2020- yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi hududlari bo‘yicha aholi umumiy daromadlari tarkibi
(hududiy aholi umumiy daromadlariga nisbatan, % da)
5-chizma
2020-yilning yanvar-dekabr oylarida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar
Aholining umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar ( yollanma ishchilarning va mustaqil ravishda band bo’lishdan olingan daomadlar) sezilarli ulushini tashkil etdi.
2020-yilning yanvar-dekabr oylari ma’lumotlariga ko’ra, mehnat faoliyatidan olingan daromadlarning umumiy daromadlar tarkibidagi ulushi 69,3 % ni tashkil etdi.
Mehnat faoliyatidan olingan daromadlarning nominal o’sish sur’ati 2019-yilning mos davriga nisbatan 115,1 % ni tashkil etdi hamda aholi umumiy daromadlari nominal hajmining 10.5 % ga o’sishini ta’minladi.
Mehnat faoliyatidan olingan daromadlar yollanma ishchilarning daromadlari hamda mustaqil ravishda band bo’lishdan olingan daromadlardan tashkil topadi.
6-chizma
Yollanma ishchilarning daromadlari
Mustaqil ravishda band bo’lishdan olingan daromadlar
2020-yilning yanvar-dekabr oylarida yollanma ishchilarning daromadlari
2020-yilning yanvar-dekabr oylarida aholining umumiy daromadlari tarkibida yollanma ishchilarning daromadlari 28,8 % ni tashkil qildi. Joriy davrda yollanma ishchilar daromadlarining o’sish sur’ati 116,3 % ni tashkil etib, aholi umumiy daromadlari nominal hajmining 4,6 % o’sishini ta’minladi.
7-chizma
2020-yilning yanvar-dekabr oylarida Mustaqil ravishda band bo’lishdan olingan daromadlar
3. Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash yo’llari
Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to ‘g‘ri keladigan o‘rtacha daromadlar darajasi bilan bir-biridan keskin farqlanadi. Bu turli mamlakatlar aholisining daromadlari darajasi o ‘rtasida tengsizlik mavjudligini bildiradi. Shu bilan birga alohida olingan mamlakatlar aholisining turli qatlam va guruhlari o‘rtacha daromadlari darajasida ham farq mavjud bo’ladi. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi darajasi ham daromadlaridagi farqlarni bartaraf qilmaydi. O’z-o’zidan aniqki, iqtisodiy o’sish daromadlarning ko‘payishiga olib keladi. Bunda butun aholi daromadlari mutlaq miqdorda asta-sekin o‘sib boradi. Daromadlarning mutlaq miqdori ko‘payib borsa-da, har doim ham daromadlar tengsizligi darajasiga ta’sir ko‘rsatmasligi mumkin. Daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlash uchun jahon amaliyotida Lorens egri chizig‘idan (8-chizma) foydalaniladi. Chizmaning yotiq chizigda aholi guruhlarining foizdagi ulushi, tik chizig’da esa, bu guruhlar tomonidan olinadigan daromadning foizdagi ulushi joylashtirilgan. Nazariy jihatdan daromadlarning mutlaq teng taqsimlanishi imkoniyati (burchakni teng ikkiga bo’luvchi) OB chizig’ida ifodalangan bo’lib, u oilalarning har qanday tegishli foizi daromadlarning mos keluvchi foizini olishini ko‘rsatadi. Ya’ni aholining 20 foizi barcha daromadlarning 20 foizini, aholining 40 foiz daromadlarning 40 foizini, aholining 60 foizi daromadlarning 60 foizini olishini bildiradi. 0B chizig’i daromadlarning taqsimlanishidagi mutlaq tenglikni ifodalaydi. Shuningdek, nazariy jihatdan mutlaq tengsizlikni ham ajratib ko‘rsatish mumkin. Bunda aholining m a’lum guruhlari (20 foiz, 40 yoki 60 foiz va h.k.) hech qanday daromadga ega bo'lmay, faqat bir foizi barcha 100 foiz daromadga ega bo’ladi. Chizmadagi 0DB siniq chizig'i mutlaq tengsizlikni ifodalaydi. Real hayotda mutlaq tenglik va mutloq tengsizlik holatlari mavjud bo'lmaydi. Balki aholining ma’lum guruhlari o'rtasida daromadlaming taqsimlanishi notekis ravishda boradi. Bunday taqsimlanishini Lorens egri chizig'i deb nomlanuvchi 0DB egri chizig'i orqali kuzatish mumkin. Aholi guruhlari ulushi va daromad ulushini birlashtiruvchi egri chiziqdan ko'rinadiki, aholining dastlabki 20 foiziga daromadlaming juda oz (taxminan 3-4 foizgacha) qismi to'g'ri keladi. Keyingi guruhlaiga to'g'ri keluvchi daromad ulushi ortib boradi. Daromadning eng katta qismi (deyarli 60 foiz) aholining so'nggi 20 foizga to'g'ri keladi. Bu guruh c hegarasi ichida ham daromadlar notekis taqsimlangan, ya’ni dastlabki 10 foiz taxminan 20 foiz daromadga ega bo'lsa, keyingi 10 foizga daromadning deyarli 40 foizi to'g'ri keladi. 8-chizma
Mutlaq tenglikni ifodalovchi chiziq va Lorens egri chizig’i o'rtasidagi tafovut daromadlar tengsizligi darajasini aks ettiradi. Bu farq qanchalik katta bo’lsa, ya’ni Lorens egri chizig’I OB chizig’idan qanchalik uzoqda joylashsa, daromadlar tengsizligi darajasi ham shunchalik katta bo’ladi. Agar daromadlaming haqiqiy taqsimlanishi mutlaq teng bo’lsa, bunda Lorens egri chizig’i va bissektrisa o‘qi bir-biriga mos kelib, farq yo‘qoladi. Iqtisodiyotda hech qachon mutlaq tenglik yoki mutlaq tengsizlikka ega mamlakat bo’lmagan.
Yalpi daromadning aholi guruhlari o‘rtasida taqsimlanishini tavsiflash uchun aholi daromadlari tengsizligi indeksi (Djini koeffitsienti) ko‘rsatkichi qo’llaniladi. Bu statistik model italiyalik statistik va demograf Korrado Jini tomonidan ishlab chiqilgan va 1912-yilda “ O’zgaruvchanlik va beqarorlik” asarida taqdim etilgan. Djini koeflitsienti chizmadagi Lorens egri chizig’i bilan mutlaq tenglik chizig’i o‘rtasidagi yuzaning ODB uchburchak yuzasiga nisbati orqali aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich qanchalik katta bo’lsa, (ya’ni 1,0 ga yaqinlashsa) tengsizlik shuncha kuchli bo’ladi. Jamiyat a’zolari daromadlari tenglashib borganda bu ko‘rsatkich 0 (nol)ga intiladi.
Daromadlar tabaqalanishini aniqlashning ko‘proq qo’llaniladigan ko‘rsatkichlaridan bir ditsel koeffttsienti hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich 10 foiz eng yuqori ta ’minlangan aholi o ‘rtacha daromadlari va 10 foiz eng kam ta’minlanganlar o ‘rtacha daromadi o ‘rtasidagi nisbatni ifodalaydi. Masalan, AQSh va Buyuk Britaniyada bu nisbat 13:l ga, Shvetsiyada esa, 5,5: lga
Do'stlaringiz bilan baham: |