Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti sapayeva feruza davlatovna


Tayanch soʻz va asosiy tushunchalar



Download 7,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/162
Sana27.01.2022
Hajmi7,5 Mb.
#414202
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   162
Bog'liq
matnshunoslik fanidan maruza mashgulotlarini tashkil etish (1)

 
Tayanch soʻz va asosiy tushunchalar: 
hoshiya, jahon 
sivilizatsiyasi, sharh va kiritma matnlar, qadimiy yozma manbalar, 
ma’naviy boylik, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik 
instituti, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Margʻinoniy, 
Muhammad Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf 
Xos Hojib, Mahmud Qoshgʻariy, Mahmud Zamaxshariy, Farididdin 
Attor, Jaloliddin Rumiy, Nosiriddin Rabgʻuziy, Sharafiddin Ali 
Yazdiy, Mirzo Ulugʻbek, Alisher Navoiy, Mirzo Abdulqodir Bedil, 
Zahiriddin Muhammad Bobur, Muhammadrizo Ogahiy. 
Vatanimiz qadimdan jahon sivilizatsiyasi markazlaridan biri 
boʻlgan. Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi mahsuli – qadimiy yozma 
manbalar xalqimizning buyuk ma’naviy boyligidir. Prezidentimiz 
Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 24-maydagi “Qadimiy yozma 
manbalarni saqlash, tadqiq va targʻib qilish tizimini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bu yozma 
manbalarni tadqiq etuvchi sharqshunos va manbashunos olimlar 
uchun yanada keng imkoniyatlar eshigini ochib berdi. Qaror bilan 
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi 
145


Sharqshunoslik instituti qadimiy qoʻlyozmalarni saqlash, oʻrganish, 
ilmiy 
asosda 
tadqiq 
etish 
va 
targʻib 
qilish 
boʻyicha 
mamlakatimizdagi 
yetakchi 
ilmiy-tadqiqot 
muassasasi 
etib 
belgilandi.
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida 
qoʻlyozmalar fondi jahondagi eng nodir ma’naviy xazinalardan biri 
boʻlib, olti boʻlimda 26 ming jild qoʻlyozma, 39 ming jild toshbosma 
kitoblar va 10 mingga yaqin tarixiy hujjatlar, xattotlik namunalari va 
miniatyuralar kolleksiyasi mavjud. Ular Markaziy Osiyo, xorijiy 
Sharq xalqlarining tarixi, madaniyati, adabiyoti va fanlari tarixini 
oʻrganish uchun birlamchi manbalardir. Mazkur fond 2000-yilda 
noyob ilmiy va madaniy obyektlardan biri sifatida YuNESKOning 
Jahon 
madaniy 
merosi 
roʻyxatiga 
kiritilgan. 
Eng 
noyob 
qoʻlyozmalarimizdan biri – kufiy xati bilan yozilgan Qur’oni 
karimning IX asrda koʻchirilgan qadimiy va tabarruk nusxasi. Abu 
Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida Imom 
Buxoriy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Margʻinoniy, Muhammad 
Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos 
Hojib, Mahmud Qoshgʻariy, Mahmud Zamaxshariy, Farididdin 
Attor, Jaloliddin Rumiy, Nosiriddin Rabgʻuziy, Sharafiddin Ali 
Yazdiy, Mirzo Ulugʻbek, Alisher Navoiy, Mirzo Abdulqodir Bedil, 
Zahiriddin Muhammad Bobur, Muhammadrizo Ogahiy va boshqa 
koʻplab 
ulugʻ 
alloma 
va 
mutafakkirlarning 
qoʻlyozmalari 
saqlanmoqda. Ular tarix, adabiyot, til, falsafa, huquq, falakiyot, 
matematika, kimyo, tabobat, dorishunoslik, jugʻrofiya, islom ilmlari 
hamda boshqa sohalarga doir boʻlib, zamonaviy ilm-fan va 
taraqqiyot uchun nihoyatda dolzarb ahamiyatga ega. Ilmiy 
xodimlarining yillar davomida olib borgan samarali faoliyati 
natijasida fonddagi qoʻlyozmalarning 11 tomli “Sobraniye 
vostochnix rukopisey” (“Sharq qoʻlyozmalari toʻplami”) katalogi 
nashr qilingan. Fanning turli sohalari boʻyicha alohida mavzuli 
kataloglar chop etilgan. 2016-yilda Abu Rayhon Beruniy nomidagi 
Sharqshunoslik instituti asosiy fondining 13 ming jilddan ortiq 
qoʻlyozmalari tavsifini oʻz ichiga olgan ingliz tilidagi elektron 
katalog tuzildi. Xorazmiy, Beruniy, Fargʻoniy, Ibn Sino, Roziy, 
Forobiy, Mirzo Ulugʻbek kabi buyuk qomusiy olimlarimizning qator 
ilmiy asarlari oʻzbek va rus tillarida ilmiy-izohli tarjima shaklida, 
“Oʻzbekiston obidalaridagi bitiklar” turkumiga kiruvchi kitob-
146


albomlar nashr qilingan. Bugun tarixiy manbalarni nashr qilishda 
koʻproq Amir Temur va temuriylar davri, nisbatan kam tadqiq 
etilgan XVI-XIX asrlar manbalariga e’tibor qaratilmoqda. Soʻnggi 
besh yilda 10 dan ortiq tarixiy manbalar nashrdan chiqarildi.Ularning 
aksariyati matnshunoslik tadqiqotlari mahsulidir. Bu – xalqimizning 
“Ilm bilan shugʻullanish igna bilan quduq qazish bilan barobardir” 
degan hikmatining hayotiy isboti. Olimlarimiz orasida qoʻlyozmalar 
ustida 10-20-yillab, hatto umrbod ishlayotgan insonlar bor. Institut 
xalqaro hamkorlikda ham qator ishlarni amalga oshirmoqda. 
YuNESKOning Samarqanddagi Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti 
bilan hamkorlikda mashhur shoir va tarixnavis Muhammadrizo 
Ogahiyning Xiva xonligi tarixiga oid “Jome’ al-voqeoti sultoniy”, 
“Zubdat at-tavorix” asarlari, Jumaquli Humuliyning Buxoro xonligi 
tarixiga doir “Tarixi Humuliy” asarining tanqidiy matnlari, Tokio 
universiteti bilan hamkorlikda nashr qilingan “Kokandskoye xanstvo: 
vlast, politika i religiya” monografiyasi shular jumlasidan.
17-
rasm (slayd taqdimoti uchun maxsus) 
Dastlabki vazifa – Sharq qoʻlyozmalari fondini saqlash, 
ta’mirlash, boyitish va muayyan tizimga keltirish, arab yozuvidagi 
turli mavzularga oid yozma yodgorliklar va epigrafika namunalarini 
147


tadqiq qilish, ularni asl holida, oʻzbek va xorij tillarida ilmiy izohlar, 
tarjimalar bilan nashr etish, ilmiy muomalaga kiritishdan iborat. 
Ilgari fan va Markaziy Osiyo tarixiga oid manbalar koʻproq 
ishlangan boʻlsa, endi falsafiy mazmundagi, mumtoz Sharq 
adabiyotiga oid qoʻlyozmalarga asosiy e’tibor qaratamiz. Bu 
manbalarning maxsus kataloglarini tuzishni boshladik. 

Download 7,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish