AHOLI TURMUSH DARAJASI STATISTIKASI
1.Aholi turmush darajasi tushunchasi
Aholi turmush darajasi sotsial iqtisodiy tushuncha bo’lib, u kishilarning
moddiy va ma’naviy-ma’rifiy ehtiyojining qoldirilishi
hamda turmush sharoitining
yaxshilanish darajasini tavsiflaydi. Moddiy ehtiyojlarga kishining oziq-ovqat, kiyim-
kechak, turar joy, yoqilg’i, mishiy va komunal xazmat ko’rsatishni
yaxshilash
kabilarga bo’lgan ehtiyojlar kiradi. Ma’naviy-ma’rifiy ehtiyojlarga kishilarning bilim
malakasi va ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish,
intellektual salohiyatini
yuksaltirish kabilarga bo’lgan ehtiyojlari kiradi.
Aholining sotsial turmush sharoiti - bu jamiyatning hamma a’zolariga mehnat
qilish, dam olish, har tomonlama jismoniy va madaniy taraqqiyotni ta’minlash
hamda mehnat qilish qobiliyatini saqlashni kafolatlash, vaqtinchalik ish qobiliyatini
yo’qotganlarni sotsial ta’minot, pensiya va nafaqalar bilan ta’minlash, nisbatin kam
daromadli oilalarning bolalariga nafaqalar berish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Mazkur «Turmush darajasi» tushunchasidan, biz bu kategoriyaning naqadar
marakkab va ko’p qirrali mazmunga ega ekanligiga ishonch hosil qildik. Demak, u
qandaydir bitta ko’rsatkich
bilan eamas, aholi daromadi va turmushning turli
qirralarini ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimi bilan tavsiflanishi lozim. Bu tizim quyidagi
asosiy bo’limlarni o’z ichiga oladi: umumlashtiruvchi sintetik ko’rsatkichlar;
Aholining moddiy ehtiyojlarini qondirish darajasini tavsiflovchi ko’rsatkichlar;
aholining ma’rifiy-ma’naviy darajasini tavsiflovchi ko’rsatkichlar.
aholining sotsial
sharoitini tavsiflovchi ko’rsatkichlar.
Bu ko’rsatkichilar natural va qiymat ko’rinishida ifodalanib,
aholi turmush
darajasining miqdor va sifat tomonlarini o’zida aks ettiradi.
2. Aholi turmush darajasining umumlashtiruvchi ko’rsatkichlari
Aholi turmush darajasini dastavval qo’yidagi ko’rsatkchilar umumlashtirib
ifodalaydi: jon boshiga to’g’ri kelgan sof milliy daromad; nominal va real daromad
indekslari; turmush qiymati indeksi; inson barkamolligi indeksi; qashshoqlik indeksi;
aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi; yashash minimumi va boshqalar.
Bu ko’rsatkchilar qiymat - pul ko’rsatkichlari bo’lib,
aholining hayotiy
ehtiyojlarini qondirish me’yorini aks ettiradi. Aholi jon boshiga yaratilgan YaSD
iqtisodiy taraqqiyotni va aholi turmush darajasini ifodalaydi:
bu erda,
Ktd - aholi turmush darajasi koeffitsienti
SMD - sof milliy daromad
- aholining o’rtacha soni.
Aholi turmush darajasining o’sishi uchun SMD ning o’sish sur’ati: aholining
o’sish sur’atidan tezroq bo’lishi lozim. Buni aniqlash
uchun turmush darajasi
indeksini hisoblash kerak:
yoki
bu erda,
J
ATD
- aholi turmush darajasi indeksi;
Agar J
ATD
>1 bo’lsa iqtisodiy o’sish sodir bo’lgan, binobarin aholi turmush
darajasi oshgan. Agar J
ATD
<1 bo’lsa aksincha J
ATD
=1 bo’lgan. Aholi turmush darajasi
ham o’zgarmagan.
1>