(O`quvchilar,,Mardona” qo`shg`ini ijro etadilar)
Musiqa davom etadi.Sahna qarong`isida orqaroqda yosh bola go`yo gul terib yuribdi.Boladan salgina nariroqda yosh ona o`tiribdi.Bola gulni onasiga tutadi.Shu payt portlash ovozi eshitiladi .Shu vaqtning o`zida radio karnaydan suxandon ovozi ehitiladi:
Diqqat! Diqqat! Diqqat! Moskvadan gapiramiz .Bugun 1941-yil 22- iyun kuni Gitler Germaniyasi vatanimizga urush e`lon qilmasdan turib,xiyonatkorona hujum boshladi.Hamma vatan mudoafasiga
Musiqa avjiga chiqadi.Bolaning qo`lidagi gullar sochilib ketadi.Ona bolani bag`riga bosadi.U oldinga intiladi.1941-yil deb yozilgan plakatni bir bola ko`tarib o`tadi.Harbiycha kiyingan odamlarning oh-voh , faryod chekib ,yig`i-sig`i bilan urushga jo`natilishi namoyish etiladi.
Yigit:
Qadamlar,
Qadamlar,
Og`ir qadamlar,
Etiklar zarbidan titragan tuproq,
Qaerga ketmoqda shuncha odamlar?
Do'stlaringiz bilan baham: |