- Odamlarning o’zaro munosabatlari bilan bog’liq.
Umuman olganda, jamiyatda, uning rivojlanishida mehnat doimo asosiy rol o’ynaydi. - Umuman olganda, jamiyatda, uning rivojlanishida mehnat doimo asosiy rol o’ynaydi.
- Sotsial-iqtisodiy tizim qanday shaklda bo’lishidan qat’i nazar, mehnatsiz hech narsa qilib
- bo’lmaydi. Buyuk iqtisodchi U. Petti aytganidek, boylikning onasi er bo’lsa, otasi — mehnat.
- Mavjud mehnat munosabatlarigina o’zgarishi mumkin.
- Mehnat munosabatlari ish kuchi — mehnat omilidan foydalanish jarayonida
- yuzaga chiqadigan munosabatlardir. U o’z ichiga mehnatdan foydalanish, unga haq to’lash,
- mehnatni tashkil etish, bosh-qarish munosabatlarini oladi. Bunda eng asosiy diqqat-e’tiborni
- talab etadigan masala mehnatga haq to’lashdir.
- Yaratilgan mahsulot to’rt omil — yer, kapital, mehnat, tadbirkorlik omillarining natijasi
- ekan, ana shu natijadan har bir omilning hissasini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa,
- mehnat omilining hissasini adolatli aniqlash alohida o’rin tutadi. Sababi, mehnat natijasi
- insonning faolligiga bog’liq. U o’z navbatida mehnat motivatsiyasi, mehnatga intilishdan kelib
- chiqadi. Mehnatga ishtiyoq (mehnat motivatsiyasi) insonning o’z manfaati yo’lida mehnat
- qilishga bo’lgan ichki intilishdir.
- Bajarilgan mehnatni natijasini kim iste’mol qilishiga ko’ra uni ikkiga bo’lish mumkin:
- 1) o’zi uchun mehnat; bunda yaratilgan mahsulotni o’zi iste’mol qiladi. Masalan, uy xo’jaligida bajarilgan mehnat;
- 2) boshqalar uchun mehnat. Bunda mehnat mahsuli bozorga chiqariladi.
-
- Boshqalar uchun bajarilgan mehnat jamiyat tomonidan taqdirlanishi kerak. Faqat qanday
- mehnat tan olinib, taqdirlanish mezonini belgilash murakkab. Chunki, aynan bir natija jamiyat
- tomonidan zarur deb topilishi yoki aksincha bo’lishi mumkin. Buni hal etishda bozor muhim rol o’ynaydi. Bozor iqtisodiyotining eng buyuk kuchi shundaki, u insonning mehnat faoliyatini jamiyat talabiga qarab moslashtirishga, doimo aktivlashtirishga undaydi. Mehnat faolligini yuzaga chiqarish, mehnat qilishga undash uchun uni taqdirlash, ya’ni mehnat stimuli bo’lishi kerak. Insonni mehnat qilishga undaydigan kuch, ya’ni mehnat stimuli
- bu mehnat qilish bilan hayot kechirish uchun zarur bo’lgan noz-ne’matlarga ega bo’lishdir.
- Tovar ishlab chiqarishni vujudga kelishi bilan bu maqsad pul topish uchun harakatga aylandi.
- Mehnat insonning (jismoniy va aqliy energiyasi) kuchi, energiya-sini sarflab,
- jamiyat tomonidan tan olingan natijaga erishishga qaratilgan maqsadli faoliyatdir.
- Demak, mehnat, birinchidan, kishining aqlini ishlatib, natijasini qanday bo’lishini ko’z
- o’ngiga keltirib, so’ngra qilinadigan harakat, faoliyat. Ikkinchidan, inson energiyasini sarflanishi.
- Inson mehnat qilish uchun qo’shimcha jismoniy va aqliy energiyasi, quvvatini sarflaydi. Bu
- hayotda organizmning fiziologik jarayon sarflagan energiyasidan farq qiladi. Uchinchidan,
- mehnat natijasi bilan xarakterlanadi. Mehnat faoliyati, albatta ma’lum bir natijaga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |