Ildiz anatomiyasi
Ildiz zonalari. Yosh ildizning uchi yoki apeksi juda ko‘p parenximatik hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, u ildiz qini bilan qoplangan. Ildiz qini yupqa po‘stli tirik hujayralardan iborat. Ular uzluksiz ravishda apeks meristema yosh hujayralarining yangilanib turishidan hosil bo‘ladi. Ildiz qinining tashqi hujayralari o‘zi-dan shilimshiq modda ajratib, uchining tuproqda o‘sishi-ni osonlashtiradi. Ildiz qinining markaziy qismini kolumela deb ataladigan hujayralar tashkil etadi. Bu hujayralarda juda ko‘p miqdorda kraxmal donachalari to‘planadi va ildiz apeksining tuproq zarrachalari ichida o‘sishiga imkon beradi. Suvda o‘sadigan o‘simliklarda va parazitlik qilib yashaydigan o‘simliklarning ildizida qin bo‘lmaydi.
Ildiz qinining ostida meristematik xususiyatini saqlab qolgan hujayralardan tashkil topgan bo‘linuvchi zonajoylashgan, uning uzunligi 1 mm. Bu zonadagi hujay-ralar tsitoplazma bilan tig‘izlangan bo‘lib, unda vakuola hali shakllanmagan bo‘ladi. Mikroskop ostida yosh ildiz-ning bo‘linuvchi zonasi doimo sariq rangda ko‘rinadi.
Bo‘linuvchi zonadan keyin o‘suvchi zona shakllanadi (2-rasm, 11). Bu zonada iddiz hujayralari son jihatidan ko‘paymaydi, ammo tsitoplazmada vakuolaning paydo bo‘li-shi xisobiga uning hajmi yiriklashib, hujayralar bo‘yiga cho‘ziladi. Undagi hujayralar turgor holatda bo‘lib, katta kuch bilan tuproqning mayda zarrachalarini yorib o‘tish xususiyatiga ega.
O‘suvchi zona uchidagi hujayralar bir oz vaqt o‘tgandan so‘ng o‘sishdan to‘xtaydi va bu hujayralardan ildiz tukcha-lari hosil bo‘ladi (2-rasm, A, 2). Bu tukchalar bir necha sm uzunlikda bo‘lib, tuproq zarrachalari bilan jips o‘ra-ladi. Ildizning tukchalar bilan qoplangan qismi so‘ruv-chi yoki yutuvchi zona deb ataladi. Ma’lum vaqg o‘tgandan keyin tukchalar rizoderma hujay-ralari bilan birgalikda hayotchanlik xususiyatini yo‘qo-tib quriydi. Rizoderma o‘rniga qoplovchi to‘qima — ekzo-derma yuzaga keladi (6 rasm, 5). Ular o‘tkazuvchi to‘qima-ning floema va ksilema hujayralarini himoya etadi.
Ildizning o‘sish apeksidagi meristema hujayralari bo‘linishni davom etib, ichki va tashqi (ildiz qini) to-monga hujayralarga ajraladi. Mana shu xususiyati bilan ildiz novdadan keskin farq qiladi.
Ildiz apeksidagi initsial hujayralar soni va ular-dan to‘qimalarning kelib chiqishi turli sistematik guruh o‘simliklari uchun har xildir. Masalan, ba’zi qirqqu-loqsimonlardan (qirqbo‘g‘in, qirqquloq va ba’zi plaun-larning) ildiz apeksidagi bo‘linuvchi zonada faqat bitta initsial hujayra bo‘lib, ildizning barcha to‘qimalari shu initsial hujayraning bo‘linishidan yuzaga keladi. Yopiq urug‘li o‘simliklar apeksida bir necha initsial hujayralar mavjuddir. Ularning tuzilishi va bo‘linishi ikki va bir pallali o‘simliklarning ildizida har xil. Masalan, ikki pallali o‘simliklarda u uch qavatdan ibo-rat bo‘lib, har bir qavatda 1—4 gacha initsial hujayra
6-rasm. Ildizda doimiy to‘qimalarning hosil bo‘lishi: 1 — o‘sish
zonasi; 2— 6 ildiz zonalarini ko‘ndalang kesimi; iks — ikkilamchi
ksilema; IF— ikkilamchi floema; k — kambiy; mks — metaksilema;
mf — periderma; pf — protofloema; ls —tserisikl; rd — rizoderma;
ekz — ekzoderma; e« — endoderma; q — qin.
mavjud. Pastki dermatogen qavatdan, rizoderma va ildiz qini, o‘rta va yuqori qavatdan hamma to‘qimalar vujudga keladi jumladan, o‘rta qavatdagi tashqi meristemadan — periblema (yunon. periblema — qoplam), ustki ini-tsial qavatdan paydo bo‘ladigan ichki meristema hujayra-laridan pleroma (yunon. pleroma — to‘ldirmoq) to‘qi-malari vujudga keladi. Keyinchalik meristema hujayra-lari doimiy to‘qimaga aylanadi. Periblema ildizning birlamchi po‘stlod to‘qimalarini, pleroma esa markaziy silindrni hosil qiladi.
Bir pallali o‘simliklarda eng pastki initsial qavat-dan ildiz qini, periblemaning tashqi qavatidan esa ri-zoderma shakllanadi.
Ildizda doimiy to‘qimalarning hosil bo‘lishi. Ildiz meristema hujayralarining bir necha marta eniga va uzu-nasiga bo‘linishi tufayli doimiy to‘qimalar yuzaga kela-di. Bu jarayonning taraqqiy etishi natijasida (6-rasm-da ko‘rsatilgan) bo‘linuvchi zonadan biroz yuqoriroqda periblema va pleromalar o‘rtasida chegara hosil bo‘ladi. Ular katta-kichikligi hamda joylashish xususiyati jiha-tidan bir-biridan farq qiladi.
Ildizning so‘ruvchi zonasida rizoderma (epiblema) to‘qimasi hosil bo‘ladi (6-rasm, 4). Rizoderma bajaradi-gan vazifasi jihatidan eng muhimdir. Chunki har bir rizoderma hujayralaridan uzunligi 1—2 mm va ba’zan 3 mm keladigan tukchalar (epiblema) hosil bo‘lib so‘rish zo-nasining yuzasini kengaytiradi. Tukchalarning po‘sti juda ham yupqa sellyuloza yoki pek-tin moddasidan tashkil topgan, uning ichida tsitoplazma va yadro bo‘ladi. Tukchalar o‘zidan shilimshiq modda chiqa-rib bukiladi, tuproq zarrachalari bilan o‘raladi, bu oziq moddalarni yengil o‘zlashtirishni ta’minlaydi. Ildiz tukchalarining miqtsori tuproq namligiga va o‘simlik tu-riga ko‘ra har xil: masalan, makkajo‘xorininN mm2 so‘ruv-chi zonasida ildiz tukchalari 425 ta, olmada — 300 ta, lo-viyada — 230 ta, bir tup sulida — 14 tagacha bo‘ladi. Shu bilan birga ildiz tukchalarining hayotchanligi ham bir xil emas. Masalan, g‘o‘zaning ildiz tukchalari 14—48 kun-gacha, adirlarda o‘suvchi lagoxilusning ildiz tukchalari esa 10-—15 kungacha yashaydi.
Rizoderma (epiblema) hujayralarining hammasi ham iddiz tukchalari hosil qilmaydi. Ildiz tukchalarini hosil qiluvchi rizoderma hujayralariga trixoblast (yunon. t r i -xos —soch; blastos —murtak) deb ataladi.
Rizoderma hujayralarining gialoplazmasida juda ko‘p ribosom va mitoxondriy bo‘ladi. Ular muhim fiziologik funksiyani bajaradi. Ayniqsa tuproq tarkibidagi eri-gan mineral moddalarni faol shimib olish vaqtida mi-toxondriy tez rivojlanib energiya ajratadi. Bu energiya moddalarni shimib olishga sarflanadi.
Periblemadan yupqa po‘stli tirik parenxima hujay-ralaridan tashkil topgan birlamchi po‘stloq yuzaga keladi (6-rasm, 3). U o‘z navbatida, uch qismdan: ekzoderma, me-zoderma, endodermadan iborat.
Ekzoderma bir yoki bir necha qavat hujayradan iborat bo‘lib, rizoderma ostida joylashadi (6-rasm, 5). Rivoj-lanishining dastlabki davrida ular bir-biriga zich joy-lashgan parenxima hujayralaridan tashkil topadi. Ke-yinchalik hujayra devorida suberin to‘planadi, lekin tiriklik xususiyatini yo‘qotmaydi. Shu xususiyati bilan rizoderma po‘kak qavatidan farq qiladi. Ekzoderma ba’-zi xususiyatlari jihatidan endodermaga o‘xshash bo‘ladi. Uning ayrim hujayralari sellyulozaning po‘stidan tash-kil topgan bo‘lib, o‘tkazuvchi hujayralar deb ataladi. Bu hujayralar orqali oziq moddalar harakatlanadi. Ekzo-derma hujayralari hayotchanligini yo‘qotgandan so‘ng uning hujayra devorlari po‘kakka aylanadi va himoya vazifasi-ni bajaradi.
Ekzoderma bir pallali o‘simliklarning ildizlarida aniq qo‘rinadi, chunki ularda ildizning birlamchi tuzi-lishi uzoq vaqtgacha saqlanadi. Ikki pallali, ochiq urug‘-lilarda esa kambiy tez hosil bo‘ladi va po‘stloq o‘ladi, uning ostida periderma rivojlanadi.
Mezoderma bir necha qavat parenxima hujayralaridan tashkil topgan bo‘lib, ekzoderma va endoderma o‘rtasida joylashib birlamchi po‘stloqni yuzaga keltiradi. Uning chetki hujayralari mayda va zich joylashgan bo‘lib, o‘rta-dagi hujayralari yirik, ularning orasida bo‘shliqlar uchraydi. Bu bo‘shliqlar aerenxima to‘qimalarini hosil qiladi va ildiz o‘qi bo‘ylab cho‘zilib kanalchalarga ayla-nadi. Aerenxima to‘qimalari orqali po‘stloq va rizoder-ma hujayralarining nafas olishi uchun havo va gazlar hara-katlanadi. Aerenxima to‘qimasi botqoqlarda o‘suvchi o‘sim-liklarning ildizida bo‘ladi (7-rasm).
Mezoderma hujayra oralig‘idagi aerenxima to‘qimasi o‘simlikning novda, barg hujayraaro bo‘shliqlari bilan tutashib bittayaxlit sistemani tashkil etadi. Botqoqlivda o‘sadigan o‘simliklarda kislorod shu hujayraaro bo‘shliq-lar yoki kanallar orqali novdadan ildizga o‘tadi.
Aerenxima to‘qima hujayralarining devorlari yupqa va egiluvchan, shu sababli ular bilan yonma-yon mustahkam-lik beruvchi to‘qima sklerenxima yuzaga keladi.
Ildizning po‘stloq parenxima hujayralarida har xil moddalar sintez qilinadi va to‘planadi. Shu moddalar hisobidan rizoderma hamda boshqa to‘qimalar oziqlana-di, bundan tashqari daraxt, buta va o‘tchil o‘simliklarning ildiz po‘stloqlarida, zamburug‘lar yashab mikoriza (yunon. m ikyes — zamburug‘ riza — ildiz) hosil qiladi.
Endoderma birlamchi po‘stloqning ichki qavatini tash-kil etadi. Uning hujayralari bir-biri bilan zich joy-lashgan uzun va qisqa tirik parenximadan iborat. Asosiy vazifasi mezodermadan ko‘ndalangiga oqib keladigan mod-dalarni markaziy o‘zakka (stelga) yo‘naltirishdan iborat.
Ontogenez jarayonida endosperma hujayralari zich, uzu-nasiga bir qator (kamdan-kam ikki qator) joylashadi. Bu hujayralar yupqa po‘stli bo‘lib, Kaspar halqasi yoki belbo-g‘ini hosil qiladi. Bu plaunlardan tashqari boshqa hamma o‘simliklarda ko‘rinadi. Ko‘pchilik yuksak sporali o‘sim-liklarda endodermaning taraqqiyoti birinchi davr bilan chegaralanadi. Ba’zi o‘simliklarda esa endoderma ikkinchi davrga o‘tadi. Ikkinchi davrda endoderma po‘stining ichka-ri tomonida sellyuloza bilan suberindan tashkil topgan yaxlit qalinlashgan qavat hosil bo‘ladi. Buni yon ildizlar vujudga kelgan zonada ko‘rish mumkin. Biroq, o‘q ildiz-ning ksilema guruxlari qarshisidagi qalinlashmasdan qol-gan hujayralar (o‘tkazuvchi hujayralar) boshlang‘ich holati-cha qoladi. O‘tkazuvchi hujayralar o‘simliklar hayotida ni-hoyatda katga ahamiyatga ega. Chunki, po‘stloqdan keladigan moddalar markaziy o‘zakka, undan po‘stloqqa faqat endodermaning tirik protoplasti orqali o‘tadi. Kaspar halq-asidan moddalar o‘tmaydi. Rivojlanishning uchinchi dav-rida endoderma hujayralarining po‘sti notekis qalinla-shib probkalanish yoki yog‘ochlanish sodir bo‘ladi. Qalin de-vorli endoderma hujayralari o‘tkazuvchi to‘qimani himoya qiladi va ildizning mustahkamligini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |