Birinchi shart-fuqaro mehnatga qobiliyatli bo’li shva maldagi qonun hujjatlariga binoan, pensiya ta’minoti huquqiga ega bo’lmasligi kerak.
Ikkinchi shart-fuqaro ishga va ish haqi (mehnat daromadi)ga ega bo’lmasligi lozim. Agar fuqaro asosiy ishini yo’qotgan (masalan, shtatlar qisqarishi munosabati bilan bo’shatilgan), lekin o’rindoshlik asosida boshqa korxonada ishlayotgan bo’lsa, bunda u ish bilan band bo’lgan deb hisoblanadi. Binobarin, nafaqalar, alimentlar, qimmatli qog’ozlar bo’yicha olingan dividentlar, banklarga qo’yilgan mablag’larga hisoblagan fonzlar ish haqi (mehnat daromadi) ga kirmaydi. Xudi shunday pensiya va stipendiyalar ham ish haqi (mehnat daromadi) tarkibiga kirmaydi, lekin pensiya oluvchi fuqarolar ijtimoiy jihatdan himoyalanganliklari, ishlab chiqarishdan ajralgan holda stipendiya olib o’qiyotganlar esa mazkur qonunning 2-moddasiga asosan ish bilan ta’minlangan, deb hisoblanishlari sababli, bunday fuqarolar ishsiz shaxs, deb e’tirof etilmaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |