Aholining turmush sifatini 4 ta darajaga boʼlib oʼrganiladi:
farovonlik
kambagʼallik
qashshoqlik.
normal daraja
Аholi turmush darajasini oʼrganishda quyidagi vazifalar turadi: - shahar va qishloq aholisi turmush darajasini qiyosiy tahlil qilish va shu asosida ular oʼrtasidagi muhim tafovutlarni oʼrganishni dinamik koʼrsatkichlarda aniqlash;
- aholi daromadlari va xarajatlari tarkibini, ularni xarakterlovchi koʼrsatkichlarni mohiyati va dinamikasini oʼrganish;
- aholi daromadi va isteʼmolidagi differentsiatsiyani oʼrganish, shu tafovutni qisqartirish yoʼllarini va unga ijtimoiy-iqtisodiy omillar taʼsirini aniqlash.
2. Аholi daromadlari koʼrsatkichlari
Aholi daromadlari-ma’lum vaqt oralig‘ida uy xo‘jaliklari tomonidan olingan pul va natural shakldagi vositalar bo‘lib, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: - aholi barcha toifalarining mehnat haqi; - pensiya, nafaqa, stipendiyalar va boshqa ijtimoiy transfertlar; - xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan shaxslar daromadlari; xorijiy mamlakatlardan olinadigan daromadlar (ish haqi, nafaqa, stipendiya, grantlar yuborilishi, xayriya, insonparvarlik yordami); - mulkdan olingan daromadlar (turar-joy, ko‘chmas mulk, yer va boshqa aktivlarni ijaraga berishdan olinadigan foiz, renta, dividend va h.k.); - chet el valyutasini sotishdan tushgan tushum; - zayom va lotoreya yutuqlari, sovg‘alar, sug‘urta to‘lovlari; - qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotishdan olingan tushumlar va boshqalar.
Aholi daromadlari foydalanish darajasiga qarab quyidagi guruhlarga ajratiladi:
1
Nominal daromadlar
2
Ixtiyordagi daromadlar
3
real daromadlar
Aholi daromadlari darajasini aniqlash va tarkibini o‘rganish ko‘rsatkichlari:
1. Birlamchi daromad (BD). Bu ko‘rsatkich faqat ishlovchi uy xo‘jaligi a’zolariga nisbatan hisoblanadi va ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: mehnat haqi, aralash daromadlar, mulkdan olingan sof daromadlar, foyda hamda uy-joy egalari olgan va unga tenglashtirilgan daromadlar.
2. Uy xo‘jaliklarining ixtiyoridagi nominal daromadlari (ID)ga ularning olgan birlamchi daromadlari (BD) va joriy transfertlar qoldig‘i (ΔJT) kiradi, ya’ni:
ID = BD + ΔJT. 3. Uy xo‘jaliklarining tuzatish kiritilgan ixtiyoridagi daromadlari (ID′).
ID′=ID+ST;
bunda, ST-uy xo‘jaliklari tomonidan natural shaklda olgan cotsial transfertlari (meditsina, ta’limdan). Bu ko‘rsatkich uy xo‘jaliklarining oxirgi iste’molini aniqlash imkonini beradi.
4. Uy xo‘jaliklarining real ixtiyoridagi daromadlari (RID). Bu ko‘rsatkich quyidagicha aniqlanadi: RID = ID : Ir yoki RID = ID * Ixq. Bu yerda: Ip – umumiy iste’mol baholari indeksi (Ir=∑p1q0:∑p0q0 Laspeyres formulasi); Ixq – pulning xarid qobiliyati indeksi (Ixq=1:Ir).
5. Uy xo‘jaliklarining real ixtiyoridagi daromadlari indeksi (Irid). Irid=Iid:Ir, bu yerda Iid – uy xo‘jaliklarining ixtiyoridagi nominal daromadlari indeksi.
6. O‘rtacha jon boshiga to‘g‘ri keladigan pul daromadlarini aniqlash uchun pul daromadlari umumiy summasini o‘rtacha yillik aholi soniga bo‘linadi.
7. Aholining shaxsiy ixtiyoridagi daromadlari (SHID). SHID = ASHD – ST, bu yerda: ASHD – aholining shaxsiy daromadlari; ST – soliqlar, majburiy to‘lovlar va ijtimoiy tashkilotlarga badallar.
8. Aholining real shaxsiy ixtiyoridagi daromadlari (RSHID). RSHID=SHID:Ir yoki RSHID=SHID*Ixq
Do'stlaringiz bilan baham: |