir vazifasi-jamiat talablariga to’la-to’kis javob bera
oladigan va uni bir butunlikda, tinchlikda, farovonlikda saqlab turish uchin
hizmat qiladigan ideal inson tayyorlashdir. “ Ideal shaxslar aholi ilmining
10
fikirlari” hamda “Baht- saodatga erishuv haqida” nomli risolalarida olimning
bu fikirlari aniq ifodalangan.
Farobiy ta’lim-tarbiya ishiga kirishish, uni boshlashdan avval
odamlarning shaxsiy xislatlarini bilish lozimligini aytadi. Uning fikricha,
insonning xohish,ixtiyor, ifoda, yaxshilik va yomonlik kabi xislatlarini,
nimaga qobliyati borligini aniqlamay turib ishga kirishish kutilgan natijani
bermaydi.
Farobiy ta’lim- tarbiya berish usullari haqida shunday yozadi: “Amaliy
fazilatlar va amaliy sanatlar, kasb-hunar va ularni bajarishga odatlantirish
masalasiga kelganda, bu odat ikki turli yo’l bilan hosil qilinadi, malakalar
vujudga keltiriladi, odamdagi g’ayrat, kasb-intilish, harakatga aylantiriladi.
Ikkinchi yo’l- majbur etish yo’lidir. Bu usul gapga ko’nmovchi, qaysar
shaharliklar va boshqa sahroi halqlarga nisbatan ishlatilardi. Chunki ular o’z
istaklaricha, so’z bilan g’ayratga kiradiganlardan emasdir. Ammo ulardan
qaysi biriki, nazariy bilimlarni o’rganishga astoydil kirishsa hamda fazilati
yahshi bo’lib kasb-hunarlarni va juziy sanatlarni egallashga intilishi bo’lsa,
bunday odamlarni majbur etmaslik, maqsad ularni fazilat egasi qilish va
kasb-hunar ahllariga aylantirishdir”.
“Avvalgi usul – san’atni o’z rag’batlari bilan o’rganuvchilarga
ishlatadigan usul. Ikkinchi usul esa, majburiy ravishda tarbiyalanuvchilarni
tarbiyalash uchun ishlatiladigan usul. Bolalar ustida turgan odam esa,
muallim bo’lib, u bolalarga tarbiya berishda turli tarbiya usullaridan
foydalanadi”.
Farobiy bilimdon, ma’rifatli, yetuk odamni obrazini tasvirlar ekan,
bunday deydi:
“Har kimki ilm- hikmatni o’rganaman desa, uni yoshligidan boshlasin,
sog’- salomatligi yaxshi bo’lsin, yaxshi axloq va odobli bo’lsin, so’zining
uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan bo’lsin, barcha qonun
qoidalani bilsin, bilimdon va notiq bo’lsin, ilmli va dono kishilarni hurmat
11
qilsin, ilm va ahli ilmdan mol-davlatini ayamasin, barcha real, moddiy
narsalar to’g’risida bilimga ega bo’lsin”.
Bu fikirlardan Farobiyning ta’lim – tarbiyada, yoshlarni mukammal inson
qilib tarbiyalashda, xususan, aqliy – ahloqiy tarbiyaga alohida e’tibor
berganligi ko’rinib turadi, uning etiqodicha, bilim, ma’rifat, albatta yaxshi
axloq bilan bezatmog’i lozim, aks holda kutilgan maqsadga erishilmaydi,
bola yetuk bo’lib yetishmaydi. Olim, daraxtning yetukligi uning mevasi bilan
bo’lganidek, insonning barcha hislatlariham axloq bilan yakunlanadi, deydi.
Farobiyning fikricha shaxs – ijtimoiy mavjudoddir; u «ko’p kishilarning
bitta yashash joyida birlashuvi orqali shu uchun zarur imkoniyat olishi va
oliy kamolotga erishishi mumkun».
Bundan tashqari, Farobiy dunyoqarashining asosi ya’ni dunyoning
tuzilishi haqidagi tushunchasini “pantaistik” degan fikir tashkil etadi.
Mavjudot “emonatsiya” yordamida yagona boshlang’ichdan pog’onama-
pog’ona vujudga kelgan, yakkalikdan- ko’plikka, rang- baranglikka borgan.
Uning dunyoqarashidagi asosiy maqsadlaridan biri ilmiy – falsafiy usulning
mustaqilligini nazariy jihatdan asoslab berishga, uning inson tafakkuriga,
aqliy bilimiga asoslanganligini isbotlashga intilishdir.
Farobiy bilish muammolariga alohida e’tib bilan qaraydi. U voqealikni
bilish mumkin ekanligiga aslo shubhalanmaydi. Inson o’zining barcha
bilimlarini tashqi olam orqali oladi. U ko’pgina vosita va usullar bilan
ta’minlanganki, ular (idrok, sezgi, xotira, tasavvur, mantiqiy tafakkur, aql,
nutq) orqali voqealikni o’zlashtira boradi. Ayni shu vositalar tufayli inson
ilm – fanni yaratadi. Bilish jarayoni cheksiz bo’lib, u insonning jonli
mushohadasi va tafakkurining bilmaslikdan noaniq narsani bilishgacha
bo’lgan o’ta murakkab yo’lni qamrab oladi. Bu yo’nalish hodisalar oqibatini
bilishdan, uning sababini bilishni, aksiodentsiyadan substansiyaga yetib
borishni maqsad qilib qo’yadi. Lekin bu yo’nalish sababdan oqibatga,
12
mohiyatdan hodisaga, aqldan jonli mushohadaga tomon qaratilganda ayni
muddao bo’lar edi. Amalda esa bor imkoniyatdan foydalanish lozim.
Farobiy insonning bilish jarayonini ikki bosqichga – hissiy va xayoliy,
hamda aqliy bosqichlarga ajratadi va bu bosqichlarning o’zaro bog’liqligini,
aqliy bilim hissiy bilishsiz yuzaga kelmasligini alohida ta’kidlaydi. Aqliy
bilish Farobiy talqinida ikki jihatga ega. Birinchidan, u kankretdan
uzoqlashish va unda umumiy tomonlarni ajatib olishni, ikkinchidan esa,
ushbu umumiylik ko’magida konkret jihatning mohiyatiga chuqurlashishni
taqozo qiladi. Aqliy bilish koinot aqli ko’magida barkamol ilmga aylanadi.
Garchi inson aqlini koinot aqliga tiqishtira berish bilish nazariyasiga
mistikaning kirib borishiga yo’l ochib bergan bo’lsa - da, u ijobiy ahamiyatga
ega edi, chunki u bilishning ratsional metodini asoslab berishga qaror qildi.
U inson bilish jarayonining bu bosqichlarini insondagi “tashqi quvvat”
va “ichki quvvat” lar bilan izohlaydi. “Tashqi quvvat” be’vosita tashqi
ta’sirlar orqali sezgi a’zolarida vujudga keladigan sezgilardir. U besh turli
bo’lib, teri – badan sezgisi, tam bilish sezgisi, hid bilish sezgisi, eshitish
sezgisi, ko’rish sezgisi. Bularning hammasini Farobiy hissiy bilish (“Quvvat
hissiya”), deb qaraydi. Ruhiy qobliyatlarini inson miyasi boshqaradi barcha
“Ruhiy quvvatlar”, jumladan bilish qobliyati ham unga bog’liq deydi. Ichki
quvvatga esa u esda olib qolish (xotira), xayol (tasavvur), his – tuyg’u nutq,
(fikrlash) “quvvatlari”ni kiritadi. “Ichki quvvat” deganda u insonning aqliy
bilish bosqichini tushunadi. Uningcha ilmni egallash shu “quvvatlar” orqali
amalga oshadi.
Bundan tashqari, Farobiy bilish ta’limotining boshqa ko’pgina jihatlariga
ham diqqat - e’tiborini qaratib kelgan. Ayniqsa, ilmiy tadqiqotda kuzatuv,
bahs – munozara, bilish metodlari, hissiy mushohadaning cheklanganligi
borasida qiziqarli g’oyalarni ilgari surgan.
Farobiy “Aql ma’nolari haqida” risolasida aql muammosini chuqur tahlil
qilib, bu haqida aql, bir tomondan ruhiy jarayon, ikkinchi tomondan, tashqi
13
ta’sir, ya’ni ta’lim – tarbiyaning natijasi deydi. Uning fikricha, aql faqat
insongagina xos bo’lgan ruhiy kuch bilan bog’liq qobliyat, insonni
hayvondan ajratuvchi asosiy omildir.
U o’zining “Ilm va san’atning fazilatlari” risolasida insonning tabiatni
bilish cheksizligini, bilm bilmaslikdan bilishga, sababiyatni bilishdan oqibatni
bilishga qarab borishini, bilmning borgan sari ortib, chuqurlashib borishini
aytadi.
Fuqarolik jamiyatida turli xalqlar yashaydi, deb yozadi Farobiy, - ulardan
har birining uch belgisi – “tabiiy fel-atvori”, “tabiiy xarakter belgilari”,
“tabiiy tili” bir – biridan farq qiladi.
Farobiy inson (ruh) jonining bir tandan boshqasiga o’tib, ko’chib yurishi
mumkinligini inkor etadi va uni balki tan kabi individual “substansiyasining
birligi” sifatida tushunadi. Uning fikri izchil emas edi. Bunday ikkilanish
Aristotelga xos bo’lgan.
Farobiyning ruxiy jarayonlar, ularning bilish va mantiq haqidagi
ta’limitning o’rta asrlar falsafasining katta yutug’i edi. Uning o’z davridagi
yoshlarni ta’lim, bilim, hunar egallashlari, faoliyat ko’rsatishlari, mehnat
qilishlari zarurligi xususida fikrlar bildirdi. Bu fikrlar hozir ham ta’lim –
tarbiyada g’oyat muhimdir. Farobiy o’rta asr sharoitida ilm-fan insonparvarlik
g’oyalarining tantanasi uchun kurashib, butun insoniyat madaniyati uchun
katta xizmat qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |