Ajiniyaz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti



Download 78,55 Kb.
bet3/7
Sana01.06.2022
Hajmi78,55 Kb.
#629582
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Metodika

Dastlabki bajargan mustaqil ishdan bola mamnun bo‘lsa, uning
qiziqishlari ortib, yangi-yangi ish turlarini amalga oshirishga kirishadi. Mustaqil ish natijalarini hamisha tekrishish lozim. Tekshirish og‘zaki yoki yozma shaklda bo‘lishi mumkin. Bola yozishidan oldin o‘ylaydi, fikrini og’zaki jamlaydi, so‘ng uni yozishga kirishadi. O‘z fikrini bayon qilish, yo‘l qo‘yilgan biror savol yoki masala yuzasidan mushohada yuritishga urinadi. Bu jarayon (og‘zaki) nutq asosida paydo bo‘ladi va mustahkamlanadi. Masalan, o‘quvchi o‘z fikrini yozma ifodalashdan ilgari o‘ylaydi. Pichirlab allanimalar haqida o‘zicha gapiradi(pedagogikada bu aktiv faoliyat hisoblanadi). Insho yozishning dastlabki shakllari ana shunday ishlardan boshlanadi. Bola matnni o‘qib, og‘zaki tahlil qiladi, sarlavhalar o‘ylab topib, qanday rasmlar ishlash lozimligini rejalaydi. O‘quvchilarni mustaqil faoliyatga o‘rgatishda quyidagilarga amal qilish lozim:
– beriladigan har bir topshiriq o‘quvchi imkoniyatlariga mos bo‘lsin va qiziqish uyg‘ota olsin;– ish osondan qiyinga, soddadan murakkabga qarab yo‘naltirilsin, o‘quvchiga tushunarli bo‘lsin;– ishni bajarishda bolalarda o‘ziga ishonch hissi uyg‘onsin, ishga kirishishda ular o‘zlarida dadillik sezsin; – mustaqil bajariladigan topshiriqlar yakkama-yakka tarzda amalga oshirilsin(hamma o‘quvchi uchun bir xil topshiriq berish – mustaqil faoliyat emasligini eslatamiz), albatta bunda bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchiga e’tibor berish kerak;


– topshiriqlar turini almashtirishga alohida
ahamiyat berish kerak;– topshiriqlarni hamma bir vaqtda boshlab, ma’lum vaqtda tugatishi kerakligini eslatib, bo‘sh o‘zlashtiruvchi bolalarni shu talabni bajarishga ko‘niktirish lozim;– ish joyi hamisha qulay, saranjom-sarishta bo‘lishi(parta ustida ortiqcha narsalar bo‘lmasligi) kerak;– topshiriqlar darsning turli bosqichida bajarilishi mumkin;
– darslik, didaktik materiallar bilan ishlashda uzviylik bo‘lishi maqsadga muvofiq.Uyga beriladigan vazifalar ham mustaqil ishning bir turidir. Bolalarga, iloji boricha, sinf sharoitida asosiy bilim va malakalarni singdirish, uyga vazifalar berishda me’yorga amal qilish kerak. Bolalar darsdan(og‘ir, mashaqqatli mehnatdan) keyin tiniqib dam olsalar, ko‘proq ochiq havoda bo‘lib, harakatli o‘yinlar, sayr bilan vaqt o‘tkazib, tunda osuda uxlab, ertangi kungi darslarga yaxshi kayfiyat bilan kelsalar, darsni o‘zlashtirish yaxshi bo‘ladi. Shuning uchun uy vazifalari oson bo‘lishi, asosan, bolalarni kuzatishga, xulosa chiqarishga undashi lozim.Tan olish kerakki, bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan ishlash ancha murakkab jarayon. O‘qituvchining pedagogik mahorati, zamonaviy dars o‘tish usullaridan foydalanishi, bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchi bilan yakka tartibda ish olib borishi natijasida uni samarali amalga oshirish mumkin.
1.2 O‘zlashtirishi past bo‘lgan o’quvchilarga individual yondashish
Respublikamizda ta`lim va tarbiya borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning tub mohiyati bilimdon, aqlan  rivojlangan, ongli, zamonaviy dunyoqarashga ega, jismonan sog`lom, axloqan pok, erkin, ijodkor, komil insonni  shakllantirishdaniborat.Mamlakatimizda sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalsh, farzandlarimizni ijodiy va  intellektual salohiyatini ro'yobga chiqarish, ularni XXI asr talablariga to'liq javob beradigan shaxslar qilib voyaga  yetkazish barchamizning ezgu vazifamiz.  Bugungi kunga kelib, ta’lim sohasida o’zlashtirishxususida keng fikrlar bayon etilmoqda. O`zlashtirish tushunchasi o`z mohiyatiga ko`ra kompleks muammo bo`lib, u jamiyatning iqtisodiy siyosiy, ma’rifiy, madaniy maktab o’qituvchilarining zamonaviy o’qitish vositalari, usullari, tamoyillari bo’yicha atroflicha bilimga ega ekanliklari,  yoshlarningo’qisho’rganishga ishtiyoqmandligi bilan uzviy bog’liq hodisadir. Mustaqil mamlakatizning erkin  fuqarolari tilimiz va tariximizning inson hayotidagi ahamiyatini, milliy va umuminsoniy qadriyatlarini har qachongidan aniqroq, to’laroqhis qila boshlashdi. Maktab hayotida tub o’zgarishlar yuz berdi, o’qituvchilar faoliyati sifat jihatdan yangilanish bosqichini o’z boshidan kechirmoqda. Bolalarning o’zlashtirishlarini ta’minlash uchun ulargadidaktik ta’sir  tadbirlarini ishlab chiqishga ehtiyoj tug’ildiO’zlashtirmaslik – bu shunday holatki, bunda o’quvchi o’z tengdoshlaridan ta’lim jarayonida bilim va 
ko’nikmalarni egallashda ortda qoladi. Bu muammoni keltiribchiqaruvchi sabablar talaygina bo’lib, bular o’z navbatida bolaning normal ruhiy va biologik jihatdan rivojlanishiga to’sqinlik qiladi. Bu jarayonda ko’plabjihatlar: biologik nuqsonlar, ijtimoiy, pedagogikomillar bolani tengdoshlaridan ajratib qo’yadi. Bu esa o’z navbatida bolaning ta’limdan, ta’lim muhitidan begonalashib borishiga sababchi bo’ladi.
Ayrim otaonalar borki o’z farzandining sanashva o’qishidagi ayrim yutiqlarni yuqori baholab, maktabga muddatdan oldin olib kelishga shoshiladi. Lekin bolaning maktab ta’limiga ijtimoiy va biologik tayyor bo’lishi, bolaning ta’limga tezda moslashib ketishini 
nazaridan qochiradi. O’zlashtirmovchi o’quvchilar ta’limi muammosiga bag’ishlangan adabiyotlarni tahlil qilar ekanmiz, bu borada hali yetarlicha nazariy va
amaliy tadqiqotlar olib borilmaganligiga guvoh bo’lamiz. Afsuski, umumta’lim 
muassasalarida hozirgi vaqtgacha, o’zlashtirmovchi o’quvchilar uchun, korreksion ta’limini tashkillashtirish muammosini hal etish yo’llarining pedagogik-psixologik, 
ilmiy va uslubiy jihatlari mukammal ishlab chiqilmagan. Biz maqolaningdolzarbligini o’zlashtirmovchilik muammosi kam o’rganilganligi va shukungacha olib borilgan tadqiqot natijalari aynan ushbu mazmunga mos emasligi bilan izohlaymiz. 
Uzluksiz ta’lim tizimida o’zlashtirmovchi o’quvchilarnitezda aniqlab, ularga ta’lim berishing optimal variantlariniishlab chiqich har bir pedagog – psixologdan alohida kuzatuvchanlik va mas’uliyatni talab etadi va taxsil olayotgan o’zlashtirmovchi o’quvchilar tarkibini aniqlash va ularning ta’limini tashkil etishning pedagogik-psixologik shart-sharoitlarini o’rganishni maqsad qilib oldik. 
O’zlashtirmovchi o’quvchilarni aniqlash metodlari va ularga ta’lim berish jarayonining tahlili quyidagi 
vazifalarni hal qilishni taqoza etadi: − quyi sinf o’quvchilari orasidan o’zlashtirmovchilarini aniqlash, o’zlashtirmovchilikni aniqlab olish imkoniyatiga ega bo’lgan metodikalarni tanlash va amalda qo’llash ishlarini joriy etish; 
− o’zlashtirmovchi o’quvchilarga mo’ljallangan ta’lim dasturlarini tahlil qilish va tavsiyalar berish; 
− aniqlangan o’zlashtirmovchi o’quvchilar bilan individual ta’lim jarayonlarini olib borish; 
Ushbu vazifalarni hal qilishda ilg’or o’qituvchilar ishidagi tajribalarni umumlashtirish va yeksperimental tadqiqotlardan ma’lumbo’lishicha o’zlashtirmaslikning oldini olish bo’yicha umumlashtirish tadbirlaridan tashqari 
dastlabki jamoalardan sinflararo guruhiy va individual profilaktik tadbirlar ham zarur. Boshlang’ich sinflarda o’zlashtirilmaslikning oldini olishga yo’naltirilgan tadbirlar tizimini ishlab chiqish, avvalo, boshlang’ich sinf o’quvchilar aqliy taraqqiyotining o’ziga xos xususiyatlarini yaxshi bilishni taqozo yetadi.
Bu davrga kelib bola atrofidagilar bilan insoniy munosabatlar tizimida ham alohida o’rin yegallayotganini, otaonasi, yaqinlari, atrofdagilari unga yosh boladek yemas, balki o’z vazifalari, majburiyatlari bor bo’lgan, o’z faoliyat natijasiga ko’ra hurmatga sazovor bo’lishi mumkin bo’lgan alohida shaxs sifatida munosabatda bo’ladilar. 
Buning natijasida bog’lanish o’z o’zidan oilasi, sinfi va boshqa
jamoalardagi o’z o’rnini anglay boshlaganini ko’rish mumkin. Bu davrda bolaning "Men shuni xohlayman" motividan "Men shuni bajarim kerak” motivi
ustunlik qila boshlaydi. Maktabda birinchi sinfga kelgan har bir o’quvchida psixik zo’riqish kuchayadi. Bu nafaqat uning jismoniy salomatligida, balki xatti-harakatida ham, ya’ni ma’lum darajada qo’rquvni kuchayishi, irodaviy 
faolikning susayishida namoyon bo`ladi. O’zaro munosabatda ma’lum bir natijalargayerishgan, o’zi xohlayotgan narsalarni hamda, o’z oilasida o’zi yegallagan o’rnini aniq biladigan bo’ladi. Shuningdek, u o’zini-o’zi boshqarish 
malakasiga yega bo’ladi, vaziyat vaholatga qarab ish yurita oladi. Bu yoshdagi bolalar xatti-harakatlari va motivlari ularning o’zlariga beradigan baholarigaharab "Men yaxshi bolaman” yemas, balki bu xatti-harakatlar o’zgalar ko’z o’ngida qanday namoyon bo’lishiga qarab baholashini tushuna boshlaydilar. 
Birinchi sinfga kelgan bola predmetlarning rangi, shakli va kattaligini, ularni makonda joylashishini bilish bilan birga ularni taqqoslay oladi. Maktabda
muvaffaqiyatli o’qigani uchun bolada sensor rivojlanganlik darajasini 
yuqori bo’lishi juda muhim. Maktab yoshiga kelib, normal rivojlanayotgan bola rasm vasuratlar real hayotni aks yettirayotganligini yaxshi tushunadilar. Shuning uchun ham surat va rasmlarda nimalar aks yetganini real hayotga taqqoslagan holda bilishga harakat qiladilar. Bolalar rasmlarda atrof-muhitdagi narsalarni kichiklashtirib tasvirlanganligini anglay biladilar. 
10 yoshdagi o’quvchilar idroki, uning xatti-harakati, o’qish
va mehnat faoliyati bilan bevosita bogliqdir. 
O’quvchi o`zining yehtiyoji, mayli, qiziqishi va intilishi turmushsharoitiga mos, shuningdek o’qituvchi tavsiya yetgan narsalarni idrok qiladi. Bu davrda yozma nutq ham shakllana boshlaydi. Yozma nutq jumlalarni to’gri tuzish va so’zlarnito’gri yozishga ma’lum talablar qo’yilganligi bilan xarakterlanadi. Bola so’zlarni qanday yeshitgan bo’lsa, shundayligicha yozilmasliginibilishi, ularni to’gri talaffuz yetishga va yozishga o’rganishi zarur. Yozma nutqni yegallashi asosida bolalardaturli matnlar haqidagi ma’lumotlar yuzagakeladi. Bu davrda yozma nutq yendigina shakllana boshlaganligi bois, bolada hali o’zi yozgan fikrlarni, so’z va
harflarni nazorat yetish malakasi hali rivojlanmagan 
bo`ladi. Lekin unga ijod qilish imkoniyati beriladi. Ushbu mustaqil ijodiy ish maktab yoshidagi o’quvchilarga berilgan mavzuni anglash, uningmazmunini aniqlash, fikrini bayon yetish uchun ma’lumot to`plash, muhim jihatlarini ajratib olish, uni ma’lum ketma-ketlikda bayon yetish, reja tuzish malakasini yuzaga
keltiradi. Jumlalarni to’grituzish, aynan shu mazmunga mos so’zlarni o`qish va ularni to’gri yozish, tinish belgilarini to’gri qo’yish, o’z holatlarini topa olish va to’grilash
aqliy rivojlanishningko’rsatkichlaridan hisoblanadi. O’qish faoliyati kichik maktab yoshidagi o`quvchining aql idroki, sezgirligi, 
kuzatuvchanligi, yeslab qolish va yesga tushirish imkoniyatlarining rivojlanishi uchup muhim shart-sharoitlar yaratadi, hisoblash malakalarini
shakllantiradi. Ta’lim jarayonida ularning bilimlar ko`lami kengayadi, qiziqishlari ortadi, ijodiy izlanish qobiliyati rivojlanadi, ularda tafakkurning faolligi, mustaqilligi ortadi, aqliy imkoniyatini ishga solish vujudga keladi. Mazkur yoshda bolalar o`z idroklarininganiqligi, ravonligi, o’tkirligi bilan boshqa yosh davrdagi insonlardan keskin farq qiladi. Ular har bir 
narsaga berilib, o’ta sinchkovlikbilan qarashlari sababli idrokning muhim xususiyatlarini o’zlashtirish imkoniyatiga yega bo’ladilar. 

Bu tasvirlar bolalardayestetik va badiiy didni rivojlantiradi. Chunki bola shu rasmlar orqali olam go’zalligini, uning turfaranglardan iborat yekanligini anglaydi, ajratadi va o’z munosabatini bildira oladi. 


Tafakkurning rivojlanishini kichik maktab yoshidagi bola psixikasining sog`lomligida, uning bilish faolligida ko’rish mumkin. Bolaningqiziquvchanligi, asosan, atrof-olamni bilish, o’rganishga qaratilgan bo’ladi. 
Bola o’ynab turib, olam sir-sinoatlari, sabab-hodisalari va bogliqlaridan xabardor bo’lishga intiladi. Masalan, bola o’zi mustaqil ravishda qanday predmetlar suvda cho’kishi, qaysilari yesa suziishini tadqiq qila
oladi. Bolaaqliy munosabatlardafaol bo’lsa, u shunchalik ko’p savol beradi va bu savollar, asosan, xilmaxil bo`ladi. Bolaniqor, yomgir qanday yog`ishi, quyosh kechasi qayerda bo’lishi, mashina qanday qilib yurishi, yerdan osmongacha bo`lgan masafoni bilishi juda qiziqtiradi. Bu ularning «Nima uchun?», «Qanday qilib?», «Nima orqali?» kabi savollariga javob 
ishga qaratilgan bo’ladi. Bu yoshdagi bolalar asosan o’zlari ko’rib turgan narsa haqida chuqurroqfikr yurita oladilar. Bu yoshdagi bolalar tafakkurining asosiy turi obrazli tafakkurdir. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida psixik taraqqiyotidagio’zgarishlardan tashqari ijtimoiy munosabatlarda uning shaxs xususiyatlari shakllantiriladi. Ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirishda tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Ammo bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchi o’qishdanorqada qolishini bartaraf yetishga yo’naltirilgan tadbirlar 
tizimi har doim ham mahsuldor bo’lavermaydi. O’quvchilarni chuqur va to’liq o’rganishning yetishmasligi, yashash joyiningo’zgarish va boshqa bir qator sabablarga ko’ra o’quvchilarda dastlab vaqtinchalik, keyinchalik barqaror o’zlashtirmaslik sodir bo’ladi. Bunday hollarda o’quvchilar o’zlashtirmasliklarining oldiniolish chora tadbirlari bilan bir qatorda uni yo’qotishga qaratilgan tadbirlar ham zarur bo’ladi. Agar o’zlashtirmaslikning oldiniolish bo’yicha tadbirlar umum sinfiy va guruhiviy xaraktergayega bo’lsa, o’zlashtirmaslikni bartaraf yetishga qaratilgan tadbirlar individual xarakterga yega bo’ladi.
O’zlashtirmaslik hodisasi bilimlar hamda maxsus ko’nikma va malakalar mavjudligiga uzulish bilan tavsiflanar yekan, tanlanadigan chora – tadbirlar tuzish dasturdagi mavzularni o’zdashtirishdagi uzulishlarni bartaraf yetishga qaratilishi maqsadga muvofiq. 
Bilimdagi bo’shliqlarnito’ldirishda dasturlashtirilgan tipdagi mashqlar katta ahamiyatga yega. Muammoni kichik qismlarga bo’lish, har birito’g’ri o’zlashtirilganligini nazorat qilish, barcha muammoni, o’qishda orqada qolish sababini bartaraf yetishda mahsuldor hisoblanadi. 
Ko’pincha o’zlashtirmovchi o’quvchilar o’qishda orqada qolishda o’quv ishlari o’rgatishning rolini tushunmaydilar. Ular o’zlarining o’zlashtirmaslik sababini
dangasalik yoki materialni yaxshi yeslab qola olmaslikdan 
izlaydilar. Ba’zan o’qituvchilar ham o’quv ishlarini sekin bajarish, dasturdagi zarur materiallarni ydlay olmaslik deb baholab, xatoga yo’l qo’yadilar. 

Xulosa qilib aytganda o’zlashtirmovchi o’quvchilarn keltirib chiqaruvchi sabablarini


aniqlashda fiziologik, pedagogik, psixologik tizimini alohida aniqlab ularni bartaraf etish 
maqsadga muvofiqdir. Bu borada maktab hamshirasi, maktab
psixologi, sinf rahbari hamda ota-onalar bilan hamkorlikda ishlash samaradorligini oshirish 
maqsadga erishishning eng qulay va samarali yo’li deb hisoblashimiz mumkin.


    1. Download 78,55 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish