1
Аholi turmush darajasi toʼgʼrisida tushuncha va statistikaning vazifalari.
2
Аholi daromadlari koʼrsatkichlari.
3
Аholi pul daromadlari va xarajatlari balansi.
Turmush darajasi tushunchasi Аholi turmush darajasi davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosati samaradorligini baholashning eng muhim mezonidir. Uni oshirib borish ijtimoiy rivojlanishning asosiy maqsadidir. Turmush darajasi deganda, aholining zaruriy moddiy va nomoddiy neʼmatlar va xizmatlar bilan taʼminlanganlik hamda ularni isteʼmol qilish darajasi tushuniladi.
Har “Аholi turmush darajasi” tushunchasiga xorijlik va mahalliy iqtisodchi olimlar tomonidan turli mazmundagi taʼriflar ishlab chiqilgan. Masalan, M.G.Nazarov bu tushunchani “...insonlar hayot faoliyatining, eng avvalo, isteʼmol sohasidagi real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar yigʼindisini ifodalovchi murakkab va koʼp qirrali kategoriya.., ijtimoiy taraqqiyotning muhim tavsifi hisoblanadi”, deb taʼriflaydi. V.N.Salin, Ye.P.Shpakovskaya fikricha “Аholi turmush darajasi” aholi isteʼmoli qondirilishining moddiy imkoniyatlarini xarakterlaydi.
ish bilan bandlik va mehnat sharoitlari;
aholining daromadlari va xarajatlari;
turmush qiymati va isteʼmol narxlari;
dam olishni tashkil etish, jismoniy tarbiya va sport;
transport vositalari;
ijtimoiy taʼminot;
inson erkinliklari.
oziq-ovqat mahsulotlarining isteʼmol qilinishi;
turar joy sharoitlari va uzoq muddat foydalaniladigan isteʼmol tovarlari;
taʼlim va madaniyat;
aholining demografik xususiyati; (tugʼilish, vafot etish va boshqa)
turmushning sanitariya-gigiena sharoitlari;
BMT tomonidan aholi turmush sifatini aks ettiradigan koʼrsatkichlar tizimini 12ta asosiy guruhlari:
Turmush qiymati – maʼlum vaqt oraligida mobaynida uy xoʼjaliklarining haqiqatda isteʼmol qiladigan moddiy neʼmatlari va xizmatlarining puldagi ifodasidir. Davlat ijtimoiy siyosatining indikatori sifatida turmush kechirishning eng kam miqdori koʼrsatkichidan foydalaniladi. Rivojlangan davlatlarning ijtimoiy qonunchiligida ushbu koʼrsatkich yordamida kambagʼallik oʼlchanadi. Turmush kechirish eng kam miqdoridan past daromadga ega aholi kambagʼal hisoblanadi va davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlanish huquqiga ega boʼladi. Turmush kechirishning eng kam miqdoriga qarab koʼpgina ijtimoiy kafolatlar: ish haqi, pensiya, stipendiyalar, ayrim nafaqalarning eng kam miqdori belgilanadi.