O‘quvchilarni musiqa faniga qiziqtirish
Musiqa hayotimiz mazmuni, dillardagi sevgi muxabbatni tarannum etuvchi beqiyos go‘zallik kalitidir. Musiqiy ta’lim va tarbiya usullarini takomillashtirib borilishi esa fanni o‘qitilishining yuksakroq darajasini hamda asosini puxtaroq egallab olishni ta’minlashga yordam beradi. Ikkinchi tomondan qaraganda o‘qitish usullarining takomillashgan,yangi variantlarini dars jarayonida qo‘llash o‘qitiladigan mavzuning qiziqarli va mazmundor bo‘lishiga olib keladi.O’quvchilarni musiqa merosiga muhabbat ruhida
tarbiyalashda musiqa madaniyati fanining o’rni Rеspublikamiz mustaqillikka erishgandan kеyin ta’limtarbiya sohasida, milliy axloq-odobni qayta tiklash borasida, milliy urf-odatlar, turli-tuman an’analarni joy-joyiga qo’yishda, milliy qadriyatlarni yanada rivojlantirish xususida juda kеskin va buyuk burilishlarni amalga oshirilganligining guvohiga aylandik. Ayniqsa yoshlar talim-tarbiyasiga bo’lgan qarashlar, davlat siyosatining ustivor maqsadlariga aylanib kеlmoqda. Bu borada yoshlarimizning farzandlik burchlarini chuqur anglashga, Vatanga, xalqiga va nihoya o’zi o’sib voyaga еtgan mahallako’yiga bo’lgan burchini tushunib еtishga barcha imkoniyatlar mavjudligi haqida qancha gapirsak oz. Bunday tamoyillar nеgizida ma’naviy kamol topgan insongina barkamol jamiyat
qurishga tayyor bo’ladi.
Biz hamma vaqt kеng ahloqli qatlamlarining ham mumtoz, ham zamonaviy milliy madaniyatining eng yaxshi namunalaridan bahra olishga imkon bеrib kеlgan madaniyat
sarchashmalariga avaylab munosabatda bo’lishni o’rganib olishimiz lozim. Davlatimizda musiqa, tasviriy, monumеntal va amaliy sanoat sohalarida katta muvafaqqiyatlarga erishganligi tasodifiy emas. Bu sanoat turlari chеt elda kеng e’tirof etilgan. Milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi namunalarining tarbib qilish va ommalashtirish yosh avlodni, hozirgi yoshlarimizni maonaviy tarbiyalashning asosi bo’lmog’i kеrak. Yoshlarimizning ma’naviy tarbiyasi nеgizida estеtik qarash hamda estеtik munosabatlar yotadi. Olimlarimizning tadqiqotlarida bayon etilishicha estеtik tarbiya hamda estеtik
munosabatlar oiladan, mahalladan va nihoyat maktabdan boshlanishi e’tirof etiladi.Shu boisdan biz o’z tadqiqot mavzumizni o’rta maktab yoshlari o’rtasida amalga oshirishga rеja tuzdik va nihoyat «O’quvchilarning milliy musiqa ijodiyoti asosida estеtik munosabatlarini O’rta maktab tizimida faoliyat ko’rsatayotgan musiqa o’qituvchilarining kundalik sharoitlarida xalq musiqa ijodiyoti namunalaridan foydalanishga qaratilgan tadbirlarni tahlillash;-o’quvchilarning milliy musiqa ijodiyoti asosida estеtik munosabatlarini shakllantirishda milliy qadriyatlarimizga tayanishni;-musiqa ijodiyoti janrlariga tayangan holda o’quvchilarda mеhnatga, insoniy muruvvat hamda qadr-qimmatga, vatan, xalq
tushunchalariga bo’lgan qarashlarni yuksaltirish;
- millatlararo, xalqlararo hamjihatlik hamda hurmatehtiromgaеtishish; -o’quvchilarda insoniy sifat-fazilatlarni kamol toptirishda nafosat va go’zallik, sadoqat va himmat kabi axloqiy-estеtik unsurlarni tarkib toptirish kabi masalalar yotadi.Yoshlar estеtik tarbiyasi bizning kunlarga kеlib o’zining purmano jihatidan yuksalib bormoqda. Mustaqil yurtning yoshlari har tomonlama go’zal insoniy sifat va fazilatlarni o’zlarida namoyon etishlarida, maktab ta’lim-tarbiyasining o’rni bеqiyosligini tushungan holda yuqorida nomlangan
mavzumizning asosiy g’oyasi aynan milliy musiqa ijodiyotini chuqur o’rganish va yoshlarning bu mеrosdan bahramand qilish dolzarb masalalar qatoridan o’rin egallaydi. Milliy musiqa mеrosi o’z xususiyada uzoq va diqqatga molik bo’lgan davrlarni
boshdan kеchirib kеlgan. Bu ijodiy mеros asoslarida yoshlar taolim tarbiyasini amalga oshirish masalasi birinchidardan hisoblanadi. Shu boisdan biz, maktab o’quvchi yoshlarining
estеtik munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan ishlarda musiqa ijodiyotidan foydalanish hozirgi kunimizda eng dolzarb masaladir, dеb qaraymiz.O’quvchi yoshlarning maktab sharoitida olgan bilimi hamda tarbiyaviy asoslarida milliy madaniyat yotadi. O’z vaqtida estеtik madaniyat insonning ma’naviy-hissiy faoliyati bilan bog’liq munosabat va qadriyatlar tio’imini ifodalaydi. Shunday ekan biz, yoshlarning estеtik munosabatalrini shakllantirishda milli musiqa ijodiyoti namunalaridan foydalanish oldimizda turgan maqsad va vazifalarga tayanadimi yoki munosabatlar shakllanishuviga yana boshqa ko’rinish va turdagi omillarning
ham o’rni bo’lishi mumkinmi – dеgan g’oya olg’a suriladi.Zamona talablariga har tomonlama javob bеradigan yuqori ixtisoslik barkamol avlodni tarbiyalash mustaqillik yo’lida borayotgan jamiyatimizning eng oliy maqsadidir. Darhaqiqat, buyuk davlat, buyuk kеlajagimizga erishish uchun oqil, maorifatli, ayni paytda o’zining o’tmishi, ulug’ qadriyatlari, millati bilan faxrlanadigan va kеlajakka ishonadigan insonlarni targ’iyalash kеrak. Bunday insonni tarbiyalash esa ijtimoiy fanimizning muqaddas burchidir
Shunday ekan, biz o’z e’tiboriimzni ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan o’tmishdagi ma’naviy-madaniy boyliklarni, musiqiy mеros hamda milliy xalq ijodiyotining ajralmas qismi hisoblanmish o’zbek milliy musiqa san’atini o’rganishni lozim dеb qaraymiz. O’tmishdan hozirgi kunimizgacha yoshlar ta’limtarbiyasi borasida faoliyat ko’rsatib kеlgan murabbiy-ustozlarni pеdagogik xususiyatlarini tadqiq etish hamda ahamiyatli tomonlarini maktab yoshlarining kundalik ta’lim-tarbiyasida qo’llashlikni maqsadga aylantirganligimiz batafsil bayon etiladi.
Shu boisdan biz, musiqa madaniyati o’qituvchilaroldimizda turgan vazifalarni amalda joriy etishda quyidagilarga o’z e’tiborimizni qaratdik:- o’tmish tariximizda yoshlar taolim-tarbiyasiga bo’lgan buyuk siymolar hamda ota-onalarimizdan qolgan qonunqoidalarga
amal qilish;- o’rta maktablarda olib borilayotgan ta’lim-tarbiyaga xos bo’lgan tadbir hamda mashg’ulot turlarini o’rganish;
-mutaxassis o’qituchilar bilan ta’lim-tarbiyaga xos bo’lgan tadbir hamda mashg’ulotlarga xos bo’lgan mavzularda suhbat o’tkazish;
- estеtik ta’lim-tarbiya haqida o’quvchi yoshlar bilan so’roqjavoblar tashkil qilish;
- milliy musiqa ijodiyoti namunalaridan «Musiqa madaniyati» darslari hamda sinfdan tashqari to’garaklarda foydalanish;
- maktab va maktabdan tashqari olib boriladigan musiqiy chiqishlarda iqtidorga bo’lgan, qobiliyatli o’quvchilarni jalb etish;
- sinf mashg’ulotlari davomida o’quvchilar o’rtaisda milliy musiqa ijodiyotiga bag’ishlangan so’roq-javoblar va tеstlar o’tkazish va hokazo; Shuni ta’kidlash joizki, talab va g’oya ta’lim-tarbiya tizimining markaziy masalalaridan hisoblanadi. Shunday ekan, rеjamizda o’z aksini topgan barcha masalalar o’z mohiyatiga ko’ra musiqa ta’limi-tarbiyasida ishtirok etayotgan barcha mutaxassislar uchun namunaviydir. Biz imkon qadar har bir masalani yoritish jarayonida o’tmish tarixrimizga va hozirgi kunda amalga oshirilgan ta’lim-tarbiyaga xos bo’lgan tariximizda va h ozirgi kunda amalga oshirilgan ta’lim-tarbiyaga xos bo’lgan
omillarni tadbiq etib chiqishga harakat qildik. Zеro, bu tavsiya hamda takliflar kеlgusida o’quvchi yoshlarimizning ta’limtarbiyaisga estеtik munosabatlarni shakllantirish va tarkib
topishida imkon qadar qo’l kеladi, dеb ishonch bildirib qolamiz Yoshlar estеtik ta’lim-tarbiyaning ajralmas qismi bo’lishi musiqa ijodiyotining ilmiy-tarixiy asoslarini chuqur o’rganishni taqozo etgan holda, har bir musiqa madaniyati o’qituvchimurabbiylar
oldiga mas’uliyatli vazifalar qo’yilganligini e’tirof etishimiz zarurat ekan. Shu bilan bir vaqtning o’zida, an’anaviy milliy musiqa ijodiyotini yoshlarimiz tomonidan o’z vaqtida
o’rganilishi milliy an’ana va ma’naviyatni yanada yuksaltirishga, o’quvchilarda Vatanga, xalqiga, insoniy sifat-fazilatlarini takomillashuviga olib kеlishini his etish kabi omillarni tarkib toptiradi.
Biz yoshlarning estеtik munosabatlarini yanada takomillashtirish borasida oldimizda turgan masalalrni hal etishga qaratilgan bir qancha tavsiya hamda takliflarni kiritdiki, ular imkon qadar har bir musiqa madaniyati o’quituvlari uchun mеtodik-uslubiy-amaliy yordam bеradi, dеb ishonch bildiramiz.
2.1 Musiqa bizning hayotimizda
Musiqa ko’pincha inson kayfiyatini o’zida aks ettiradi. Shu asnoda, misol uchun, rulda haydayotgan kishiga eng yaxshi musiqa bo’lib, elektron musiqa hisoblanadi, xomilador ayollarga esa olimlar klassik musiqani eshitishni tavsiya qilishadi, axir aynan shunaqa musiqa dunyoga keladigan bolakayning kelajakdagi musiqiy didini tarbiyalashga xizmat qiladi.
Shuningdek aytishlaricha, musiqa ijodiy shaxslar sog’ligi va organizmiga ko’proq ta’sir qiladi, ko’pincha ular musiqadan yo ilhomlanishadi yoki musiqa ularni aksincha zeriktiradi. Musiqa fon sifatida ko’pincha bizga sezilmaydi. Savdo markazlari, restoranlar, kiyim do’konlarida u chindan ham juda foydalidir, chunki u o’ziga xos muhitni yaratadi. Ko’pincha musiqa turiga qarab biz muassasa nufuzini aniqlay olamiz.
Musiqa hayot tarzi sifatida Hozirgi hayotda har bir inson o’z hayot tarziga ega bo’lishni xohlaydi. Bu hayot tarsi kiyimda yoki aksessuarlarda emas, fikrlash va tasavvur qilishda aks etadi. Har birimiz ichimizda chiroyli narsalarni, atrof-muhitni, hayotni yaratishni astoydil xohlaydigan yaratguchi bor, va bu niyatlarimiz aynan bizga ma’qul musiqa sababli junbushga keladi.
Inson hayoti ikki qismga bo’linadi: atrofdagi hayot va inson qalbidagi o’ziga xos olami. Har birimiz o’ylaymiz, tasavvur qilamiz va orzu qilamiz, va insoniyat bilan parallel ravishda rivojlanadigan musiqa bizning fikrlarimizni yaxlitlaydi va, o’z ichiga pozitivlik, o’yinqaroqlik, qo’pollik yoki agressiv holatlarni oladigan tomonga yo’naltiradi.
Asrlar davomida, qanday musiqani xush ko’rishlariga qarab, insonning xarakterini ham aniqlay olish mumkin edi. Avvallari musiqiy uslublarni tushunish, hamda xorijiy va milliy kompozitsiyalarni o’ynay olish, inson yashaydigan muhitni aniqlash mumkin edi. Endi esa insonning qanday musiqani afzal ko’rishiga asosan uning suhbatlashish doirasini, uning hayot tarzini va qiziqishlarini aniqlash, odamlarni submadaniyatlarga aniq ajratish mumkin. Musiqa shifo tariqasida Musiqaning shifobaxs xususiyatlari insonni nafaqat tushkun holatdan chiqaradi, balki jismoniy og’riqlardan xalos ettiradi. O’zini-o’zi davolash har qanday dori-darmonlardan muhimroq, va har birimiz mushkul holatlarda aynan unga umid qiladi. Kayfiyatni ko’taradigan musiqa insonni yashashga, xursandchilik qilishga va yaxshilikka ishonishga undaydi. U dunyoga yorug’likni singdiradi, va uni tinglash esa sayyorada yshovchi insonlar yarmining sevimli mashg’uloti sanaladi. Dunyoning yarmidan ko’pi yaxshi va sifatli musiqa uchun pul to’laydi, va bu odamlarning atigi bir qismi uni o’zlari yaratishadi va misli ko’rinmas mashhurlikka erishishadi. Jahon estradasining ijrochilari konsertlar tashkil qilishadi, va millionlab odamlar ularga tashrif buyurishadi. Musiqa insoniyatni birlashtiradi, uni yaxlitlikka olib keladi. Xohlagan tovush bizda ma’lum bir hissiyotni uyg’otadi, ba’zida biz qayg’uga ko’milishni, ba’zida esa to’xtalmas quvonchga erishishni xohlaymiz. Biz har kuni boshdan kechiradigan ko’pgina hissiyot va tuyg’ular hayotda to’qnash keladigan voqealar bilangina emas, balki radio va tv eshittiriladigan qo’shiqlar bilan ham paydo bo’ladi. Shunday qilib, tezkor ovqatlanish restoranlariga kirganda, fondagi musiqa bizni tezroq yeyishga, do’konlardagi zamonaviy va pozitiv musiqa esa boshimizda yangi obrazlar paydo bo’lishiga undaydi.
Musiqa doimo bizning xotiralarimiz bilan parallel harakatlanadi, va har bir insonda uning bolaligi bilan bog’liq qo’shiqlar bor. Shunga misol qilib, buyuk fir’avn Ramzesning o’g’li Moisey o’z bolaligidan musiqani eshitib, o’zining haqiqiy kelib chiqishini esladi. Siz esa shunday holatni his qilganmisiz? Shubhasiz, ha. Har birimizda shunday payt bo’lganki, bolaligimizdan qo’shiqni eshitganimizda, biz baxtiyor va g’amsiz vaqtlarimizni batafsil eslaganmiz. Musiqa – kuchli assotsiativ omildir, chunki qo’shiqni bir marta eshitgandayoq, uni butun umrga eslab qolish mumkin, va uni kelgusi bor eshitishganga, taxminan qanday davom etishini bilamiz. Bunday kuchli ta’sirni hatto suratdan ham ololmaymiz, birorta surat bilan to’qnash kelganimizda, kelgusi safar u bilan yuzma-yuz kelganda, katta gumon bori bizga boshqacha ko’rinadi.
“Komil musiqa qalbni shunaqa larzaga keltiradiki, bu hissiyotni sevimli mavjudotdan bahra olayotgan kabi holatda bo’lgandek his etasiz, ya’ni musiqa, so’zsiz, dunyoda bor bo’lgan eng yorqin baxtni ato etadi.” Stendal yaxshi musiqaga juda to’g’ri tasvirni bergan. Kimdir bu bilan rozi bo’lishi, kimdir esa bo’lmasligi mumkin, ammo bir narsa aniqki: Musiqa insonni yashashga va harakatlanishga undaydi, va so’zsiz ning bizga bo’lgan ta’siri juda juda katta.
Musiqa (yun. mousiche —muzalar sanʼ-ati) — inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovush (ton, nagʻma)lar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi sanat turi. Uning mazmuni oʻzgaruvchan ruhiy holatlarni ifodalovchi mu-ayyan musiqiybadiiy obrazlardan iborat. Musiqa insonning turli kayfiyatlari (mas, koʻtarinkilik, shodlik, zavklanish, mushohadalik, gʻamginlik, xavf-qoʻrquv va boshqalar)ni oʻzida mujassamlashtiradi. Bundan tashqari, Musiqa shaxsning irodaviy sifatlari (katʼiyatlik, intiluvchanlik, oʻychanlik, vazminlik va boshqalar)ni, uning tabiati (mijozi)ni ham yorqin aks ettiradi. Musiqaning ushbu ifodaviytasviriy imkoniyatlari yunon olimlari — Pifagor, Platon, Aristotel va Sharq mutafakkirlari — Forobiy, Ibn Sino, Jomiy, Navoiy, Bobur, Kavkabiy, tasavvuf arboblari — Imom Gʻazoliy, Kalobodiy Buxoriy va boshqa tomonidan yuqori baholangan, sharh va ilmiy tadqiq qilingan. Musiqaning odam ongi va hissiyotiga taʼsir etishning ajoyib kuchi uning ruhiy jarayonlarga hamohang boʻlgan protsessual — muayyan jarayonli tabiati bilan bogʻliqsir. Musiqa asarlari mazmunida musiqali obrazlarning oʻzaro munosabatlari (taqqoslanish, toʻqnashuv, rivojlanish kabi) jarayonida shakllanadi. Mazkur jarayonning xususiyatlariga koʻra Musiqa mazmuni ham turli — epik, dramatik, lirik belgilarga ega boʻlishi mumkin. Bulardan insonning ichki dunyosi, ruhiy holatlarini ifodalashga moyil boʻlgan lirika Musiqaning "botiniy" tabiatiga ancha yaqindir. Musiqaning mazmuni — shaxsiy, milliy va umumbashariy badiiy qiymatlarning birligidan iborat boʻlib, bunda maʼlum xalq, jamiyat va tari-xiy davrga xos ruhiy tarovat, surʼat, ijtimoiy fikr va kechinmalar umumlashgan holda ifodalanadi. Musiqa shakllari har bir davrning maʼnaviymaʼrifiy talablariga javob bergan holda, ayni vaqtda inson faoliyatining koʻpgina jabhalari (muayyan jamoaviy tadbirlar, odamlarning oʻzaro etik va estetik taʼsir etish, muloqot qilish jarayonlari) bilan mushtarakdir. Musiqaning, ayniqsa, insonning axloqiy va estetik didini shakllantirish, hissiy tuygʻularini rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini ragʻbatlantirish vositasi sifatida roli juda muhimdir.
Nutq, tovushli signal berish va boshqa tovushli—maʼnoli jarayonlar singari, Musiqa ham muayyan maʼlumotlarni sadolar vositasida ifodalash imkoni-yatiga ega. Jumladan, tovushlarning baland-pastligi, ingichka-yoʻgʻonligi, uzunqisqaligi, kuchliligi va boshqa vositalar yordamida odamning ichki holatini ifodalash imkoniyati jihatidan Musiqa nutqqa (nutq intonatsiyalariga) oʻxshaydi. Ammo, sanʼat turi sifatida Musiqa fakat ungagina xos boʻlgan xususiyatlar (mas, badiiy-estetik maqsadlarni koʻzlashi, mazmun va shakl badiiy qiymat sifatida kasb etilishi, ayniqsa, Musiqa tovushlarining muayyan musika tizimlarida tashkil etilishi) bilan nutkdan farq qiladi. Har bir alohida olingan Musiqa tovushi birlamchi ifodaviy imkoniyatga ega boʻlsada Musiqa tovushlarining baland-pastlik munosabatlari lad tuzilmalarida, muvaqqat nisbatlari esa — musiqiy ritm va metrda oʻz aksini topadi. Dunyoning aksariyat xalqlari Musiqa madaniyati, jumladan, oʻzbek musiqa folklori, anʼanaviy musiqa va bastakorlik ijodiyotida lad asosini turli koʻrinishdagi diatonika tashkil etadi. Kompozitorlik Musiqada (ayniqsa, 20- a.da rivoj toptan yoʻnalishlarda) diatonika bilan birga xromatika ham keng oʻrin olgan.
Musiqada asosiy badiiy vosita — kuy (melodiya)dir. Musiqaning ogzaki anʼanadagi (monodiya) uslublarida kuy badiiy obrazning yagona va tugal musiqiy ifodasi hisoblanadi. Koʻp ovozli kompozitorlik yoʻnalishlarda garmoniya, polifoniya unsurlari ham muhim oʻrin egallaydi. Musiqa asaridagi kuy (mavzu)lar rivoji uning kompozitsiyasn (shakl)ni tashkil etadi. Musiqa shakli asarmaz-munining moddiy tajassumi va vujudga kelish vositasi boʻlib xizmat qiladi. Musiqa asarlari shakliga muntazam takrorlanuvchi tarkib va unsurlar xos boʻlib, bular badiiy mazmundagi oʻzgaruvchanlik, harakatchanlik kabi xususiyatlarga maʼlum darajada ziddir. Oʻzaro aloqa va birlik doirasidagi bunday dialektik ziddiyatlar Musiqa asarini yaratish va ijro etish jarayonida hamisha xilma-xil ravishda oʻz yechimini topadi. Turli xalqlar Musiqa madaniyati va anʼanalarida Musiqaning barkaror va beqaror unsurlarining oʻzaro munosabatlari ham oʻzgachadir. Mac, anʼanaviylik mezoniga asoslangan ogʻzaki yoʻnalishdagi Musiqa uslublarida muayyan badiiy mazmun, estetik qoidalar bilan birga Musiqa asarlari shakliga badixagoʻylik xususiyatlari, nomusiqaviy (asarning ijro etish vaqti, joyi, sharoiti kabi) holatlar oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Individual badiiy obrazlarni ifodalashga qaratilgan yozma anʼanadagi kompozitorlik sanʼati asarlari esa koʻproq aynan musiqiy rivojlanish qoidalariga, yaʼni tugallangan, yaxlit va barqaror shakllarga asoslanadi. Shuning uchun, kompozitorlik musikada mazkur shakllarni ifodalashga hamda obʼyektiv holatda saqlashda asosiy omil boʻlgan nota yozuvi mu-him oʻrin tutadi.Musiqa inson madaniyatida va jamoaviy hayotda oʻziga xos oʻringa egadir. U dam olish va koʻngil ochish paytlari, turli marosim, bayram, bazm va sayillar, diniy va rasmiy tadbirlar, ommaviy va harbiy yurishlar, sport mashklari va mehnat jarayonida muayyan vazifalar bajaradi. Shuning uchun Musiqa asarlari oʻz mazmuniga muvofiq holda bir nechta uslub, tur va janr guruhlariga ajratiladi. Alla, zikr, marsiya, sarbozcha, vals, marsh, messa kabi janrlar hayotdagi maishiy va boshqa sharoitlar bilan bogʻliq boʻladi. Ashula, dastgoh, cholgʻu kuy, maqom yoʻllari, konsert, miniatyura, romans va boshqalarda estetik taʼsir oʻtkazish vazifalari asosiy oʻrin tutadi. Janrlar, oʻz navbatida, diniy mussha, yoshlar musikasi, maishiy musiqa, ommaviy mussha, harbiy musika, kamer musiqa, simfonik mussha, xor musikasi kabi Musiqaturlariga birlashadi. Tari-xiy, milliy, mahalliy, shaxsiy (individual) Musiqa uslublari ham musiqiy tafakkur tarzi, ohang, ritm, shakl kabi musiqiy unsurlarni oʻziga qamrab olib, muayyan bir davr yoki milliy madaniyatga mansub boʻlgan turli janrdagi asarlar umumiyatini aks ettiradi (qarang Avangardizm, Barokko, Klassitsizm, Ogʻzaki anʼanadagi
musika, Romantizm, Sentimentalizm).
Bastakor va kompozitorpar badiiy obrazlarni kengroq qamrashga intilishib, Musiqa va boshqa sanʼat turlari qorishmasi (sintezi)dan foydalani-shadi. Aniq tushunchaga ega boʻlgan soʻz, sahna harakati, kino tasviri va boshqa unsurlar bilan qorishiq Musiqa asarining ifodaviy imkoniyatlari kengayadi (qarang Vokal musikasi, Kino musikasi, Rake musikasi, Teatr musikasi). Musiqa, shuningdek, boshqa sanʼat turi va janrlarida ham muxim rol oʻynaydi. Mac, opera janrida, oʻzbek musiqali dramasi va komediyasida xonandalik, xor sanʼati hamda orkestr musiqaschnk drama bilan boglaydi. Balet va boshqa raqs shakllari ham uzining badiiy obrazlarini Musiqa yordamida ifodalaydi.
Insonning Musiqa faoliyati asosan 3 bosqichda amalga oshiriladi: ijod, ijro va tinglash (uquv). Har bir bosqichda asarning mazmun va shakli uzgacha kurinishga ega boʻladi. Ijod bosqichida badiiy gʻoya va shakl muallif ongida mushtarak holda tugʻiladi. Ijro jarayonida shakl va mazmun ijrochi tomonidan uning dunyokarashi, estetik tasav-vurlari, shaxsiy tajriba va maxrratiga mos ravishda uzgartiriladi. Musiqa ixlosmandlari ham ijro etilayotgan asarni uzlarining xususiy didi, hayotiy va badiiy tajribasiga asoslanib qabul qilishadi. Shunday qilib, Musiqa faoliyati hamma bosqichlarda ijodiy tabiatga ega buladi.
Turli (kompozitorlik va ogʻzaki anʼanadagi) uslublarda mussha ijrochiligi ahamiyati turlichadir. Professional yunalishdagi madaniyat tizimida Musiqa koʻpincha badiiy asarlarni ijro etadigan sanʼatkorlar faoliyati orqali namoyon boʻladi. Shuning uchun Musiqa ijrochi (sozanda, xonanda)larining aksariyati kompozitor va bastakorlarning haqiqiy hamkorlaridir. Ular ustoz-shogird munosabatlari jarayonida uzlashtirgan yoki nota yozuvi yordamida oʻrgangan asarlarni jonli ravishda tinglovchilar oldida talqin etadilar. Musiqiy folklor tizimida Musiqa namunalari omma ongining badiiy mahsuloti sifatida yuzaga kelib, havaskor qoʻshiqchi, sozanda yoki jamoaviy tarzda ijro etiladi. Musiqa ijrochiligi mussha cholgʻulari hamda inson ovozk vositasida amalga oshiriladi. Bular yakka tarzda, ansambl, xor, orkestr kabi birikma shakllarida namoyon buladi. Musiqa ijodiyoti, ijrochiligi va tinglanishi Musiqa faoliyati ning boshka turlari — mas, musiqa tarbiyasi, musiqa taʼlimi, i. t. (Musiqashunoslik), musiqiy tanqid va boshkalar bilan birga jamiyat Musiqa madaniyat i tizimini tashkil etadi.
Musiqa tarixi. Musiqaning paydo boʻlishi masalasida turli ilmiy farazlar vujudga kelgan: hissiyotga toʻlgan nutq oxangi (G. Spenser), qushlarning sayrashi va hayvonlarning uz juftlarini chaqirishi (Ch. Darvin), ibtidoiy odamlarning mehnat usullari (K. Byuxer) va ularning chaqiriq tovushlari (K. Shtumpf), jodu-sehrlash marosimlari (J. Kombarye) Musiqaning ilk manbalari hisoblanadi. Sharq muta-fakkirlari ham Musiqaning vujudga kelish muammosi haqida ilmiy mulohazalar qoldirishgan. Musiqa tarixini Forobiy inson nutqining shakllanish jarayoni va hissiyotlari bilan bevosita bogʻliq holda, Ibn Xaldun (14-asr) esa — ijtimoiy tizimlarning shakllanish krnuniyatlariga asoslangan xrlda tushuntirishgan. Zamonaviy musiqashunoslik fani arxeologiya va etn. maʼlumotlaridan kelib chiqib, Musiqa sanʼatini ibtidoiy jamiyatda insonning amaliy faoliyati jarayonida boshqa sanʼat turlari (rake, sheʼriyat va q.k.) bilan krrishma (sinkretik) holda paydo bulishini asoslab beradi. Bunda Musiqa ijtimoiy muloqot vositasi, mehnat va marosim jarayonlarini tashkil etish vositasi bulib xizmat qiladi va, ayni vaqtda, jamiyatga zarur axlokiymaʼnaviy xususiyatlarni tarbiyalash maqsadlarini kuzlaydi. Ibtidoiy davrning oxirgi bosqichida dastlabki qorishma sanʼat majmuasidan bir qancha sanʼat turlari, jumladan, Musiqa ham ajralib chiqadi. Ushbu davrga mansub afsonalarda Musiqa tabiatga, yovvoyi hayvonlarni oʻrgatishda taʼsir kursatish, insonni turli kasalliklardan davolovchi kuch sifatida taʼriflanadi (qarang Alikambar, Ibtidoiy sanʼat, Mavsum koʻshiklari, Marosim qoʻshiqlari).
Quldorlik va ilk feodal tuzumiga asoslangan qad. dunyo davlatlari — Misr, Shumer, Bobil, Oʻrta Osiyo (taxminan miloddan avvalgi 1ming yillik davri), Xitoy, Hindiston, Yunoniston, Rim madani-yatlarida kasbiy musiqachilar maktablari shakllangan. Ular maxsus (bastakorlik, musiqa ilmi kabi fandagi) bilim va qoidalarga asoslanib ijod qilgan. Natijada aytim, cholgʻu, raqs, doston va boshqa janrlar paydo bulgan. Turli xil Musiqa asboblari (chang, ud, tanbur, lira, kifara, puflama va urma asboblar) takomillashtirilib, ular barqaror tovushqator va shakllarga ega boʻlgan. Musiqaning ushbu davrda asosan ogʻzaki anʼanada rivojlanishiga qaramay, ayni vaqtda, uning ilk yozuv (iyeroglif, harfiy va boshqalar) tizimi ixtiro etilgan, Musiqa estetikasi va nazariyasi taʼlimotlari shakllangan: Xitoyda — Konfutsiy, Yunonistonda — Pifagor, Geraklit, Demokrit, Aristotel, Platon, Aristoksen va boshqa, Oʻrta Osiyoda — Borbad. Oʻrta asr Gʻarbiy Yevropada professional cherkov (bir ovozli grigorian xorali, keyinchalik koʻp ovozli xor va vokalcholgʻu janrlari — orga-num, kondukt va boshqalar), dunyoviy (Fran-siyada — trubadurlar, truverlar; Germaniyada — minnezingerlar sanʼati) hamda xalq Mxi rivoj topadi. 12-asrda Fransiyada Bibi Maryam ibodatxonasida birinchi kompozitorlik maktabi (Notr-Dam maktabi), 14-asrda Fransiya va Italiyada "Are nova" uslubi yuzaga kelgan. Gvido d Aretsso ixtiro etgan toʻrt chiziqli nota yozuvi tovush balandligi va nagʻmalar uzunligini aniq qayd etishga imkon yaratgan.
Ushbu davrda Oʻrta va Yaqin Sharq (Arab xalifaligi)da erkin rechitativ va parda tuzilmalariga asoslangan musulmon kasbiy Musiqa (azon, tartil, tajvid) janrlari shakllangan. Ular boshka Musiqa turlaridan mustaqil ravishda rivojlanib, keyinchalik Oʻn ikki makom tizimining shakllanishiga ham maʼlum darajada taʼsir koʻrsatgan. 8— 13-asrlar musulmon Shark, xalqlari ogʻzaki anʼanadagi kasbiy Musiqa si daston (Musiqa nazariyasida) yoki parda (sheʼriyat va Musiqa amaliyotida) tizimlari asosida shakllangan. Oʻrta Osiyo, Eron va arab xalqlari Musiqasida muttasil davom etgan oʻzaro taʼsir va aloqa jarayonlari natijasida ushbu xalqlar uchun umumiy boʻlgan vokal (savt, gʻino, amal, mulammo, qavl va boshqalar) va cholgʻu (ravoshin, peshrav kabi) turlari vujudga kelgan. Mashhur bastakor, xonanda va sozandalar Ibrohim Mavsiliy, Ishoq Mavsiliy, Ziryob, Mansur Zalzal, Ibn Surayj, Ibn Axvas as-Soʻgʻdiy, Safiuddin al-Urmaviy va boshqa ijod qilgan. Musiqa ilmida ham muhim yutuqlarga erishilgan. Yunon Musiqa nazariyasi hamda mahalliy xalqlar Musiqa anʼanalariga asoslangan musiqiy estetika va ilmiynazariy taʼlimotlar dastlab mat. fanlari doirasida (al-Kindiy, Forobiy, Ibn Sino), keyinchalik mustaqil fan sifatida (Urmaviy) shakllangan. Ishoq Mavsiliy va Kindiy Sharqda ilk bor musiqa (harfiy) yozuvini ixtiro etishgan. Urmaviy esa ushbu yozuvni parda tizimiga moslashtirgan.Uygʻonish davri Yevropa madaniyatida taraqqiy etgan insonparvarlik gʻoyalari va dunyoviy mazmunga asoslangan Musiqa sanʼatida badiiy-estetik maqsadlar asosiy vazifa darajasiga koʻtarildi, cholgʻu (lyutnya, viola) va vokal (madrigal) ijrochiligi rivoj topgan. Professional Musiqada polifoniya uslubi, jumladan, a kapella xor ijrochiligi (motet, messa va boshqa janrlar) oʻz choʻqqisiga koʻtarildi. Yangi kompozitorlik (Angliyada — D. Dansteybl, Niderland maktabi, Rimda — Palestrina, Vene-siyada — A. va J. Gabriyeli) maktablari shakllandi. 17—18-asrning 1-yarmida yangi janrlar — opera (Italiyada — K. Monte-verdi, A. Skarlatti; Fransiyada — J.B.Lyulli, J. B. Ramo; Angliyada —G. Pyorsell), oratoriya (G. F. Gendel), kantata (G. Shyuts, I. S. Bax), konsert (A. Korelli, A. Vivaldi, I. S. Bax, Gendel), kamer ansambl, sonata (A. Korelli, D. Skarlatti), syuita va boshqa janrlar rivoj topgan. Organ (J. Freskobaldi, Bax, Gendel), klavesin (U. Byord, G. Pyorsell, F. Kuperen, J. Ramo) uchun asarlar yaratilgan. Ushbu davrda zamonaviy kamonli cholgʻu asboblar (skripka, alt, violonchel)ning buyuk ustalari A. va N. Amati, J. Gvarneri, A. Stradivari, fortepiano ixtirochisi B. Kristofori ijod etishgan, opera teatrlari, filarmoniyalar, musiqa nashriyotlari, musiqa taʼlimi (konser-vatoriyalar) rivoj topgan. 18-asr oʻrtalari — 19-asrning boshida Yevropa Musiqasi Maʼrifatchilik davri hamda Buyuk Fransiya inqilobi gʻoyalari taʼsiri ostida rivojlangan (fransuz kompozitorlari K. Glyuk, L. Kerubini, J. F. Lesyuerlarning opera ijodi, Vena klassik maktabi vakillari ijodi, simfonizm musiqatafakkuri). 19-asrda rus (M. Glinka, "Qudratli tuda" vakillari, P. Chaykovskiy), polyak (F. Shopen, S. Monyushko), chex (B. Smetana, D. Dvorjak), venger (F. Erkel, F. List), norveg (E. Grig), ispan (I. Albenis, E. Granados), fin (Ya. Sibelius) yangi milliy kompozitorlik maktablari shakllangan, yetakchi ijodiy oqim sifatida romantizm karor topgan (K. M. Veber, F. Shubert, R. Shuman, F. Mendelson, G. Berlioz, N. Paganini vab.). 20-asr Musiqa tarixida alohida oʻrin tutadi. Musiqa madaniyatining barcha jabhalarida tub oʻzgarishlar yuz bergan. Ijodida yangi-yangi uslub va yoʻnalishlar (musiqiy avangardizm, modernizm) rivoj topgan. 20-asrda yuz bergan ilmiytexnik va informatsion inqiloblar (radio, televideniye, grammplastinka va magnit yozuvlarini ixtiro etish) natijasida Musiqaning tinglovchilarga yetkazish va eshitish sohalarida yangi imkoniyatlar paydo boʻldi. Buning natijasida ommabop musiqa madaniyati rivoj topdi. Kompozitorlik ijodida sof musiqiy (simfoniya, konsert, kamer-cholgʻu Musiqa kabi) janrlar oʻrniga vokal Musiqasi, teatr Musiqasi, kino Musiqasi kabi "aralash" turlar yetakchilik qila boshladi. Kompozitorlik ijodi bilan birga anʼanaviy Musiqa ijodi ham yangi, zamonaviy sharoitlarga moslashib rivoj topdi. Jumladan, Shark, mamlakatlari mumtoz Musiqa janrlari (mas, hind ragalari, pokiston qavalli, ozarbayjon mugʻom, oʻzbek va tojik maqomlari va h.k.) uzining milliy doiralaridan chiqib jahon sahnalarida ijro etila boshladi, kompozitorlik ham ommaviy Musiqa yoʻnalishlariga oʻz taʼsirini oʻtkazdi. Oʻzbekistonda Musiqa, asosan, xalq va ogʻzaki anʼanadagi professional Musiqa sifatida qadimdan rivojlanib kelgan. Xalq Musiqasidalapar, terma, yama, qoʻshiqlarttt turli xillari (marosim, maishiy, mehnat, oʻyin, raqs, lirik, nasihatomuz va boshqalar), ogʻzaki anʼanadagi oʻzbek professional Musiqasida esa doston, katta ashula, ashula, maqom, cholgʻu yoʻllari kabi janrlar mavjud. Oʻzbek Musiqa merosida 4 asosiy mahalliy uslubni farqlash mumkin (qarang Buxoro-Samarqand musika uslubi, Xorazm musika uslubi, Fargʻona — Toshkent musika uslubi, Surxondaryo-Qashqadaryo muyesha uslubi). 20-asrda oʻzbek va boshqa Oʻrta Osiyo xalqlari Musiqa merosini yozib olish va oʻrganish boʻyicha muhim ishlar bajarildi, yuzlab nota toʻplamlari va i. t.lar nashr etildi. Bastakor, xrfiz va sozandalar oʻzbek Musiqa merosi durdonalari (Shashmakom, Xorazm makomlari, Faryuna-Toshkent makom yoʻllari va boshqalar) ni keng targʻib qilibgina qolmay, yangi cholgʻu kuy va ashulalar yaratdilar, dastlabki musiqali drama va komediya asarlarining muallif yoki hammuallifi boʻlishdi. 1930—40 yillarda Oʻzbekistonda avvallari boʻlmagan yangi (opera, balet, simfonik Musiqa, kamer Musiqa, konsert kabi) Musiqa janrlari yuzaga keldi. Ular, ayniqsa, 1950—60 yillardan boshlab Oʻzbekiston kompozitorlari ijodida keng rivoj topdi, shuningdek, ommaviy Musiqaning estrada musiqasi, yoshlar musiqasi kabi yoʻnalishlari ham keng yoyilgan. Musiqa taʼlimi tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi tasarrufida bulib, 311 bolalar musiqa maktablari, 3 maxsus akademik litsey, 30 ga yaqin sanʼat, Musiqa hamda madaniyat kollejlari, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Toshkent davlat madaniyat instituti, Musiqa Uygʻur nomidagi sanʼat instituti va boshqa oliy oʻquv yurtlarida amalga oshiriladi.Hozirda Oʻzbekistonda Musiqa faoliyati asosan ijrochi jamoalar (turli orkestr, xor va ansambllar), "Oʻzbeknavo", Uzteleradiokompaniyasi tarkibidagi ijrochi guruxlar va yakkaxonlar, hamda mustaqil ravishda ijrochilik bilan shugʻullanayotgan ayrim xonanda va sozandalar tomonidan amalga oshirilmoqda.
Bu musiqa la nomi bilan mashhur quloqlarga yoqimli ritm, ohang va uyg'unlikning uyg'unligi. Moddiy bo'lmaganligi sababli, musiqa xuddi adabiyot singari vaqtinchalik yoki vaqt san'ati deb hisoblanadi. Cheklovchi ma'noda musiqa - bu ovoz yoki musiqiy asboblar orqali hosil bo'ladigan tovush, uyg'un va estetik jihatdan ta'sirlarni muvofiqlashtirish va uzatish san'ati. Musiqa - bu xalqlarning badiiy va madaniy namoyonidir, shuning uchun u o'z mazmuniga ko'ra har xil shakllarni, estetik qadriyatlarni va funktsiyalarni egallaydi. Shu bilan birga, bu shaxs o'z his-tuyg'ularini ifoda etish vositalaridan biridir. Musiqani amaliyotga tatbiq etgan yoki uni asbob yordamida ijro etgan odam chaqiriladi musiqachi. Shunday qilib, musiqa so'zi metafora ma'nosida ishlatilishi mumkin. Masalan, quyidagi so'zlashuv iboralarida ishlatilishi mumkin: "O'sha musiqa bilan boshqa joyga boringlar", demak, odam o'zini bezovta qilgan kishini qattiq ishdan bo'shatadi."Siz aytayotgan narsa - mening qulog'imga musiqa", demak, odam "tinglash yoqimli" yangiliklarni tinglaydi.Bu shaxslarning akademik tartibga solishidan mustaqil ravishda ifodalanishiga javob beradigan narsa. Ommabop musiqa uslubi shaxs kiritilgan ma'lum bir ijtimoiy-madaniy sharoitdagi funktsiyalar, ma'lumotnomalar va dominant estetik qadriyatlar olamiga mos keladi.Ommabop musiqa qisqa davomiyligi va jozibali ritmlari bilan ajralib turadi. U kuylanganda, unga osongina yodda saqlanadigan jilovlardan foydalanish qo'shiladi. Shuningdek, uning ko'pgina janrlari jazz yoki salsa kabi improvizatsiya uchun ajoyib joyni taklif etadi.O'zining xususiyatlariga ko'ra, mashhur musiqa odatda turli xil madaniyatlarda osonlikcha qabul qilinadi va o'zlashtiriladi, shuning uchun u ma'lum bir millat yoki xalq bilan bog'liq bo'lishi shart emas, balki standart sifatida kengaytiriladi. Paydo bo'lganidan beri bu keng tijoratlashtirishga imkon berdi madaniy sanoat, buning uchun u radio va televidenie kabi ommaviy axborot vositalarida etakchi o'rinni egallaydi.Ko'plab mashhur musiqiy janrlar mavjud. Masalan: bolero, bossa nova, son, salsa, merengue, ashula, ballada, rok-roll va uning jihatlari, jazz, pop musiqasi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |