To‘g‘riburchak-diagonal chizma. To‘g‘riburchakli chizma diagonal
magistrallar bilan to‘ldirilib yaxshilanadi. Transportlarning uzoq
yurishi kamaytiriladi, vaqt ketishi minimal holatga keltiriladi.
Kamchiliklari – magistrallar kesishgan joylarda murakkab tugunlar hosil
qilinadi. Magistral ko‘chalar oralig‘ida qurilishlar qiyinlashadi.
62
Komblnatsiyalashgan chizma. Yirik shaharlarda amalda keng tarqalgan.
Misol uchun shaharning bir qismi muntazam to‘g‘riburchakli tizimda,
boshqa qismi radial-halqasimon yoki uchburchak chizmada hal qilinishi
mumkin. Ba’zan shahar ahamiyatidagi magistral ko‘chalar muntazam
chizmada, ikkinchi darajali ko‘chalar esa, yarim halqa yoki uchburchak
chizmada hal qilinadi.
Erkin chizma murakkab relyeflarda qo‘llaniladi. Shahar hududining
transport tizimini yuqorida keltirilgan birorta sxema asosida loyihalash
imkoni bo‘lmaganda shu usul qo‘llaniladi. Bun-da aholining qatnov
yo‘nalishlari eng qisqa masofa bo‘ylab birlashtiriladi. Loyihasiz
qurilgan kichik shaharlarda uchraydi. Har xil ko‘cha tizimlarida eng
ko‘p tarqalgan qo‘shimcha bu – ilmoqsimon magistrallardir.
Ko‘cha yo‘l tarmoqlariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
– shahar yo‘llari magistral ko‘chalarining va yo‘laklarning yagona
tizim sifatida qaralishi, tarmoqdagi har bir element alohida qism sifatida,
funksiyasini bajarilishi;
– transport vositalarini ularning konstruktiv o‘ziga xosligini va
perspektiv harakat hajmidan kelib chiqqan holda xavfsiz o‘tishini
ta’minlash, shaharning hamma qismlarini qisqa aloqalar bilan
bog‘lanishini ta’minlashi;
– tashqi transport bilan bog‘lanishi va shaharga kirishning qulay
ta’minlanishi;
– qurilmalarda muhandislik kommunikatsiyalarini o‘tkazishda
qulayliklar ta’minlanishi;
– shahar o‘lchamiga va transport oqimlariga mos kelishi;
– shahar muhitining garmonik rivojlanish imkoniyatini, shu
jumladan, shahar maydonining o‘sish imkoniyatini ta’minlashi;
– iqtisodiy jihatdan tejamli bo‘lishini ta’minlash.
Ko‘cha yo‘l tarmoqlarining sifatini belgilovchi obyektiv
ko‘rsatkichlari: ko‘cha yo‘l tarmoqlari uzunligi, ko‘cha yo‘l tarmoqlari
zichligi, shahar, tuman ko‘cha yo‘l tarmoqlari uzunligining uning
maydoniga nisbati. Tarmoqning zichligi qancha katta bo‘lsa, uning
o‘tkazish qobiliyati yuksaladi. Agar zichlik keragidan kichikroq
63
bo‘lsa, transport oqimini o‘tkaza olmaydi, tirband paydo bo‘ladi,
bekatgacha masofa uzoq bo‘Iib qoladi, ko‘proq yurishga olib keladi.
Agar zichlik yuqori bo‘lsa, maydon ancha kamayadi. Shaharlarda
ko‘cha tarmoqlarining o‘rtacha zichligi – 1,5-2,5 km/km
2
. Markaziy
qismdagi zichlik – 2,5-4,0 km/km
2
.
Transport oqimining tezligi yo‘nalish bo‘yicha bo‘lishi lozim. Tranzit
(shahar, markaz, tumanga nisbatan) va yuk mashinalari harakati ajratilishi
lozim. Bu muammoni funksional hududlarga ajratish bilan birga bir
vaqtning o‘zida quyidagilar hal etiladi: ommaviy tashriflar uchun
obyektlar, yuk oqimlarini shakllantiruvchi punktlar shahar tarhida eng
qulay darajada joylashmog‘i, bunda kelib chiqayotgan muammolarni
hisobga olish lozim. Masalan, bu ortiqcha mablag‘ sarflanishiga va
ortiqcha yuk tashishga olib kelishi mumkin. Xuddi shunday moddiy
xarajatlardan tashqari, shahar aholisining ommaviy vaqti yo‘qolishiga
sabab bo‘ladi.
Ko‘cha-yo‘l tarmoqlari (KYT)ga qo‘yiladigan talablar. Shaharsozlikda
ko‘cha-yo‘l tarmoqlariga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan
iborat:
• barcha turdagi magistrallar, mahalliy ko‘chalar ko‘cha-yo‘l
tarmog‘ining yagona tizimini tashkil etishi lozim;
• transport vositalarining istiqboldagi (shaharning o‘sishi, aholining
ko‘payishi, transport vositalari sonining ortib borishi) harakat hajmidan
kelib chiqqan holda xavfsiz harakatini ta’minlash;
• shaharning barcha qismlarini qisqa aloqalar bilan bog‘lanishini
ta’minlash;
• tashqi transport bilan bog‘lanishni va shaharga kirishni qulay
ravishda ta’minlash;
• turli muhandislik qurilmalarini o‘tkazishda qulayliklarni
ta’minlash;
• shahar o‘lchamiga va transport oqimiga mos kelishi (KYTning
zichligi);
• shahar hududining kelajakda o‘sish imkoniyatini ta’minlash iqtisodiy
jihatdan tejamli bo‘lishi lozim.
64
Bu talablarni bajarishda KYT sifatini belgilovchi bir nechta obyektiv
ko‘rsatkichlar mavjud bo‘lib, ular:
– KYT uzunligi;
Do'stlaringiz bilan baham: |