Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi fakulteti



Download 28,28 Kb.
Sana12.03.2022
Hajmi28,28 Kb.
#492152
Bog'liq
tarbiyaviy 4


Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti

Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi fakulteti

2-mutaxassislik 3-kurs talabasi

Usmanova Bayanning

Tarbiyaviy ishlar metodikasi

fanidan

4-amaliy mashg’ulot ishi



Mavzu: Sharq mutafakkirlarining merosida bolalarni axloqiy tarbiyalash

Reja:

  1. Milliy sharqona tarbiya mezonlari

  2. Buyuk allomalarimiz milliy-ma’naviy merosining bola tarbiyasidagi ahamiyati

Jonajon O’zbekistonimiz zaminidan jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga salmoqli hissa qo’shgan, umumjahon miqyosida e’tirof etilgan qanchadan-qancha buyuk mutafakkirlar va qomusiy allomalar yetishib chiqqan. Ajdodllarimizdan qolgan boy meros o’zining o’ta munimligi va ilmiy salohiyati bilan hanuzgacha butun dunyo xalqlarini lol qoldirib kelmoqda. Vatanimiz tarixining ibrat olsa arzigulik zarvaraqlarini holisona o’rganish va ana shunday meros namunalaridan foydalangan holda komil insonlarni shakllantirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.


Komil inson tarbiyasida o’zidan o’lmas meros qoldirgan ajdodlar xazinasidan foydalanish bugungi kunning vazifalaridandir.
Darhaqiqat, ajdodlar merosi o’zligimiz, ma’naviyatimiz, aslimizdir. Tarbiya muammolari, komillik va inson kamoloti masalalarini o’z asarlarida darturamal qilgan ajdodlar ijodiga to’xtalsak.
Hadisshunos olimlar ichida eng kuchlisi Imom al-Buxoriydir. Uning 20 dan ortiq katta va kichik kitoblari mavjud bo’lib, ular orasidan “Al-jome’ as-saxix” alohida o’rinda turadi. Bu shoh asar ahamiyati jihatidan Qur’ondan keying ikkinchi diniy manba deb e’lon qilingan.
Imom al-Buxoriy o’z asarlarida axloq-odob haqida fikr yuritar ekan, odamlarni ota-onani e’zozlashga, ular oldidagi o’z burchlarini mukammal ado etishga da’vat etadi.
Inson sifatlari haqidagi qarashlarida jaholat kishiga o’lim keltiruvchi fojea deb qaraladi. U odamlarni to’g’ri so’zli bo’lishga, va’daga vafo qilishga chorlaydi. Munofiq kishining uchta belgisini ko’rsatadi, ular: yolg’on gapirish, va’daga vafo qilmaslik va omonotga xiyonat qilishdan iboratligini aytadi. U insonning kuch-qudratini jismonan paxlavonlikda emas, balki jahli chiqqanda o’zini tuta olishda, deb hisoblaydi.
Oilaviy muhitning barqaror, tinch, oila a’zolarining sog’-salomat, to’q bo’lishi, kichiklarga izzatda, kattalarga hurmatda bo’lish kabi umuminsoniy axloqiy qadriyatlar uning asarlarida aks ettirilgan.
Hadisshunos alloma at-Termiziy hadislarida odamlarni ahil bo’lishga, jamoaga foyda keltirishga, do’stlik va birodarlikka da’vat etuvchi hadislar ko’p uchraydi. “Barcha musulmonlar o’zaro birodardurlar. Ular hech qachon bir-birlariga yomonlikni ravo ko’rmasliklari kerak. Kimda-kim o’zining musulmon birodariga yordam qilsa, oxiratda Olloh unga yordam qiladi. Kimda-kim o’z birodari hojatini yengillatsa, Olloh ham uning oxiratini yengil qiladi”.
Alloma, sog’lom tanda sog’ fikr bo’ladi, degan xalq maqoliga amal qilib, yoshlikdanoq sog’likni saqlashga, vaqtni bekor o’tkazmaslikka da’vat etadi: “Ikki narsa borkim, ko’pchilik ularning qadriga yetmaydi; biri sog’lik, ikkinchisi bo’sh vaqt”.
Imom at-Termiziyning “Sunan” kitobida keltirilgan kishi ijtimoiy sifatlarga oid fikrlar ko’p uchraydi. Chunonchi: “Xayrli va yaxshi ishlar qilishga da’vat etishing va zulmdan qaytarishing – saneing sadaqang”, “Adashgan kishilarga to’g’ri yo’l ko’rsatishing ham – sening sadaqang”, “O’z paqiringdan boshqalarning idishiga suv solib berishing ham – sening sadaqang hisoblanadi”.
Buyuk mutafakkir olimlardan yana biri Muhammad ibn Muso Xorazmiy o’z qarashlarida ta’limda talabaning shaxsiy kuzatishlariga katta e’tibor bergan. U sezgi orqali bilish – qisman bilish, mantiqiy bilishni esa haqiqiy bilish deb hisoblagan.
Xorazmiy bilish nazariyasiga muhim hissa qo’shgan. U insonni aqliy kamolga yetkazishda ilm-fan va ta’lim- tarbiya birlamchi deb hisoblagan.
Abu Nasr Forobiy esa komillikning asosiy mezoni jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonning asosiy sifatlarini tuzib chiqqan.
Farobiy fikricha, insonning eng yuksak xususiyati uning baxtga erishganligidir. Baxtga esa, deydi alloma, faqat foydali bilimlarni o’zida jamlash orqali erishish mumkin. Chunki inson dil rohatining eng yuqori cho’qqisi – bilim olish jarayonidir.
Insonning deyarli abrcha ijtimoiy sifatlari tashqiijtimoiy sifatlari tashqi ijtimoiy muhit ta’sirida shakllanadi va rivojlanadi. Shuning uchun kishining insoniy sifatlarini shakllantirishda maqsadga yo’naltirilgan ta’lim va tarbiya hamda tarbiyalanuvchining erkin tanlovi yetakchi o’rin egallaydi, - deydi Farobiy.
Qomusiy olim Abu Rayxon Beruniy ta’limotida bilim oluvchilarga qalbingni yomon illatlardan, inson o’zi sezishi mumkin bo’lmagan holatlardan, qotib qolgan urf-odatlardan, hirsdan, ochko’zlkdan va shon-shuhratdan saqlashi lozimligini aytadi.
U barcha illatlarning asosiy sababi bilimsizlikda, deb bilgan. Bilimlarni o’zlashtirishda kishida bilimga intilish, qiziqish va ijtimoiy muhit o’rnini alohida ta’kidlaydi.
Beruniy faxrlanishni yaxshi xulq ma’nosida ishlatib, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida shunday deydi: “Faxrlanish – haqiqatda yaxshi xulq va oliy fe’llar oldin ketishi, ilmu-hikmatni egallash va imkoniyat boricha mavjud nopokliklardan tozalanishdir. Kimda shunday sifatlar topilsa, hukm uning foydasiga va kmda bular yetishmasa, hukm uning zarariga bo’ladi”.
Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta’kidlaydi. Bu hozirgi ma’rifat, ilm-fanni ham e’tirof qiluvchi – irsiyat, ijtimoiy muhit va to’g’ri tarbiyadir.
Beruniy nazarida inson kamolga yetishining muhim omillari ko’p bilimge ega bo’lish va yuksak ahloqiylikdir.
Ibn Sino boshqa mtafakkirlar kabi o’zining komil inson to’g’risidagi qarashlarini falsafiy, ijtimoiy fikrlari bilan bog’liq holda ifodalagan.
Abu Ali ibn Sino kamolotga erishishning birinchi mezoni sanalgan bilimlarga erishishni da’vat etadi. Buning sababi shundaki, ilm-fan tabiat va jamiyat qonuniyatlarini ochib, avlodlarga yetkazadi. Bu maqsadga yetishish uchun inson duch kelinadigan qiyinchiliklardan qo’rqmasligi zarur deydi.
Ibn Sino insonning shakllanishida uning atrofini o’rab turgan muhit alohida ahamiyat kasb etishini, ana shu muhit insonning atrof dunyoni bilishigina emas, balki uning xulqida ijobiy yoki salbiy jihatlarning tarkib topishiga ham ta’sir etishini uqtiradi. Shu bois ham bolalarni tarbiyalashda ehtiyotkor bo’ish, ularni yomon ijtimoiy muhitdan uzoqroq saqlash zarur deb hisoblaydi.
Ibn Sinoning ta’lim-tarbiya va axloqqa oid qaysi asariga ahamiyat bermaylik bu asarlarning bugunga qadar barkamol avlodlarimizning ta’lim-tarbiyasida, ularning zamon talablariga javob bera oladigan dono, bilimli va kuchli bo’lishlaridagi ahamiyati kattaligiga amin bo’lamiz.
Yetuk mutafakkir Yusuf Xos Hojib ta’limotida ham inson komilligi, kamoloti masalaalri keng o’rin olgan.
Olimning eng mashhur “Qutadg’u bilig” (saodatga eltuvchi bilim) ta’lim tarbiyaga oid, har tomonlama komil inson qilib tarbiyalaydian yetuk ma’rifiy asari, pand-nasihatlari yoshlarni chin ma’noda komillikka yetaklovchi asardir.
Asarda axloqiy xislatlar – insoniylik, rostgo’ylik, ishonch, to’g’rilik, soflik, mehr-muhabbat, vafo, insof, sadoqat, aql-zakovat, halollik …. Kabilar ulug’lanadi.
Faxr va iftixor bilan ayta olamizki, jonajon zaminimizdan jahon sivilizatsiyasi rivojiga hissa qo’shgan allomalar, faylasuf olimlar juda ko’p yetishib chiqqan. Ularning merosidan foydalanib, milliy mentalitetimizni, qadriyatu an’analarimizni, ma’naviyatimizni, insoniy go’zl hislatimizni, tafakkurimizni, samimiy dunyoqarashlarimizni yanada boyitish hamda o’zlashtirish mumkin. Bu har bir qalb uchun faxrga aylansin.
Milliya tarbiyaning o’ziga xosligi. Mustaqilligimiz sharofati bilan milliy o’zligimizga qaytish, unib-o’sib kelayotgan yoshlarimizni milliy ruhda tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar ochildi. Bugungi kunda o’quv adabiyotlarimiz to’laligicha milliy g’oya bilan sug’orilgan mazmunga o’tdi.
Ispaniyalik bir faylasuf olim butun umrini jahin xalqlarining urf-odatlarini, axloq-odobini o’rganishga, tadqiq qilishga bag’ishlagan ekan.
Darhaqiqat, xalqimiz azal-azaldan axloqiy fazilatlarga boy bo’lgan. Ota-boblarimiz farzand o’stirar ekanlar, ularning xulq-atvorlariga, gap-so’zlariga, kishilar oldida o’zlarini qanday tutib, nimalar haqida fikrlashib, o’z maqsadlarini qanday so’zlar bilan tushuntirishlariga katta ahamiyat berishgan. Ular farzandlarining qo’rslik qilishi, kattalar suhbatiga aralashishi, nojo’ya ishlarga zinhor yo’l qo’ymaganlar. Bu narsalarga farzand tarbiyasining eng muhim tomoni deb qaraganlar.
Ammo, ming afsuski, yaqin tariximizda sharqona tarbiya, axloq-odobning ming yillik tajribalaridan “eskilik sarqiti” deb voz kechdik, o’zligimizni unutayozdik. Axloqsizlik, hayosizlik, ichkilikbozlik, qadimiy merosimizdan nafratlanish asosida qurilgan “yangi axloq” zo’rlab targ’ib qilindi. Bu “ovrupocha odob”ning samarasini, xalqimiz boshiga slogan kulfatlarini, ma’naviyatimizga yetkazgan zararlarini bugun hammamiz ko’rib turibmiz.
Sharqona odob ming yillar mobaynida islomiy tarbiya qoidalari asosida tarkib topib, takomillashib borganligi tarixdan ma’lum. Chunonchi, Qur’oni Karim oyatlari mazmuni, Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom Hadislari, sharq allomalari va faylasuflarining kitoblari tarbiyamizning manbai bo’lib xizmat qiladi.
O’zbek xalqi o’z madaniyati va ma’nabiyatida komil insonlarni oyaga yetkazishga katta e’tibor bergan. Buning natijaasida asrlar davomida aql-u zakovatga, qomusiy bilim va qobiliyatga ega bo’lgan Az-Zamaxshariy, Abu Rayxon Beruniy va Al-Farobiy, Ibn Sino, Xorazmiy, A.Temur, Ulug’bek, A.Navoiy, Bobur, Ogahiy kabi komil insonlar yetishib chiqdi va olamga tanildi. Ular tufayli xalqimiz mag’rur yashadi.
Abu Ali Ibn Sino o’z hayoti va faoliyati davomida doimo ezgulikka komil inson bo’lgan uning nomi va asarlari hamisha tillardan-tillarga, dillardan-dillarga o’tib yuraveradi.
Inson komillikka intilar ekan, zinhor bu intilishning oxiriga yeta olmaydi. Shu bois, men komilman, kamolatga erishdim, degan odam xatao qiladi. Inson o’z faoliyati mobaynida, nuqson va kamchiliklarga ham yo’l qo’yadi. Ammo shu nuqson u kamchiliklarni tushunib, tuzatib, ularni takrorlamaslikka harakat qiladigan kishi barkamol insondir. Bu haqda Alisher Navoiy shunday degan:
Noqis uldirkim, o’zin komil degay,
Komil ulkim, nuqsin isbot aylagay.
Inson kamolotiga chek-chegara yo’q. Muttasil kamolot sari intilmoq-taraqqiyot omilidir.
Navoiyning fikricha, yosh avlodni kamolotga yetkazish deganda, uni xalqparvar, bilimli, eng yaxshi fazilatlarga ega kishilar qilib yetishtirish anglashiladi. Bunda tarbiya yetakchi rol o’ynaydi, shu bilan birga, Navooiy tarbiya ta’siriga beriluvchi, qobiliyatli o’quvchi bolalar bo’lgani singari, yoon xulqli bolalar ham borligini, ularni tuzatish mumkinligini aytadi. Bola shaxsining kamolotida tarbiyaning yuksakligini qayta-qayta ta’kidlaydi.
Milliy tarbiya – O’zbekistonning davlat mustaqilligini mustahkamlash va amalga oshirishga tayyor farzandlarni tarbiyalab voyaga yetkazishga xizmat qiladi. Bu maqsadga erishishning o’ziga xos nazariy muammolari bor. Shulardan biri – milliy tarbiya nazariyasining asosiy qoidalari va ilmiy tushunchalari yaratilmaganligidir. Ikkinchi muammo, “O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlashga tayyor farzandlar qanday fazilatlarga ega bo’lishi kerak?” degan savolga aniq, tajribada asoslangan javoblar olish masalasidir. Bularning barchasi O’zbekiston maktablarida milliy istiqlol tarbiyasining mezonlarini ilmiy asoslash zaruratini vujudga keltirmoqda.
Milliy tarbiya mezonlarini belgilashda mustaqil O’zbekistonning ijtimoiy buyurtmasi bo’lmish ijobiy sifatlari: milliy iftixor, vatanparvarlik, millatlararo mmuloqot madaniyati, milliy odob, vijdoniylik, iymon-e’tiqod, milliy istiqlol mafkuraviy ongini rivojlantirish zarur. Ularning aksi bo’lgan salbiy sifatlar: milliy befarqlik, vatanprushtlik, hoyinlik, manurtlik, mafkurasizlik kabilarga nafrat uyg’otish darkor. Bu ishlarni bir-biri bilan uzviy bog’lab olib borish o’qituvchi-tarbiyachi tomonidan maxsus mezon qilib olinishi kerak.
Milliy tarbiya mezonlarini belgilashda o’qituvchilarning yosj, aqliy imkoniyatlari e’tiborga olinadi. Quyida tarbiyalanuvchining milliy tarbiyalanganlik ko’rsatkichlari va mezonlarining taxminiy namunasini keltiramiz:
O’zbekiston Vatanim mening. O’zbekistonning tabiiy, ma’navy, jug’rofiya va milliy xususiyatini anglash, o’lkaning o’tmishi, hozirgi hayot va kelajagi haqida tushunchalarga ega bo’lish, O’zbekistonning, o’zbek xalqining qahramon faarzandlarining xizmatlarini bilish, O’zbekiston Davlat ramzlarini bilish.
Milliy g’urur, o’zbek millatiga mansubligini anglash, “O’zbek xalqi” tushunchasining madaniy mohiyatini tushunish, o’zini o’z millatining farzandi deb bilib, milliy burchlarini anglash, ona tilinicheksiz sevish, shu tilde to’g’ri so’zlash va fikrlash.
Milliy odob, avval salomlashib, keyin so’z boshlash, o’zbek xalqida “yaxshi”, “yomon” deb baholanuvchi xulq namunalarini bilish, barchani “siz”lash, o’zidan katta va kichiklarni izzatlash, do’stlik burchlarini bilish, ustozlarni e’zozlash munosabati, uyat so’z, so’kinishga, odobsizlikka salbiy munosabat bildirish.
Yoshlarimizni milliy ruhda tarbiyalashda milliy udum va odatlarimiz ham qadriyat darajasiga ko’tarilgan. Har bir xalqning ana shu ulkan ma’naviy qadriyatlari chuqur tomir otib ketgan o’qildizlari bilan jahon madaniyatida o’ziga xos o’rin tutadi.
Odat – xalqlarning ichki munosabatlarini tartinga soluvchi mezon va an’analar majmuasi. “Odat” so’zi udum, urf, an’ana va marosim tushunchalari o’rnida qo’llaniladi. Marosim esa odatning amaliy ko’rinishidir. O’zbek xalqi juda ham boy, xilma-xil odat va an’analarga qadriyatlarga ega.
Urf-odatlar asrlar davomida yashab, kishilarning axloqiy me’yorlariga aylangan holda, ularning qon-qoniga, xatti-harakatiga, kundalik turmush shakllariga singib ketgan.
Kishilarning o’z xalqi urf-odatlari va an’analariga amal qilmasliklari xalq qadriyatlarini bilmaslikka olib keladi. Chunki, har bir milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz negizida milliy ruh, ma’naviy qadr-qimmat kabi ulug’ insoniy fazilatlar yotadi.
O’z qadr-qimmatini bilish kishini xudbinlikdna saqlaydi, o’zini boshqalar tomonidan kamsitilishiga yo’l qo’ymaydi. Shuningdek, o’z qadr-qimmatini, izzat-nafsini hurmat qiladigan inson o’zgalarni xo’rlamaydi, u faqat yaxshilik qilishni o’ylaydi.
Download 28,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish