Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti fizika-matematika fakulteti



Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/31
Sana13.05.2020
Hajmi1,79 Mb.
#51111
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31
Bog'liq
Kdirbaeva G. Yerning tuzilishi

2. Oy - Yerning tabiiy yo‘ldoshi 

Oydagi fizik sharoitlar. Oy bizga eng yaqin joylashgan osmon jismi bo‘lgani 

uchun  juda  yaxshi  o‘rganilgan.  Bizga  yaqin  bo‘lgan  planetalar  Oyga  qaraganda 

taxminan 100 marta uzoqda joylashgandir. Oy diametri bo‘yicha Yerdan to‘rt marta, 

masasi  jixatidan  81  marta  kichiq.  Uning  o‘rtacha  zichligi  3,3  x  10

3

  kg/m


3

  bo‘lib, 

Yernikidan kam. Ehtimol, Oyning Yernikiga o‘xshash zich yadrosi bo‘lmasa kerak. 

Oyda  Quyoshning  jazirama  nurlarini  yumshatadigan  va  kosmik  nurlar  hamda 

mikrometeorlar oqimidan saqlaydigan atmosfera yo‘q. Oyda bulutlar, suv, tumanlar, 

kamalaklar,  tongda  asta-sekin  shu’lalanadigan  shafaq  ham  yo‘q.  Soyalar  keskin 

chegaralangan va tim qora. Oyda suv buglari va atmosferaning yo‘qligi, Oy sirtida 

o‘tkazilgan bevosita o‘lchashlar bilan isbotlandi. Oyni ko‘rshab olgan juda siyrak 




27 

 

chang qobig‘i Quyosh yorug‘ligini kuchsiz bo‘lsa-da sochmaganda edi, Oy osmoni 



kundo‘zi ham xuddi kosmik fazodagidek qorong‘u bo‘lishi kerak edi. 

 

Oy  sirtiga  tushadigan  meteoritlarning  uzluksiz  kelib  urilishlari,  Oy  sirtini 



mayda parchalar va changlarga aylantiradi. Vakuum sharoitida bu chang molekulyar 

birikmaga aylanib, g‘ovak shlaksimon qatlam xolga o‘tadi. Oy qobig‘inining bunday 

tuzilishi undan issiqlik kam o‘tishini ta’minlaydi. Natijada tashqarida harorat keskin 

o‘zgarganda ham, Oyning uncha chuqur bo‘lmagan qatlamida harorat o‘zgarishsiz 

qoladi.  Oy  sirtidagi  haroratning  kundan  tunga  o‘tganda  keskin  o‘zgarishi  sababi, 

unda faqat atmosferaning bo‘lmasligigina emas, balki Oyda kun va tun uzoq vaqt 

davom etib, har biri bizning ikki haftamizga to‘g‘ri kelishi bilan ham tushuntiriladi. 

Oyning  Quyoshga  qaragan  nuqtasidagi  harorat  +120 

0

C ga, tungi  yarim  sharidagi 



unga qarama- qarshi nuqtasida esa – 170 

0

C ga teng. Oyning bir kuni davomidagi 



harorat ana shunday o‘zgaradi. Galiley yashagan zamondayoq Oyning ko‘rinadigan 

yarim sharining kartasi tuzila boshlangan edi. Oy sirtidagi qora dog‘lar «dengizlar» 

deb  atalgan.  Bular  tekisliklar  bo‘lib,  ularda  bir  tomchi  ham  suv  yo‘q.  Ularning 

tublari qora va deyarli tekisdir. Oy sirtining katta qismini nisbati yorug‘ balandliklar 

– «materiklar» egallagan. Oyda bir necha  tog‘ tizmalar  bo‘lib, ularga Yerdagi 

kabi  Alplar,  Kavkaz  va  xokaza  nomlar  berilgan.  Тog‘larning  balandligi  9  km  ga 

yetadi. Lekin tashki tuzilish (relefi) asosan kraterlardan iborat. Ularning balandligi 

bir  necha  bo‘lgan  xalqasimor  ko‘tarmalari  diametri  200  km  gacha  bo‘lgan  doira 

shaklidagi katta chuqurliklarni o‘rab turadi. Bularga Klaviy va Shikkard kraterlari 

misol bo‘ladi. Eng katta kraterlarga olimlarning nomlari berilgan. Jumladan, Oyda 

Тixo, Kopernik, Ulug‘bek va boshqa nomli kraterlar bor. 



28 

 

  



 

2.5-rasm 

 

Тo‘linoy paytida durbindan uyga qaraganda uning janubiy sharida diametri 60 



km bo‘lgan Тixo krateri ravshan xalqa shaklda va undan radial yo‘nalishda tarqalgan 

yorug‘ nurlar juda yaxshi ko‘rinadi. Bu nurlarning uzunligi oyning radiusiga yaqin 

bo‘lib, ular  juda  ko‘p  kraterlarni  va  qora  bo‘lib  ko‘rinadigan  chuqurliklarni  kesib 

o‘tadi. Nurlar ravshan devorli ko‘plab mayda kraterlarning tizma ko‘rinishda qiya 

joylashishi sababli paydo bo‘lishi aniqlandi(2.5-rasm). 

Kuzatiladigan joylar terminator yaqinida, ya’ni oyda kundo‘zi bilan tunning 

chegaralari yaqinida bo‘lsa, oyning taki tuzilishini o‘rganish juda qulaydir. Chunki 

bunda yon tomonga quyosh nurlari tushayoitgan kichiq baland- pastliklardan uzun 

soyalar  tuzilib  ularni  ko‘rishna  osonlashtiradi.  Тeleskop  orkali  bir  soat  davomida 

terminatorga  yaqin  bo‘lgan  Oyning  tungi  tomonida  yorik  nuqtalarning  paydo 

bo‘lishini kuzatib borish juda kizikdir. Bu nuqtalar Oy kraterlari ko‘tarmalarining 

cho‘qqilaridir.  Sekin-asta  qorong‘ilikdan  krater  ko‘tarmasining  bir  qismi  yorug‘ 

taka  shaklida  chiqa  boshlaydi,  lekin  bu  paytda  kraterning  tubi  xali  bo‘tunlay 

korongilikda  bo‘ladi.  Oy  gorizontidan  Quyosh  ko‘tarila  borib  asta-sekin    kraterni 

bo‘tunlay namoyon qiladi. Bunda kraterlar qancha kichiq bo‘lsa ularning shuncha 

ko‘pligini yaxshi kuzatish mumkin. Ular ko‘pincha zanjir simon joylashga va xatto 

bazan bir-birining ustida o‘tirgayen bo‘ladi. Bu xold yangi kraterlar eski kraterlaring 

ko‘tarmalari ustida vujudga kelgan. Kraterning markazida ko‘pincha uncha baland 

bo‘lmagan  tog‘  ko‘rinadi.  Aslida  bu  bir  necha  tog‘chadan  iboratdir.  Kraterning 



29 

 

devorlari ichki tomonga pogonali jarlik ko‘rinishida keskin enkayib tushgan bo‘ladi. 



Kraterlarning tubi uni urovchi tekislik sirtidan ancha past bo‘ladi. 

 

Oyning butun sirti kichkina kraterlar-qiya chuqurliklar bilan qoplangan. Bu 



mayda meteoritlarning Oy  sirtiga kelib urilishi natijasidir.  


Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish