Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedogogika instituti
“Boshlang’ich ta’lim” kafedrasi
“ONA TILI O’QITISH METODIKASI ”
fanidan
KURS ISHI
Mavzu:O’qish darslarida mustaqil ishlarni tashkil etish
Ilmiy rahbar : Abdijabborova J
Bajargan: Nurullayeva S
2020-2021-yil
Mavzu: O’qish darslarida mustaqil ishlarni tashkil etish
REJA:
Kirish.
Asosiy qism.
I Bob.
1.1.
1.2
II Bob.
2.1.
2.2.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish.
Mamlakatimizda mustaqillik qaror topishi bilan xalq ta'limi tizimiga alohida e'tibor bеrilib, uni isloh qilish davlat siyosati darajasigacha ko`tarildi. «Ta'lim to`g`risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi va ularga mos Davlat ta'lim standartlari ishlab chiqildi.
Barchamiz bir haqiqatni anglab yеtishimiz lozim – O`zbеkiston bugun xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.
„Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi“da ta’lim berishning ilg'or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o'quv-uslubiy majmualari- ni yaratish kabilar umumiy o'rta ta’limning asosiy vazifalaridan biri sifatida ta’kidlangan. Ilg'or pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish o'qituvchi va o'quvchi faoliyati doirasini aniq belgilab beradi. Inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo'lgan o'qish faoliyati barcha predmet darslarida amalga oshiriladi. Lekin o'qishga o'rgatish yo'l- yo'riqlarini o'qish metodikasi ishlab chiqadi. O'qish metodikasi kichik yoshdagi o'quvchilaming umumiy rivojlanishi, psixologiya, xususiy metodika sohasidagi yutuqlar asosida takomillashtirilib boriladi. O'qish darslarining samaradorligi ko'p jihatdan ta’lim metod- larining to'g'ri tanlanishiga bog'liq. Binobarin, fanning o'zi kabi o'qitish metodlari ham doimiy rivojlanishda bo'ladi. Masalan, eski maktablarda o'qish quruq yod olish metodi asosida o'rgatilgan bo'lsa, hozir izohli o'qish asosida olib boriladi. Yod olish metodida matndagi so'zlarga izoh berishga, ma’nosini tushuntirishga, o'qilganni qayta hikoyalashga, umuman olganda, o'qishning ongli bo'lishiga mutlaqo e’tibor berilmagan. Ularda ko'proq to'g'ri talaffuz, qiroat bilan o'qish, ifodali o'qish nazarda tutilgan.
Kurs ishning dolzarbligi - o`quvchilarni mustaqil faoliyatga ruhan
tayyorlash, ularda biror ishni qila olishga va shu ishni sifatli qilib bajarishga ishonch hosil qila olish.
Ishning ilmiy yangiligi – o’qish darslarida mustaqil ishlarni tashkil qilishning noa’nanaviy turlarini tashkil qilish.
Tadqiqot maqsadi: o‘qituvchining bevosita ishtirokisiz, ammo uning ko‘rsatmalari va rahbarligida bajariladigan, nazariy-amaliy materiallar ustida uyushtiriladigan, o‘quvchilarning ongli ravishda faoliyat ko‘rsatishlarini ta’minlaydigan grammatik, orfografik vazifalarni o’quvchilarga o’rgatish.
Kurs ishining tuzilishi:
Kurs ishi kirish,ikki bob, har bir bobda ikkitadan qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Har bir o’quvchining ta’lim - tarbiya jarayonidagi faoliyati o’ziga xos bo’lib biri - birini takrorlamaydi. Shunday ekan ularning salohiyatini, iqtidori jarayonidagi harakatini bir xillikda baholash bir mavqeda ko’rish albatta noo’rin. O’quvchilarning mustaqil ishlari, fikrlashi salohiyatlarida ham farq katta. O’quvchilarda mustaqil ishlash, avvalo unga tayyorlash o’qituvchi tomonidan materiallarni muammoli tarzda bayon etish kabi yo’llar bilan hosil qilinadi. Bunda quyidagi topshiriqlarni muntazam ravishda tavsiya etish mumkin: materialni darslik asosida o’rganish, namunaviy mustaqil mashqlar, yangi turdagi topshiriqlar, ijodiy ishlarni o’rgatishni o’z ichiga oladi. Mustaqil faoliyat faollikni oshiradi, bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilarni mustaqil ishlashga o`rgatish yaxshi samara beradi. Mustaqil faoliyat insonni ziyrak va hozirjavob qiladi. Bu faoliyat kichik yoshdagi maktab o`quvchilarida uyg`un holda rivojlanishi kerak. Buning uchun avvalo, o`quvchilarni mustaqil faoliyatga ruhan tayyorlash, ularda biror ishni qila olishga va shu ishni sifatli qilib bajarishga ishonch hosil qilish lozim. Mustaqil ish turlarini qanday turlari bo`lishi kerak? Avvalo, ish turlari o`qituvchi tomonidan puxta o`ylangan, ta`lim maqsadiga asoslangan va surunkali bo`lishi kerak. Bunda har bir o`quvchining imkoniyati hisobga olinishi, ularning yosh xususiyati, nimalarga qiziqishi ham e`tibordan chetda qolmasligi kerak. O`quvchilarni aqliy rivojlantirishning sifatlaridan biri topshiriqlarni to`la eslab qolib bajarishlaridir. Bunda bajariladigan ishning maqsadini tushungan (tasavvur qilgan) holda, uning rejasini belgilash va ish usulini tanlash yo`l qo`yilgan xatolarni mustaqil topa olish va uni tuzata bilishlariga alohida e`tibor beriladi. O`quvchilarning topshiriqlarni tez, to`g`ri bajarishlari uchun qulay usullarni tanlash, uni tashkil etish uchun doimiy yetakchi savollar berib tayanch so`zlar tavsiya etish foydalidir. O`quvchilarda mustaqil ishlarni sifatli qilib bajarishda qiyinchiliklar paydo bo`lishi tabiiy. Chunki hali ularning tasavvurlari yorqin, so`z boyligi yetarli emas. Ma`lumki bola ilk bor tarbiyani oiladan oladi. Oiladagi ijtimoiy muhit uning ichki tartib intizomi ongli ravishda bola tarbiyasigatasir ko’rsatadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasida belgilanishicha – “Ota-onalar o’z farzandlarini voyaga yetkunlaricha boqish va tarbiyalashga majburdirlar”. Ushbu qoidaga muvofiq ota-onalarning o’z farzandlari oldidagi majburiyatlari huquqiy kafolatlangan va farzandini voyaga yetkazish, tarbiyalash otaonaning burchi ekanligi uqtirilgan. Farzand dunyoga kelganidan so’ng, uni voyaga yetkazish, moddiy taminlash, o’qitish tarbiya berish ota-ona zimmasidagi yuksak masulyatdir. Ana shunday masulyatli ishlarga befarqlik, bepisandlik bilan munosabatda bo’lish kechirib bo’lmaydigan hollarga olib kelishi hammaga ayon. Bolaga g’amxo’rlik, uning oiladagi huquqini taminlash masalalari muqaddas Qur`oni Karim, hadis kitoblarida, o’tmish allomalarimizning pand-nasihatlarida ham teran aks etgan. Muqaddas Qur`on kitobida keltirilishicha, bola Olloh tomonidan otaonaga omonat topshirilgan. Olloh ana shu omonatni voyaga yetkazish, ilmli, oqil, halol inson qilib tarbiyalashni esa ota-ona zimmasiga yuklagan. Ma’lumki, bola maktabga kelgunga qadar ham, maktabda o’qish davrida ham, asosan oilada tarbiyalanadi. Oila davlatning asosiy kurtagi sifatida bolalarning dunyoqarashi, xulqi va didiga ta’sir ko’rsatishi tabiiy holder . Bolalar ulg’aya boshlashi bilanoq o’z ota- onalarining qayerda ishlashlari, jamiyatda tutgan o’rinlari, ularning bilimiga qiziqa boshlaydilar. Oiladagi hamkorlikning tarbiyaviy jihatdan to’g’ri bo’lishini ta’minlash maktabning muhim vazifalaridan biridir. Oilaviy tarbiyaning mazmunli tashkil etilishiga dastlabki ta’sirni maktab belgilaydi. Maktabgina oilaviy tarbiya samaradorligini oshirish yuzasidan rahbarlik qila oladi. Bola tarbiyasi yuzasidan oila, maktab va jamoatchilikhamkorligi xozirgi kunimizning dolzarb masalaligi ham mana shundadir . Tajribalar shuni ko`rsatadiki, bolalar o`qituvchi rahbarligida ishlaganda tez mushohada qiladilar. Bu holga o`rganib qolmasliklari uchun ko`proq ularning o`zlarini mustaqil fikrlashga da`vat etish lozim. O`quvchilar e`tiborini jalb etish maqsadida matndagi voqealarni eslatib: Nega? Nega shunday bo`ldi? Seningcha qanday bo`lishi kerak edi? Kabi savollar berib, uning fikrini ma`qullab, yana o`ylasang topasan, juda yaxshi, juda soz ! kabi rag`batlantiruvchi so`zlarni ishlatish foydalidir. Masalan, “O`roq va Kombayn” masalasi yuzasidan: O`roq nega afsuslanadi? Kombayn unga nima dedi? Kabi savollar berib, har ikkisini solishtirish orqali texnikaning kuch-quvvatiga bolalar e`tiborini tortiladi, har bir texnika asbobining hayotimizdagi ahamiyatini baholashga o`rgatiladi. Dastlabki bajargan mustaqil ishdan bola mamnun bo`lsa, uning qiziqishlari ortib, yangi - yangi ish turlarini amalga oshirishga kirishadi. Mustaqil ish natijalarini hamisha tekshirish lozim. Tekshirish og`zaki yoki yozma tarzda bo`lishi mumkin. Bola yozishidan oldin o`ylaydi, fikrini og`zaki jamlaydi, so`ng uni yozishga kirishadi. O`z fikrini bayon qilish, yo`l qo`yilgan biror savol yoki masala yuzasidan mushohada yuritish uchun jiddiy fikrlaydi. Bu jarayon (og`zaki) nutq asosida paydo bo`ladi va mustahkamlanadi. Masalan, o`quvchi o`z fikrini yozma ifodalashdan ilgari o`ylaydi. Pichirlab allanimalar haqida o`z-o`zicha gapiradi (pedagogikada bu faol faoliyat hisoblanadi). Insho yozishning dastlabki shakllari ana shunday ishlardan boshlanadi. Bola matnni o`qib, og`zaki tahlil qiladi, sarlavhalar o`ylab topib, qanday rasmlar ishlash lozimligini rejalaydi. O`quvchilarni mustaqil faoliyatga o`rgatishda quyidagilarga amal qilishi lozim: -beriladigan har bir topshiriq o`quvchilarning imkoniyatlariga mos bo`lsin va qiziqish uyg`ota olsin; -ish osondan qiyinga, soddadan murakkabga qarab yo`naltirilsin, o`quvchiga tushunarli bo`lsin; -ishni bajarishda bolalarda o`ziga ishonch hissi uyg`onsin, ishga kirishishda ular o`zlarida dadillik sezsin; -mustaqil bajariladigan topshiriqlar yakkama-yakka tarzda amalga oshirilsin (hamma o`quvchi uchun bir xil topshiriq berish bu mustaqil faoliyat emasligini eslatamiz), albatta bunda bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchiga e‘tibor berish kerak. -topshiriqlarni doimo navbatlashtirib, turini almashtirishga alohida ahamiyat berish kerak; -topshiriqlarni hamma bir vaqtda boshlab, ma`lum vaqtda tugatishi kerakligini eslatib, bo`sh o`zlashtiruvchi bolalarni shu talabni bajarishga ko`niktirish lozim; -ish joyi hamisha qulay, saramjon-sarishta bo`lishi (parta ustida ortiqcha narsalar bo`lmasligi) kerak; -topshiriqlar darsning turli bosqichida bajarilishi mumkin; -darslik, didaktik materiallar bilan ishlashda uzviylik bo`lishi maqsadga muvofiqdir. Uyga beriladigan vazifalar ham mustaqil ishning bir turidir. Bolalarga, iloji boricha sinf sharoitida asosiy bilim va malakalarni singdirish, uyga vazifalar berishni me`yorlash kerak. Bolalar darsdan keyin (og`ir, mashaqqatli mehnatdan keyin) tiniqib dam olsalar, ko`proq ochiq havoda bo`lib, harakatli o`yinlar, sayr, kuzatishlar bilan vaqtlarini o`tkazib, tunda osuda uxlab, ertangi kungi darslarga yaxshi kayfiyat bilan kelsalar, darsni o`zlashtirish yaxshi bo`ladi. Shuning uchun uy vazifalari oson bo`lishi, asosan, bolalarni kuzatishlarga undashi lozim. -Darslarda yangi pedagogik, zamonaviy texnalogiyalar, noan`anaviy usullardan keng qo`llash; -Ko`rgazmali, didaktik, test, tarqatma materiallaridan keng foydalanish; -O`quvchilarga do`stona munosabatda bo`lish; -O`qish sifati va samaradorligiga e`tibor berish; -O`quvchilarni erkin va mustaqil fikrlashga orgatishda turli mashqlardan foydalanish; -Nutq o`stirishga alohida e`tibor qaratish; -Yanga axborot texnalogiyalardan foydalanish; -Lug`at ustuda ishlashga o`rgatish; -Xalq og`zaki ijodidan foydalanish; -“She`riyat gulshani”, “Ifodali o`qish” kabi to`garaklar tashkil etish; -Bo`sh vaqtlarda ulgurmovchi o`quvchilar bilan alohida, yakka tartibda ish olib borish; - Fanlar a`robogjiqlikka ahamiyat berish. O`quvchilar bilishini nazorat qilib borishda albatta past o`zlashtirgan o`quvchiga alohida e`tibor qaratish lozim. Boshlang`ich sinflarda o`quvchilarni o`qishning bir necha turlari yani, ongli, tez, to`g`ri va ifodali o`qishga o`rgatib boriladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mustaqil fikrlashga o‘rgatuvchi usullardan yana biri - mustaqil ish metodidir. Nafaqat boshlang‘ich sinflarda, balki umuman ta’lim sohasida keng qo‘llaniladigan o‘quvchilarning mustaqil ishlari ta’lim samaradorligini oshiruvchi vosita sifatida doimiy ravishda tadqiqotchilar diqqat markazida bo‘lib kelgan. Metodist olimlar mustaqil ishlardan dars jarayonida keng foydalanishni doimo yoqlab chiqqanlar. Chunki o‘quvchilarning bilimlarni egallash va mustaqil fikrlashga o‘rgatish, avvalambor, mustaqil ishlarni bajarish, oldida turgan muammo va masalalarning yechimini topish jarayonida shakllanadi. Shunday ekan, o‘quvchilarning mustaqil ishlari nima degan savolga to‘xtalib o‘tmoq joiz. Unga turlicha javob berganlar. Jumladan, ba’zi olimlar mustaqil ishlar deganda o‘qituvchining bevosita yordamisiz, ammo uning nazorati ostida bajariladigan vazifalarni tushunishsa,
boshqalari o‘quvchilardan faol aqliy faoliyatni, tashabbuskorlikni, avval olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llashni talab qiladigan ishlar deb bilishadi. Masalan, pedagogika fanlari doktori, professor A.G‘ulomov mustaqil ishlarga shunday ta’rif beradi: «Mustaqil ishlar deganda biz, avvalo, o‘qituvchining bevosita rahbarligida uyushtiriladigan hamda o‘quvchilarning ona tilidan egallaydigan nazariy bilimlarini mustahkamlash va ko‘nikmalarni takomillashtirishga xizmat qiladigan, ma’lum maqsadga qaratilgan faol ongli faoliyatni tushunamiz». O.Roziqov esa ona tili darslarida qo‘llaniladigan mustaqil ishlarni «o‘qituvchining bevosita ishtirokisiz, ammo uning ko‘rsatmalari va rahbarligida bajariladigan, nazariy-amaliy materiallar ustida uyushtiriladigan, o‘quvchilarning ongli ravishda faoliyat ko‘rsatishlarini ta’minlaydigan grammatik, orfografik vazifalar» sifatida tushunadi. Jumladan, S. Matchonov: «... mustaqil ishlar ta’lim-tarbiyaning ajralmas qismi hisoblanadi. Uning o‘ziga xos xususiyati o‘quv topshiriqlarining o‘qituvchi ishtirokisiz, bevosita o‘quvchi tomonidan bajarilishi bilan belgilanadi va asosan matn ustida ishlash orqali amalga oshiriladi, qo‘shimcha adabiyotlardan samarali foydalanishni nazarda tutadi» deb yozadi. Bizningcha, mustaqil ishlar o‘quvchilarning aqliy imkoniyatlarini namoyon qilishga imkon beradigan, o‘qituvchining bilvosita va bevosita ishtirokida, ammo bevosita yordamisiz nazariy-amaliy materiallar ustida bajariladigan vazifalar bo‘lib, o‘quvchilarning nafaqat bilim darajalarini, balki ularning o‘zlashtirgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay bilishlarini, mustaqil va mantiqiy fikrlash darajalarini aniqlash va shakllantirish imkoniyatini beradigan ongli amaliy faoliyatdir. Mustaqil ishlar tasnifiga oid bir qancha qarashlar mavjud. Metodist olimlar guruhlarga ajratishda mustaqil ishlarning u yoki bu jihatlariga e’tibor qaratganlar. Mustaqil ish turlarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ijodiy fikrlashga o‘rgatishdagi o‘rni Barcha o‘quv predmetlarida bo‘lgani kabi boshlang‘ich sinf ona tili darslarida ham o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishda mustaqil ishlar muhim o‘rin tutadi. Ular quyidagi xususiyatlariga ko‘ra xarakterlanadi:
- mustaqil ishlarda bajarish so‘ralgan shartlar o‘quvchilardan izlanuvchanlikni talab qilishi;
- o‘quvchilarni mustaqil holda hukm, xulosa va umumlashmalar chiqarishga yo‘naltirishi;
- mustaqil ishlarni bajarish jarayonida o‘quvchilarda yangi bilimlarni egallashga ehtiyoj tug‘ilishi.
Reproduktiv mustaqil ishlar. Reproduktiv mustaqil ishlar o‘quvchilarning avval olgan bilimlarini amalda qo‘llashni nazarda tutadi. Bunday mustaqil ishlarga namuna asosidagi mustaqil ishlar, sharhlab yozish, grammatik topshiriqli diktantlar kiradi. Bu xildagi mashqlar
o‘quvchilarning mustaqil fikr yuritish jarayoniga qisman ta’sir ko‘rsatadi va u ko‘pincha darslik mashqlari asosida o‘tkaziladi. Quyida darslikdan tashqari bo‘lgan namuna asosidagi mustaqil ishlarning ayrim variantlarini keltiramiz.
«Poyezd». Bunday mustaqil ishlardan 1-sinf ona tili darsida «Gap» mavzusini o‘tayotganda foydalanish mumkin.
Poyezd vagonlari ko‘rinishidagi alohida qog‘ozlarga bitta gapning har bir so‘zi alohida-alohida yoziladi va aralashtirib yuboriladi. O‘quvchilarning vazifasi vagonlarni shunday terishi kerakki, natijada to‘g‘ri gap hosil bo‘lsin.
Masalan: Birinchi, Malika, sinfga, bordi.
To‘g‘ri javob: Malika birinchi sinfga bordi.
«Bo‘g‘inlarga bo‘ling». Bu mustaqil ish davomida o‘quvchilar «G‘uncha» jurnali yoki turli suratli kitobchalardan ma’lum bir matnni bo‘g‘inlarga bo‘lgan holda ko‘chirib yozadilar. Shu orqali o‘quvchilarning bo‘g‘inlarga ajratish yoki bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga doir bilimlari mustahkamlanadi. Shu bilan birga, bosma harflarni yozma harflarga to‘g‘ri o‘girish, kitobdan to‘g‘ri ko‘chirish ko‘nikmalari rivojlanib boradi.
Sharhlab yozish. Sharhlab yozish mashqlaridan darslik yoki darslikdan tashqari mashqlar asosida darsning o‘tgan mavzularini mustahkamlash yoki yangi bilimlarni mustahkamlash jarayonida foydalanish mumkin. Buning uchun o‘quvchilardan biri berilgan so‘z yoki gapni mustaqil ravishda sharhlab (baland ovozda) yozadi. Qolgan o‘quvchilar ham «boshlovchi» o‘quvchining so‘zlarini tinglab yozib boradilar.
Masalan, birinchi sinfda ona tilidan gap tuzish va tinish belgilarining qo‘llanishini tushuntirishga oid darsda o‘quvchilardan biri shunday gap tuzishi va uni sharhlab yozdirishi mumkin:
«Boshlovchi» o‘quvchi: Men shunday gap tuzdim: «Nigora nega kelmadi?» Yozamiz. Xat boshidan, bosh harf bilan (bo‘g‘inlab, cho‘zib aytadi): «Ni-go-ra ne-ga kel-ma-di?». Gap tugadi. Gap oxirida so‘roq belgisi qo‘yiladi. Chunki gap so‘roq ma’nosini bildiryapti. Boshidan o‘qiyman, tekshiring: «Nigora nega kelmadi?».
Grammatik topshiriqli diktantlar. Grammatik topshiriqli diktantlar reja asosida bir soatlik dars davomida yoki o‘tilgan mavzuni mustahkamlash jarayonida qo‘llanishi mumkin. Buning uchun kichik hajmdagi diktantlar yozdiriladi va o‘quvchilarga grammatik topshiriqlar ham beriladi. 1-sinfda grammatik topshiriqli diktantlarda topshiriqlar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
Fonetik topshiriqlar (unli yoki undosh tovushlar tagiga chizing). Masalan: olma, anor.
So‘zlarni bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga muvofiq bo‘lib yozing. Masalan: bo-la-lar.
Nuqtalar yoki pauza o‘rniga gap ma’nosiga mos harakat (nom, belgi) bildirgan so‘zlarning mosini qo‘ying. Masalan: Ariqlarda suvlar ... oqadi (jildirab).
Nom bildirgan so‘zlar tagiga bir chiziq, harakat bildirgan so‘zlar tagiga ikki chiziq chizing. Masalan: Ot kishnadi.
Ketma-ket kelgan bir xil undoshlar tagiga chizing. Masalan: Duradgor taxtani arraladi.
Rekonstruktiv mustaqil ishlar. Rekonstruktiv mustaqil ishlarni o‘tkazish jarayonida o‘quvchilar muammoni hal etish uchun avval olgan bilimlarini faqat xayolda qayta tiklabgina qolmay, balki muammoni hal etish yo‘llarining mavjud umumiy tushunchalardan qaysi biriga mos kelishini o‘rganadilar. Bu tipdagi mustaqil ishlarga bayon, shaxsni o‘zgartirib hikoya qilish, tahlil qilish, test topshiriqlari, tarqatma materiallar asosidagi mustaqil ishlar misol bo‘la oladi.
Bayon. Bayon o‘quvchilarning yozma mustaqil ish turlaridan biri bo‘lib, matn mazmunini ma’lum tayyorgarlikdan so‘ng qayta yozish jarayonida o‘quvchilarning nutqi boyiydi, savodxonlik darajasi o‘sadi, mustaqil fikrlashga o‘rganadi.
Boshlang‘ich sinflarning ona tili darslarida bayon quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
1. O‘qituvchi matnni ifodali o‘qib eshittiradi va qayta hikoya qiladi.
2. 1-2-sinflarda o‘quvchilar tayyor reja bilan tanishtiriladi. 3-sinfda o‘qituvchi va o‘quvchilar hamkorlikda reja tuzadilar, 4-sinfda o‘quvchilarning o‘zlari mustaqil reja tuzadilar.
3. O‘quvchilar reja asosida matnni 1-2 marta qayta hikoya qiladilar.
O‘qituvchi o‘quvchilar tushunmagan so‘z va jumlalarning ma’nosini tushuntirib beradi, yozilishi qiyin bo‘lgan so‘zlarni xattaxtaga yozib ko‘rsatadi. O‘quvchilar bayon yozishga kirishadilar.
Bayonlar mazmuniga ko‘ra quyidagi turlarga ajratiladi:
Savollar asosida yoziladigan bayon
Darak gaplardan iborat reja asosidagi bayon
Sarlavha qo‘yib bayon yozish
Rasmli reja asosidagi bayon
Ijodiy bayon
Bu bayonlarning barchasidan ham ta’lim jarayonida keng foydalanish mumkin. Ammo ularning faqat 2 turi, ya’ni rasmli reja asosidagi bayon va ijodiy bayonlar o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish jarayoniga samarali ta’sir ko‘rsatadi.
Rasmli reja asosidagi bayon. Bunday bayon biror bir voqeani yoki ertakni aks ettiruvchi suratlar asosida o‘tkaziladi. O‘qituvchi voqealar ketma-ketligi aks etgan suratlarni tartib bilan terib qo‘yadi. O‘qituvchi va o‘quvchilar hamkorlikda hikoya tuzadilar. Yozilishi qiyin bo‘lgan so‘zlarni o‘qituvchi yozib ko‘rsatadi. O‘quvchilar reja asosida bayon yozishga kirishadilar.
Rasmli reja asosidagi bayon ertaklar asosida yoki yil fasllarida bo‘ladigan tabiiy o‘zgarishlar haqida yozilishi mumkin. Bunday bayonlarni yozishda o‘quvchilarga mustaqil fikrlash uchun imkoniyatlar juda keng.
Ijodiy bayon. Bunday bayonlarni yozishda o‘qituvchi matnning ma’lum bir qismini o‘qib hikoya qilib beradi. Shundan so‘ng o‘quvchilarning bir nechtasi og‘zaki hikoya qiladilar va voqealar rivoji qanday bo‘lishi haqida fikrlashadilar. Reja tuziladi. O‘qituvchi yozilishi qiyin bo‘lgan so‘zlarni yozib ko‘rsatadi va o‘quvchilar bayon yozishga kirishadilar.
Bunday bayonni o‘tkazish jarayonida o‘quvchiga mustaqil ravishda hikoyani davom ettirishga imkon beriladi.
Masalan, «Musicha» matni asosida quyidagicha bayon yozish mumkin:
Musicha
Abdulla hovlida qanoti singan musichani ko‘rib qoldi. U musichani olib . . .
Reja:
Abdulla hovlida nimani ko‘rib qoldi?
U qanday yo‘l tutdi?
Shaxsni o‘zgartirib hikoya qilish. Bunday mustaqil ishlar darslikdagi matnlar yoki darslikdan tashqari bo‘lgan matnlar asosida o‘tkaziladi. O‘quvchilarga birinchi shaxs nomidan hikoya qilingan matnlarni ism qo‘yib uchinchi shaxs nomidan hikoya qilish yoki uchinchi shaxs nomidan hikoya qilingan matnni birinchi shaxs nomidan hikoya qilish topshiriladi. Bu xildagi mustaqil ishlarni bajarish jarayonida o‘quvchilarning og‘zaki nutqi va mustaqil fikrlash darajasi oshib boradi. Misol:
«Men bu yil 1-sinfga bordim. O‘qituvchimiz bizni yaxshi kutib oldilar. Sinfdoshlarim bilan tezda do‘stlashib ketdik. Biz yaxshi o‘qishga harakat qilamiz».
3-shaxs tomonidan hikoya qilinishi:
«Laylo bu yil 1-sinfga bordi. Uni o‘qituvchi yaxshi kutib oldi. Laylo sinfdoshlari bilan tezda do‘stlashib ketdi. Ular yaxshi o‘qishga harakat qiladilar».
Tahlil qilish. Boshlang‘ich sinflarda fonetik va morfologik tahlil turlaridan foydalaniladi. Tahlil jarayonida obekt sifatida so‘z yoki gap olinishi mumkin. Fonetik tahlil jarayonida so‘zda nechta unli va nechta undosh tovush qatnashganligi, yonma-yon kelgan bir xil undoshlar bo‘lsa ularni ko‘rsatish, talaffuzda tushirib qoldiriladigan yoki o‘zgaradigan undosh tovushlar bo‘lsa ko‘rsatish talab etiladi.
Morfologik tahlil jarayonida esa gapdagi so‘zlar qanday savollarga javob bo‘lishi, qanday ma’no anglatishi, gapda qanday vazifada kelishi kabilarni ko‘rsatish talab etiladi.
Fonetik tahlil. Tovushlar talaffuzi bilan bog‘liq bo‘lib, o‘quvchilarning imlo savodxonligini oshirishga xizmat qiladi. Masalan, «Oppoq qand» iborasi quyidagicha tahlil qilinadi.
Oppoq - so‘zida ikkita unli tovush bor. Bular «o» tovushi, talaffuz qilinayotganda og‘iz bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchramaydi. Ikkita «p» undosh tovushi yonma-yon kelgan. «q» tovushi ham undosh tovush. «p» va «q» tovushlari talaffuz qilinayotganda og‘iz bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchraydi.
Qand - so‘zidagi «q» tovushi undosh tovush, talaffuz qilinganda og‘iz bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchraydi. «a» tovushi unli tovush, talaffuz qilinganda og‘iz bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchramaydi. Qolgan «n» va «d» tovushlari undosh tovushlar bo‘lib, talaffuz qilinganda og‘iz bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchraydi, «d» tovushi «t» tovushi kabi talaffuz qilinadi.
Morfologik tahlil. Morfologik tahlil o‘quvchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Masalan, «Malika Farg‘onada yashaydi» quyidagicha tahlil qilinadi.
Malika - kim? so‘rog‘iga javob bo‘ladi. Insonlarga qo‘yiladigan ism. Shuning uchun bosh harf bilan yoziladi. Tagiga bir chiziq chizamiz.
Farg‘onada - qayerda? so‘rog‘iga javob bo‘ladi. Shahar nomi bo‘lgani uchun bosh harf bilan yoziladi. Tagiga to‘lqinli chiziq chizamiz.
Yashaydi - nima qiladi? so‘rog‘iga javob bo‘ladi. Harakat bildirgan so‘z. Shuning uchun ikki chiziq chizamiz.
Test. Boshlang‘ich sinfdanoq o‘quvchilarda test topshiriqlarini yechish ko‘nikmasini shakllantirish mustaqil fikrlash malakalarini shakllantirishga yordam beradi. Test haqidagi dastlabki tushunchalarni shakllantirishda o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda testning o‘ziga xos ko‘rinishlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Alifbe davrida tovush va harf haqidagi dastlabki ma’lumotlar berish jarayonidayoq testning rasmli, sodda ko‘rinishlaridan foydalanish mumkin. Masalan:
Bu test «q» tovushiga taalluqli bo‘lib, o‘quvchilar rasmlarga qarab u yerda ko‘rsatilgan narsalarning nomlarini aytishlari va bu so‘zlardagi «q» tovushining o‘rnini ko‘rsatishlari lozim bo‘ladi.
Keyingi darslarda bu test murakkablashtirib boriladi. Endi o‘quvchilardan nafaqat rasmlarga qarab javob topish, balki bo‘sh o‘rinlarga mos so‘zlarni qo‘yish talab etiladi. Bu jarayonda o‘quvchilar fikrlashga, egallagan nazariy bilimlarini amalda qo‘lllashga o‘rganadilar.
Rasmli testlar vositasida o‘rganilayotgan tovushni faqat so‘zboshida emas, so‘zning boshqa o‘rinlarida keladigan holatlarda ham foydalanish mumkin. Masalan, «u» tovushi bilan tanishayotganda mushuk, uzum, tulki rasmlaridan foydalanish mumkin. O‘quvchilar suratlarda nimalar tasvirlanganini topish bilan birgalikda «u» tovushi so‘zning qaysi qismida joylashganligini topishlari lozim bo‘ladi. Buning uchun o‘quvchilar tovush sxemasini chizadilar yoki ikki xil rangdagi to‘rtburchak qog‘ozchalarni oladilar va «u» tovushining o‘rnini bir xil rangdagi qog‘ozcha bilan, qolgan tovushlarni boshqa bir xildagi qog‘ozcha bilan ko‘rsatadilar.
1-sinf o‘quvchilari alifbedan keyingi davrda o‘qish malakasiga ega bo‘lganlaridan so‘ng ikki xil variantda javoblari berilgan yopiq testlardan foydalanish mumkin. Bunday testlar metodik qo‘llanmada ham berilgan. Testlar haqida umumiy ma’lumotga va nazariy bilimlarga ega bo‘lgan o‘quvchilarga nisbatan murakkab hisoblangan shu xildagi testlarning javoblarini topish ham u qadar qiyinchilik tug‘dirmaydi. Ular quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin:
1.So‘zlar qaysi qatorda alifbo tartibida to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) sabzi, parta, metro, oila.
B) lavlagi, matn, nihol, oila.
2.Sanoq bildirgan so‘zlar yozilgan qatorni toping.
A) birgalikda, barchamiz.
B) birinchi, bitta, yigirma.
O‘yin-testlar. Testning bu shakli o‘yin tarzida o‘tkaziladi va o‘tilayotgan mavzuga o‘quvchilarning qiziqishlarini oshirishga qaratiladi. Buning uchun bir tarafi toza, ikkinchi tarafida esa suratlari bo‘lgan qog‘ozlardan foydalaniladi. Yoki toza oq qog‘ozning bir tarafiga ertak qahramonlarining suratlari chiziladi. Qog‘ozning toza tomonining bir qismiga savol, ikkinchi qismiga savolning javobi yoziladi. Shundan so‘ng qog‘oz to‘lqinli yoki arrasimon chiziq bo‘ylab ikki qismga ajratiladi. Bunday qog‘ozlarning bir nechtasi tayyorlanib o‘quvchilarga bitta savol yozilgan qog‘oz qismi va bir nechta javoblar yozilgan qismi beriladi. O‘quvchi savolni o‘qib shu savolning javobi yozilgan qog‘ozni topishi va ikkala bo‘lakni birlashtirishi lozim. Agar javob to‘g‘ri bo‘lsa ikkala bo‘lak bir-biriga mos keladi va qog‘ozning orqa tomonida ham bir butun surat hosil bo‘ladi.
Bunday testlar o‘quvchilarga topshiriq berishda bir xillikdan qochishga imkon beradi. Bir nechta javob variantlari orasidan to‘g‘ri javobni tanlash o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, erkin mulohaza yuritish, mustaqil holda to‘g‘ri xulosa chiqara olish ko‘nikmasini rivojlantirishga yordam beradi.
Tarqatma materiallar. Boshlang‘ich sinflarning ona tili darslarida foydalaniladigan tarqatma materiallar kartochkalar yoki buyumlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
1.Buyumlar ko‘rinishidagi tarqatma materiallar. Bunday tarqatma materiallar o‘quvchilar nutqini o‘stirish, ularda sinchkovlik, kuzatuvchanlikni rivojlantirish maqsadida qo‘llaniladi. Buyumlar ko‘rinishidagi tarqatma materiallarda quyidagicha savollardan foydalanish mumkin:
1. Buning nomi nima?
2. Uning ko‘rinishi qanday?
3. U nima maqsadda ishlatiladi?
2.Tarqatma kartochkalar. Tarqatma kartochkalar o‘tilgan mavzularni takrorlash, mustahkamlash, o‘zlashtirilgan bilimlarni sistemalashtirish maqsadida ishlatiladi. Kartochkalarni tarqatishdan avval o‘quvchilar o‘qituvchilar rahbarligida darslikda berilgan mashqlarni bajarib, mashqlar shartini o‘rganadilar.
Tarqatma materiallar bilan ishlashning afzalligi shundaki, o‘qituvchi har bir o‘quvchining mavzu yuzasidan individual bilim darajasini alohida tarzda qayd qilib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bo‘sh o‘zlashtiradigan o‘quvchilar bilan alohida ishlash, o‘quvchilarning mustaqil ishlarini izchil ravishda murakkablashtirib borishni taqozo qiladi.
Tarqatma materiallardan o‘z o‘rnida va to‘g‘ri foydalanish o‘qituvchiga qisqa muddat davomida yuksak natijalarga erishishga yordam beradi. O‘quvchilarda bilim olish bilan birgalikda mustaqillik, ijodkorlik, o‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘z kuchiga ishonch, topshiriqlarni hal etishga mas’ullik va ijodkorlik bilan ongli yondashish, izlanish, to‘g‘ri xulosalar chiqarish kabi xislatlarni shakllantiradi.
Modomiki, o’rta umumta’lim maktablarida ona tilini o’qitishdan asosiy maqsad bolalarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og’zaki, yozma shakllarda to’g’ri, ravon ifodalash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish ekan, demak, ularni ijodiy yozma ish ustida ishlash usullariga ham o’rgatish lozim. Bu ish ona tili mashg’ulotlarida ikki yo’nalishda amalga oshiriladi:
til hodisalarini o’rganish jarayonida;
ijodiy yozma ish ustida ishlash uchun ajratilgan maxsus soatlarda.
Birinchi yo’nalish deyarli barcha ona tili mashg’ulotlarida amalga oshiriladi. O’quvchi o’rganilayotgan til hodisasini amalga tatbiq etgan holda ijodiy matnlar yaratar ekan, mavzuni yoritish uchun zarur materialni tanlash, yozish, ishning rejasini tuzish, «xat boshi» tushunchasi, yozma ish matni ustida qayta ishlash, insho turlari (ilmiy insho, badiiy insho, erkin mavzuda yozilgan insho,ramziy insho) kabi masalalarga duch keladi va ayni vaqtda o’qituvchidan bu haqida zarur ma’lumotlarni ham bilib olish lozim bo’ladi.
Ikkinchi yo’nalish ijodiy yozma ish ustida ishlash uchun ajratiladigan maxsus soatlardir. Biz ijodiy yozma ish ustida ishlash usullarini morfologiya o’rganilgandan keyin kiritishni maqsadga muvofiq deb bilamiz. Chunki, birinchidan, bu davrga (7-sinfning)oxiriga kelib, O’quvchilar matn ustida ishlash yuzasidan anchagina malakaga ega bo’ladilar va ikkinchidan. Bu usullarni o’rganish sintaksisni o’rganish uchun keng yo’l ochib beradi.
Ijodiy yozma ish usullari bo’limida o’quvchilarni quyidagi zarur bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishni maqsadga muvofiq deb bilamiz:
-«Ijodiy yozma ish» tushunchasi:rasm asosida hikoya manzara tasvirni, shaxs, xayvon, narsa-buyum, voqea-hodisa tasviri: O’quvchi(muallif) va borliq: yozma ishning maqsadi: yozma ish o’quvchining(muallifning) o’zligi:
-yozma ishga mavzu tanlash, uni tayyorlash: ayni bir narsa manzara, voqea, hodisalar asosida turlicha mavzuda yozma ish yozish: yozma ish mazmunining mavzu va uning nomlanishi bilan bog’lanishi:
O’quvchilarda ijodiy faoliyatni shakllantirish yo`llari
O’qish darslarida o’quvchilarda ijodiy faoliyatni shakllantirishga mo’ljallangan turli ijodiy topshiriqlardan foydalanish asosida o’quvchilarda mustaqil va ijodiy fikr yuritishga zamin hozirlash mumkin. Quyida shunday topshiriqlarni tashkil qilish shakllaridan namunalar keltiramiz:
O’quvchilarni ijodiy faollikka chorlash
O’quvchilarni ijodiy faoliyatga tayyorlaydigan o’kituvchi eng avvalambor o’quvchilarda taqdim qilinayotgan o’quv materialiga qizxiqtirish uyg’otish zarur. Buning uchun u:
Asosiy mavzuni bayon etishda o’quvchilarni qanday yo’l bilan qiziqtirishi mumkin?
Oddiy bo’lmagan ma’lumotlarni so’zlab berish;
Barcha o’quvchilarga to’g’ridan-to’g’ri taaluqli bo’lganlarni gapirib berish;
So’zlash jarayonida xolisona va aniqlashtirilgan ma’lumotlarni taqdim qilish;
Obrazli solishtirishlardan unumli foydalanish
|
Keltiriladigan obrazlar, solishtirishlardan unumli foydalanish va ular me’yoriga amal qilish
3. Qay tarzda o’quv axborotini tugatish lozim?
O ’qituvchi nutqining so’ngida qo’yidagilarga amal qiladi:
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ijodiy faollikka undash davomida
o’qituvchi:
O’quvchilarni obrazli fikrlashga undashi;
Aniq muammoni burro ifodalashi;
Fikrning doimo tugallangan jumla bilan hamda muhim joylariga urg’u berib ajratgan holda ifoda etishi;
Xushmuomalali va ziyrak bo’lishi;
Qo’yidagi so’z birikmalaridan foydalanishi: «faraz qiling”, “tasavvur eting”, “ijodiy parvoz eting ...” va shu kabilar.
Ko’rish kontakti (bog’lanishi)ni saqlashga harakat qilishi-tinglovchilarga qarashga harakat qilish (har bir qatnashchiga 3 sekunddan);
Har bir javob va taklifni doimo rag’batlanirishi maqsadga muvofiq.
Boshlang’ich ta’limda mehnat darslari ham o’quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirishga mo’ljallangan. Bunda tajriba – amaliy o’lchashlar, qog’oz qirqimlaridan yasaladigan turli figuralarni yasash har doim ijobiy natija beradi. Boshlang’ich ta’limda o’quv dasturi asosida rejalashtirilgan ( 3-sinf, 3-chorak) «Kartondan guldon tikish», «Rasm uchun ramka tayyorlash», «Qush inida - qush bolasi»-applikatsiya tayyorlash», «Hajmdor gul ko’rinishini yasash», «Harakatli o’yinchoq» yasash, «Bahor» applikatsiyasini tayyorlash – bularning barchasi boshlang’ich sinf o’quvchilariga ijodiy ish sifatida uyga vazifa qilib beriladi. Demak, boshlang’ich ta’lim DTS va o’quv rejalarini tahlil qilish natijasidan ko’rinadiki 3-sinfda mehnat darslarida jami o’qitiladigan 34-soatdan 7 –soati ijodiy ish sifatida uyga vazifa qilib belgilanadi; 4-sinflarda belgilangan 38 soatdan - 9 soati ijodiy ishlarni bajarishga mo’ljallangan. Jumladan, «Urug’lardan mozaika tuzish», «Rangli qog’ozlardan gullar yasash», «Tabiiy xomashyolardan applikatsiya yasash», «Milliy naqsh tikish» va h.k.
Muammoli ta’lim orqali o`quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirish
O’qitishda muammoli ta’limdan foydalanish ham, ijodiy faoliyatni shakllantirishda samarali hisoblanadi. O’quvchilarning biror-bir haqiqatni mustaqil izlashi va kashf etishi bilan bog’liq bo’lgan ta’lim metodlaridan evristik yoki tadqiqotchilik metodlari bilan birga o’quvchilarni ijodiy fikr “laboratoriyasi”ga olib kiradigan jarayon ham asosiy ahamiyatga egadir. Muammoli ta’lim shu jihatdan bir qancha afzalliklarga ega:
U o’quvchilarni mantiqiy, ilmiy, didaktik, ijodiy fikrlashga o’rgatadi.
U o’quv materialini ishonarli qiladi, bu bilan bilimlarning e’tiqodga aylanishiga ko’maklashadi.
U odatda, ancha ta’sirchan bo’lib, chuqur intellektual his-tuyg’ular, shu jumladan ko’tarinki ruh, hissini o’z imkoniyatlari va kuchiga ishonch tuyg’usini vujudga keltiradi, shuning uchun u o’quvchilarni qiziqtiradi, o’quvchilarda ilmiy bilishga jiddiy qiziqishni tarkib toptiradi.
Haqiqat qonuniyatining mustaqil “kashf etilishi” olingan bilimlarni unutmasligi aniqlab chiqilgan, mustaqil hosil qilingan bilimlar unutilgan taqdirda ham ularni tezda qayta tiklash mumkin.
Muammoli ta’limning asosiy maqsadi- Kadrlar tayyorlash milliy dasturining sifat bosqichi talablari asosida bilim oluvchilarning mustaqilligi va faolligini oshirish, tafakkurini rivojlantirish, o’zlashtirish natijasida bilimlarni amaliyotga tadbiq etilishini kuchaytirishdan iborat.
Demak, muayyan mavzuni muammo shaklida olib chiqish yo’li bilan egallanadigan bilim, ko’nikma va malakalar yig’indisi muammoli ta’lim deyiladi.
Muammoli ta’lim quyidagilarda ko’rinadi:
Muammo
Muammoli savol
Muammoli vazifa
Muammoli topshiriq
Muammoli vaziyat.
Muammoning o’zi yunoncha “problem” so’zidan olingan bo’lib, vazifa, topshiriq degan ma’nolarni anglatadi.
Muammoli vaziyat-sub’ektning psixologik holatini ifodalab, muammo bilan duch kelganda, aqliy qiyinchilikni paydo bo’lishi zudlik bilan hal qilishiga halaqit beradigan yangi bilim va harakat usullarini izlash, ularni topib hosil bo’lgan qiyinchiliklarni bartaraf etishni ta’minlaydi. Bu esa muammoga psixologik jihatdan yondashishni talab etadi.
Masalan, o’quvchilarining yosh xususiyati bilim saviyasidan kelib chiqqan holda muammoli vaziyatlar yaratishning quyidagi usullaridan foydalanish mumkin:
1. Ona tili darsligida berilgan mavzularni qiyoslab o’rgatish orqali muammoli vaziyat yaratish, chunonchi o’rganilayotgan har bir mavzu o’quvchilardan tovushlar, so’zlar va gaplarni qiyoslashni shu asosda umumlashmalar hosil qilishni talab etadi. Bu ham o’z-o’zidan ravshanki, muammoli vaziyatni yuzaga keltiradi. O’quvchilarda “Nima uchun?” degan savolga javob izlashga ehtiyoj tug’iladi. Masalan “unli va undosh tovushlar” mavzusi o’rganilayotganda o’quvchi avval unli va undosh tovushlarni to’g’ri nomlashni, keyin qiyoslashni, unli va undoshlar ishtirokida so’zlar, so’zlardan esa gaplar hosil qilishni, ularning bir-biridan farqlarini aniqlashni talab etadi.
2. Muammoli savollar berish orqali muammoli vaziyat yaratish.
O’qituvchi dars mashg’ulotini muammoli savolni o’rtaga tashlash bilan boshlaydi:
Unli va undosh tovushlarni alohida aytib ko’ring.
Ularni talaffuz qilishda qanday farqni sezayapsiz?
2. Oltita unli va harf ishtirok etgan so’z yozing. Ulardagi unlini boshqa unli bilan almashtirib ko’ring, qanday o’zgarishlarni sezayapsiz?
3. Undosh tovushlarning talaffuz etib ko’ring. SHovqin ovozdan hosil bo’lgan undoshlarni alohida, faqat shovqindan hosil bo’lgan undoshlarni alohida yozing.
Agar topshiriqlarni bajarish muayyan qiyinchilik tug’dirsagina, namuna ko’rsatadi.
4. Ramziy tasvirlar orqali muammoli vaziyatlar yaratish.
Muammoli vaziyat yaratishning bu usulida ramziy tasvirlardan foydalaniladi. Masalan, “O’zbekiston qovunlari” rasmlari va nomini berib, mavzuda matn yaratish topshirilishi mumkin.
5. Muammoli vaziyat yaoratishda til hodisalarini guruhlash, ajratish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, so’zlarni muayyan uyalarga birlashtirib, umumiy ma’noli so’zning xususiy ma’nosini yoki xususiy ma’noli so’zlarning umumiy ma’nosini topishini talab qilish muammoli vaziyat yaratish imkonini beradi. Masalan, o’quv qurollari, mevalar, sabzavotlar, daraxtlar va gullarning o’nlab hatto yuzlab uyadoshlari borki, o’qituvchi umumiy ma’noli so’zni o’quvchi hukmiga havola etadi va qolgan so’zlarni topishni o’quvchilarga topshiradi.
1. Sabzavotlar: sabzi, ...
2. O’quv qurollari: kitob, ... va hokazolar.
Ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishda ta’limning bilishga oid qiziqishlarini rivojlantirishga qaratilgan motivatsion-qiziqarli tomonlariga ham ko’proq e’tibor berilishi lozim. O’quvchilar bilan olib boriladigan ishlarning xarakterli xususiyati ular psixikasining zaif tomonlariga sustlik bilan moslashish emas, balki o’quvchilar maksimal darajada faollashishi uchun ularni aqliy rivojlanishiga faol ta’sir ko’rsatish tamoyili bo’lmog’i kerak. Tarbiyachi va o’qituvchilar ayrim bolalar qobiliyati o’rtacha ekanligi yoki qobiliyatsizligi va hatto mukammal emasligi haqida paydo bo’lgan tasavvurni sezdirmasliklari lozim. Bunday o’quvchilar o’zlari tobora tezlashib va murakkablashib borayotgan ta’lim jarayoniga asta-sekinlik bilan moslashib boradilar.
Ta’limda darsni to’g’ri va samarali tashkil etilishi albatta, o’quvchilar bilim olishiga ta’sir etadi. Ijodiy faoliyatni rivojlantirishda muhim masalalardan yana biri o’qituvchining darsning texnologik jihatdan to’g’ri loyihalashga borib taqaladi. Interfaol metodlarni qaysi bosqichda qanday qo’llash darsni loyihalash vaqtidan boshlanadi. Loyihalash quyidagi bosqichlarda amalga oshadi.
I – diqqatni jamlash bosqichi
II- tinglash bosqichi
III- fikrlash bosqichi
Bu bosqichlar interfaol metodlarni to’g’ri, o’z o’rnida qo’llash hamda dars camaradorligini oshirishga yordam beradi.
Diqqatni jamlash bosqichi: bunda o’qituvchi bolalarning yangi mavzuga oid dastlabki tushunchalarni aniqlaydi.
Maqsadi:
dastlabki tushunchalar aniq, erkin namoyon qilish;
o’z fikrini ifodalay olish;
darsga bo’lgan qiziqishlarini oshirish kabilardan iborat;
Anglash bosqichi: bunda o’qituvchi o’quvchilardan olgan dastlabki tushunchalariga qo’shimcha ta’limotlarni jamlab yangi bilim bilan boyitadi. ya’ni o’quvchining bilgan va bilmagan ma’lumoti to’ldiriladi.
Aniqlash bosqichining maqsadi:
-dastlabki tushunchalardan kelib chiqib, o’quvchi anglash yangi bilimlar bilan to’ldirish:
- o’quvchilar qiziqishini orttirish;
- tahlil qilishga- taqqoslashga o’rgatish;
-yangi darsni bayon etish.
Fikrlash bosqichi: bu bosqich darsni mustahkamlash qismiga to’g’ri keladi. Unda o’quvchilar dastlabki tushuncha va ma’lumotlarni tahlil qilib fikrladilar, bilimlarini mustahkamlaydilar. O’quvchilar o’tilgan dars, mavzu haqida munosabatlarini bildiradilar.
To’g’ri tashkil etilgan dars o’z samarasini beradi, albatta. Ammo har bir bosqichda qo’llaniladigan metodlarni chuqurroq o’rganmay turib, dars samaradorligini oshirib bo’lmaydi.
Ta’lim standartlari va me’yorlari va an’anaviy ravishda ta’lim natijalarini baholash uchun foydalaniladi. O’quvchining natijalari standartga qanchalik yaqin bo’lsa, uning o’quv faoliyati shunchalik yuqori baholanadi. O’quvchi tomonidan haqiqiy egallangan va yaratilgan bilimlar hajmi to’la darajada nazorat qilinmaydi, chunki o’quvchilarning standart doirasidan tashqaridagi shaxsiy bilim yoki boshqa natijalari an’anaviy maktab nazaridan chetda qolib keladi.
Ijodkorlikda o’quv natijalarini baholashga yondashuv o’zgacha. Tashqi berilgan natijalarga erishilganlik darajasi emas, balki ko’pincha undan chetga chiqishlar tekshiriladi. Ijodkorlikni baholashda o’quvchilar ta’limiy natijalarining asosiy parametri- standartlarning minimum talablariga mos kelishi emas balki o’quvchining shaxsan ta’limiy o’sish darajasidir.
An’anaviy ta’limda o’quvchi ta’lim mazmunini saralashda amalda ishtirok etmaydi. Ijodkorlik faoliyatida esa ta’limda o’quvchi ta’limiy samarasi ta’limning yangi mazmunini saralashda ishtirok etadi; bilimning hajmi,malakasi, faoliyat turlari hamda o’quvchining foydalaniladigan usullari cheklanmagan bo’ladi.
O’quvchilarga beriladigan ta’lim standarti ko’pincha o’quvchi shaxsiga, uning haqiqiy ta’limiy faoliyatiga bog’liq bo’lmagan materiallarni ham vujudga keltiradiki, bu tayyor insholar, referatlar va boshqa yozma manbalarning paydo bo’lishiga olib keldi. Ta’lim mahsulining bunday turini ta’limning maktab tizimi taqozo qiladi. Kompyuter texnologiyasi bu jarayoni yanada qulay va variativ qilib qo’ymoqda. Tayyor kontrol ishlar, referatlar hamda shu kabi internet tarmog’iga joylashtirilgan materiallarning muttasil ko’payib borayotgan to’plamlari o’quvchilarga tayyorgarlik ko’rmay hamda zarur ishlarni bajarmay turib imtihonlar topshirishlarini osonlashtirmoqda.
Ta’lim standartlarini tuzishda ijodiy yondashuv kurs yoki mavzuning o’rganish natijasi sifatida tayyor fan mazmunini bermaydi, biroq o’quvchidan yangi mazmunni, ya’ni uning shaxsan ta’limiy o’sishini talab qiladi.
Boshlang’ich ta’limda o’quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirishda topishmoqlar xalq og’zaki ijodining kichik va qadimiy janrining ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati beqiyosdir.
Topishmoqni o’rganish, unga javob topish orqali bolalar predmetlarning kelib chiqishi, uning inson hayotidagi o’rni va roli haqida tasavvurga ega bo’ladilar, ularning qiziqishi ortadi, ongi va tafakkuri o’sadi, fikrlash qobiliyati rivojlanadi, tabiat va hayvonot olamini sevish, ardoqlash kabi hissiyotlari tarbiyalanadi. Topishmoqlardan dars jarayonida foydalanish orqali o’quvchilarning nutqiboyiydi, takomillashadi. Ular ifodali, mazmunli o’qishga o’rganadilar.
Topishmoqlarning matn mazmuni bilan bog’liq ravishda o’rganilishi o’quvchilarning bir tomondan matn mazmunini to’liqroq tushunishi va yaxshi esda saqlashiga turtki bo’lsa, ikkinchidan, ularning darsdagi faolligini oshiradi, dam olish muhitini yaratadi, ma’naviy-axloqiy jihatdan kamol toptiradi.
Fikrimiz tasdig’i sifatida quyidagi dars matnini keltiramiz.
Dars mavzusi: “Topishmoqlar darsi” yoki “O’yla, izla, top”.
Darsning maqsadi: Xalq og’zaki ijodi janri bo’lgan topishmoq haqida o’quvchilarga tushuncha berish, o’quvchilarda to’g’ri o’qish malakasini hosil qilish, matn ustida ishlash jarayonida topishmoq janriga xos nazariy tushunchalarni kengaytirish, ularni mantiqiy fikr yuritishga, to’g’ri xulosa chiqarishga o’rgatish.
Dars jihozi: topishmoqlarni guruhlashtirilgan jadval, javloblari aks ettirilgan rasmlar, maketlar. Har bir o’quvchi uchun topishmoq yozilgan kartochka.
Dars metodi: ko’rgazmali, evristik suhbat.
Darsning borishi:
O’qituvchi: “Bugun biz siz bilan 1-sinfda o’rgangan topishmoqlarimizni yana bir bor esga olamiz hamda ularni quyidagi jadvalga joylashtiramiz ” deydi. So’ng doskani bo’r bilan to’rt ustunga bo’ladi:
Qushlar va hayvonlar haqidagi topishmoqlar.
Sabzavot, poliz, mevalar haqidagi topishmoqlar.
Predmetlar, ularning belgisini bildiradigan topishmoqlar.
SHe’riy topishmoqlar.
Har bir o’quvchi o’z kartochkasidagi topishmoqni o’qiydi.
Sinf bilan birgalikda uning javobi topiladi hamda jadvaldagi o’rni aniqlanib, shu ustun qatoriga yoziladi.
1-o’quvchi.
-Osti tosh, usti tosh
O’rtasida jondor bosh.
Javobi: toshbaqa (1-ustunga yoziladi).
2-o’quvchi:
-Ichi- buyoq, sirti-tayoq.
Javobi: qalam (3 ustunga yoziladi)
3-o’quvchi:
-CHopsa chopilmas,
Bo’lsa bo’linmas
Ko’msa ko’milmas.
Javobi: soya (4 ustunga yoziladi)
4-o’quvchi:
Palak ostida
YOtar talash tosh
Uni pishirsang
Bo’lar shirin osh.
Javobi: kartoshka (2-ustunga yoziladi)
SHu tariqa har bir o’quvchi qo’lidagi kartochkadan foydalanib, topishmoqni o’qiydi, javob topadi va javobini tegishli guruhlarga ajratib yozadi. SHu holatda o’quvchilar bar necha ta’limiy vazifalarni bajaradilar.
Birinchidan, topishmoqni topish jarayonida uni bir yoki ikki marta, ayrim hollarda esa uch marotabagacha o’qiydilar, ifodali o’qishga, fikrlashga o’rganadilar, o’qitish texnikasini egallaydilar, taqqoslash, solishtirish kabi amaliy ishlarni bajaradilar.
Topishmoqda yashirin berilgan predmetni topishda qiyinchiliklar tug’ilsa, o’qituvchining o’zi ifodali o’qib berishi hamda topishmoqning belgisini bildiruvchi so’zlarga alohida urg’u berishi shart.
CHiq-chiq der yo’q to’xtovi,
Vaqtning aniq o’lchovi.
Javobi: (soat)
Tinmay o’qisang agar,
Ko’p narsani o’rgatar.
Bilsang, uka, o’ylab top,
Bilim koni, u- ...
Javobi: (kitob)
Topishmoqni topishda o’quvchilar qiynalsalar, uning javobi bo’lgan predmetni yoki sabzavot namunalarini 1 qatorga terib qo’yish mumkin.
SHu tariqa mashg’ulot davom ettiriladi.
O’quvchilarning darsdagi holati hisobga olinib, darsga qo’shimcha ma’lumotlar kiritish mumkin. O’quvchilarga kartochkalarda yozilgan topishmoqlardan tashqari, yana qanday topishmoqlarni bilishlari haqida savollar berish maqsadga muvofiq. Masalan: Darslikdagi:
Dum-dumaloq bo’yi bor,
Palovda obro’yi bor.
Javobi- (behi).
Xuddi shu topishmoqning boshqa ko’rinishini o’qituvchi misol tariqasida aytishi mumkin:
Erto’laga ossa bo’lar
Palovga bossa bo’lar ko’rinishida.
Xullas, topishmoqning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati mantiqiy tafakkurni rivojlantiradi. Ularga javob topish ermak uchun emas, balki o’rganilayotgan bilimlar tizimi taraqqiyoti uchun zarurdir.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, boshlang’ich ta’lim jarayonida o’quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish uchun turli shart-sharoitlarlarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun ta’lim talablarini aniqlash va shu talablar asosida uning ustuvor qo’nalishlarini izlanuvchi ta’lim, muammoli vaziyatlar yaratish va ta’limga texnologik yondashuv asosida tashkil etilishi o’quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirishning samaradorligiga zamin tayyorlaydi.
4. Boshlang’ich sinf o’quvchilari ijodiy faoliyatini rivojlantirishda interfaol metodlar va o`yinlardan foydalanish
Boshlang’ich ta’limda o’quvchilarning ijodiy faoliyatlarini rivojlantirishda evristik va muammoli ta’limdan tashqari bilishga yo’naltirilgan, ilmiy asoslangan ta’lim metodlaridan va o`yindan foydalanish ham maqsadga muvofiq. Boshlang’ich ta’limda ishbop, rolli, syujetli o’yinlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishda ijodiy qobiliyatni shakllantirishga, ilmiy-ijodiy izlanishlarga yo’llaydigan, bilishga oid ilmiy faoliyatni tashkil etish shakl va metodlaridan foydalanish o’z samarasini berdi. Bu borada ijodiy faoliyatni rivojlantirish darslariga dialog-darslar munozara, bahs, suhbatlar, fantaziya, izlanish darslari, muammolar qo’yish va ularni yechish darslari; ishtirokchilik darslari, modellashtirish, badiiy texnik ijodkorlik, ijod qilish, kichik kashfiyotlar yaratish, insholar yozish, solnomalar tuzish, ishbop o’yinlardan, innovatsion metodlardan foydalanish kabilar eng samarali bo’ldi. ta’lim jarayonida dars shakllarining o’yin usullari sifatida o’qitishning ma’lum bir paytida o’tkaziladi.
Ma’lumki, boshlang’ich sinf o’quvchisi kattalarning hatti-harakatini taqlid qilishga qiziqadi. Bunda ta’lim jarayonida qo’llanilayotgan ishbop o’yinlardan foydalanish kata ahamiyat kasb etadi. Bolalarga mo’ljallangan ishbop o’yinlar takrorlash, mustahkamlash, o’tilganlarning qay darajada o’rganilganligini (diktantlar, musobaqalar, krossvordlar, sirtqi sayohatlar rolli o’yinlar, dramatik sahnalar tarzida) aniqlash maqsadida o’tkaziladi.
Ishbop o’yinlarni hayotiy vazifalarni imitatsiya va modellashtirish asosida tashkil etish samarali natijalarga olib keladi. Bunday o’yinlar faqat bilishga oid bo’lmay, dunyoqarashni kengaytirish, hamda hissiy ta’sir etishi bilan ham xarakterlidir.
Masalan, boshlang’ich ta’limda “Nima uchun?”, «T-chizma», «FSMU», «Tarmoq (Klaster)», “Ikki qismlik kundalik” kabi innovatsion metodlardan foydalanganda o’quvchilarda ijodiy faoliyatni rivojlantirishga bevosita yordam beradi.
“Nima uchun?” sxemasini tuzish qoidalari
Ish natijalarining taqdimoti
“Nima uchun?” chizmasini tuzish qoidalari
Masalan, “Atrofimizdagi olam” darslarini o`tish jarayonida “Nima uchun tabiiy boyliklarni asrashimiz lozim?” degan savol yuzasidan “Nima uchun” organayzeri ustida ishlash mumkin. O`quvchilar bir nechta nima uchun savollariga javob berishlari talab etiladi.
Nima uchun tabiiy boyliklarni asrashimiz lozim?
Nima Nima uchun?
uchun?
Nima uchun? Nima uchun?
Boshlang`ich sinf darslarida FSMU texnologiyasidan foydalanish ham o`quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishni ko`zda tutadi.
FSMU texnologiyasi
Jadvalni to’ldiring
1-guruh
Masalan, “O`qish” darsidagi “YAXSHILIK — INSON ZIYNATI” mavzusida Yusuf Xos Hojibning “Odamdan nima qoladi?” degan hikoyatini o`rganish ko`zda tutilgan, bunda “Qanday odamlar yaxshi nom qoldiradi?” savolini FSMU texnologiyasi asosida tahlil etish mumkin.
Savol
|
|
(F) Fikringizni bayon eting
|
|
(S) Fikringiz bayoniga sabab ko’rsating
|
|
(M) Ko’rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring
|
|
(U) Fikringizni umumlashtiring
|
|
3- sinfda Odobnoma fanidan “Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Al- Buxoriy” mavzusini o’tish “Ikki qismlik kundalik” usulidan foydalanish mumkin.
(“Ikki qismlik kundalik” usulining mohiyati va qo’llanilishi. Bu interfaol usuldan turli matnlar bilan ishlash jarayonida foydalanish mumkin. Bu usul birinchidan, mavzu matnini chuqur tushunishga yordam bersa, ikkinchidan, o’quvchilarni ijodiy tafakkurga undaydi, ularning mustaqil fikr yuritishlarini kuchaytiradi. Berilgan matn o’qib chiqilgach, daftar varag’i quyidagi tarzda ikki qismga bo’linadi:
Chap tomondagi «Parcha» deb yozilgan qismga o’quvchilar matn yuzasidan biror parcha yoki ularga qattiq ta`sir qilgan narsa yoki ularni haqiqatda hayron qoldirgan timsol haqida yozishlari kerak. (Bizning mavzumizda o’quvchilar parcha sifatida biror hadisni tanlaydilar). Ehtimol, bu ularga shaxsiy tajribalaridan nimanidir eslatgandir, balki ularni qiziqtirgan yoki o’ylantirib qo’ygandir. Balki ular bu fikrga, narsaga qo’shilmaslar. Balki bu narsa o’quvchi uchun yangilikdir, balki shu narsa mohiyatini tushunib yetmagandir.
Varaqning «Sharh» deb yozilgan o’ng tomoniga chap tomondagi tanlangan parcha (hadis) ga sharh yoziladi. Bunda nima uchun ushbu parchani tanlab olganligi, bu narsa uni nima haqida o’ylashga majbur etganligi, shu munosabat bilan unda qanday fikrlar tug’ilganligi haqida sharh beriladi.)
Masalan, “Odobnoma”darsligida berilgan hadislardan quyidagini tanlab sharhlashlari mumkin:
PARChA
|
ShARH
|
Yoshlikda olingan bilim toshga o’yilgan naqsh kabidir
|
Biz bilamizki toshga o’yilgan naqsh hech qanday holda ham yo’qolib ketmaydi. Uni yomg’ir yoki do’llar, quyosh yoki qorlar yo’qota olmaydi. Demak biz yoshligimizdan yaxshi o’qisak, kerakli bilimlarni egallasak, u hech qachon yo’qolib ketmas ekan, u bizga bir umr hamroh bo’lib yo’limizni yoritib turadi.
|
“Abu Iso at-Termiziy” mavzusini ham matn ustida ishlash usullaridan hisoblangan “Insert usuli” yoki “B-B-B jadvali” usullarida o’rganib chiqish mumkin.
“Venn diagrammasi” usulidan foydalangan holda o’quvchilar 3 sinf «Odobnoma» darsida IX bo’limni o’tib bo’lishgach Imom al-Buxoriy va Imom at-Termiziylarni taqqoslashlari mumkin.
“Venn diagrammasi” usulida Al-Buxoriy va at-Termiziy faoliyatlari tahlil etiladi.
(Venn diagrammasi usuli mohiyati: Venn diagrammasi bir-birini kesadigan ikki yoki undan ko’p doiralarda ko’riladi, ular o’rtasida yozish uchun etarli joy qolishi kerak. U g’oyalarni zidlash uchun ishlatilishi yoki ularning umumiy xususiyatlarini (nimada ular kesishadi) ko’rsatishi kerak. Masalan, o’quvchilar Al-Buxoriy faoliyatini At-Termiziy faoliyati bilan taqkoslaydilar. Venn diagrammasi bir-biriga yopishgan ikki doira bilan birga ushbu ekspediciyalar o’rtasida zidlik o’tkazish, ayni vaqtda ularning umumiy unsurlarini ko’rsatish imkonini beradi.
O’qituvchi o’quvchilar juftligidan (sinfni ikki guruhga bo’lgan holda) Venn diagrammasti tuzib, unda tegishlicha fahat al-Buxoriy va faqat at-Termiziyga taaluqli bo’lgan doiralarning ikki qisminigina to’ldirishni so’raydi. So’ngra juft boshka juftga ho’shiladi va to’rt kishi o’z diagrammalarini taqqoslashlari so’ngra o’rtasida ular ko’rganidek, ikala alloma uchun umumiy bo’lgan xususiyatlar ro’yxatini tuzishlari mumkin.
Ibn Sinoning hikmatlaridan foydalangan holda quyidagi darsni 3-sinf o`qish darsida o’tish mumkin.
Innovatsion usullardan biri bu B-B-B (bilamiz, bilishni xoxlaymiz, bildik) jadvali bilan ishlashdir. «B- B-B- (bilamiz, bilishni xoxlaymiz, bildik) usuli mashg`ulot jarayonida matnni tushunishni kuzatishdagi grafik tashkilotchi hisoblanadi».
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Abdullaeva Q.A.,Safarova R.G‘.,Bikbaeva N.U, Baxramov. Boshlang‘ich ta‘lim davlat ta‘lim standarti. Boshlang‘ich ta‘lim jurnali №6 –2010 y. 2.Abdullaeva Q.A,Safarova R.G‘,Bikbaeva N.U,Baxramov. 3.Boshlang‘ich ta‘lim konsepsiyasi. Boshlang‘ich ta‘lim jurnali № 6-1998 y. 4.Abdullaeva Q.Ochilov M.,K.Nazarov,S.Fuzailov,N.Bikbaeva «Boshlang‘ich maktab darsliklarini yaratish mezonlari.T.:1999. 5. R.A.Mavlonova,.Raxmonqulova. Boshlang‘ich ta‘limning integratsiyalashgan pedagogikasi T.:Ili-Ziyo 2009 y. 6.Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus kasb-hunar ta‘limi jarayonida fanlararo uzviylikni ta‘minlash muammolari respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi Toshkent – 2009 y. 7. O‘zbekiston Respublikasining «Boshlang‘ich sinf tarbiya va sport to‘g‘risida» qonuni (Yangi taxrirda). 2000. 8. O‘zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‘g‘risida» qonuni. 1997. 9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining «O‘zbekistonda Boshlang‘ich sinf tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida» qarori. 1999. 27 may.
"
Do'stlaringiz bilan baham: |