3-MAVZU:
AHOLI O’RTASIDA TURIZMNI TASHKIL QILISH
Reja:
Maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalarida, umum ta’lim maktablarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida turistik sayrni tashkil qilish.
Ta’lim-tarbiya tizimida turizmni tashkil qilish
Turizm texnikasi bo’yicha musobaqalar o’tkazish namunalari
Sayohatlarni tashkil qilishda va uni yakunlashda o’qituvchining roli
Aholi istiqomat joylari va istirohat bog’larida sayr-sayohatlar
3.1. Maktabgacha bolalar tarbiya muassasalarida
sayr-sayohatlarni uyushtirish usullari
Insoniyat olamida oila va tarbiya muassasalarida kichik yoshdagi (6-7 yoshgacha) bolalarni tarbiyalashda barcha tarbiya vositalari tarkibida jismoniy tarbiya ancha ustuvor turadi. Bunda jismoniy tarbiyaning muhim vositasi sifatida sayr-sayohatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababdan oliy o’quv yurtlari tarkibida maktabgacha bolalar tarbiya fakultetlari, maxsus maktabgacha bolalar tarbiya kollejlari tashkil etilib, kadrlar tayyorlash milliy dasturi amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni, Davlat ta’lim standartlari, Sog’lom avlod Davlat dasturi va ta’lim-tarbiyaga doir rasmiy hujjatlarda tarbiya va o’quv muassasalarida jismoniy tarbiyaning o’qitilish usullari, ularda pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish, valeologiya, innovatsiya kabi zamonaviy uslubiami qo’llash qayd etilgan. Bu yorida kichik yoshdagi bolalarning sog’lom o’sishlari, gavda harakatlari va tuzilish jarayonlari benuqson bo’lishida jismoniy mashqlar, turli xil o’yinlar kabi sayr- sayohatlar ham o’zining maqsad, vazifa va mohiyatlariga ega. Bu jarayonlarni nazariy va amaliy jihatdan o’rganishda bo’lajak tarbiyachi- mutaxassislar sayr-sayohatlarni qunt bilan o’rganib, o’zlashtirib olishlariga to’g’ri keladi.
Ma’lumki, yuqorida qayd etilgan oliy va o’rta maxsus o’quv yurtiarining (pedagogik kollejlar) «Jismoniy tarbiya» dasturlarida sayohatlarga doir bo’limlar ajratilgan. Shu bilan birgalikda «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlarining mezon (normativ) talabiarida ham talabalar uchun turizm turi kiritilgan. Shu asosda o’quv yili davomida 1-2 marotaba bir kunlik sayohatlar tashkil etilmoqda. Bunda bo’lajak tarbiyachi-talabalar jismoniy barkamollikni egallash bilan bir qatorda maktabgacha bolalar tarbiya muassasalarida jismoniy tarbiya tadbirlarini o’tkazish usullari bilan qurollanishda sayr- sayohatlarning shakllari, mazmuni va sog’lomlashtirish ahamiyatini ham bilib olishadi. Ular amaliy faoliyatlarda (ish jarayonlarida) sayr- sayohatlarni tashkil qilishda egallangan nazariy bilimlar va amaliy ko’nikmalarga tayanishadi. Shu asosda tajribalar hosil qilib, ya’ni davr sayr-sayohatlarini talab darajasida o’tkazishadi.
Maktabgacha bolalar tarbiya muassasalarida tashkil etiladigan sayr sayohatlarni ularning yosh guruhlariga qarab quyidagi shakllar va turlarga ajratiladi:
Bog’cha hovlisi va uning tashqarisida kichik sayr-tomoshalar (har kuni 15-20 daqiqada olib borish);
Ob-havo qulay paytlarida aholi istiqomat (yashash) qilish va e’tiborga loyiq manzillarga (qurilish, istirohat bog’lari, kino-teatr, sport inshootlari va h.k.) har 2-3 xaftada bir marta sayr-sayohat uyushtirish. Bunda piyoda yurish, avtoulovlardan foydaolanish mumkin bo’ladi. Masofalar piyoda sayrda 1-2 km chamasi bo’Iishi tavsiya etiladi.
Mustaqillik kuni, Navro’z bayrami va boshqa ulug’ sanalarga bag’ishlab tabiatning go’zal manzarali go’shalariga piyoda yurish tomoshalar tashkil etiladi. Bunday paytlarda tarbiya muassasasining (bog’chalar) kundalik rejimiga (taqvim) rioya qilinadi, ya’ni ajratilgan vaqtda borish va qaytib kelish.
Yuqorida ko’rsatilgan sayr-sayohatlar jarayonida quyidagi tartib-qoidalarga amal qilinadi:
Sayr haqida tushuncha berish.
Safda turish, qo’l ushlashib yurish.
O’z joyidan boshqa joyga ruhsatsiz o’tmaslik.
Yo’lda sheriklari yoki oldinda-orqada ketayotganlar bilan turtishmaslik, urushmaslik.
Dam olish yoki biron manzilni tomosha qilish uchun to’xtagan paytlarda diqqat bilan eshitish va ko’rish.
Suhbat yoki tomosha paytlarida ruhsatsiz joydan jilmaslik, joylarni almashtirmaslik.
Biron ehtiyoj yoki qiziqish paydo bo’lganda bir qo’lini baland ko’tarib belgi berish yoki «men» degan ovoz chiqarib so’rash.
Keng maydon yoki qulay joylarda harakatli o’yinlar, estefetalar tashkil qilinsa erkin harakat qilishga ruhsat berish.
O’yin mazmuni va tartib-qoidalarini barcha bolalarning tushunishiga yetkazish (so’rash).
Tabiat manzaralariga boy bo’lgan joylar (shahar sharoitlarida) haqida suhbat o’tkazganda har bir daraxt, o’simlik, giyoh, joylarning nomini aytib berish.
Diqqatga sazovor joylarning nomlari, binolarning turlari, ish vazifalar haqida so’zlab berish.
Savdo do’konlari, avtoulovlar bekati va ko’chalarda ketayotgan odamlarning yurish-turishlari, ularning maqsadlari haqida tushunchalar berish.
Davolash muassasalari (shifoxona, poliklinika va h.k ), sport inshootlari, madaniyat-sog’lomlashlirish markazlari, kino-teatrlar, nufuzli maydonlar atrofida ularning vazifalari, xizmatchi xodimlar, qurilish va boshqa zarur faoliyatlar haqida tushunchalar berish.
Sayr-sayohatlar haqida yakun yasash, bolalarning olgan taassurotlarini eshitish, ulami oilada gapirib berish haqida topshiriqlar berish.
Mazkur tartib-qoidalarni boshqarish, talab etish jarayonlarida tarbiyachi (tashkilotchi) o’zini yaxshi tutishi, jahl qilmasliklari shart.
Guruhlardagi bolalarning yoshi va sog’lomligi holatlariga qarab sayr-sayohatlarni o’tkazish muddati, vaqti, masofalari sharoitlarga qarab tanlanishi hamda belgilanishi lozim. Bunday paytlarda bolalarning ruhiy holatlari, qiziqish yoki yoqtirmasligi (bosh tortish) kabi fazilatlariga jiddiy e’tibor berish lozim bo’ladi.
Sayr-sayohat bolalarda jismoniy va ma’naviy tetiklikni ta’minlashi, shu asosda ularni hayotdagi voqeliklarni bilishga intilishni tarbiyalash ko’zda tutilishi lozim.
3.2. Ta’lim-tarbiya tizimida turizmni tashkil qilish
O’zbekiston Respublikasining davlat ta’lim standartlari asosida barcha turdagi va toifadagi o’quv yurtlarida Jismoniy tarbiya dars sifatida tashkil etiladi. Uning mazmun, shakl va maqsadlari Jismoniy tarbiya dasturlarida to’la ifoda etilgan. Ular asosan jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyatining mazmunlariga rioya qilingan holda belgilanib, jismoniy tarbiya vositasi sifatida sayohatga (turizm) ham alohida o’rin berilgan.
Sog’lom avlod davlat dasturining amalga oshirilishini ta’minlovchi «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlarining amalda qo’llanilishi muhim ahamiyatga egadir, ya’ni 6 yoshdan 70 yoshgacha bo’lgan aholining salomatligini yaxshilash, o’quvchi yoshlar, talabalar va mehnatkash, ijodkor ziyolilarning jismoniy barkamolligini tarbiyalash, ularning mehnat va mudofaa ishlariga yaroqli, qobiliyatli bo’lishlari hozirgi davr talablaridan biridir.
Turizmning shak llari, turlari va maqsad, vazifa hamda mazmunlarini yanada kengaytirish maqsadida maxsus testlar tarkibiga turizmning (sayr-sayohat) kiritilishi bejiz emas.
Umumta’lim maktablar va akademik litseylarda turizmni tashkil qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |