II BOB. SHAHAR MAYDONINING REJAVIY
TUZILISHI
2.1. Shahar tipidagi qishloq va shaharlar tasnifi.
Shahar barpo etish asoslari.
Loyiha darajasidagi aholi sonini hisoblash
Tipologiya – bu umumlashtirishning yuqori darajasi bo‘lib,
shaharlarni har tomonlama to‘la tavsiflash va shu asosda ularning
rivojlanish strategiyasini belgilashdir.
Shaharlarning tipologiyasini belgilovchi eng muhim alomatlarni
ko‘rib chiqamiz:
– xalq xo‘jaligi sohasi;
– aholi soni;
– iqtisodiy-geografik o‘rni;
– paydo bo‘lish va rivojlanish davrlari. Shaharlarning xalq
xo‘jaligidagi vazifalari tasnifi va tipologiyasi ularning eng muhim
xususiyatlarini aks ettiradi:
Ko‘p funksiyali shaharlar – ma’muriy-xo‘jalik, madaniy va
iqtisodiy funksiyalarni o‘zida muvofiqlashtiruvchi hamda rivojlangan
sanoat va transportga ega shaharlar. Bular – poytaxtlar, viloyat
markazlari va boshqa yirik shaharlar (ularda yuqoridagi sanab o‘tilgan
funksiyalaning har biri mavjud) shaharsozlik ahamiyatiga ega. Bu
turdagi shaharlar muhim tumanlarni tashkil etuvchi markazlardan
bo‘lib, keng va xilma-xil aloqalarga, murakkab hudud tuzilishiga ega.
Tumanlararo ahamiyatli sanoat va transport funksiyalari ustun
bo‘lgan shaharlar ko‘p uchraydi. Bu turdagi shaharlarni sanoat,
transport va sanoat-transport shaharlarga ajratish mumkin.
Sanoat shaharlarining turlari xilma-xil. O‘zida turli sanoat
tarmoqlarini birlashtirgan shaharlar keng tarqalgan bo‘lib, ular asosan
rivojlangan sanoat tumanlarida paydo bo‘ladi, tez rivojlanadi va
murakkab hududiy tarkibga ega.
14
Ko‘pgina sanoat shaharlari tor sanoat ixtisosligiga ega bo‘ladilar,
masalan, metallurgiya sanoatining, mashinasozlik, kimyo sanoatining
markaz shaharlari.
Boshqa funksiyalar ustun bo‘lgan shaharlarlar – asosan mahalliy
markazlar vazifasini bajaruvchi kichik shahar ko‘p sonlidir.
Kurort, ilmiy markaz, temiryo‘l tugunlari vazifasini bajaruvchi
shaharlar ham mavjud.
Shaharning xalq xo‘jalik profili uning tarhiy tarkibiga: funksional
qismlarning joylashuvi, shuningdek, sanoat va turarjoy tumanlariga,
ularning orasidagi oraliq masofaga, transport aloqalari xarakteriga va
boshqalarga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Shaharlar aholisining soni ham uning tipologik belgilaridan
hisoblanadi. Shaharlarni aholisining soniga qarab quyidagi guruhlarga
bo‘lish qabul qilingan:
– eng yirik shaharlar – 500–1000 minggacha va undan yuqori;
– yirik shaharlar – 250–500 minggacha;
– katta shaharlar – 100–250 minggacha;
– o‘rta shaharlar – 50–100 minggacha;
– kichik shaharlar – 50 minggacha.
Shaharlar qancha katta va ularning aholisi qancha ko‘p bo‘lsa, ular
egallagan hudud shuncha katta, tarhiy tarkibi shuncha murakkab bo‘ladi,
tarhning xarakteri o‘zgaradi va h.k.
Kichik shaharlar – asosan, piyoda harakati orqali bog‘langan
shaharlardir. O‘rta va katta shaharlarda shahar ichi aloqalari uchun
relssiz transport lozim.
Eng yirik aholisi 1 mln. dan oshiq shaharlarda qoida bo‘yicha tezyurar
transport (metro) qo‘llaniladi, u shahar tarhiy tarkibiga anchagina ta’sir
ko‘rsatadi.
Eng yirik shaharlarda murakkab funksional va tarhiy tarkib shunday
shaharsozlik holatini keltirib chiqaradiki, unda erkin hududlarda yangi
qurilishdan tortib, to shaharning eski qismini rekonstruksiya qilish va
qayta qurishgacha, yerosti makonlarini o‘zlashtirishdan, jamoat markazi
shakllanishigacha bo‘lgan masalalarni hal etish lozim bo‘ladi.
15
Iqtisodiy-geografik o‘rni: shaharlar bir qancha omillar ta’siri ostida,
masalan, tabiiy-iqlimiy omillar natijasida, ya’ni suv havzalariga yaqin,
vodiylarda, tog‘ yonbag‘irlarida va shunga o‘xshash yashash uchun
qulay sharoitlar mavjud joylarda vujudga kelishi mumkin. Qadimda
karvon yo‘llari kesishgan joylarda ham shaharlar shakllangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |