Aholini ijtimoiy himoyalash – davlat siyosatining bosh yo`nalishi


Millatlararo totuvlikni ta’minlash choralarining amalga oshirilishi



Download 18,1 Kb.
bet2/3
Sana17.02.2021
Hajmi18,1 Kb.
#59042
1   2   3
Bog'liq
6-mavzu-1

Millatlararo totuvlikni ta’minlash choralarining amalga oshirilishi.

Statistik maʼlumotlarga koʻra bugungi kunda mamlakatimizda 136 millat va elat, xalq va etnik guruhlarning vakillari yashaydi. Ularning har biri oʻz milliy madaniy urf-odatlari, anʼanalari, tiliga, konstitutsiyaviy huquqiy tenglikka ega.

Bugungi kunda mamlakatimizda Respublika baynalminal madaniyat markazi, 138 ta milliy madaniy markaz, Oʻzbekiston xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik va madaniy-maʼrifiy aloqalar jamiyatlari kengashi, shuningdek 34 ta doʻstlik jamiyatlari muvaffaqqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. Barcha millat vakillariga teng huquqli asosida bir xil munosabat, bir xil imkoniyat va sharoitlar yaratib berilgan. Buqonun yoʻli bilan mustahkamlangan. Toʻgʻri, dunyoda mamlakatlar koʻp,lekin bu mamlakatlar ichida ona yurtimiz, jonajon Oʻzbekistonimiz yakka-yu yagonadir. Bu uning betakror tabiati, boy tarixi, mehnatkash insonlari bilan bir qatorda, shu zaminda turli millat va elat vakillarining yagona bir oila farzandlaridek yashashlarida namoyon boʻlmoqda. Bunday ahillik, doʻstlik va hamkorlik oʻzining chuqur tarixiy ildizlariga va asosiga ham ega.

Dunyoda globallashuv jarayonlari tobora tezlashib, geosiyosiy manfaatlar yoʻlida turli oʻyinlar avj olayotgan bir sharoitda qator mamlakatlarda milliy nizolar kuchayib ogʻir oqibatlarga olib kelganiga barchamiz guvoh boʻlib turibmiz. Albatta, hozirgi kunda tinchlik va hamjihatlikka raxna soluvchi illatlar koʻp. Lekin ular ichida jamiyat hayotida ogʻir asorat qoldiradigan shunday illat borki, u na millat, na chegara tanlaydi. Bu- tajovvuzkor millatchilik, yaʼni shovinizmdir. Bunday illatning taʼsiriga tushgan jamiyat beqarorlik holatiga yuz tushishi muqarrar. Oʻzbekiston hududida qadim-qadimdan koʻplab millat va elat vakillari bahamjihat istiqomat qilib kelgan. Ular oʻrtasida asrlar davomida milliy nizolar boʻlmagani xalqimizning azaliy bagʻrikengligini koʻrsatadi.

Milliy hamjihatlikni taʼminlashning asosiy omili mamlakat hududida yashayotgan barcha millat va elat vakillarining ehtiyojlarini hisobga olish, manfaatlarni uygʻunlashtirish va yagona maqsad sari vatanni taraqqiy qildirishga yoʻnaltirish hisoblanadi. Milliy totuvlik gʻoyasi-umumbashariy qadriyat boʻlib, turli xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotida muhim omildir. Bu gʻoya bir jamiyatda yashab, yagona maqsad yoʻlida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar oʻrtasida oʻzaro hurmat, doʻstlik va hamjihatlikni qaror toptirish va mustahkamlashning maʼnaviy asosidir.

Shu bois ham bugungi kunda mamlakatimizda yashab kelayotgan millatlarni oʻzaro hamjihatlik ruhida tarbiyalash maqsadida istiqlol mafkurasi asosiy maqsadlaridan biridir. U xalqimizga boʻlgan olijanoblik va insonparvarlik fazilatlariga asoslanadi. Maʼlumki,milliy siyosat olib borilganida koʻp millatchilik maqsadimiz yagonaligini, taqdirimiz birligini, hamjihatlik zarurligini tushunishga yordam beradi, umuminsoniy gʻoyalarning ustuvor boʻlishini, shaxsiy manfaatlarni toʻgʻri anglab olishni osonlashtiradi.

Xalqimizning moddiy va maʼnaviy boyliklari juda koʻp, lekin bizning eng katta boyligimiz, bu jamiyatimizda hukm surayotgan millatlararo tinchlik va hamjihatlikdir. Millatlararo totuvlikda yashash xalqimizga ajdodlarimizdan qolgan ulugʻ meros hisoblanadi. Bugungi avlodlarimiz ana shu merosga sodiq boʻlgan holda mamlakatimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillarida yagona Vatan tuygʻusini mustahkamlash yoʻlidagi fidoyiligi maʼnaviyatimizni boyitib borishimizning muhim yoʻnalishi sifatida namoyon boʻlmoqda.

Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda millatlararo totuvlik gʻoyasining hayotga tatbiq etish va yoshlarni baynalmilal ruhda tarbiyalash uchun aholi orasida olib borilayotgan targʻibot va tashviqot ishlar samaradorligini yanada oshirish lozim. Zero, millatlararo va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlash mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashning garovidir.



  1. Download 18,1 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish