Aholi o’rtasida turizmni tashkil qilish


Sayohatlarni tashkil qilishda va uni yakunlashda o’qituvchining roli



Download 192 Kb.
bet7/7
Sana24.03.2022
Hajmi192 Kb.
#507989
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
AHOLI O’RTASIDA TURIZMNI TASHKIL QILISH

3.4. Sayohatlarni tashkil qilishda va uni yakunlashda o’qituvchining roli.
Maktablarda, institut, universitetlarda turistik harakatlarni yaxshi yo’lga qo’yish, uni rivojlantirishda pedagogik jamoaning roli benihoyat kattadir. O’quvchilar bilan bilim berish faoliyatidan tashqari, hozirgi kunda mashg’ulotdan tashqari faoliyati, kasb tanlash, sport va sayohatlar bilan shug’ullanishiga yaqindan yordam berishadi. O’quvchilarni turizm va o’lkashunoslik to’garaklariga jalb qilish, sayohatlar uyushtirish va uni o’tkazishda geografiya, botanika, tarix hamda jismoniy tarbiya o’qituvchilari birinchi navbatda katta faollik ko’rsatadilar.
Sayohatlar davomida o’qituvchining ham o’quvchilarning ham kayfiyati doimo yaxshi bo’lavermaydi. Ba’zan turli bahslar, tortishuvlar, ranjishlar, hatto arazlashlar yuzaga keladi. Bu holatning oldini olish uchun sayohat rahbari aybdorlarni topadi, ularni koyiydi, ko’pchilik oldida tanbeh beradi. Natijada umum maqsad yo’lida turistlar jamoasi o’z ahilligini to’la tiklaydi. Sayohat ko’ngilli o’tadi. Sayohatda rahbarlik qilishda quyidagicha talab va vazifalar qo’yiladi hamda huquqlar beriladi:
1. Guruhni tashkil qilish va uning to’la javobgarligini olish.
2. Tog’ turizmi sayohatiga rahbarlik qilish uchun (yuqori kategoriyali III-IV) sayohatlarda ishtirok etgan yoki rahbarlik qilgan yuqori malakali kishi bo’lish.
3. Sayohat rahbarlarining huquqlari:
a) sayohat tartibini buzganlarga chora ko’rish, guruhdan chetlatish;
b) zarur bo’lganda marshrut yo’llarini o’zgartirish;
v) sharoit talab qilinganda o’z guruhini tajribaliroq instruktor yoki mutaxassisga topshirish;
Rahbar quyidagilarni bajarishga majburdir:
a) turistlarni munosib darajada sayohatga tayyorlash;
b) sayohat marshrutlari, ijtimoiy - foydali ishlar, qidiruv va o’lkani o’rganish rejalar bilan tanishtirish;
v) karta yoki sxema tuzish, yo’ldagi xavfsizlikni ta’minlash;
g) yo’ldagi to’siqlarni o’rganish, zarur bo’lsa, ehtiyotdan boshqa yo’llarni tanlash va belgilash;
d) gidrometeriologik o’zgarishlar bilan tanishtirish;
e) tegishli jihozlarni avvaldan tayyorlash, yo’l xarajatlari, oziq-ovqatni hisoblash, yig’ish;
j) marshrut daftarchasini tutish va marshrut kvalifikatsiyasi komissiyaga (MKK) topshirish;
z) yo’lda ob-havo, geologiya, o’rmon xo’jaligi va boshqa idoralardan ruxsatnoma, tegishli maslahatlar olishi;
i) guruhning tartib va intizomini muntazam nazorat qilib borish;
y) yo’llarda tashkil qilingan xavfsizlikni saqlash va qutqarish nazorati idoralaridan ko’rikdan o’tkazish;
k) marshrut daftarchasini ma’lum joylarda belgilash;
l) sayohat davomida o’tilgan va qutqarish nazorati punktlariga xabar berib borish;
m) shikastlanganlarni tezlikda tegishli joylarga yetkazish;
n) baxtsiz hodisa yuz borganda tezlik bilan xabar berish;
o) xavfga uchragan boshqa guruh yoki mahalliy aholiga yordam kursatish;
sayohat tamom bo’lgach, tegishli idora va tashkilotlarga xabar berish;
5. MKK ruxsatsiz guruh kishilarini o’zgartirish yoki qo’shish qat’iyan man qilinadi.
6. Sayohat rahbari o’tgan marshrut qilingan ishlar yuzasidan yozma hisobot tuzadi.
Ana shunday muhim burchlarni faqat eng tajribali turist va o’qituvchigina bajara oladi. Shuning uchun o’qituvchi sayohatni o’tkazishda asosiy kuch hisoblanadi.
Sayohat rahbari butun poxod uchun yozma hisobot tuzadi. Unda o’tilgan marshrutlar, qilingan asosiy ishlar ko’rsatiladi. Marshrut varaqasi hamda fotosuratlar hisobga ilova yoki devoriy gazeta qilinadi.

3.5. Aholi istiqomat joylari va istirohat bog’larida sayr-sayohatlar


O’zbekiston mustaqilligi tufayli turli sohalarda tub islohatlar o’tkazilishi natijasida shaxsiy uylar, jamoat hamda davlat idoralarining binolarini qurishda jadal suratlar amalga oshirilmoqda. Natijada yirik shaharlar, viloyatlar hamda tumanlarning markazlari, shuningdek qo’rg’onlarda. (poselka) ham baland qavatli binolar, keng va koshona hovli uylari ko’paydi. Aholi istiqomat joylarining deyarli barcha hududlarida savdo do’konlari, bozorlar, madaniy hamda sog’lomlashtirish markazlari yangidan ish boshladi. Bu holatlar kun sayin rivoj topib, aholining soni ham o’smoqda.
Ko’p qavatli uylar, mahalla hovlilarida yashovchi oilalarning turmush madaniyati ancha o’sdi. Ma’naviy va jismoniy barkamollikning ijtimoiy-tarbiyaviy sharoitlari kishilar ongiga chuqur singib bormoqda.
Bayramlar, sayl-hayitlar, dam olish kunlarida aholining ko’pchilik qismi teatrlar, san’at saroylari, tsirk, muzeylarga sayr qilishni tobora kengaytirmoqda. Sport ishqibozlari oila bo’lib stadionlar, sport majmualari, suv havzalariga borib musobaqalarni tomosha qilishga odatlanmoqda. Ular orasida yosh bolalarni sayr-tomoshalarga olib chiqish eng ustuvor madaniy-tarbiyaviy jarayonga aylanmoqda. Bunday tadbirlarni uyushtirishda mahalla faollari, xotin-qizlar kengashlari muhim rol o’ynamoqda.
Aholi istiqomat joylarida rejali ravishda va tashabbuskorlik bilan xayriya jamg’armalari (yaxshi ta’minlangan shaxslar hisobidan), tarixiy- madaniy shaharlar va xorij mamlakatlariga (haj safari, tomosha, savdo, tadbirkorlik va h.k.) sayr uyushtirish yaxshi yo’lga qo’yilgan. Bunda diniy idoralar, O’zbekturizm milliy kompaniyasi, Xalqaro ekosan-tur jamiyati, Yoshlar ijtimoiy harakati «Kamolot» xayriya jamiyati, tashkilotlardagi kasab uyushmalarining amaliy faoliyatlari e’tiborga sazovordir.
Qariyalarni qadrlash va xotira kuni (9 may), Navro’z bayrami, mustaqillik kuni bayrami, Kasb-hunar kuni bayramlari, Ramazon va qurbon hayit kunlari mahallalarda katta ommaviy tadbirlar o’tkazilib, barcha kishilarning sayr-tomoshalarga chiqishi maqsadli yo’lga qo’yilmoqda.
Hozirgi ijtimoiy-madaniy va tarbiyaviy jarayonlaming taraqqiyoti faqat shaharlardagina emas, hatto katta qishloqlar, qo’rg’onlarda ham istirohat va ko’ngil ochish bog’lari tashkil qilinmoqda. Ularda asosan bolalar uchun o’yin maydonlari, turli atraktsion vositalari joylashtirilib, qiziqarli, mazmunli tadbirlar olib borilmoqda.
Ota-onalar, keksa kishilarning dam olishi, hordiq chiqarishi va turii o’yin tomoshalarni ko’rishi uchun barcha sharoitlar tashkil etilmoqda. Shu sababdan ba’zi oila a’zolari (bobo, buvi, ota-ona, katta- kichik bolalar, kelin-kuyovlar, yaqin qarindoshlar) birgalashib bunday bog’larda dam olishga odatlanmoqda. Ayniqsa choyxonalar, oshxonalar, turli ichimliklar, mevalar, shirinliklar, o’yingohlar bilan savdo qiluvchi do’konlarning, rastalarning ko’payishi dam oluvchilar va bolalarning zavqini oshirmoqda. Shunga bo’lsa kerak, tomoshabinlar soni ko’payib, bog’larda xizmat qiluvchilarning ish faoliyati yaxshilanmoqda.
Otlar, aravalar, velosipedlar va boshqa texnik vositalarga (karusellar) o’tirib sayr-tomosha qilish bolalar, yosh ota-onalarga manzur bo’lmoqda.
Istirohat bog’lari ichidagi sun’iy ko’llar, suv omborlarida eshkak eshib sayr qilishga yoshlar, bolalarning qiziqishlari g’oyat kuchlidir.
Xulosa shundaki, aholi istiqomat joylari (mahallalar, ko’p qavatli mavzelar) va istirohat bog’laridagi madaniy tadbirlar odamlarning ma’naviy boyligi va jismoniy barkamolligini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu sababdan barcha turdagi oliy o’quv yurtlarining talabalari bunday tadbirlarning tashkiliy yo’nalishlari, tadbirlarning turlari, mazmun va mohiyatlarini ilmiy-nazariy jihatdan o’rganishlari hamda tahlil qilib, ijobiy xulosalar chiqarishlari lozim.
O’zDJTI va joylardagi jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat fakultetlarining talabalari o’quv va o’quv amaliyotlari (tashkiliy- pedagogik amaliyot) jarayonida aholi istiqomat joylaridagi ommaviy tadbirlarda bevosita ishtirok etib tajribalar orttirishi lozim. Shuningdek istirohat bog’lari, madaniy va xotira maydonlarida o’tkazilayotgan sayr- tomoshalar, bayramlar va boshqa tadbirlarning maqsad va vazifalari, tashkilotchilaming faoliyatlari bilan izchil tanishib borishlari maqsadga muvofiq bo’ladi.
Xulosa qilib aytganda, aholi o’rtasida, ayniqsa ta’Iim-tarbiya tizimidagi muassasalarda turizmni tashkil qilish zamonaviy tus olib, xalqaro turizmning mazmuni singib bormoqda. Bu yo’lda Respublika Prezidenti va hukumati bevosita g’amxo’rlik qilishi muhim ahamiyatga egadir.
O’zbekturizm Milliy kompaniyasi, Xalqaro ekosan jamiyati, madaniyat va sport ishlari vazirligi, ta’lim-tarbiya muassasalariga ega bo’lgan vazirliklar, xayriya jamiyatlari, diniy idoralarning amaliy faoliyatlari tobora keng rivoj topmoqda.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, «Turizm to’g’risida»gi qonun va turizmni rivojlantirishga qaratilgan hukumat qarorlari asosida turizmni o’qitish, «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari tarkibidagi turizm talablarini bajarishga doir tashkiliy, amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik mashg’ulotlarida sayohatlardan foydalanishda yangi tajribalar yuzaga kelmoqda. Bunda jismoniy tarbiya fakultetlari, bo’limlari, tarbiyachi-o’qituvchi tayyorlaydigan fakultetlar va pedagogik kollejlar oldiga yangi vazifalar yuklanmoqda.
Sayr-sayohatlarni aholining barcha qatlamlari va toifalariga yanada chuqurroq va kengroq singdirishda amalga oshiriladigan muammolar hali oldinda.
Nazorat uchun savollar:

  1. Turizm ishlari qaysi tashkilot va davlat idoralari tomonidan boshqariladi?

  2. Maktabgacha bolalar tarbiya muassasalarida sayr-sayohatlar qanday tashkil etiladi, ularning mazmuni nimalardan iborat?

  3. Umumta’lim maktablar va akademik litseylarda turizm qaysi shaklda tashkil qilinadi, ularning maqsad va vazifalari nimadan iborat?

  4. Kasb-hunar kollejlarida turizm qanday o’tkaziladi?

  5. Ta’lim-tarbiya sohasida ta’lim olayolgan pedagogika kollejlarining talabalari turizmdan nimalarni bilishlari lozim?

  6. Oliy ta’lim tizimida turizm qanday tashkil etiladi?

  7. Boshlang’ich ta’lim metodikasi, maktabgacha bolalar tarbiya metodikasi va turli fanlar bo’yicha o’qituvchilar tayyorlaydigan fakultetlardagi talabalar turizmni qanday o’rganishlari lozim?

  8. O’quvchi yoshlarning yozgi dam olish oromgohlarida qanday sayohatlar tashkil qilinadi?

  9. Talabalarning sog’lomlashtirish sport maskanlarida turizm qaysi shakl va mazmunlarda o’tkaziladi?

  10. Turizm texnikasida qanday iboralar bor?

  11. Turizm texnikasi bo’yicha musobaqa qanday o’tkaziladi?

  12. Mehnatkashlar va turli idoralarning dam olish uylari, sanatoriyaiarda sayohatlar qanday olib boriladi?

  13. Aholi istiqomat qiladigan joylarda sayr-tomoshalar qanday o’tkaziladi?

  14. Istirohat bog’larida sayr-tomoshalar qanday shakllarga ega?

Download 192 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish