Aholining
natural daromadlari
- qishloq xo’jaligi mahsulotlarining
barcha tushumlari: dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik mahsulotlari, bog’-
qo’rg’on, sabzavot-poliz ekinlari uchastkasi, shaxsiy tomorqa, tabiat in’omlaridan
shaxsiy, oilaviy ehtiyojlar uchun tayyorlanadigan mahsulotlar kabi tushumlardan
iborat.
Pul va natural daromadlarning nisbati tez-tez o’zgarib turadi, ammo pul
shakli ko’proq tarqalgan. Odatda, aholining kambag’al qatlamlarida natural
daromadlar hissasi yuqori bo’ladi. Iqtisodiy vaziyat yomonlashgan davrda natural
daromadlar salmog’i oshib ketadi, jamoa xo’jaliklari dehqonlarida natural
daromadlar hissasi sanoat ishchilari natural daromadlari hissasiga nisbatan doimo
yuqori bo’ladi, buni byudjet tadqiqotlari ham tasdiqlaydi.
Daromadlarning bir qismi moddiy farovonlikni ta’minlashga, boshqa qismi
xizmatlardan
foydalanish
uchun
sarflanadi.
Ehtiyojlar
tarkibiga
pul
daromadlarining oshishigina emas, balki aholi tarkibining o’zgarishi, uning ilmiy-
madaniy saviyasi o’sishi ham ta’sir etadi.
Daromadlarni nominal, ixtiyordagi va real daromadlarga ajratiladi.
Nominal daromadlar soliq, narxlarni hisobga olmagan holdagi pul daromadlari
miqdorini tavsiflaydi. Ixtiyordagi daromadlar - bu soliq va boshqa majburiy
to’lovlar hisobdan chiqarilgandan keyin qolgan nominal daromadlardir. Demak,
ular aholining jamg’arish va ehtiyojlarni qondirish uchun foydalanadigan
mablag’larini o’z ichiga oladi. Real Ixtiyordagi Daromadlar tariflar, baholar
indeksini hisobga olgan holda hisoblanadi va nominal daromadlarning real xarid
qobiliyatini ko’rsatadi. Real ixtiyordagi daromadlar quyidagicha hisoblanadi:
RID q(ND-ST)*J
pxk
Bunda:
ND
- nominal daromadlar (so’m);
ST
- soliqlar, majburiy to’lovlar (so’m);
J
pxk
- pulning xarid qobiliyati indeksi (narxlar indeksiga teskari
kursatkich).
Ish haqi, tadbirkorlik daromadlari, ijtimoiy transfertlar va boshqalar pul
daromadlarining asosiy manbalaridir.
Ko’p yillar davomida ish haqi sifatida olingan daromadlar aholi
daromadlarining asosiy manbasi vazifasini o’tagan. Bozor munosabatlariga o’tish
sharoitida daromadlar salmog’ida ish haqining ulushi kamaydi va 1999 yilda 28,0
foizni tashkil etdi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tishda mehnatga yarasha haq to’lash tamoyili
buzilishining obyektiv sabablari mavjud, jumladan, ishlab chiqarish hajmining
qisqarishi va daromadlar yangi manbalarining paydo bo’lishi (tadbirkorlik
faoliyatidan va mulkdan olinadigan daromadlar). Bu qisqarish ijtimoiy transfertlar
sifatida shakllanadigan daromadlar manbai bo’lgan ijtimoiy fondlarga mablag’
ajratilishining kamayishiga olib keladi.
Nominal (ya’ni belgilangan) va real ish haqlarini ajratish lozim. Nominal
ish haqi soliq va majburiy to’lovlar chegirilmagan ish haqi yig’indisidir.
Ixtiyordagi
Do'stlaringiz bilan baham: |