International Conference on Applied Sciences,
Conference is organized in the
London
,
United Kingdom
on 24-25
th
September
http://papers.online-conferences.com
206
2.
Qayta tayyorlash va jamoat ishlariga sarflanadigan mablag‘lar. Faol siyosatning mazkur shakli
amaldagi qonunchilikdan kelib chiqadi, ya’ni bandlik sohadagi davlat xizmati uchun majburiy
hisoblanadi.
3.
Moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga, qimmatli qog‘ozlar sotib olish va boshqa xarajatlarga
mo‘ljallangan mablag‘lar. Aytib o‘tilgan bu shakllarni birlashtirib turadigan tomon shuki, ular
qonun bilan kafolatlanmagan. Shu bilan birga “moliyaviy qo‘llab-quvvatlash” moddasiga doir
xarajatlarni mehnat bozoridagi faol siyosat shakllariga kiritish qabul qilingan.
4.
Bandlik xizmatlarini rivojlantirish uchun mo‘ljallangan mablag‘lar (ularni ta’minlash, kapital
mablag‘lar, reklama, “Bandlik” axborot xizmati).
Mehnat bozorida davlatning amalga oshiradigan siyosatlaridan yana biri ijtimoiy himoya siyosatidir.
Unga ko‘ra davlat mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lmagan va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni
ishga joylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘zda tutadi. Ya’ni, aholini ish bilan ta’minlashga
ko‘maklashish maqsadida korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish
topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo‘lmagan
shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdori belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 1 dekabrdagi 504-sonli qarori bilan
tasdiqlangan «Ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng
sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo‘lmagan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng
kam miqdorini belgilash tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga muvofik fuqarolarning ushbu toifasiga
quyidagilar kiradi:
un to‘rt yoshga to‘lmagan bolalari va nogiron bolalari bor yolg‘iz ota, yolg‘iz onalar hamda ko‘p
bolali ota-onalar;
ta’lim muassasalarini tamomlagan yoshlar, ular ta’lim muassasasini tamomlagandan keyin bir yil
davomida;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va
Favkulodda vaziyatlar vazirligi qushinlaridan bo‘shatilganlar;
nogironlar va pensiya yoshiga yaqinlashib kolgan shaxslar;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod kilingan yoki sud qarori bilan tibbiy yo‘sindagi majburlov
choralariga tortilgan shaxslar.
Nogironlar uchun ish joylarining eng kam miqdori xodimlarning ro‘yxatdagi o‘rtacha soni kamida 34
kishini tashkil etadigan korxonalar uchun, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari
uchun esa ish joylarining eng kam miqdori xodimlarning ro‘yxatdagi o‘rtacha soni 100 va undan ortiq
kishini tashkil etadigan korxonalar uchun belgilanadi.
Adabiyotlar ro‘yxati
1.
Karimov I.A. Eng asosiy mezon – hayot haqiqatini aks ettirish. – T.: O‘zbekiston, 2009. – 24 b.
2.
Abdurahmonov Q.X., Xolmo‘minov Sh.R., Zokirova N.Q.. Personalni boshqarish. Oliy o‘quv
yurti studentlari uchun darslik – T.: “O‘qituvchi” NMIU, 2008 y. .- 656 b.
3.
ErgashevF., Raximova D., Sagdullaev A., Parpiev O., Zaynutdinov Sh. Innovatsion menejment.
Darslik.T.: «Akademiya», 2005y
Do'stlaringiz bilan baham: |