Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining
Axborot-resurs markazi haqida ma`lumot
Nukus Davlat pedagogika instituti Axborot-resurs markazining umumiy fondi 151760 donadan iborat bo`lib
Jumladan:
Darslik va o`quv qo`llanmalar – 57314;
Badiiy adabiyotlar – 40871;
Ilmiy adabiyotlar – 23160;
Xorijiy adabiyotlar – 2803;
Ijtimoiy siyosiy adabiyotlar – 27612 donani tashkil etadi.
Axborot-resurs markazi fondiga 2021 yili 394 nomda 6362 dona yangi adabiyotlar bilan boyitib kelinmoqda. Yangidan kelgan adabiyotlarni talabalar, professor-o`qituvchilar diqqatiga etkazish maqsadida har oyda byulleten`lar ishlab chiqilib, barcha fakul`tetlar va kafedralarga taqdim etib kelinmoqda. Shuningdek Axborot-resurs markazida doimiy ravishda yangi adabiyotlar ko`rgazmalari tashkil etish yo`lga qo`yilgan.
Axborot-resurs markaziga 11377 kitob o`quvchi a`zo bo`lib, kuniga o`rtacha 785 kitob o`quvchiga xizmat ko`rsatadi.
Elektron kutubxona tizimini takomillashtirish maqsadida Axborot-resurs markazi zamonaviy orgtexnika vositalari bilan ta`minlangan. Jumladan axborot-resurc markazida jami 102 komp`yuter, 7 skaner, 3 printer mavjud. Axborot-resurs markazida barcha komp`yuterlar Internet tarmog`iga bevosita ulangan. Talabalar o`zlarini qiziqtirgan mavzular buyicha Internet va «Ziyonet» tormog`idan kerakli ma`lumotlarni olishmoqda. Axborot-resurs markazida lokal` tarmoq orqali internetdan foydalanish to`laligicha yo`lga qo`yilgan.
ARMda ARMAT dasturida kataloglashtirish ishlari olib borilmoqda. Ushbu kunga qadar 16046 ta nomda o`quv adabiyotlari ARMAT dasturiga kiritilib elektron katalog bo`yicha ishlar davom etmoqda.
«Elektron kutubxona» @elibnmpi telegram tarmog`idan talabalar elektron adabiyotlardan «@chat_elektronkitapxana» pochtasi orqali foydalanish imkoniyatiga ega va so`ngi vaqtda shtrix kod (QR Cod) orqali elektron yuklab olish imkoniyoti yaratildi.
O`ndan tashqari har o`kuv yili davomida professor-o`qituvchilar va talabalar tomonidan tayorlangan elektron resurslar, audio materiallar va videodarslar youtube.com (MROelmrbNMPI) kanaliga «ZiyoNet»(kutubxona) pdf fayllar joylashtirilib boriladi. Qo`shimcha vositalar bilan ulanish hamda tezkor axborot almashinuvi uchun Wi-Fi zonasi mavjud. Shu bilan birga ARM “Ziyonet” internet tarmog`iga ulangan bo`lib, undan professor-ukituvchilar va talabalar samarali foydalanishi uchun keng sharoitlar yaratilgan.
Axborot-resurs markazining chet el axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo`limida Scopus va Science Direct xalqaro ma`lumotlar bazasidan foydalanish maqsadida «Maslahat markazi» tashkillashtirilgan. Xalqaro yirik ilmiy texnik ma`lumotlar bazalari shakllantirish buyicha institutda barcha fakul`tet va kafedra professor-o`qituvchilari, ilmiy izlanuvchi doktorantlar va fakul`tet talabalariga ScienceDirect, Scopus va Mendeley, Research.cat xalqaro ma`lumotlar bazalarining ahamiyati va ulardan foydalanish bo`yicha seminar treninglar tashkil qilinib, tushintirish ishlari olib borilmoqda. Instituda ma`lumotlar bazalari (Scopus)ga profil` yaratilib, nafar professor-o`qituvchi, ilmiy izlanuvchi va doktorantlarni a`zo etish ishlari olib borilmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi «Kitob maxsulotlarini nashr etish va tarkatish tizimini rivojlantirish,kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ`ib kilish buyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tug`risida»gi PK 3271-son qarori bilan tasdiqlangan kompleks chora-tadbirlar Dasturining 14-bandiga muvofiq Ajiniyoz nomidagi NDPI Axborot-resurs markazida «Kitobxonlar klubi» tashkil etilgan.
Klubimizda shu kunga qadar yoshlarni faol jalb etish orqali yosh avlodning madaniy saviyasini oshirishga, mustaqil pikrlashini qullav-quvvatlashga, axborot va mutolaa madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan ijodkorlar bilan urashuv keshalari,badiiy kechalar, adabiy viktorinalar, tanlovlar, turnirlar tashkil etilib, ularning bush vaqtlari mazmunli utmoqda.
ARM direktori Q.Qulmuratov
Do'stlaringiz bilan baham: |