Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti sapayeva feruza davlatovna



Download 7,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/162
Sana27.01.2022
Hajmi7,5 Mb.
#414202
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   162
Bog'liq
matnshunoslik fanidan maruza mashgulotlarini tashkil etish (1)

“muvaffaqiyatingizdin”, “taxalluf” – “takalluf”, “mahshur” 
(qoʻshilgan ma’nosida) – “mashhur”, “iflos” – “ixlos”, “adab” – 
“abad”, “afzun” – “afsun”
va hokazo. Ular kitobxonga matn 
ma’nosini qiyinlashtirib, ba’zan mutlaqo tushunarsiz qilib qoʻyadi. 
Masalan: “Ul it boshin ul harfqa solib, ul sutdin ichti” jumlasidan 
soʻng, “it boshini qanaqa harfga tiqdi ekan?” deb bosh qotirish 
mumkin. Holbuki, bu soʻz asliyatda “zarf”, ya’ni idishdir. Xatolar 
tufayli ba’zi hollarda Navoiy koʻzda tutganiga zid ma’nolar chiqarish 
mumkin. Masalan, “tushunarli, ayon” ma’nosidagi “mafhum” soʻzi 
barcha hollarda teskari ma’nodagi “mavhum” shaklida yozilgan. 
Afsuski, 
“Nasoyim 
ul-muhabbat”ning 
Alisher 
Navoiy 
asarlarining soʻnggi yillarda chop etilgan oʻn jildlik asarlar 
toʻplamidan oʻrin olgan nashrlari ham xatolardan xoli emas. 
Institutimizda tayyorlanib chop etilgan ilmiy-tanqidiy matn, nihoyat, 
bu ulugʻ asarning kirill va lotin alifbolaridagi qoniqarli nashrini 
amalga oshirishga yordam bersa, ajab emas.Quvonarli jihati 
shundaki, istiqlol bergan imkoniyat tufayli, ayrim tadqiqotlar va 
ilmiy tanqidiy matnlar chet el olimlari bilan hamkorlikda amalga 
oshirilmoqda. Tabiiyki, bu oʻzaro tajriba almashish hamda oʻzbek 
olimlarining ilmiy yutuqlari xorijiy mamlakatlarda ham kengroq 
tanilishi va e’tirof etilishi uchun katta imkoniyatlar yaratadi. 
Shunday hamkorlik ishlari natijalaridan biri Sadriddin Ayniyning 
(1878–1954) oʻzbek tilida yozilgan “Buxoro inqilobi tarixi” asari 
ilmiy-tanqidiy matnining Yaponiyada nashr etilishi boʻlib, u OʻzRFA 
Sharqshunoslik instituti ilmiy xodimi Sharifa Tosheva va Tokio 
universiteti tadqiqotchisi Shizuo Shimada tarafidan amalga 
oshirilgan.Sadriddin Ayniy koʻplab tarixiy, badiiy va ilmiy asarlar 
yaratgan. Ayniyning tarixiy asarlarida Buxoro tarixining eng 
murakkab davri – mamlakatda islohotchilik gʻoyalari va jadidchilik 
harakatlarining keng yoyilishi, koʻp asrlar davomida amalda boʻlgan 
davlat tuzumining tubdan oʻzgarishi voqealari uning oʻz koʻrgan 
kechirganlari asosida qalamga olinganki, bu asarlarni chetlab oʻtib, 
oʻsha davr tarixini yoritish mushkul. 
97


Ayniy tomonidan yaratilgan ilk yirik tarixiy asar – “Tarixi 
inqilobi fikri dar Buxoro” (“Buxoroda fikriy inqilob tarixi”) 1918-
yilda tojik tilida yozilgan.Keyinchalik Ayniy bu asarning oʻzbek 
tilidagi qayta ishlangan variantini yaratib, yangi boblar qoʻshib, unga 
“Buxoro inqilobining tarixi” degan nom berdi. Asarning nomidan u 
1920-yil kuzida amirlikning agʻdarib tashlanishiga bagʻishlangan, 
deb tushunmaslik kerak. Ayniy inqilob deganda asosan Buxoroning 
ilgʻor kishilari ongidagi oʻzgarishlar, ularning islohotlar vositasida 
oʻz yurtlarini taraqqiy qildirishga intilganliklarini koʻzda tutadi. 
Maktab va madrasalarni isloh qilish masalasi Buxoro inqilobiga 
sabab boʻlganiga ishonchi komil boʻlgan Ayniy, 3-4 asr oldingi va 
oʻziga zamondosh boʻlgan Buxoro madrasalari, mudarrislarning 
bilim darajasini hamda ularning hukumat bilan munosabatlarini 
tekshirish 
muhimligi 
haqida 
gapiradi. 
Birinchi 
boʻlimning 
“Ulamoning buzulishi va bulardan xonlarning istifoda qilishi” deb 
nomlangan birinchi va undan keyingi boblarida Ayniy soʻzboshi va 
muqaddimada bildirgan fikrlarini kengaytiradi hamda dalillar va 
tarixiy ma’lumotlar bilan toʻldiradi. Shu boʻlimda Ayniy Yosh 
buxoroliklar va jadidlar harakatining vujudga kelishiga zamin 
tayyorlagan ichki va tashqi omillar xususida ham fikr yuritadi. U 
Buxorodagi inqilobni dastlab ma’lum bir guruh kishilarining ongida 
paydo boʻlgan inqilob, deb hisoblaydi. Jumladan, muallif birinchi 
boʻlimning “Ilmiy va ijtimoiy inqilobga hozirlanish” bobida Amir 
Abdulahad (1885–1910) davrining boshlarida amirlik tuzumiga 
tanqidiy koʻz bilan qaragan kishilardan biri – buxorolik 
ma’rifatparvar Ahmad Donish va uning izdoshlari haqida keng 
ma’lumot beradi. 
Asarning salmoqli qismini tashkil etuvchi ikkinchi boʻlimda 
1908–1917-yillarda Buxoro jamiyati hayotida roʻy bergan ma’rifiy 
va ijtimoiy-siyosiy voqealar qalamga olingan. Jumladan, Buxoroda 
ochilgan yangi usuldagi maktablar va bu maktablar atrofida 
mutaassib ulamo bilan taraqqiyparvarlar orasida yuzaga kelgan bahs-
munozaralar, 1910-yil yanvardagi sunniy, shia nizolari, 1910-yilda 
tashkil etilgan Yosh buxoroliklarning yashirin jamiyati, bu 
jamiyatning ma’rifat va islohot yoʻlida amalga oshirgan ishlari 
toʻgʻrisida mufassal ma’lumot beriladi. 
Uchinchi va toʻrtinchi boʻlimlarda asosan siyosiy voqealar – 
1917-yil Rossiyadagi fevral inqilobidan soʻng Buxoro yoshlarining 
98


islohot uchun kurashlari, amir tomonidan 1917-yil 7-aprelda e’lon 
qilingan islohot farmoni, 8-aprelda taraqqiyparvar kuchlar tashkil 
etgan tinch namoyishning hukumat tomonidan bostirilishi, 1918-yilgi 
Kolesov voqealari va Buxoroda jadidlarga nisbatan koʻrilgan jazo 
choralari tafsilotlari bayon qilingan. 
Matnshunos olim V.M.Istrin “matn tahriri”ni ta’riflab aytadi: 
“Tahrir deb adabiy yodgorlikning shunday qayta ishlanishiga 
aytiladiki, bunda u qandaydir ijtimoiy voqelik talabiga koʻra yoki 
koʻpincha adabiy ehtiyojdan va kitobsevarning tab’idan kelib chiqib 
yoxud til sofligiga erishish niyatida aniq maqsadga qaratilgan holda 
amalga oshiriladi”.
50
Xoʻsh, matn tahririning mazkur ta’rifidan kelib chiqilsa, bugungi 
nashrlarda uchraydigan “Ollohyor” yoki “Allohyor” shakli tahrirning 
qaysi turiga mansub? Garchi izohlash biroz qiyinchiliklar tugʻdirsa 
ham, bu soʻz shaklida gʻoyaviy tahrirga yoʻl qoʻyilgan, degan 
boʻlardik. Negaki, joriy yozuvimizda va ogʻzaki nutqda allaqachon 
“Olloyor” shaklida oʻzbek tilining lugʻat fondiga aylangan bu soʻzni 
faqat asliyatdagi soflikni saqlashga urinish deb baholasak, boshqa bir 
muhim jihatni e’tibordan soqit qilgan boʻlamiz. “Olloh” (

Download 7,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish