Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti



Download 446,76 Kb.
bet9/20
Sana08.01.2022
Hajmi446,76 Kb.
#331905
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
Annomurodova M. Botanika kurs ishi 1

7-rasm Sagex asi1a ildizida aerenxima va sklerenxima

hujayralari (aerenxima xujayralari ichida kraxmal donachalari

joylashgan).
Natija-da birlamchi po‘stloq hayotchanligini yo‘qotadi, pirovardi-da yemirilib to‘kiladi. Bir pallali o‘simliklarning il-dizida ikkilamchi tuzilish bo‘lmaydi. Shuning uchun ular-da endoderma uzoq sakdanadi va rivojlanishning uchinchi davrini o‘tkazadi. Shundan so‘ng endoderma mexanik to‘qi-ma vazifasini bajaradi.

Markaziy silindr — pleromadan hosil bo‘ladi, u aso-san perisikl va o‘tkazuvchi sistema (birlamchi va ikki-lamchi ksilema, floema)dan iborat.

Perisikl (yunon. peri —yonida; siklos —halqa) yosh ildizlarda (bo‘linuvchi zonada) vaqtincha meristema va-zifasini bajaruvchi (endoderma ostida joylashgan) ti-rik hujayralar bo‘lib, markaziy silindrni o‘rab oladi (6-rasm, 3).

Yopiq urug‘li o‘simliklarda perisikl asosan bir pal-lali (g‘alla, agava, dratsena)larda, ba’zan ikki pallalilarda (yong‘oq, kashtan, tol, karkas) hamda ochiqurug‘lilarda bir necha qavat hujayralardan iborat. Suvda o‘suvchi va parazit o‘simliklarda perisikl bo‘lmaydi. Ildizning boshlang‘ich tuzilish davrida perisikldan hamma yon il-dizlar yuzaga keladi. Ikki pallali o‘simliklarda ildiz-ning ikkilamchi tuzilishi vaqgida perisikl kambiy bi-lan tutashib iddiz nurlarini, yo‘g‘on tortgan ildizlarda fellogen hosil bo‘lishda faol qatnashadi.

Ba’zan perisikl hujayralarining aylana qalinligi bir xil bo‘lmaydi. Masalan, yong‘oq va ayrim g‘alladosh-larda perisikl ko‘p qavatli bo‘lib, ksilema esa floema nurlari qarshisida uziladi, shuning uchun protoksilema endodermaga taqaladi. Perisikl hujayralarida smola, moy yo‘llari bo‘lishi mumkin. G‘alla o‘simliklarida pe-risikl hujayralarining devorlari qalinlashib yog‘ochla* nadi va mustahkamlik beruvchi vazifani bajaradi.

Markaziy silindr asosan o‘tkazuvchi naylardan tash-kil topgan, shuning uchun ham stela deb ataladi. Stela

pleromadan taraqqiy etadi. Stelning tashqi qavatidan perisikl (yunon. peri — yonida; siklos — halqa) halqasi hosil bo‘ladi. Uning hujayralari uzoq vaqtgacha meriste-ma xususiyatini saqlaydi. Perisikl hujayralarining bo‘linishidan yon ildizlar hosil bo‘ladi. Perisikl osti-da prokambiy yuzaga keladi va boshlang‘ich o‘tkazuvchi to‘qi-maga aylanadi. O‘tkazuvchi to‘qima floema va ksilemadan iborat. Floema ksilemadan ilgari taraqqiy etadi; dast-lab perisikl yaqinida yo‘ldosh hujayralari elaksimon bo‘lmagan naylar yuzaga keladi va protofloema hosil bo‘la-di. Keyinchalik floema elementlari (yo‘ldosh hujayra-lari elaksimon naylar) ildizning markazga yaqin joyi-da hosil bo‘ladi va metafloema rivojlanadi (6-rasm, 3, 4). Protofloema bilan metafloema birgalikda birlamchi floemani tashkil etadi.

Floemaning ksilemadan oldin yuzaga kelishiga aso-siy sabab shundan iboratki, ildiz apeksidagi meristema hujayralarining faoliyati uchun zarur bo‘lgan plastik moddalarni o‘tkazib beradi.

Ildiz apeksidan uzokda ksilema shakllanadi. Uning birinchi elementi (protoksilema) o‘sish zonasida yuzaga keladi. U cho‘zilish xususiyatiga ega. Shu sababli halqasi-mon, spiralsimon, nuqtali hoshiyalari bor traxeidlar (traxeid yoki naycha) ko‘rinishida bo‘ladi. Iddizning bo‘yiga cho‘zilishi to‘xtash vaqtida ular to‘rsimon va porali bo‘-ladi.

O‘tkazuvchi nay tola tutgamlari shakllangandan so‘ng bir-lamchi ksilema yulduz shaklida joylashadi. Ksilema nur-lari orasida navbati bilan floema shakllanadi. Yulduz shaklidagi ksilema nurlarining soni turlicha, masalan, diarx — ikki nurli; triarx — uch nurli, poliarx — ko‘p nurli bo‘ladi.

Ildizning ikkilamchi tuzilishi. Ildizning o‘sishi na-tijasida uning boshlang‘ich tuzilishi o‘zgarib, ikkilamchi tuzilishga o‘tadi. Bu o‘zgarish kambiy hosil bo‘lishi bilan boshlanadi. Kambiy floema va ksilema halqalari orasi-dagi asosiy parenxima to‘qimasining ichki, ya’ni o‘zak tomonidan floema bog‘lamlarida tarqalib ketgan qism-lardan vujudga keladi. Ularning hujayralari bo‘linib, ikkilamchi ksilema hosil qiladi. Ksilema nurining ichi-

da joylashgan perisikl va parenxima hujayralari hosil qilgan kambiy yoylari tutashib, kambiy halqasini vujudga keltiradi (8-rasm, B6). Kambiy halqasi tashqariga ik-kilamchi floema va ikkilamchi ksilema ishlab chiqaradi. Kambiy halqasi vujudga kelgandan so‘ng, ikkilamchi flo-ema chetga surilib, ksilema markazdan joy oladi va tez rivojlanadi.





8-rasch. Ikki pallali o‘simliklarda ildiznitsg ikkilamchi tuzilishi.

1 — epiblema; 2 — boshlanshch po‘stloq (V); 3 — boshlang‘ich ksilema; 4 — kambiy yoylari; 5 — kambiy halqasi; 6— etsdoderma; 7— perisikl;

8 — ikkilamchi floema;9— ikkilamchi ksilema; 10— ekzoderma; 11 — periderma.

Ildizning ikkilamchi tuzilish davrida boshlang‘ich po‘stloq elementlari ekzoderma (epiblema) yemiriladi, o‘rniga ikkilamchi po‘stloq — po‘kak kambiysi — fellogen hosil bo‘ladi. O‘z navbatida fellogen hujayralari bo‘li-nib ichki qavat fellodermani va tashqi qavat po‘kakni hosil qiladi. O‘tkazuvchi to‘qima hujayralarida ham o‘zga-rish yuz beradi. Ikkilamchi ksilema orasida ko‘ndalang joylashgan radial nurlar, kollateral tola naylar bilan almashadi.

Ildizning ikkilamchi tuzilishi ochiq urug‘li va ikki pallali o‘simliklarga xos xususiyat bo‘lib, bir pallali va qirqquloqsimonlarda birlamchi tuzilishda qoladi.


  1. Download 446,76 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish